4.4. Mahalliy budjet daromadlari g`azna ijrosi hisobini hujjatlashtirish
Mahalliy budjet daromadlari kassa ijrosi O’zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi G’aznachiligi va uning hududiy bo’limlari tomonidan yuritiladi.
Buxgalteriya hisobi bo’yicha xodimlar ko’chirmalar va ularga ilova qilingan
hujjatlarni olgandan so’ng hujjatlarni sinchiklab tekshirib, tegishli budjet, jamg’arma
budjeti, budjetdan mablag’ oluvchilarning budjetdan tashqari boshqa mablag’lari,
bojxona organlari g’azna depozit schyoti daromadlari bo’yicha tushgan summalarni
to’g’ri qabul qilinganligini o’rnatishi va ushbu tushumlar olib borilishi lozim bo’lgan
daromadlar tasnifi kodini aniqlashi kerak.
Budjet tasnifi Davlat budjeti tuzilmasiga kiruvchi budjetlar daromadlari va
xarajatlarini,
shuningdek
uning
taqchilligini
moliyalashtirish
manbalarini
guruhlashdan iboratdir.
Budjet tasnifi Davlat budjetini tuzish, ko’rib chiqish, qabul qilish hamda ijro
etish maqsadida budjet ma’lumotlarini tizimga solish uchun foydalaniladi va u budjet
46
ma’lumotlari xalqaro tasnif tizimlarining aynan shunday ma’lumotlari bilan
qiyoslanishini ta’minlaydi.
Mahalliy budjet daromadlarining tasnifi Mahalliy budjet hamda budjet
tashkilotlarining budjetdan tashqari daromadlarining guruhlanishidan iborat. Ya’ni,
daromadlar tasnifi yordamida Davlat budjetiga kelib tushayotgan barcha
ko’rinishdagi daromadlar va tushumlarni turlari, kimlardan kelib tushayotganligi va
respublikamizning qaysi hududlaridan kelib tushayotganligi to’g’risida etarlicha aniq
ma’lumotlarni olish mumkin.
Yigirma bir koddan iborat bo’lgan daromadlar tasnifi tuzilmasi to’rt qismli
ko’rinishga ega:
-
mablag’lar manbasi va budjetlar darajasi tasnifi;
-
daromadlar turi;
-
tashkiliy tasnif
-
hududiy tasnif.
Daromadlar tasnifi tuzilmasi quyidagi ko’rinishga ega:
Mablag’lar manbasi va
budjetlar darajasi
tasnifi
Daromadlar turi
Tashkiliy
tasnif
Hududiy
tasnif
X XXX X X
X XXX XXX
XXX
XX XXX
Tekshirilgan hujjatlar kunlik ravishda daromadlar turi bo’yicha dasturiy
majmuaga budjet tasnifining har bir kodi bo’yicha kiritiladi.
Budjet tasnifi O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab
chiqilgan va 2010 yil 20 avgustda Moliya vazirining 65-son buyrug’i bilan
tasdiqlangan hamda O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2010 yil 11
oktyabrda 2146-son bilan ro’yxatga olingan “O’zbekiston Respublikasi Budjet
tasnifini qo’llash bo’yicha Yo’riqnoma” bilan tartibga solinadi.
Har kuni buxgalteriya hodimlari tomonidan g’aznachilikka hizmat ko’rsatuvchi
bank tomonidan taqdim etilgan ko’chirmalarga asosan tegishli budjet, jamg’arma
budjeti, budjetdan mablag’ oluvchilarning budjetdan tashqari mablag’lari, bojxona
organlari g’azna depozit schyoti mablag’lari bo’yicha alohida-alohida Daromadlar
haqida ma’lumotnoma (3 -shakl) rasmiylashtirilib tegishli 274 - son shakldagi
Memorial orderga muomala sodir bo’lgan vaqtdan so’ng keyingi kundan
kechiktirmay o’tkaziladi va hujjatlar ilova qilinib tikiladi. Daromadlar kitobiga
ma’lumotlar avtomatik o’tkaziladi. Shundan keyin shu kundan kechiktirilmay
G’aznachilik organi bosh buxgalteri tomonidan Daromadlar haqida ma’lumotnoma (3
-shakl) da daromadlar tasnifini aks ettirilganligi, buxgalteriya yozuvlari tekshiriladi
va 274 - son shakldagi Memorial order tasdiqlanadi.
Moliya organi bosh buxgalteri G’aznachilik buxgalteriyasi tomonidan
tasdiqlangan yuqorida keltirilgan xujjatlarni tekshirib chiqadi. Unda sintetik va
analitik hisob ma’lumotlarini muvofiqligi tekshiriladi va G’azna dasturiy majmuada
“Ijroga” belgisini qo’yadi va ma’lumotlar bosh daftarga va hisobot shakllariga
avtomatik o’tadi.
47
Do'stlaringiz bilan baham: |