REJA 1. Komil va barkamol inson tushunchalari. 2. I.Karimov asarlarida barkamol insonni tarbiyalash g’oyalari. 3. Komil inson tushunchasining sharqona ta’rifi. - Ma’naviy barkamol komil inson tushunchalarini bilib olishdan avval inson, shaxs, fuqaro tushunchalarining mazmun-mohiyatini bilib olish lozim bо‘ladi.Inson nihoyatda murakkab, kо‘p qirrali va kо‘p о‘lchamli mavjudot bо‘lib, uning mohiyatini anglash yuzasidan turli qarashlar ilgari surib kelinmoqda. Sharq falsafasi tarixida ham inson bosh mavzulardan biri bо‘lib kelgan.
- Masalan, Forobiy falsafasida inson butun borliq taraqqiyotining mahsuli sifatida izohlanadi. Mutafakkir insoning barcha olijanob fazilatlari ilm tufayli ekanligini, inson hayotining mazmuni-baxtli bо‘lish va baxtli qilishga intilish, bunga esa faqat ilm va ma’rifat orqali erishish mumkinligini kо‘rsatdi. Beruniy va Ibn Sino insonning boshqa mavjudotlardan ustunligi aql va tafakkur tufayli ekanligini isbotlashga harakat qildilar. Abu Homid G‘azzoliy insonning boshqa mavjudotlardan ustunligi aqlda emas, balki inson qalbida ekanligini kо‘rsatdi.Ulug‘ mutasavvuf Abduholiq G‘ijduvoniy insonni “kichik olam” deb hisoblagan.
- Hayot gо‘zaldir, - deydilar shoir va mutafakkirlar, lekin hayot inson bilan gо‘zaldir. Inson gо‘zalligini belgilovchi asosiy mezon uning ma’naviyligi, ya’ni ahloq va odobi hisoblanadi. О‘zbek xalqining “Inson odobi bilan gо‘zal” degan maqolining mohiyatida chuqur falsafiy ma’no yotadi.
- Konfusiy insonni о‘z mohiyatini ma’naviy-ahloqiy fazilatlari va kamoloti orqali namoyon etadigan jonzot sifatida talqin etadi. U insonning insonligi о‘zidagi har qanday tabiiy ehtiyoj, his va tuyg‘uni ma’naviylikka bо‘ysundira olishidir. Faqat insondagi ma’naviy mas’ullik ularga nima qilish keragu, nima qilish kerakmasligini о‘rgatadi. Shu jihatdan qaraganda insondagi ma’naviylik inson va insonlar faoliyatiga maqsad, yо‘nalish va mazmun beradigan omildir.
- Ma’naviy barkamol inson tushunchasi keng qamrovli serqirra tushuncha. Ma’naviy barkamol inson – komil inson tushunchasi bilan hamohangdir. Ayni vaqtda ma’naviy barkamol inson tushunchasi sog‘lom avlod tushunchasi bilan ham bog‘lanib ketadi. Ilmiy adabiyotlarda bu tushunchalar alohida-alohida ishlatilsa-da, mohiyatan ularning hammasi inson ahloqi va odobini, ularda shakllangan barcha ijobiy xislatlarni, ularning insonlarga, jamiyatga va Vatanga bо‘lgan munosabatlaridan tortib, toki oilagacha, ota-onaga va boshqalarga munosabatlarining barcha qirralarini qamrab oladi
- Mustaqillikka erishib, ma’naviyat va ma’rifat masalalariga birinchi darajali ahamiyat berishimiz, mustaqillikni mustahkamlash vazifalari, tarbiya sohasida sog‘lom avlod, ma’naviy barkamol inson, komil inson kabi tushunchalarga izoh berishni, ularning mohiyatini ochib berishni taqozo etmoqda. Yuqorida aytganimizdek, ular mohiyati birday tushunchalar. Insonni tо‘g‘rilikka, halollikka, poklikka, vatanparvarlik va insonparvarlikka, ezgulikka va qо‘yingki, yuksak ahloqlilikka yо‘llash bu tushunchalarning mohiyati va mazmunini tashkil etadi. Hozirgi kunda bu masalalarga birinchi darajali ahamiyat berishimizning boisi – iymoni, e’tiqodi va ahloqiy fazilatlari – qо‘yingchi, ma’naviyati kuchli, milliy mas’uliyat tuyg‘usi qalbida chuqur ildiz otgan, ma’naviy barkamol fuqarolarga ega bо‘lgan mamlakatgina mustaqil va barqaror rivojlana oladi. Buyuk kelajak ma’naviy barkamol insonlarga tayangandagina yaratiladi, qad kо‘taradi. Boshqacha aytganda, ma’naviy barkamol, komil insonlargina buyuk kelajakni yarata oladilar. Shuning uchun ma’naviy barkamol insonni, sohlom avlodni tarbiyalash muhim va dolzarb masala. Bu masalada yurtboshimizning quyidagi sо‘zi ibratlidir: “Biz sog‘lom avlodni tarbiyalash, voyaga yetkazishimiz kerak. Sog‘lom kishi deganda faqat jismoniy sog‘lomlikni emas, balki sharqona ahloq-odob va umumbashariy g‘oyalar ruhida kamol topgan insonni tushunamiz
- .
- Bu fikrlardan kо‘rinib turibdiki, sharqona odob-ahloq va umumbashariy g‘oyalarni ongiga singdirib olgan kishi yuksak ma’naviyatli, ya’ni ma’naviy barkamol, komil inson hisoblanadi. Ma’naviy barkamollik insonning dunyoqarashi, e’tiqodi, ruhiyati, xulq-atvor normalari, ahloq-odobi bilan bevosita aloqadorligi bilan ajralib turadi. Ma’naviy barkamol kishilar xalq taqdiri va farovonligi, vatan taqdiri va uning ravnaqini о‘ylaydilar. Ular mutelikda, qaramlikda yashashni istamaydilar.
- Sog‘lom deganda, biz faqatgina jisman baquvvat farzandlarimizni emas, balki ma’naviy boy avlodni, aqliy rivojlangan, ahloqiy pok, ma’rifatli farzandlarni, avlodni tushunmog‘imiz kerak. Bunday kishilar о‘zlarida xalqimizning eng ardoqli fazilatlari – iymon va insof, mehr-oqibat, shafqat va rahmdillik, uyat va andisha, or-nomus, о‘zaro hurmat, yuksak vatanparvarlik, insonparvarlik, eliga va xalqiga sadoqat kabi qadriyatlarni va g‘oyalarni mujassamlashtirgan bо‘lishlari lozim.
- Prezident erkin fuqaro, ozod shaxs, barkamol inson haqida gapirib, quyidagi tо‘rt jihatga e’tiborni qaratdi, ya’ni har bir fuqaro:
- -о‘z haq-huquqini taniydigan bо‘lsin, buning uchun kurashsin;
- -о‘z kuchi va imkoniyatlariga tayanadigan bо‘lsin, imkoniyatlarini ishga solib, samarasini kо‘rsin;
- -atrofida sodir bо‘layotgan voqea-hodisalarga mustaqil munosabat bildira olsin;
- -shaxsiy manfaatini mamlakat va xalq manfaati bilan uyg‘un holda kо‘rib, faoliyat yuritsin
- Komil inson tushunchasi ma’naviy barkamol inson tushunchasi bilan hamohangdir.Ma’naviy barkamollikka erishmay komil inson darajasiga yetish mumkin emas. Demak, ma’naviy barkamollikka intilish – bu komil inson darajasiga erishish uchun intilishdir.Komillikka inson butun umri davomida erishib boradi. Uchta tushuncha: sog‘lom avlod, ma’naviy barkamol, komil inson – darajama-daraja chuqur ma’no kasb etadi. Shundan kelib chiqadigan bо‘lsak, komil inson bо‘lishning aniq cheki va chegarasi yо‘q. Shu bilan birga ma’naviy-ahloqiy komillik darajasini har kim о‘zicha belgilay olmaydi. Kimki “Men ma’naviy-ahloqiy komillik chо‘qqisiga yetdim desa, о‘ziga о‘zi yuksak baho bersa, u hali komil inson emas. Inson hech qachon о‘zining ma’naviy kamolot darajasiga baho bera olmaydi. Komillik har bir shaxsning boshqalar bilan bо‘lgan munosabatda kо‘zga tashlanadi. Komil insonni ota-ona, jamoatchilik, ular bilan munosabat shakllantiradi. Komillikning yо‘li odalardan faqat yaxshi fazilatlarni о‘rganish, ibrat olish, doimo yaxshilikka, ezgulikka intilishdir.
- Komil inson biz uchun idealdir. U barcha dunyoviy va ilohiy bilimlarni egallagan, ruhi mutlaq ruhga tutash, fayzu karomati serob, qalbi ezgu tuyg‘ularga limmo-lim tо‘la pokiza zot. Komil inson odamzod orzu qilgan jamiki ezgu xislat va fazilatlarni о‘zida mujassam etgan insondir.
- Komil inson haqida tasavvuf adabiyotida kо‘p asarlar bitilgan.Ana shunday asarlardan biri Aziziddin Nasafiyning “Insoni komil” nomli risolasi bо‘lib, unda komil insonga shunday ta’rif berilgan: “Bilgilki, komil inson deb shariat va tariqat va haqiqatda yetuk bо‘lgan odamga aytadilar va agar bu iborani tushunmasang, boshqa ibora bilan aytayin: bilgilki, komil inson shunday insondirkim, unda quyidagi tо‘rt narsa kamolga yetgan bо‘lsin: yaxshi sо‘z, yaxshi fe’l, yaxshi ahloq va maorif”. Bu sifatlar bilan ziynatlangan odam yolg‘on, riyo va badkirdorlikdan chekinadi, hamma vaqt ezgu niyat bilan yashab, ezgu ishlarga tayyor turadi.
- Yaxshi ahloqiy sifatlarni egallab borgan odam komil inson martabasiga kо‘tarila oladi. Komil inson – insonlarning eng mukammali, eng oqili, donosi. Komil insonlar odamlar jamiyati ichidan yetishib chiqadigan mо‘tabar zotdir. Insonlar komillikka ahloqiy-ma’naviy poklanish jarayonida erishadilar
Do'stlaringiz bilan baham: |