1.3.3. SEMENTNING TUZILISHI
Sement tishning mustahkam, ohaklangan to‘qimalaridan biri bo‘lib, tish ildizini har tomondan o‘rab turadi.Tish bo‘yinchasida uning qalinliklari 20-50mkm, ildiz uchi tamon sement qavati qalinlashib boradi va uning qalinligi 1500mkmgacha borishi mumkin. 60% hollarda sement emalda ajraladi, 30 % hollarda emal bilan chegaralanadi,10% hollarda esa emal qirrasi va sement chegarasi orasida erkin dentin qoladi. Emal-sement birikmasi chizig‘i tishning turli guruhlarida va bir tishnig turli sohalarida turlicha bo‘ladi.
O‘zining tuzilishi va kimyoviy tarkibi jihatidan sement dag‘al tolali suyakni eslatadi, ammo suyakdan farq qilib, qon tomirlari bo‘lmaydi. Sementning anorganik qismi 50-60% ni tashkil etadi va asosan gidroksiapatit kristallaridan tashkil topadi. Sementning organik qismi 1 tip kollagen tolalaridan tashkil topadi. Sement suyakdan farq qilib, unda rezobsiya jaryonlari sodir bo‘lmaydi.
Sement kollageni 2 turli manbadan – periodont fibroblastlari va sementoblastlardan hosil bo‘ladi. Sementoblastlar ichki kollegen tolalarni,fibroblastlar esa tashqisini ishlab chiqaradi. Ichki xususiy tolalar kichik diametrli bo’lib, sement yuzasiga parallel yo’nalagan. Periodontdan xosil bo’lgan tashqi tolalar kattaroq diametrli bo’lib, sement yuzasiga perpendikulyar yo’nalgan va Sharpey tolalari bilan tutashadi. Bu tolalar tishni alveolyar bo’shliqqa mustahkam joylashishini ta’minlaydi.
Sement to’qimasining 2turi farqlanadi: hujayrasiz (birlamchi) va hujayrali (ikkilamchi).
Hujayrasiz yoki birlamchi sement va hujayralar to‘plami yoki ikkilamchi sement farqlanadi. Hujayrasiz sementda hujayralar bo‘lmaydi. U tish ildizi va bo’ynining yon qismlarini yupqa qavat hosil qilib qoplaydi. Uning qalinligi 30-50 mkm tashkil qiladi. Hujayrali sement ildizlararo va ildiz uchini qoplaydi, tarkibida ko’p miqdorda o’simtasimon sementotsit hamda sement yuzasini qoplagan sementoblast hujayralarni saqlaydi. Hujayrali sement hujayrasiz sement va dentin bilan bog’langan. Hujayrasiz sement hujayrali sementga qaraganda juda tez hosil bo’ladi, sementoblastlar sementotsitlardan hosil bo’ladi. Sementotsitlar – yirik hujayrali va ko’p o’simtali hujayra. Sementotsitlar chuqur qavatda nobud bo’lib, ular so’ng lakunalar qoladi. Periodontga yaqin qavatda hujayralar ko’p funksiyali, sementoblast hujayralarga o’xshash. Sementoblastlar sementning faol hujayralari bo’lib, ajralib chiqishini ta’minlaydi. Keragidan ortiq ajralib chiqqan sement hujayralar gipersementozga olib keladi.
Hujayrasiz sementdan farq qilib, hujayrali sement juda tez hosil bo‘ladi, bunda sementobdaslar sementotsitlarga aylanada. Sementotsitlar – yirik yadroli va juda ko‘p shoxlangan o‘simtalardan tashkil topgan hujayralardir. Chuqur qatlamlarda bu hujayralar nobud bo‘lishi mumkin. Sementoblastlar sementning aktiv hujayralari hisoblanadi. Sement qatlamining oshib ketishi gipersementozga olib keladi.
11-bilet
2. Tish karashining tarkibi va xususiyati so‘lak bilan chambarchas bog‘liq. Tishlarning kariesga chidamliligi so`lak tarkibidagi quyidagi parametrlar bilan aniqlanadi: sekretsiya tezligi, bufer hajmi, vodorod ionlarining konsentratsiyasi (pH), bakteriotsidlik, mineral va organik moddalarga boyligi.
Tishlarning so`lak bilan yuvilishi jarayonida tish to`qimasi va tish karashida moddalar yuviladi. So`lak bilan tish emali o`rtasida kalsiy va fosfat ionlari almashinuvi sodir bo`ladi, natijada so`lak tarkibida, tish karashida va emal yuzasida bu ionlarning miqdori tenglashadi.
Tishlarni kariesdan himoya qilishda kislota – ishqor muvozanatini ta`minlovchi so`lakning bufer hajmi muhim ahamiyatga ega. So`lakning bufer hajmi asosini karbonatlar, fosfatlar va oqsil tashkil qiladi.
So`lakda vodorod ionlari konsentratsiyasi neytral diapazonda bo`ladi. Kariesogen holat bo`lmaganda tish karashi pH muhiti so`lak pH muhiti bilan teng bo`ladi.
Bundan tashqari so`lakning bufer qobiliyati tufayli kariesga uchragan o`choq yuzasida remineralizatsiya yuzaga keladi va demineralizatsiya jarayoni to`xtatiladi.
So‘lakning himoya funksiyasi. So`lak minerallovchi xususiyatga ega. Bu faktni bosh va bo`yin qismi o`smalarida yuqori dozadagi nurlanishdan so`lak bezlari funksiyasi to`xtashi natijasida kelib chiqadigan “gullagan” kariesning rivojlanishi bevosita isbotlab beradi.Kariesning bunday turida bir necha hafta davomida tishlarning kariesga chidamli yuzalari zararlanadi va umumiy tishlar destrukturasini keltirib chiqaradi.
So`lakning asosiy xususiyati kariesdan himoya qilish:
og`iz bo`shlig`iga ovqat bilan tushuvchi shakarni eritish va tozalash;
tish karashidagi kislotalikni neytrallaydi;
tish qattiq to‘imasi remineralizatsiyalovchi ion manbai .
Insoning tishi so‘lakda erimaydi chunki u kalsiy, fosfat va gidroksil ionlariga to‘yingan. Bu ionlar tishning asosiy mineral fraksiyasini tashkil qiladi. Kalsiy va fosfat ionlari bilan to`yingan so`lakda moddalar almashinuvining dinamik tengligi tish qattiq to`qimasini demineralizatsiyadan himoya qiladi.
Emalning o‘tkazuvchanligi. Emalning fiziologik xossalaridan biri bu uning o‘tkazuvchanligidir.Uning bu xossasi ko‘pgina faktorlar va sharoitlarga bog‘liq,
13-bilet
2.
Adgeziv tizim:
o`zi qotuvchi (kimyoviy qotuvchan);
nur yordamida qotuvchi;
Ikki xil qotuvchi.
Qotish jarayoniga qarab ashyolar oldindan qattiq (ya`ni qo`llash mobaynida o`z qattiq shaklini o`zgartirmaydigan) va qotuvchan ya`ni vrach tomonidan amalga oshiriladigan omillar sababli qotadigan ashyolarga bo`linadi. Qotuvchan ashyolar o`z navbatida o`zi qotuvchi yoki kimyoviy qotuvchi, nur yordamida qotuvchi va aralash qotuvchan turlarga bo`linadi. Plomba ashyolarini tish qattiq to`qimasiga hech qandan nuqsonsiz to`gri kelishi uchun ishlab chiqaruvchilar ularning mexanik, estetik xususiyatlarini, biologik mutanosibligini har doim yaxshilashga harakat qilishadi. Nuqsonsiz plomba ashyosi mavjud emas, shuning uchun plomba ashyolari quyidagi qat`iy talablarga javob berishi lozim:
yemirilishga mexanik turg`un va chidamli;
kam issiqlik o`tkazuvchanlik;
ashyoning issiqlik kengayish koeffitsienti tish to`qimasi kengayishi koeffitsientiga to`gri kelishi;
boshliq devorlari bilan ashyoning mikromexanik va kimyoviy bog`liqligi;
shakli va hajmini uzoq muddat saqlashi;
plombalash va qotish jarayonida namlikga past darajada moyinligi;
tishga estetik mutanosibligi;
yaxshi plastiklik xususiyati;
rentgenkontrastligi;
antikariesogen;
qollashda oddiyligi;
uzoq muddat xizmat qilish.
saqlash va ko`chirib o`tkazishda o`ziga hos qo`shimcha sharoitlarni talab qilmasligi.
14-bilet
Ildiz kanallariga mexanik ishlov berish bilan birga medikamentoz ishlov ham beriladi.Ildiz kanallari medikamentoz ishlov berish bilan bir vaktda mexanik ishlov xam beriladi. Medikamentoz ishlov berishdan maqsad ildiz kanalini dezinfeksiya qilishdir. Buning uchun eng effektiv preparat 0.5-5% natriy gipoxlorit hisoblanadi. Preparatlar kanalga endodontik shprits yordamida amalga oshiriladi. Bu muolajaning effektivligini oshirish uchun ultratovushdan foydalaniladi.
4.
15-bilet
4.
Do'stlaringiz bilan baham: |