58
-
maqsadli jamg’armalar budjeti daromadlari g’azna ijrosi jarayonida
buxgalteriya hisobvaraqlarda budjet mablag’larini holati va harakatini aks ettirish;
-
maqsadli jamg’armalar budjeti daromadlari g’azna
ijrosiga oid buxgalteriya
hisobi ma’lumotlarini umumlashtirish va hisobotlarni tuzishdan iboratdir.
5.3.
Davlat maqsadli jamg’armalari budjetlari daromadlari ijrosi hisobini
hujjatlashtirish.
Davlat maqsadli jamg’armalari budjeti daromadlari g’azna ijrosi O’zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligi va uning hududiy bo’limlari tomonidan
yuritiladi.
Buxgalteriya hisobi bo’yicha xodimlar ko’chirmalar va ularga ilova qilingan
hujjatlarni olgandan so’ng hujjatlarni sinchiklab tekshirib, Davlat maqsadli
jamg’armalari budjeti daromadlari bo’yicha tushgan summalarni to’g’ri qabul
qilinganligini o’rnatishi va ushbu tushumlar olib borilishi lozim bo’lgan daromadlar
tasnifi kodini aniqlashi kerak.
Budjet tasnifi Davlat budjeti tuzilmasiga kiruvchi
budjetlar daromadlari va
xarajatlarini,
shuningdek
uning
taqchilligini
moliyalashtirish
manbalarini
guruhlashdan iboratdir.
Budjet tasnifi Davlat budjetini tuzish, ko’rib chiqish, qabul qilish hamda ijro
etish maqsadida budjet ma’lumotlarini tizimga solish uchun foydalaniladi va u budjet
ma’lumotlari xalqaro tasnif tizimlarining aynan shunday ma’lumotlari bilan
qiyoslanishini ta’minlaydi.
Davlat maqsadli jamg’armalari budjeti daromadlarining tasnifi barcha
darajadagi davlat maqsadli jamg’armalari daromadlarining guruhlanishidan iborat.
Ya’ni, daromadlar tasnifi yordamida barcha ko’rinishdagi daromadlar va tushumlarni
turlari, kimlardan kelib tushayotganligi va respublikamizning
qaysi hududlaridan
kelib tushayotganligi to’g’risida etarlicha aniq ma’lumotlarni olish mumkin.
Yigirma bir koddan iborat bo’lgan daromadlar tasnifi tuzilmasi to’rt qismli
ko’rinishga ega:
mablag’lar manbasi va budjetlar darajasi tasnifi;
daromadlar turi;
tashkiliy tasnif
hududiy tasnif.
Daromadlar tasnifi tuzilmasi quyidagi ko’rinishga ega:
Mablag’lar manbasi va
budjetlar darajasi
tasnifi
Daromadlar
turi
Tashkiliy
tasnif
Hududiy
tasnif
X XXX X X
X XXX XXX
XXX
XX XXX
Tekshirilgan hujjatlar kunlik ravishda daromadlar turi bo’yicha dasturiy
majmuaga budjet tasnifining har bir kodi bo’yicha kiritiladi.
59
Budjet tasnifi O’zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi tomonidan ishlab
chiqilgan va 2010 yil 20 avgustda Moliya vazirining 65-son buyrug’i bilan
tasdiqlangan hamda O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2010 yil 11
oktyabrda 2146-son bilan ro’yxatga olingan “O’zbekiston Respublikasi Budjet
tasnifini qo’llash bo’yicha Yo’riqnoma” bilan tartibga solinadi.
Har kuni buxgalteriya hodimlari tomonidan g’aznachilikka hizmat ko’rsatuvchi
bank tomonidan taqdim etilgan ko’chirmalarga asosan Davlat maqsadli
jamg’armalari budjeti mablag’lari alohida-alohida Daromadlar haqida ma’lumotnoma
(3-shakl) rasmiylashtirilib tegishli 274 - son shakldagi Memorial orderga muomala
sodir bo’lgan vaqtdan so’ng keyingi kundan kechiktirmay o’tkaziladi
va hujjatlar
ilova qilinib tikiladi. Daromadlar kitobiga ma’lumotlar avtomatik o’tkaziladi.
Shundan keyin shu kundan kechiktirilmay G’aznachilik organi bosh buxgalteri
tomonidan Daromadlar haqida ma’lumotnoma (3-shakl) da daromadlar tasnifini aks
ettirilganligi, buxgalteriya yozuvlari tekshiriladi va 274 - son shakldagi Memorial
order tasdiqlanadi.
Moliya organi bosh buxgalteri G’aznachilik buxgalteriyasi tomonidan
tasdiqlangan yuqorida keltirilgan xujjatlarni tekshirib chiqadi. Unda sintetik va
analitik hisob ma’lumotlarini muvofiqligi tekshiriladi va G’azna dasturiy majmuada
“Ijroga” belgisini qo’yadi va ma’lumotlar bosh daftarga
va hisobot shakllariga
avtomatik o’tadi.
Yuridik va jismoniy shaxslarning budjetga ortiqcha to’langan summalarni
qaytarilishi bo’yicha yozgan arizalari soliq inspektsiyasiga kelib tushadi. Soliq
inspektsiyasi to’lovchilarning shaxsiy hisobvaraqlaridagi ma’lumotlarga asosan
ko’rsatilgan to’lov bo’yicha to’lovchida ortiqcha to’langan summaning mavjudligi
to’g’risida hulosa beradi va uni to’lovchining arizasi bilan birga ko’rsatilgan
summani budjetdan qaytarish yoki uni kelgusi to’lovlar hisobiga o’tkazish to’g’risida
qaror qabul qilish uchun moliya organiga beradi.
Moliya organlari ortiqcha
o’tkazilgan mablag’ni qaytarish uchun bank muassasasiga taqdim etadi va bank
muassasasi kunlik tushgan budjetga o’tkaziladigan (daromad turiga muvofiq)
mablag’ hisobiga qaytariladi. Bunda G’aznachilik organlari tomonidan ortiqcha
to’langan mablag’larni qaytarish hisobi yuritilmaydi.
Ortiqcha tushgan daromadlarni to’lovchilarga qaytarib berish moliya
boshqarmalari tomonidan bankdagi tranzit hisob raqamidan amalga oshiriladi.
Moliya boshqarmasining rahbari tomonidan tasdiqlangan amaldagi tartibga
muvofiq daromadlar bo’yicha summalarni qaytarish yoki hisobga olish to’g’risidagi
hulosa ijro etilishi uchun moliya boshqarmasining bosh buxgalteriga taqdim etiladi.
Moliya boshqarmasining buxgalteriyasi hujjatlar to’g’ri
rasmiylashtirilganligini
tekshirgandan so’ng budjet daromadiga ortiqcha o’tkazilgan summani qaytarish
bo’yicha bankka taqdim etadi.
G’aznachilik organlarida daromadlar hisobini xujjatlashtirishni sxematik
ko’rinishini quyidagicha aks ettirish mumkin.