Asarlarni guruhlashtirish, mavzuga oid umumiy mazmundagi
adabiyotlar, keyin esa shu mavzuga oid maxsus adabiyotlar
joylashtiriladi. Bu kitobxonga berilayotgan hikoyani to‘g‘ri va to‘la
tushunishiga yordam beradi, axborotni aniq qabul qilishiga olib
keladi. Ba’zida adabiyotlar janrlariga ko‘ra, ilmiy ahamiyatiga
ko‘ra, bilim sohalariga ko‘ra joylashtiriladi. Tarixiy mavzuda bo‘lsa,
adabiyotlar to‘g‘ri xronologik tartibda ham joylashtirilishi mumkin.
Bibliograf 3 qismdan iborat sharhning matnini tayyorlab oladi:
kirish (bunda mavzu asoslab beriladi, uning xususiyatlari, dol-
zarbligi, tanlangan kitobxonlar uchun ahamiyati aytiladi), asosiy
qism (asarlarga ta’rif — hikoya qismi), xulosa (mavzuga oid yana
qanday qo‘shimcha adabiyotlar mavjudligini, ularning qaysi
manbalardan olib o‘qish mumkinligini, ularga berilgan tanqidiy
materiallar va taqrizlar eslatib o‘tiladi).
Sharhning har bir qismi umumiy maqsadga bo‘ysunishi
lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |