Giperssilkalar o‘rnatish
Giperssilka (Giperbog‘lanish) o‘rnatish mumkinligi Power Point dasturi imkoniyati yanada oshiradi. Giperbog‘lanishni oddiy matnga yoki ixtiyoriy shakllarga bog‘lashimiz mumkin. Misol sifatida oddiy matnga “Giperssilka” o‘rnatishni ko‘rib chiqamiz. Buning uchun biror-bir so‘zni blokka olamiz va sichqonchaning o‘ng tugmachasini bir marta bosamiz. Natijada kontekst menyusi ochiladi. Bu kontekst menyudan buyrug‘ini tanlaymiz yoki “Vstavka” menyusiga kirib xuddi shunday buyruq yoki standart uskunalar panelida joylashgan uskunani tanlashimiz mumkin.
Giperssilka. Ushbu tugmachani tanlaganimizdan so‘ng giperbog‘lanish muloqot oynasi paydo bo‘ladi. Ushbu muloqot oynasida bog‘lanish uchun faylni ko‘rsatamiz.
Agar joriy faylni o‘zidan biror-bir slaydga bog‘lamoqchi bo‘lsak, slayd nomi va joyini belgilaymiz. Buning uchun “Zakladka...” bo‘limini tanlaymiz. Natijada slayd nomini tanlash imkoniyatini beruvchi yangi muloqot oynasi paydo bo‘ladi. Ushbu muloqot oynasidan bog‘lanishi kerak bo‘lgan slaydni sichqonchaning chap tugmachasi yordamida aktivlashtiramiz va OK tugmachasini tanlaymiz. Natijada muloqot oynasi yo‘qoladi va oldingi oynaga qaytib qoladi. Boshqa hech narsani o‘zgartirmoqchi bo‘lmasak, bu yerda ham OK tugmachasini tanlaymiz.
+Animatsiyalar kiritish Power Point dasturida prezentatsiyalarga sodda animatsiyalar biriktirish mumkin. Animatsiya kiritish uchun dastlab animatsiyalar panelini ochib olish kerak. Buning uchun “Pokaz slaydov” menyusidan buyrug‘ini tanlash kerak. Ushbu buyruqni tanlashimiz bilan Power Point dasturining topshiriqlar paneli bo‘limining ko‘rinishi o‘zgaradi. Ya’ni u yerda animatsiyali effektlar ro‘yxati paydo bo‘ladi. Bu ro‘yxatdan istagan ko‘rinishdagi animatsion effektlarni tanlashimiz mumkin. Eslatma sifatida shuni ta’kidlab o‘tish mumkinki, biror-bir effektni tanlashimiz bilan uning qanday ko‘rinishdagi animatsiya ekanligi darrov namoyish etiladi va belgilangan yoki aktiv slaydlar uchun qo‘llaniladi. Animatsiyalar ro‘yxatining pastki qismida joylashgan “Primenit ko vsem slaydam” tugmachasini bosish bilan tanlagan animatsiyamizni hamma slaydlar uchun qo‘llashimiz mumkin. “Prosmotr” tugmachasini bosish bilan yana bir bora slaydimizga kiritgan animatsiyani ko‘rishimiz mumkin. “Pokaz slaydov” tugmachasining vazifasi esa qilingan ishlarni namoyish etish, ya’ni katta ekranda ko‘rsatishdir. Ushbu amalni klaviaturada [Shift+F5] tugmachasi bajaradi. E’tibor beradigan bo‘lsak, oynaning pastki qismida joylashgan “Avtoprosmotr” bo‘limiga belgi qo‘yilgan holatda turibdi. Agar biz ushbu belgini olib qo‘yadigan bo‘lsak, animatsiyani tanlashimiz bilan uning qanday animatsiya ekanligi bizga namoyish etilmaydi.
3-savolga javob
Elektron pochta – kompyuter tarmoqlari bo‘ylab elektron xatlar bilan almashish (qabul qilish va yuborish) imkonini beruvchi texnologiyadir. Elektron pochta tuzilishi va ishlash prinsipi jihati tomonidan oddiy (qog‘ozli) pochta tizimiga o‘xshab ketadi. Undagi terminlar (xat, konvert, banderol («посылка»), pochta quti, etkazib berish), unga xos bo‘lgan jihatlar – qulayliklar, xabarlarni jo‘natishdagi kechikishlar, yetarli darajadagi ishonchlilik va shu bilan birga etkazib berishning kafolatlanmasligi kabi xususiyatlar elektron pochtaga ham xos.
Do'stlaringiz bilan baham: |