115
10.1 - chizma. O’zaro hisoblashuvlar hisobini xujjatlashtirishning sxematik
ko’rinishi
.
Moliya organlarida o’zaro hisoblashuvlar hisobi 06 "Xisob kitoblar", 07
“Berilgan va olingan mablag’lar” nomli hisobvaraqlarda yuritiladi. Ya’ni
061
Respublika byudjeti bilan o’zaro hisob-kitoblar
062
Mahalliy byudjetlar bilan o’zaro hisob-kitoblar
071
Respublika byudjetidan berilgan va olingan mablag’lar
072
Mahalliy byudjetlardan berilgan va olingan mablag’lar
"Respublika byudjeti bilan o’zaro hisob-kitoblar"nomli 061-sonli hisobvaraq
respublika byudjeti bilan o’zaro hisob-kitoblar bo’yicha
operatsiyalarni mahalliy
moliya organlarida hisobga olib borish uchun mo’ljallangan.
061-hisobvaraqning debetida quyidagilar aks ettiriladi:
a) respublika byudjetidan o’zaro hisob-kitoblar bo’yicha olinishi lozim bo’lgan
summalar;
b) o’zaro hisob-kitoblar bo’yicha qarzlarni to’lash uchun respublika byudjetiga
o’tkazilgan summalar;
v) o’zaro hisob-kitoblar bo’yicha qarzlarni to’lashda hisobga olingan,
yuqori
byudjetdan olinishi lozim bo’lgan dotatsiyalar, subveniiyalarning summalari.
061-sonli hisobvaraqnnng kreditida quyidagilar aks ettiriladi:
a) o’zaro hisob-kitoblar bo’yicha respublika byudjetiga berilishi lozim bo’lgan
summalar;
b) o’zaro hisob-kitoblar bo’yicha qarzlarni to’lash uchun respublika byudjetidan
kelib tushgan summalar;
v) o’zaro hisob-kitoblar bo’yicha xarajatlarni to’lashda hisobga olingan va
yuqori byudjetga o’tkazish lozim bo’lgan ortiqcha daromadlar
summalari;
g) o’zaro hisob-kitoblar bo’yicha mahalliy byudjetlar hisobiga to’g’ri keladigan
summalarda hisobga olingan, respublika byudjetidan olingan
byudjet ssudalarining
summalari;
d) respublika bo’ysunishidan mahalliy bo’ysunishga o’tkazilgunga qadar
korxona va tashkilotlarning respublika byudjeti bo’yicha ochilgan byudjet mablag’
ajratmalari summalari.
116
“Respublika byudjeti bilan o’zaro hisob-kitoblar” 061
Dt
Kt
A) respublika byudjetidan o’zaro
hisob-kitoblar bo’yicha
olinishi lozim
bo’lgan summalar;
B) o’zaro hisob-kitoblar bo’yicha
qarzlarni to’lash uchun respublika
byudjetiga o’tkazilgan summalar;
V) o’zaro hisob-kitoblar bo’yicha
qarzlarni to’lashda hisobga olingan,
yuqori byudjetdan olinishi lozim
bo’lgan dotatsiyalar,
subventsiyalarning summalari.
A) o’zaro hisob-kitoblar bo’yicha
respublika
byudjetiga berilishi lozim
bo’lgan summalar;
B) o’zaro hisob-kitoblar bo’yicha qarzlarni
to’lash uchun respublika byudjetidan kelib
tushgan summalar;
V)o’zaro hisob-kitoblar bo’yicha
xarajatlarni to’lashda hisobga
olingan va
yuqori byudjetga o’tkazish lozim bo’lgan
ortiqcha daromadlar summalari;
G) o’zaro hisob-kitoblar bo’yicha mahalliy
byudjetlar hisobiga to’g’ri keladigan
summalarda hisobga olingan, respublika
byudjetidan olingan byudjet ssudalarining
summalari;
D) respublika bo’ysunishidan mahalliy
bo’ysunishga o’tkazilgunga
qadar korxona
va tashkilotlarning respublika byudjeti
bo’yicha ochilgan byudjet mablag’
ajratmalari summalari
Do'stlaringiz bilan baham: