Bilet-1 Sizga qanday infektsiya manbalari va ularning tarqalishi ma'lum? Javobingizni asoslang



Download 91,39 Kb.
bet10/20
Sana07.12.2022
Hajmi91,39 Kb.
#880731
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20
Bog'liq
Xirurgiya bilet 1-7

3drajasi. III darajali kuyish. Qizigan buyumlar yoki alanganing bevosita ta’siridan nafaqat teri, balki uning chuqur qavatlari ham zararlanadi. Ill darajali kuyishda terining hamma qavatidan o'tib, so'rg'ich qavati ham shikastlanadi. Terining ba’zi bir joylari pufakchalar bilan qoplanib, ular rangsiz, qoraroq va timqora bo'ladi. Shikastlangan joyda giperesteziya paydo bo'ladi. O'lgan to'qim alar q o ra q o 'tir hosil qilib, u tirik to'qimalardan ajraladi va demarkatsion chiziqni hosil qiladi. Agar kuyish zonasida shish bo'lsa, bu holda kasallik yengil ko'chadi, jarohat orolchaorolcha bo'lib, o'z-o'zidan bitadi va terini ko'chirib o'tkazishga hojat qolmaydi. Ill a darajali kuyish, agar jarohat yiringlamasa, granulyatsiya hisobidan nozik chandiq bilan bitadi (165-rasm). 165-rasm. Kaftning bug1 dan Ilia 166-rasm. Boldiming Hlb darajali darajali kuyishi kuyishi III b darajali kuyishda terining so‘rg‘ich qavatidan tashqari, teri osti yog‘ kletchatkasi ham zararlanadi. Teri oq-kulrang bo‘lib, giposteziya va anesteziya yuzaga keladi. Bu darajadagi kuyish qo'pol keloid chandiqlar hosil qiladi (166-rasm). Keng kuygan chandiqlar o'rtasida uzoq vaqt bitmaydigan yaralar hosil bo'ladi, atrofida sklerotik to'qim alar bu yaralarda ko'pincha xavfli o'sma - karsinoma paydo bo'ladi. Yuzaki kuyish bilan chuqur kuyishni igna sanchib aniqlasa bo'ladi, chuqur kuyishda og'riq sezilmaydi
5.Konserva fabrikada ishlaydigan xodim shifokorga o'ng qo'lning 5-chi barmog'ining orqa yuzasida qattiq qichishish, qizarish, yonish, kuchlanish hissi va shishish haqida shikoyat qildi. Uning so'zlariga ko'ra, ikki kun oldin u cho'chqa go'shtini kesayotganda barmog'ini jarohatlagan. Tekshiruvda: shishning qirralari o'zgarmas teridan keskin ajratilgan, notekis. Tana harorati normal. Qon testida o'zgarishlar yo'q. Bemorda qanday kasallik mavjud? Qanday davolanishni buyurasiz? Ushbu kasallik uchun qanday jarrohlik davolashdan foydalaniladi?

5-BILET

  1. Qon quyish asoratlari qanday? Asoratlarni davolash.

QON QUYISHDA RO‘Y BERADIGAN ASORATLAR, ULARNING OLDINI OLISH VA DAVOLASH Qon quyishga bo'lgan ko'rsatm alar va qarshi ko'rsatm alar hisobga olinsa, hamma serologik reaksiyalar bajarilsa bu davolash usuli xavfsizdir. Ammo ko'rsatilgan qoidalarning birortasi buziladigan bo'lsa, unda gemotransfuziya reaksiyalari va asoratlari kelib chiqishi mum kin. Gemotransfuziya reaksiyalari Gemotransfuziya m urakkablanishlari qonning 3 (1/3) bir qismi quyilganda ro'yobga keladi, ular bemor uchun unchalik xavfli emas. Bu murakkablanishlarning klinik belgilari quyidagilardan iborat: umumiy holsizlik, haroratning ko'tarilishi, belda, boshda og'riq turishi, ko'ngil aynishi, eshakem toshishi, qichima va shish paydo bo'lishi kabilardan iborat. Odatda, bu belgilar qon quyilgandan keyin 20 - 30 daqiqa o'tgach paydo bo'ladi va bir necha daqiqalardan bir necha soatlargacha davom etishi mumkin. R eaksiyaning belgilarini hisobga olib 3 xil og'irlikdagi murakkablanishlar qayd qilinadi. Ular quyidagilar: 1. Yengil reaksiya. Tana harorati 1 С gacha oshadi, bosh vaqo'l-oyoqda og'riq paydo bo'ladi, bemor holsizlanadi. Bu hoi bir lahza bo'lib, davolanishsiz o'tib ketadi. o 2. 0 ‘rtacha og'irlikdagi reaksiya. Bunda tana harorati 1,5 С - 2 С gacha oshadi, yurak urishi va nafas olish tezlashadi, b a’zan eshakem toshadi. 3. O g‘ir reaksiya. Bunda tan a h arorati 2 С ga oshadi, kuchli qaltirash bo'ladi. Lab, quloq uchlari ko'karadi, bosh, suyak va belda qattiq og'riq turadi, hansirash, eshakem , shish, kvinke shishiga o'xshash belgilar paydo b o 'la d i. Bunday bem orlar maxsus davo olishlari lozim bo'ladi. Postransfuzion reaksiyalarining kelib chiqish sabablari va klinik belgilarini hisobga olib, ular pirogen, antigen (gemolitik bo‘lmagan), allergik va anafilaktik reaksiyalarga bo‘linadi. Pirogen reaksiya belgilari umumiy holsizlik, qaltirash, isitmalashdan iborat bo'lib, konservlangan qon bilan bemor organizmiga pirogenlar tushganda vujudga keladi. Antigen reaksiya plazma oqsillariga izosensibilizatsiya bo'lganda paydo bo'ladi. Allergik reaksiya qon quyishdan keyin bir necha daqiqa o'tgach paydo bo'lib, 3 foiz hollarda uchraydi. U qonda turli xil immunoglobulinlarga sezgirlik oshishi natijasida paydo bo'ladi. Bu reaksiyalarda klinik belgilar allergik holatlarda uchraydigan simptomlar bilan xarakterlanadi: harorat oshadi, nafas siqiladi, ko'ngil ayniydi, bemor qayt qiladi, hansirash belgilari paydo bo'ladi. Allergik reaksiya bo'lganda antigistamin va desinsibilizatsiya qiluvchi m oddalar, lozim bo'lsa yurak-tom ir ishini yaxshilaydigan preparatlar qo'llaniladi. Pirogen va allergik reaksiyalarning oldini olish uchun yuvilgan, muzlatilgan, eritilgan eritrotsitlar, trombo-leykotsit massasi, plazma quyilgani m a’qul. Unda bemorning antitanalari hisobga olingan bo'lishi kerak. Anafilaktik reaksiya kam dan-kam uchraydigan holat bo'lib, 47000 marta qon quyishda bir hodisa uchraydi, xolos. Uning oldini olish uchun bemorga qon quyishdan oldin, bemordan oqsil preparatlari quyilgani, vaksinatsiya va seroterapiya qilinganini bilish zarur. Qon quyishdan keyin paydo bo'ladigan reaksiyalarning oldini olish uchun quyidagilarga rioya qilish zarur: — Qon saqlash va tayyorlash tartibini og'ishmay bajarish zarur. — Qon quyish moslamalari va sistemalarini to'g'ri tayyorlash, bir marta ishlatiladigan tomizg'ichlardan foydalanish; — Qon quyishga qadar bemorlarning sog'lig'ini o'rganish, ularning sezgirligiga, chidamliligiga ahamiyat berish. Basharti bemorning ahvoliga ko'ra bu qoidalarni bajarishning iloji bo'lm asa, faqat yuvilgan yoki muzlatib eritilgan eritrotsitlarni ishlatish zarur. Sifatsiz qon quyilishi natijasida paydo bo'ladigan asoratlsr Bakteriyalardan ifloslanish, gemolizga uchragan qon, konservalangan qonning uzoq saqlanishi va qonning noto'g'ri haroratda saqlanishi uning kelib chiqish sabablaridan hisoblanadi. Bakterial ifloslanish qonni tashishda, saqlashda va flakonlar zich berkitilmaganda ro‘y beradi. Bunda bemor ahvoli zaharlanish natijasida paydo bo'ladigan klinik belgilarga o'xshab ketadi va quyilgan qon qoldig'iga bemor qonida topilgan mikroblar aniqlanishi mumkin. Agar bemorga davo qilinmasa, qon quyilgandan keyin 3 - 7 kun ichida bemor sepsis, uremiya va yurak-tom irlar yetishmovchiligidan nobud bo'lishi mumkin. Qonni maxsus ajratilgan sovutgichlarda 4 С - 8 С da saqlash, 39 С dan yuqori boim agan haroratda asrab turish, bir flakon yoki xaltachadan faqat bitta qon quyish sifatsiz qon quyilishining oldini oladi. T romboemboliya Tromboemboliya - vena tomiri ichiga qonning laxtalanishi natijasida tiqilib qolishidir. Laxtalangan qon o'pka infarktini keltirib chiqaradi, bemor qon tuflaydi, agar katta quyqa bilan o'pka arteriyasi yoki boshqa magistral vena tiqilib qolsa, o 'tkir havo emboliyasi klinik belgilarini beradi. Bu asoratning oldini olish uchun qonni laxtalamasdan tayyorlash, vena tomirini shikastlantirmay teshish, trombga uchragan tomirni punksiya qilmaslik kerak. Qon ketishi qiyin bo'lgan hollarda uni yuborish uchun kuch ishlatmaslik va mikrofiltrdan foydalanish kerak. Hozirgi kundagi tomizgichlar mikroagregat filtrlaridan iborat bo'lib, ular 40 mkm dan katta qon laxtalarini ushlab qoladi. Qon aylanish sistemasidagi og'irlik va yurak-tomirlar yetishmovchiligi Yurakning tez kattalashishi va uning to'xtashi bemor vena tomiriga ko'p miqdorda qon yuborish natijasida o'ng yurak yetishmovchiligiga sabab bo'ladi. Bu hoi yurak xastaligi bo'lgan bemorlarda ro'yobga keladi va uning oldini olish uchun qonni tomchilab quyish zarur. K o'p qon quyilganda uni 37 С gacha isitib quyish yurakning birdan to'xtab qolishining oldini oladi. Kaliydan zaharlanish. Uzoq saqlangan qonda kaliy miqdori oshib ketadi va kaliy ko'pligidan elektrolitlar balansi buziladi, bu esa yurak ishini sustlashtiradi. Bu asoratlarning oldini olish uchun yangi tayyorlangan eritrotsitar massa, 10 foizli kalsiy xlorid (CaCl2) eritmasi ishlatiladi. Massiv transsfuziya deganda, bemorning qon tomiriga 24 soat ichida aylanib yurgan qon hajm ining 40-50 foiz quyilishi tu sh u n ilad i. B.V. Petrovskiyning fikricha, massiv qon quyish sindromiga quyidagilar kiradi: 1. Yurak-tomirlar sistemasi asoratlari - tomir kollapsi, aisitoiiya, bradikardiya, yurak to'xtashi va qorinchalaming fibrilyatsiyasiga uchrashi. 2. Qonda kalsiy miqdorining kamayishi, kaliyning ko'payishi. 3. Qonning ivishi va ivishga qarshi sistemasining buzilishi. 4. Organizm himoya kuchining kamayib ketishi va ichki organlar devoriga mayda-mayda qon quyilishi. Bu sindromning oldini olish uchun bemor hayoti o‘ta xavf ostida boim agan hollarda qon kam miqdorda quyilishi va uning tayyorlangan vaqti 3 kundan oshmagan boiishi kerak. Quyilgan qon orqali yuqurali kasalliklar yuqishi. Yuqumli kasalliklar bemorga konservalangan qon orqali o‘tadi va og‘ir asoratlarga sabab boiadi, odatda donor kasallik u inkubatsion davrda boiganda yoki uni tekshirishda diagnostik xatolarga yo i quyilganda boiadi. Ba’zan kasallik donorda noaniq belgilar bilan o‘tishi mumkin (bezgak, qizamiq, toshmali va qaytalovchi terlama, gripp, virusli gepatit, SPID va b.) va qon orqali resipiyentda xastalikni keltirib chiqaradi. Bunday asoratlarning oldini olish uchun qon quyish muassasalari donorlar yashab va ishlab turgan tumanlardagi sanitariya va epidemiologik sharoitdan xabardor boiishlari kerak. Zaxm yuqtirish Birlamchi va ikkilamchi zaxm davrlari xavfli hisoblanadi. Qon quyilgach 15 kundan 150 kungacha bemorda zaxm kasalligining belgilari paydo b o ia boshlaydi. Bu asoratni davolash zaxm kasalliklarini davolash uslubida bajariladi. Hozirgi kunda OITS kasalligidan ham ehtiyot boiish va uning oldini olish chora-tadbirlarini ko'rish ham muammo bo'lib qoldi. Gepatit «В» kasalligining yuqishi Hozirgi kunda gepatit «В» ning haddan tashqari ko'payib ketishi tibbiyot lichun m a’lum muammolarni tug'dirib kelmoqda. Bu asoratning kelib chiqishida virus sababchi ekanligi m aium bo'lsa-da, hanuzgacha u ajratib olinmagan. Qon orqali to'g'rirog'i uning zardobidan o'tadigan xastalik gepatit «В» deyilib, tadqiqodchilarning fikricha 5 - 1 3 foizdan 40-50 foizgacha uchraydi. Teri tashqi qavatining shikastlanishi, shuningdek qon quyish va jarrohlik muolaja usullari natijasida gepatit «В» bemorlarga yuqadi, bu sabablar orasida qon quyish asosiy o'rinni egallaydi. Bu asorat yuz bermasligi uchun donorlar maxsus tekshirishlar bilan birga HbS antigeniga ham tekshiriladi. Gemotransfuziya asoratlarini davolash Gemotransfuzion karaxtlik (shok) ni davolash. Gematransfuzion shol zudlik bilan davolashni talab qiladi va u hayotiy a ’zolar funksiyas buzilmasdan bajarilishi lozim. Uning uchun quyidagi davolash usullar qo'llaniladi: 1. Yurak-tomirlarga spazmolitik va antigistamin dori moddalarin qo'llash (2ml kordiamin 40 foizli glyukoza eritmasiga, 0,0006 m] korglikon va 2,4 foizli eufillin), vena ichiga kortikosteroidlar, laziks furosemid preparatlarini yuborish. 2. Reopoliglyukin (400 - 800 ml), gemodez (400 ml), 10-12 foizli (201 - 300 ml) laktasol. 3. 15 foizli mannitol yoki sorbitol quyish (200 - 400 ml miqdorda). 4. Kumbs reaksiyasiga asoslangan holda yangi tayyorlangan qon (250 300 ml), tez muzlatilgan plazma quyish. Mannitolning gipertonik eritmasi buyrak filtratsiyasini yaxshilayc va to'qimalardagi suyuqlikni umumiy qon o'zaniga o'tishga yordan beradi. Reopoliglyukin esa mikrotsirkulyatsiyani yaxshilab bemorni qisq vaqt ichida shokdan chiqarishga yordam beradi.


  1. Download 91,39 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish