Bibliografiya lat p65



Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/149
Sana30.12.2021
Hajmi0,53 Mb.
#88495
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   149
Bog'liq
bibliografiya (31)

Beruniy va bibliografiya
O‘rta asr Sharqi olimlaridan biri, bibliografik faoliyati ilmiy-
amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan mashhur qomusiy olim Abu
Rayhon Beruniy mashhur asarlarida o‘zining turli-tuman
qiziqishga, chuqur bilimga ega ekanligini, astronomiya, geologiya,
matematika, falsafa, botanika, tibbiyot kabi sohalarda ham
betakror ekanligini ko‘rsatdi. Salkam 80 yillik umri davomida
150 dan oshiq asar yozdi, ulardan 30 tasi bizgacha yetib kelgan.
Beruniy bir umr kitobga katta hurmat va mehr bilan munosabatda
bo‘lgan, unga bilimlar manbayi, kishining ma’naviy kuchi sifatida
qaragan. Beruniy buni „Fixrist“ nomli bibliografik asarining
so‘zboshisida yozadi va kitobxonlarga quyidagicha murojaat
qiladi: „Sen mening yoshlik davrimda va keyingi paytlarda ham
yozgan asarlarimni bilishing shart. Ularni xor qilma va ularga
bepisand bo‘lma. Ular hammasi mening farzandlarim, zero hamma
o‘z farzandi va ijodi bilan faxrlanadi“. „Hind falsafasi“da ko‘rsa-
tilgan boblar o‘ziga xos bibliografik sharh bo‘lib, Hindistonning
falsafasi va dinshunosligi, astronomik va tilshunoslik masalalariga
bag‘ishlangan. Beruniyning bibliografik faoliyati ancha mashhur
bo‘lib, hayotining so‘ngi 10 yilida unga yaxshigina muvaffaqiyatlar
keltirdi. Uning „Geodeziya“, „Hindiston“, „Mas’ud qonuni“ va
boshqa ko‘pgina ishlari va 1036- yilda tugatgan „Biobibliografiya“
(arabcha „Fixrist“) bizgacha yetib kelgan. Beruniy bibliografik
ro‘yxatni tuzishda Abu Bakr Muhammad Ibn Zakariyo Ar-
Roziy asarlariga to‘xtaldi. Ar-Roziyni o‘zining buyuk o‘tmish-
doshi, yirik Eron filosofi, ximik, vrach va tabiiy sinovchi, o‘rta
asr Sharqi va G‘arbining mashhur olimi sifatida tan olardi.
Beruniy Ar-Roziyning asarlarini eng ishonchli va obro‘li manba
sifatida bilar va undan faoliyatida va asarlarida foydalanar edi va
bu Ar-Roziy asarlarining ko‘rsatkichini tuzishga turtki bo‘ldi. Bu
ishni Beruniy ko‘rsatkichni tuzishdan ancha oldin boshlagan edi.
U Eronning uzoq bir qishlog‘ida yashab turgan vaqtida Ar-


64
Roziy haqidagi materiallarini yig‘a boshlagan va keyinchalik uni
to‘ldirib borgan. Vaqti kelib uni to‘la bibliografik ishga aylantirdi.
Bu bibliografik ko‘rsatkichda avval Ar-Roziyning tarjimayi holi,
undan so‘ng esa uning 184 ta asari haqida ma’lumot beradi.
Unga ko‘ra Ar-Roziy 865- yili 28- avgustda Rey shahrida tug‘ilgan.
Uning otasi savdogar bo‘lgan, Roziy yoshligida falsafa, mate-
matika, astronomiya, kimyo fanlarini katta qiziqish bilan
o‘rganadi, 30 yoshlarida tibbiyot fanini chuqur o‘rganadi va
keyinchalik tibbiyot uning asosiy kasbiga aylanadi. Ar-Roziy Rey
va Bag‘dod shahar kasalxonalarini boshqargan. Ar-Roziy 925-
yili 60 yoshida vafot etadi. Uning IX asr oxiri X asr boshlarida
Yaqin Sharqdagi ilm-fan taraqqiyotida xizmati shu qadar katta
bo‘lganki, Beruniy bu davrni „Roziy asri“ deb atadi. Beruniy
Ar-Roziy asarlarini  bilim sohalari bo‘yicha tartibga keltiradi.
Ko‘rsatkich anchagina to‘la bo‘lib, Ar-Roziyning ilmiy faoliyati
haqida ma’lumot beruvchi ko‘rsatkich sifatida o‘sha davr va
hozirgi davr uchun ham muhim ilmiy qimmatga ega.
„Fixrist“ asarining 2- qismi Beruniyning 1036- yilgacha
yozgan asarlari haqidagi ma’lumotlardan iborat bo‘lib, Beruniyning
ilmiy faoliyati haqida dastlabki manba sifatida ahamiyatga ega. Unda
113 nomdagi asari mavzular bo‘yicha guruhlashtirilgan, tartibda
ayrim xatoliklar uchraydi. 113 ta asardan 70 tasining hajmi ham
ko‘rsatilgan. 27 tasini zamondoshlari Abu Sa’lam Mosihiy, Abu
Ali Hasan kabilar bilan yozganligini ko‘rsatadi. Ko‘rsatkichga
1036- yildan keyingi davrda yozgan 30 dan ortiq asari kirmagan.
1- guruh 18 ta asardan iborat bo‘lib, astronomiyaning umumiy
masalalariga oid. 2- guruh geodeziyaga oid 15 ta asardan tashkil
topadi. 3- guruh matematikaga oid 8 ta asardan iborat. 4- va 5-
guruhlar kichik bo‘lib, astronomiyaning u yoki bu masalasiga
oid. Keyingi 2 ta guruh 5 ta kometalar va vaqt aniqligi masalasiga
oid adabiyotlardan iborat. 8-guruh 12 ta geometriyaga,
meteorologiyaga, astronomiyaga oid turli xil adabiyotlar haqida
ma’lumot beradi. 9- guruh 7 ta nomdagi astrologiyaga oid asarlar
haqidagi sharhdan iborat. 10- guruh, asosan, 13 ta nomdagi
tarjima qilingan asarlarni, 11- guruh esa dinga va diniy masalalarga
oid 6 ta asarni o‘z ichiga oladi, oxirgi guruhda qo‘shimcha ish
va to‘ldirishni talab etadigan asarlar ro‘yxati berilgan. Guruhlar
ichida adabiyotlar tartibi na alifbo, na xronologik xususiyatga ega,
bu esa o‘rta asrlarda hali bibliografiyaning u darajada rivojlanmaganini
ko‘rsatadi. Beruniy ko‘pgina asarlariga o‘ziga xos annotatsiya beradi,


65
unda asarning yozilish sabablari, kimga bag‘ishlangani, nima
uchun yozilgani ko‘rsatiladi. Bu ko‘rsatkich XVIII asrning
o‘rtalariga qadar 200 yillar atrofida Ar-Roziy ilmiy merosi haqida
ma’lumot beruvchi yagona manba sifatida qadrlanadi. XVIII asr
o‘rtalarida tarixchi olim Ibn Abu Usotba Ar-Roziyning 236 ta
asarlari ro‘yxatini tuzadi.
O‘rta Osiyoda qadimiy asar matnlari va kitob ichidagi biblio-
grafiyaning paydo bo‘lishi ham Beruniy nomi bilan bog‘liq.
Sharqda birinchi bo‘lib foydalanilgan adabiyotlar haqida
ma’lumotlarni shaklga solishga, ya’ni manbalar haqida aniq
ma’lumot berishga katta e’tibor bergan. Beruniyning bibliografik
faoliyati haqida rus arxeolog va etnograf olimi S. P. Òolstov
shunday yozadi: „Beruniy manbalarni tanqidiy analitik usul
bilan o‘rgandi. Òo‘g‘ri, manbalarga tanqidiy yondashish
Beruniygacha ham bo‘lgan, lekin Beruniy ishlarida manbalarga
tanqidiy yondashish — izlanishning asosiy sharti qilib olingan“.
Beruniyning 998 — 1004- yillar o‘rtasida yozgan „Yilnoma“
(xronologiya) nomi bilan mashhur asarida berilgan manbalar
ro‘yxati bunga misol bo‘ladi. Bunday ro‘yxat Beruniygacha
bo‘lmagan va birorta olimning asarida keltirilmagan. Beruniy bu
asarida antik va o‘rta asrlarda yashagan grek, Vizantiya, Hindiston
va O‘rta Osiyo mualliflarining asarlaridan foydalanganligini ko‘rsa-
tadi.
Kitob ichi bibliografiyasining muhim namunasi sifatida
Beruniyning 1030- yilda yaratgan „Hindiston“ asarini ko‘rsatish
mumkin. Bu yirik ilmiy asar kirish qismi va 80 bobdan iborat
bo‘lib, uni yaratishda Beruniy 10 yil davomida turli bilim soha-
lariga oid 207 ta qo‘lyozma asarlarni o‘qib o‘rgangan. Bu asarning
12 — 14- boblarini alohida bibliografik manba deb hisoblash
mumkin. Beruniy har bir fan tarmog‘iga oid bo‘limlar ichida,
avvalo, eng muhim ilmiy asarlarga batafsil to‘xtagan, keyin
boshqa manbalar haqida ma’lumot bergan. Asar mazmunini
ochib berish maqsadida boblarni sanab o‘tgan, agar u yoki bu
kitobni ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lmagan bo‘lsa, bu haqda
eslatib o‘tadi.
Beruniydan bizga meros bo‘lib qolgan bibliografik ishlar
o‘zining ko‘lami, hajmi, manbalarning xronologiyasi va hududiy
chegarasi, tilining xilma-xilligi bilan kishini hayratga soladi.
Manbalar Hindiston, Yaqin Sharq va Gretsiyagacha antik
davrdan to XI asrgacha bo‘lgan davrda yaratilgan arab, fors, grek


66
va boshqa tillardagi adabiyotlardan iborat. Bu bilan Beruniy bizga
ming yillar davomida, hatto bizgacha yetib kelmagan ko‘plab
mualliflarning asarlari, hayoti va ijodi haqida ma’lumot beradi.
Uning bibliografik ishlari O‘rta Osiyoda yaratilgan dastlabki
bibliografik ishlardir, o‘zi esa O‘rta Osiyoning birinchi bibliografi
deb tan olinishga loyiq.
O‘rta asrlarda yaratilgan yana bir yirik bibliografik manba —
XVIII asrlarda yashab va ijod etgan arab yozuvchisi va
sayohatchisi Ibn Abdulloh Yoqutning „Ismlar lug‘ati va fanlar
mazmuni“ nomli ko‘rsatkichidir. U ko‘plab shaharlar qatori
Xorazm, Samarqand, Buxoroda ham bo‘lgan. Hozirgi Òurkma-
nistonning Mari shahrida 2 yil yashagan va muhim tarixiy manba
hisoblanuvchi „Lug‘at“i uchun boy material yig‘adi. Yoqut o‘zi-
ning bibliografiyasi uchun ma’lumotlarni  tarix, adabiyotshu-
noslikka oid asarlardan, ayniqsa, As-Somoniyning „Ismlar
genealogiyasi kitobi“dan oladi. 1907- yilda ingliz olimi R. Mor-
galius bu asarni nashr qildiradi.

Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish