BILET-7 Panaritsiyning har bir turiga klinik va patomorfologik tavsif bering: teri, teri osti, paronixiy, payli, bo’g’imli, suyak, pandaktilit.
Panaritsiy («panaritium»), ya’ni xasmol deb, barmoq to'qimalarining yiringli yallig'lanishiga aytiladi. Bunda teri, teri osti kletchatkasi, suyak, bo'g'im va pay qini xasmoli farqlanadi. Ular barmoqlarning anatomik tuzilm asi xususiyatlari ham da funksiyasining muhim ligiga k o 'ra guruhlarga ajratiladi. Xasmol odatda qo'l kafti yuzasiga tuklar va yog' bezlari bo'lmagan joyga chiqadi. Xirurgik kasallik bilan ambulatoriyaga qatnab davolanadigan bemorlarning 20-25 foizining qo'lini xasmol tashkil qiladi. Bu kasallik ko'pincha uzoq vaqtgacha kishi m ehnat qobiliyatini yo'qotishga hatto uning nogiron bo'lib qolishiga sabab bo'ladi. E tio lo g iy a s i va p a to g e n e zi. K asallik q o 'zg 'atu v ch isi k o 'p ro q stafilokokklar (77-80 foiz hollarda), kamroq aralash infeksiyadir. K o'p hollarda kasallik mayda shikastlardan (nina uchi kirib ketishi, shilinish), yot jismlarning kirib qolishi (oynaning mayda zarralari, zirapchalar) dan, ba’zan esa manikyurdan so'ng boshlanadi. Yallig'lanishning avj olishi ko'p jihatdan barmoqlarning anatomik tuzilmasi xususiyatlariga bog'liqdir. Kaft tomonda teridan pay qinlariga, suyak falangalariga va panja o'zagi suyaklariga yo'nalishda fibroz tolalar perpendikulyar holda o 'ta d i. Bu to la la r to 'q im alarn in g m a ’lum qattiqlashuvini va barmoqlarning kaft yuzasidagi terisi harakatning cheklanishini vujudga keltiradi. Y allig'lanish kuchaygan sari shish kattalashib boradi, yiring tashqariga yorib chiqa olmaydi, shu tufayli u chuquroqqa kira boshlaydi. Kaftda tegishli fassiyalar va paylar o'rtasida joylashgan chuqur va yuza fassiya bo'shliqlari yiringli jarayonning bundan keyin qanday tarqalishini belgilaydi. Shuningdek, infeksiya pay va sinovial qinlari bo'ylab ham tarqaladi; bu qinlar II, III va IV barmoqlarda birbiridan holi joylashadi, I va V barmoqlarda esa ular bilak suyagi va tirsak 179-rasm. Kaft va barm oqlam ing sinovial qinlari sinovial xaltalari orqali birikadi. Ikkala xalta bilak kanali sohasidagi kaft chuqurligida ko'pincha bir-biriga tegib turadi, mana shuning uchun ham yallig‘lanish bir bo'shliqdan ikkinchisiga o'tishi mumkin. Shuningdek, yiringli jarayonning bilakka o‘tish xavfi ham bor (179-rasm). Tcisnifi. Tasniflash odatda anatomik prinsip asosida amalga oshiriladi. Xasmollarning quyidagi turlari tafovut qilinadi (180-rasm): 1) teri xasmoli - yuzaki limfatik erizipeloid; 2) teri osti xasmoli - distal falangada o‘rta va asosiy falangada barmoqlar orqa sathida; 3) pay qini xasmoli - tarqalgan chegaralangan; 4) suyak xasmoli - o‘tkir surunkali; 5) bo‘g‘im xasmoli - bo‘g‘im-suyak bo‘g‘im; 6) tirnoq xasmoli - timoq osti xasmoli tirnoq yoni xasmoli - paronixiya; 7) pandaktilit - quruq nekroz turi ho‘l nekroz turi aralash turi.
Xavfsiz ko'zoynaksiz ishlayotganda erkak o'ng ko'zida to'satdan og'riq va yonish hissi paydo bo'ldi. Oftalmolog yod jisimni (metall parchani) kasalxonada olib tashladi va davolanishni buyurdi, hamshira bog’lam qo'yishni buyurdi. Qanday turdagi bog’lam qo'llash kerak? Uni bosqichlarini sanab bering.
K o'z soqqasini operatsiya qilganda yoki ko'zning og'ir kontuziyasidan keyin immobilizatsiya qilishda ishlatiladigan bog'lov - bir ko'zni bog'lash yoki ikkala ko'zni bog'lash xillari mavjud. Yaxshi qo'yilgan bog'lam ko'z soqqasini ezmasdan, bog'lam ostidagi salfetkani mustahkam ushlab turishi kerak. Bu bog'lamda quloqlar ochiq qolishi kerak. Bog'lam avvalo kalla atrofiga sirkulyar qo'yiladi, keyin boshning tepa sohasidan ensa-kallaning orqa qismidan (41-rasm), quloqning pastki tomonidan yuzgao'tadi va u ko'tarilib ko'z soqqasini berkitadi. Bu bog'lamda sirkulyar hamda yuqoriga ko'tariluvchi bog'lamlar ketma-ket qo'yiladi.