15.2. Bichish usullari
Mehnat unumini oshirish va mahsulot sifatini yaxshilashga alohida ahamiyat berilayotgan hozirgi paytda tikuvchilik sanoatida tayyorlov-bichish ishlarini avtomatlashtirish eng aktual masalalardan biridir, chunki gazlamalarni qo`lda to`shash va bichish nihoyatda ko`p jismoniy kuch talab qilish bilan birga, mehnat unumi nihoyatda past bo`ladi.
15.4-rasm. Sirpantirib bichish mashinasining sxemasi
Bichish ishlarini avtomatlashtirish uchun yangi usullar topish kerak. Bu yo`ldagi faol izlanishlar natijasida gazlamalarni qirqadigan asboblarning bir qancha yangi turlari topildi. Qirqish asboblarining qaysi tipi ishlatilishiga qarab, hozirda mavjud bichish usullarini ma`lum sistemaga solish mumkin. Bunday sistema asosan ikki xil: universal asboblarda bichish va maxsus asboblarda bichish sistemalari. Universal asboblarda bichishga ko`chma bichish mashinalarida (disk pichoqlisi ham, vertikal pichoqlisi ham) bichish, lenta pichoqli mashinalarda bichish va qaychida bichish kiradi.a; maxsus asboblarda bichishga esa chopqilarda (bir guruh chopqilarda ham, yakka chopqilarda ham) bichish, matritsa va puanson yordamida bichish, SO lazeri nurida bichish, elektr uchqunida bichish, gidromonitorda bichish kiradi.
15.5-rasm. Ikkita valik orasidan o`tkazib bichish sxemasi
Bichiladigan detallar shaklida yasalgan chopqilarni guruh qilib yoki yakka-yakka ishlatishga asoslangan usullar alohida ko`rib chiqilishi lozim. Bular bichish stolini sirpantirib bichish (15.4-rasm), valiklarda bichish (15.5-rasm) va o`yib olish presslarida bichish usullaridan iborat.
Qator ilmiy tekshirish institutlarida gazlama, trikotaj va boshqa materiallarni lazer nuri bilan qirqish yuzasidan tadqiqotlar o`tkazildi. Lazar nuri bilan qirqilgan to`shama profili 88-rasmda ko`rsatilgan. Sintetik tolasi 60%dan oshmaydigan yengil va og`ir gazlamalardan bichiladigan kiyim detallarini to`shamadan mo`ljallangan maxsus dasturga binoan gazli lazer yordamida qirqib olishga mo`ljallangan mashinalar yaratildi. Bu mashinada sun`iy mo`yna va zamsha materiallardan, to`shama qilmay bir qavat qilib bichish ham mumkin (15.6-rasm).
15.6-rasm. Lazer nuri bilan qirilgan to`shama profili. a) nur bir marta sekinroq o`tkazilganda. b) nur bir necha marta tez-tez o`tkazilganda
15.7-rasm. Gazlamalarni elektr uchquni bilan bichish
Gazlamalarni kontaktsiz bichish usullaridan yanada biri elektr uchqunlaridan foydalanish usulidir (15.7-rasm.). Elektr uchquni bilan bichish usulida gazlama 1 ustiga grafit chiziq 2 chizilib, unga elektrod 3 ulanadi. Grafit chiziqning narigi uchida yana bir elektrod 4 bo`ladi.
Elektrodlarga yuqori kuchlanishli tok berilsa, gazlama butun grafit chiziq bo`ylab qo`yib qirqiladi. Hozirda gazlamalarni nihoyatda katta bosim kuchi bilan otilib chiqayotgan ingichka suv oqimida qirqish usuli ham sinab ko`rilmoqda. Bu ham kontaktsiz bichish usuliga oid bo`lib gidromanitorda bichish deb ataladi.
Biroq bichish ishlarini mexanizatsiyalashtirishdagi yuqorida ko`rilgan usullar tayyorlov-bichish ishlarini to`la avtomatlashtirish imkonini bermaydi. Sрu sababli bu nihoyatda muhim sohada ilmiy tekshirish ishlari davom etmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |