Bibliografiya lat p65


Aleksandr Ivanovich Kormilitsin



Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/149
Sana30.12.2021
Hajmi0,53 Mb.
#88495
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   149
Bog'liq
bibliografiya (31)

Aleksandr Ivanovich Kormilitsin — mashhur kutubxona-
shunos, bibliograf, kitobshunos va o‘lkashunos olimlardan biri.
A. I. Kormilitsin 1915- yili 21- dekabrda Moskva viloyatida dehqon
oilasida tavallud topgan. Oilaviy sharoitga ko‘ra mehnat faoliyatini
juda vaqtli boshlagan. 7 yillik maktab dasturini mukammal
o‘zlashtirib olgandan so‘ng, Moskva pedagogika texnikumiga
o‘qishga kiradi. 1936 — 1937- yillarda boshlang‘ich maktabda
geografiyadan dars beradi va institutga o‘qishga kirish uchun
tayyorgarlik ko‘radi. 1941- yil Moskva tarix-arxiv institutini
tarixchi-arxivchi mutaxassisligi bo‘yicha imtiyozli diðlom bilan
tugatadi. 1947- yildan Kemerova shahar musiqa bilim yurtida
tarixdan dars beradi. 1953- yil oilaviy sharoitiga ko‘ra Òoshkentga
ko‘chib keladi. 19 yil Òoshkent davlat universiteti kutubxonasida
bibliograf, katta bibliograf, bo‘lim mudiri vazifasida ishladi. U
ÒoshDU faoliyati haqida dastlabki materiallarni to‘plash borasida
ko‘pgina ishlar qildi va „ToshDU tarixiga oid materiallar“ nomli
annotatsiyalangan ko‘rsatkich tuzadi, kutubxonaning ma’lu-
mot-bibliografiya apparatini tuzishda ishtirok etadi. U „Gazeta-
jurnal maqolalarining umumiy kartotekasini“, „O‘rta Osiyo va
Qozog‘iston“ hududiy o‘lkashunoslik kartotekasini, taqrizlar,
avtoreferatlar, universitet olimlari ishlarining kartotekasini tuzadi.
1968- yil ishlab chiqarishdan uzilmagan holda „Inqilobgacha
Òurkistonda kutubxonachilik ishi tarixi“ mavzusida nomzodlik


151
ishini tayyorladi va 1970- yili himoya qiladi. Kutubxonada „1936 —
1951- yillarda O‘zbekistonda himoya qilingan nomzodlik va doktorlik
dissertatsiyalarining ko‘rsatkichi“ni tayyorlab, 1954- yil nashr
ettirdi. Unga 592 ta dissertatsiyaning bibliografik ma’lumotlari
kiritilgan, 1956- yili „O‘rta Osiyo davlat universitetining nashrlari
ko‘rsatkichi“ning 1922 — 1956- yillarda nashr etilgan materiallarni
aks ettirgan 2- sonini tayyorlashda ishtirok etadi. Ilmiy faoliyatdagi
yangilik „Biologiya-tuproqshunoslik fakulteti antropologiya
kafedrasining 1923 — 1959- yillardagi ekspeditsiyalari“ obzor
ko‘rinishidagi ishini 1964- yil nashr ettirdi va unda 29 ta
antropologiyaga oid ekspeditsiyalar haqida ma’lumot beradi. 1968-
yil nashr etilgan „Inson va hayvonlar fiziologiyasi kafedrasining
1925 — 1966- yillardagi ekspeditsiyalari“ nomli ishida 28 ta
fiziologiyaga oid ekspeditsiyalar va ularning Markaziy Osiyo va
O‘zbekiston bo‘ylab safarlari haqida ma’lumot keltirilgan.
Kormilitsin 1970- yil nashr etilgan „ToshDU tarixi va faoliyatiga
oid materiallar“ nomli ishning tashabbuskori va ishtirokchisi edi.
Unda universitet faoliyatiga oid 1918 — 1966- yillarni o‘z ichiga
olgan 2000 dan ortiq bosma va qo‘lyozma asarlar haqida ma’lumot
berilgan. Materiallar fakultetlar, kafedralar, ilmiy-tadqiqot
isntitutlariga ko‘ra tartibga solingan. Kormilitsin olimlarning
bibliografik ko‘rsatkichlarini tuzishda ham faol ishtirok etdi. Ham-
korlikda „Nikolay Leopoldovich“, „Obid Sodiqovich Sodiqov“
(rus tilida), „Aleksandr Sergeyevich Uklonskiy“, „Toshmuham-
mad Aliyevich Sarimsoqov“, „Ilariya Alekseyevna Raykova“,
„Vladimir Ivanovich Popov“ kabi biobibliografiyalarning nashrdan
chiqishida muhim rol o‘ynadi. Bibliografiya amaliyotida birinchi
marta olim rahbarligida yoqlangan dissertatsiyalar haqida,
opponentlik qilgan ishlari haqida ma’lumotlar beradi. 1974- yil
Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1000 yilligi munosabati
bilan „Abu Rayhon Beruniy“ bibliografiyasini nashr etadi. Unda
olim hayoti va faoliyatining asosiy sanalari, asarlarining ro‘yxati,
u haqdagi ko‘plab asarlar ro‘yxati berilgan. Ustoz 20 yildan
oshiq vaqt Madaniyat institutining kutubxonachilik fakultetida
dars berdi. Kutubxonachilik ishi, kitob ishi, qo‘lyozma kitoblar
tarixi, O‘zbekistonning madaniyati tarixiga oid ko‘plab maqolalar
e’lon qildi. So‘nggi ish biri „Âèäíûå áèáëèîòåêîâåäû è áèáëèî-
ãðàôû Óçáåêèñòàíà“ nomli ma’lumotnomada respublikamiz
madaniyatida o‘ziga xos o‘rin tutgan, kutubxonashunos va biblio-
graflar haqida to‘la ma’lumotlar berilgan.


152

Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish