Bibliografiya lat p65



Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/149
Sana30.12.2021
Hajmi0,53 Mb.
#88495
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   149
Bog'liq
bibliografiya (31)

tarbiyalash shakllari
Matbuotda axborot va kompyuter madaniyati haqida fikrlar
ko‘plab uchraydi. Avvaldan kutubxonachilik ishida kitobxon
madaniyati, o‘qish madaniyati tushunchalari ishlatilgan. Zamona-
viy xususiyatlar ta’sirida axborot va kitobxon madaniyati tu-
shunchalari mazmunan bir-biriga yaqin ma’noda qo‘llanilishi
ko‘zga tashlanyapti. Bu tushunchalar shunisi bilan dolzarbki,
zamon axborotlashib bormoqda, axborot olami kengayib ketdi.
Endi har bir kishi vaqtidan unumli foydalangan holda o‘zi
uchun zarur axborotni o‘z vaqtida olishga ulgurishi kerak. Axborot
olamidan o‘zi uchun kerak axborotni tanlab olish, uni qayta
ishlab chiqish dengiz tubidan gavhar qidirish bilan teng. Hozirgi
kun ta’lim va tarbiya tizimida kishilarni, ayniqsa, bolalarni kelgusida
axborotlashgan jamiyat hayotida faol yashashga tayyorlash


201
muammosi turibdi. Buning uchun maktab o‘qituvchilarini va
kutubxonachilarni axborot madaniyatiga o‘qitish zaruriyati
tug‘iladi.
Axborot madaniyati — axborotni qidirish, axborot resurslari
(matbuot nashrlarining barcha turlari) bilan ishlay olish, axborotni
qidirish, topish, u bilan ishlash, analitik va sintetik tahlil qilish,
shaxsiy hayotida va mehnat faoliyatida qo‘llay olish ko‘nikmasi
darajasi. Har bir kishi buni bajarish jarayonida quyidagi savollarga
javob bera olishi zarur:
— Men nima qilishim kerak?
— Axborotni topish uchun qayerga murojaat qilishim kerak?
— Axborotni qanday yo‘l bilan olishim kerak? (Axborotni
qidirish uchun aniq resurslarni tanlash)
— Qaysi resurslardan foydalanishim zarur?
— Resurslardan qanday foydalanishim kerak? (Tanqidiy tahlil
qila bilish)
— Undan nimani yozib olishim kerak? (Axborotni saralash
va tanlash)
— Zarur axborotni ola bildimmi? (Tahlil, sintez, baho berish)
— Uni qanday va qay yo‘l bilan taqdim etish kerak? (Natijaga
baho berish)
 Axborot madaniyatini tarbiyalash maktab va bolalar kutub-
xonasi xodimlarining asosiy vazifasi. Chunki kitobxon kitobxonlik
umrining asosiy vaqtini shu kutubxonalarda o‘tkazadi. Shuning
uchun kutubxonachi-pedagog kasbini tayyorlash vazifasi muhim
vazifalardan biri. Masalan, Rossiya maktablarida kutubxonachilar
kichik sinf o‘qituvchilariga kitobxonlik va axborot madaniyatini
shakllantirishda yordam berish bo‘yicha maxsus dasturlar yaratilgan.
Axborot bilan ishlash ko‘nikmasini rivojlantirish maqsadida o‘rta
sinflarda kutubxonachilik-bibliografik bilimlar targ‘ib qilinadi,
o‘rgatiladi. Yuqori sinflarda esa axborot madaniyati asoslaridan
darslar o‘tiladi. Bizning xalqimiz avvaldan kitobxon xalq. Ammo
kitobxonlik madaniyatini yuqori darajaga ko‘tarish lozim. O‘zbekcha
maktab o‘quvchilariga o‘zbek adabiyoti va boshqa xalqlar adabiyoti
haqida ko‘proq tasavvur va tushuncha hosil qildirishimiz kerak.
Shuningdek, adabiyotni davrlar bo‘yicha, mamlakatlar bo‘yicha,
janrlar bo‘yicha ham ajrata olishlari zarur. Bunday tushunchani,
bilimni shakllantirish, avvalo, adabiyot fani o‘qituvchilarining
ishi bo‘lsa, ikkinchidan, kutubxonachining ham vazifasidir.


202
Kutubxonachilar axborot madaniyatini tarbiyalashda quyidagi-
larga e’tiborni qaratishlari kerak:
— tarixiy va huquqiy madaniyatni rivojlantirish — davlat
qonunlarini, rasmiy hujjatlarni bilishga yo‘llash;
— estetik va kitob madaniyati, shuningdek, o‘qish madaniyati
ko‘nikmalarini tarbiyalash;
— bibliografik madaniyat;
— zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nik-
masini va madaniyatini tarbiyalash;
— muloqot madaniyatini shakllantirish.
Bu xususiyatlar hamma uchun zarur. Iste’molchilar bilan
ish olib borishda quyidagi prinsiðlarga amal qilinadi: rejalilik;
ketma-ketlik; bosqichma-bosqich olib borish; alohida-alohida
ish olib borish (kitobxonning yoki iste’molchining bilim saviyasi,
darajasini hisobga olgan holda yondashish).
Buning uchun axborot ko‘rgazmalari, stendlar, turli biblio-
grafik, uslubiy plakatlar, kompyuter dasturlari bo‘yicha bilim
berishga oid turli xil qo‘llanmalar, varaqalar, bukletlar, mustaqil
ma’lumot yig‘ish va qidirishga oid maslahatlar, savol-javob
o‘yinlari, turli videonamoyishlardan foydalaniladi.

Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish