DENTIN-EMAL BIRIKMASI emal va dentinga kiruvchi tolali struktur ko‘rinishdagi ko‘p miqdorda organik birikmalardan tashkil topgan.Tish o‘sib chiqqandan keyin uning yuzasiga turli xil struktur hosilalar joylashadi. ( 1.5 - rasm) Tish o‘sib chiqmasdan oldin emal yuzasi ikki qavatdan iborat kutikula bilan qoplangan bo‘ladi. Ichki qavati yoki birlamchi kutikula enameloblastlarning glikoprotein ishlab chiqarishi natijasida yupqa gomogen plyonka shakkllanishidan hosil bo‘ladi.Tashqi qatlam yoki ikkilamchi kutikula emal organining redutsirlangan epiteliysi hisoblanadi.Tish o‘sib chiqqandan so‘ng chaynash natijasida kutikula yo‘qoladi, bir qism tishning yon yuzalarida qoladi.
Dentin-emal birikmasi. 1-emal; 2-dentin; 3-dentin-emal birikmasi.
Emal yuzasida pellikula shakllanadi. U asosan oqsil - uglevod komplekslaridan tashkil topgan, so‘lak bilan o‘zaro ta’sirlashuvda emalga cho‘kadi. Bu plyonka kislotalarning emalga, emaldan kalsiy va fosfor ionlarining diffuziyasiga to‘stqinlik qiladi.
1.3.2 DENTENNING TUZILISHI
Tishning asosiy massasini dentin tashkil qiladi. Tish toj qismida dentin emal bilan qoplangan, ildiz qismida esa sement bilan qoplangan. Dentin 70% dan ortiq anorganik moddalardan tashkil topgan. Dentining asosiy moddasi diametri 1-5 mkm bo‘lgan dentin kanalchalari hisoblanadi. (1.6. - rasm) Tishning pulpasidan kanalchalar radial yo‘nalishda emal va sementga boradi. Dentin kanalchalarining diametri markazdan pereferiyaga tomon kichrayib boradi. Normada ularning oraliqlari odontoblast o‘simtalari bilan to‘lgan bo‘ladi.
Dentin kanalchalari: a – ko‘ndalang kesimi; b – bo‘ylama kesimi.
Dentining asosiy moddasi kollagen tolasini saqlaydi.Tish to‘qimalari shakllanishi jarayonida hosil bo‘lgan dentin birlamchi dentin deyiladi.
Pulpa atrofi dentini-dentining ichki eng qalin qatlami.Unda kollagen tolalari asosan tangensial joylashgan va Ebner tolalari deb nomlanadi.
Optik mikroskopda ko‘rilganda gidrosiapatit kristallari dentinda globulalar ko‘rinishida to‘planadi. Globulalar turli o‘lchamda bo‘ladi: tish toji qismida yirik va ildiz qismida mayda. Globulalar orasida ohak bilan qoplanmagan dentin - interglobulyar dentin joylashadi. U globullyar dentindan faqat Ca tuzlarining bo‘lmasligi bilan farq qiladi. Dentin kanalchalari interglobulyar dentin sohasida uzilmasdan va o‘z yo‘nalishini o‘zgartirmasdan boradi.
Tishning ildiz sohasi dentin –sement birikmasida interglobulyar dentin juda mayda bo‘lib, juda zich joylashgan. Qoramtir chiziq ko‘rinishida ular Tomsonning donador qatlami deb nomlanuvchi qatlamni hosil qiladi.
Odontoblastlar qatlamiga bevosita yondosh joylashgan pulpa atrofi dentin qismi predentin deyiladi. Amalda predentin ohaklanmagan bo‘lib, uning qalinligi 10-50 mkm. U dentin kanalchalariga perpendikulyar joylashgan kollogen tolalaridan tashkil topgan. Predentin butun hayot davomida hosil bo‘ladi.Yangi qatlamlar hosil bo‘lishi bilan eskiliklari minerallashadi. Predentinning doimiy hosil bo‘lish natijasida tish bo‘shlig‘i qisqarib boradi.
Tish o‘sib chiqqandan hosil bo‘ladigan dentin ikkilamchi dentin deyiladi, ular normadagiga qaraganda juda ham ingichka bo‘ladi.
Tish kariesga uchraganda odontoblast o‘siqlarining zararlanishida, odontocharxlashdan keyin, tish qattiq to‘qimasi emrilishi oshishida dentin yangi qismi hosil bo‘ladi. Bu ikkilamchi (uchlamchi ) o‘rinbosar dentin deyiladi. Bu dentin turli tuzilishga ega.Uning ba`zi bir qismlarida dentin kanalchalari bo‘lsa, ba`zi bir qismlarida esa umuman bo‘lmaydiki, tartibsiz yo‘nalishli kollagen tolalari xarakterli. Shuning uchun ham bunday dentin irregulyar deyiladi, ya`ni normal tuzilishga ega bo‘lmaydi.
Karies jarayoni sekin kechganda, odontocharxlashdan keyin, qattiq to‘qimalar yo‘qotilganda interglobulyar dentin va dentin kanalchalarining minerallashuvi kuzatilishi mumkin, natijada odontoblast o‘simtalari inqirozga uchraydi. Bunda dentinning minerallashgan qatlami hosil bo‘ladi. Bunday dentin tiniq yoki sklerozlangan deb ataladi.
Kariesda, qattiq to‘qima yo‘qotilishi oshganda va tishlar charxlanganda odontoblastlarning bir qismi o‘ladi, pulpa bilan yondosh joylashgan dentin kanalchalari irregulyar dentin bilan to‘ladi. Bu kanalchalar tarkibidagi narsalar parchalanib ketadi.Yorug‘likda bunday kanalchalar qora bo`lib ko‘rinadi va ular o‘lik yo‘llar deyiladi. Bu sohasida denting sezgirligi pasayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |