Bichuv sexi mashina va uskunalari


Gazlamani bichish uchun ishlatiladigan uskunalar



Download 1,25 Mb.
bet3/6
Sana09.07.2021
Hajmi1,25 Mb.
#113790
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1403163111 43598

15.3. Gazlamani bichish uchun ishlatiladigan uskunalar
Tikuvchilik sanoatida ishlatiladigan to`qimachilik materiallari xususiyat va tuzilish jihatidan xilma-xil bo`ladi. Tikiladigan kiyimlar assortimenti ham turli-tumandir. SHuning uchun gazlamalarni bichish usuli ham bir xil bulmaydi. Gazlamaning xususiyatlariga, bichish usliga, korxonaning turiga qarab, bir vaqtda necha qavat gazlamani baravar qirqish mumkinligi aniqlanadi. Bunday qavatlar soni bittadan 250 tagacha bo`lishi mumkin. Gazlamalar bichilayotganda, ko`pincha, to`shamalarni oldin sektsiyalarga bo`lib olib, keyin sektsiyalardagi detallar qirqib olinadi. Keyingi vaqtlarda kiyim detallarini o`yib oladigan presslar ishlatila boshlagani munosabati bilan gazlamani to`g`ridan-to`g`ri rulondan bichib olishga harakat qilinmoqda.

Gazlamani bichishning ikki xil usuli; gazlamani universal asbobda bichish va maxsus asbobda bichish usullari bor.

Konstruktsiya jihatidan xilma-xil qaychilar va arralar ishlatib, gazlamani bichishning universal usuli kengrok tarqalgan. Bunday usulda to`qimachilik materiallarini har kaday fason va har qanday o`lchamdagi kiyimlarga mo`ljallab bichaverish mumkin. Bunda bir xil kiyimlarni bichishdan ikkinchi xil kiyimlarni bichishga o`tishda bichish uskunasi ham, qirqish asbobi ham o`zgartirilmaydi. Universal asbobda gazlama bichishning eng asosiy afzalligi ham ana shundan iborat. Universal usulning kamchiliklari shuki, bunda kiyim detallari aniq bichib olinmay balki kengaytiribroq qirqiladi va bichish jarayonining o`zidan oldingi ishlar, qavatlarni to`shash va tekislash ko`p mehnat talab qiladi.

Ommaviy tikishning rivojlanishi, tikuvchilik fabrikalarining ixtisoslanishi, mehnat unumdorligini yanada oshirish va tikuvchilik mahsulotlari sifatini yaxshilash zarurati gazlama bichishning samaraliroq usullarini topishni talab qildi. Natijada gazlama bichishning yangi-yangi usullari, jumladan, presslarda, rotatsion qurilmalarda va boshqa uskunalarda maxsus asboblar yordamida bichish usullari paydo bo`ldi.

Tikuvchilik sanoatida gazlama bichishning bunday usullari ishlatilganda, to`shash bilan bichish ishlari, bichish bilan kertish operatsiyalari bir vaqtda bajariladigan bo`lsa, materiallarni ko`proq tejash va mehnat unumdorligini ko`proq oshirish mumkin bo`ladi. Biroq bunday usullarda bichilganda, asboblar turi nihoyatda ko`payib, ularga ketadigan harajatlar ortadi, chunki bunda har bir shakl va har bir o`lchamli kiyimning har qaysi detali uchun bittadan asbob loyihalash va tayyorlash, gazlama bichishning biror usulidan boshqasiga o`tish uchun yangi asbobni o`rnatish va uni uzoq vaqt ishga moslash kerak bo`ladi. SHu sababli, mutlaqo tabiiyki, asboblarga ketgan harajatlar ularning ko`p vaqtga chidashi va materiallarni tejash hisobiga qoplansagina gazlamalarni maxsus asboblarda bichish samarali natija beradi.


15.8-rasm. Vertikal pichoqli ko`chma bichish mashinasi.

Hozirgi vaqtda tikuvchilik fabrikalarining ko`pchiligida to`shamalarni universal usulda qirqishda quyidagi mashinalar ishlatiladi: ko`chma bichish mashinalari (EZM-2 tipidagi vertikal pichoqli yoki EZDM-1, EZDM-2, OM-3 tipidagi disk pichoqli mashinalar), statsionar mashinalar (Rl-4 va SHVn-03 tipidagi lenta pichoqli mashinalar).

Vertikal pichoqli ko`chma bichish mashinasi to`shamani alohida qismlarga (sektsiyalarga) bo`lish, shuningdek, alohida detallarni qirqish uchun ishlatiladi. Bu tipdagi mashinalardan jun, yarimjun va ip gazlamalar to`shamasining balandligi 13-15 sm gacha etganda ham foydalaniladi.

Vertikal pichoqli EZM-2 ko`chma bichish mashinasining (15.8-rasm) qirqish organi qalinligi 0,8 mm, uzunligi 185 mm va kengligi 22 pichoq 1 dan iborat. Mashinaning tik tutqichi 2 ga joylangan pichoqning ikki yoniga 150-200 burchakli qilib charxlangan tig`i tik tutqichdan 8-10 mm oldinga chiqib turadi. Balandligi 180 mm li tik tutqich mashinaning platformasi 3 ga o`rnatilgan. Tik tutqichning ustida minutiga 3000 marta aylanadigan elektr yuritgichi 4 bo`ladi.

Ko`chma bichish mashinalari ko`chma statsionar holatda o`rnatilsa, ularni lentali bichish mashinalari o`rnida ishlatish ham mumkin.

Vengriyaning “Pannoniya” firmasi qo`zg`aluvchan pichoqli bichish mashinalarining 20 dan ortiq variantlarini ishlab chiqaradi. Hozirgi paytda firma CS 529 16-1-42-K tipidagi takomillashtirilgan plastinasimon pichoqli qo`zg`aluvchan bichish mashinasini ishlab chiqarmoqda. Bu mashina bosh valining aylanishlar soni 2800 ayl/min. Elektr yuritgichi turi F572 NN 01. Gabarit o`lchamlari 560x185x330. Pichog`ining harakat yo`li 26 mm. Pichoq qalinligi 0,7 mm. Qirqiladigan material qalinligi 160 mm. CHarxlash organi harakat yo`li 156 mm. Pichoqni avtomatik o`tkirlanish vaqti 2-2,5 min. Pichoq 20 gradus ostida o`tkirlanadi.





Download 1,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish