Esda tuting
Ixtisoslikka oid matn tuzishda quyidagilarga e’tiborni qaratish lozim:
matnning qaysi nutq uslubida yozilishi kerakligini oldindan bilish;
ixtisoslikka oid so’z va shartli belgilarni to’g’ri tanlay olish va o’rinli joylashtirish;
so’z va atamalarni imlo me’yorlariga rioya qilgan holda yozish;
kasbdoshlarga unchalik tanish bo’lmagan yoki faol qo’llanmaydigan atama, shartli belgi yoki qisqartmalarga qavs ichida izoh berish;
ixtisoslikka oid atamalarni boshqa tillardan o’zlashtirish, so’z yasashda milliy tilning tabiatini nazarda tutish;
kasb-hunar so’zlari va atamalarini o’rinsiz takrorlanishiga yo’l qo’ymaslik, ularning ta’sirchanligini oshirish maqsadida leksik, morfologik va sintaktik sinonimiya imkoniyatlaridan o’rinli foydalanish va boshqalar.
21-mashq. Berilgan gap qurilishlarini leksik, morfologik, sintaktik sinonimiya imkoniyatlaridan foydalanib o’zgartiring va ko’chiring.
1. £ish taraddudini ko’rishga to’g’ri keladi. 2. ¤zboshimchalikka yo’l qo’yilmasin. 3. Xalq shevalarini jiddiy o’rganish va tavsiflash lozim. 4. Ishda yo’l qo’yilgan xatolar uchun hayfsan bilan ogohlantirishni taklif qilaman. 5. Saylov. Hamma o’z nomzodlarini tanishtirish bilan mashg’ul. 6. £abul vaqti tugadi. Ertaga kelasiz. 7. Ma’lum bo’lishicha, lisey o’qituvchisi tumanimizda ekologik muhitni yaxshilash ustida izlanishlar olib bormoqda ekan.
25-topshiriq. Liseydagi o’quv xonangizni qayta jihozlash yoki «Eng yaxshi kitobxon» ko’rik tanlovini o’tkazish yuzasidan o’z fikr-mulohazangiz va takliflaringizni yozing. Matn tuzishdan oldin uni kimning nomiga yozishingizni, qanday fikrlar bildirishingizni, bu fikrlarni qaysi dalil bilan moslash mumkinligini o’ylab ko’ring. £oralama tayyor bo’lgach, matnni qayta o’qing, ortiqcha so’zlarni qisqartiring, ayrimlarini ta’sirchan so’zlar bilan almashtiring, so’ng xatolarini yana bir bor tekshirib chiqing.
22-mashq. A.Oripovning quyidagi she’rini nasriy matnga aylantirib yozing. Matn mazmunini o’z so’zlaringiz bilan to’ldiring.
Dunyo bir gulzordir keng va betimsol,
Yulduzlar g’unchadir uning ichida.
£o’g’irchoq ichida qo’g’irchoq misol
Gullar o’stiramiz xona ichida.
Dunyo bir boladir sho’x va betimsol,
Uning axtargani shodlik va kulgu.
£o’g’irchoq ichida qo’g’irchoq misol
Unga ermak bo’lib qolmasak bo’ldi.
26-topshiriq. Ixtisoslikka oid lug’atdan 10 ta so’z, atamani daftaringizga ko’chirib oling. Tanlagan so’zlaringiz qarshisiga ularning ma’nodoshlari yoki unga uyadosh so’zlarni topib yozing. So’ngra shulardan 4 tasidan foydalanib uslubiy jihatdan farqlanuvchi gaplar tuzing.
Namuna: ro’yxatlash – ro’yxatdan o’tkazish.
1. Nazoratchi murojaat etayotgan kishilarni ro’yxatlashga kirishdi. 2. Shaxsiy avtomobilimni ro’yxatdan o’tkazishingizni so’rayman.
Do'stlaringiz bilan baham: |