156
ma’rifiy muassasasi bo‘lib, kutubxonachilik, bibliografik, ilmiy-
tadqiqot, ilmiy-uslubiy va axborot faoliyatini olib boradi.
Kutubxonaning asosiy maqsadi — butun insoniyat bilimini aks
ettirgan, O‘zbekistonga va uning milliy manfaatlariga taalluqli
barcha turdagi hujjatlarning universal fondini yig‘ish,
saqlash
hamda jamiyat foydalanishi uchun taqdim etishdir.
Hozirgi kunda kutubxona jahonning 75 tilidagi deyarli 10
mln nusxa hujjatga ega, undan 3 mln dan ortig‘i o‘zbek milliy
matbuotini tashkil etadi. Har yili kutubxonaga 15 — 20 ming
nusxa hujjat olinadi. Kutubxona 1956- yildan Xalqaro kitob
almashuv tizimida ish olib boradi va jahonning 24 davlatidan 30
dan ortiq tashkilot bilan hamkorlik qiladi. Kutubxonada 20 dan
ortiq bo‘lim mavjud bo‘lib, kitobxonlarga kutubxonachilik,
bibliografik va axborot xizmati yo‘lga qo‘yilgan. 250 mingdan ortiq
nashrga ega bo‘lgan „Noyob va nodir adabiyotlar bo‘limi“, 7
mln dan ortiq hujjatni saqlovchi „Asosiy fondni saqlash bo‘limi“,
260 ming hujjatni saqlovchi „Fondlarni depozitlar saqlash
bo‘limi“, 35 mingdan ortiq fondga ega bo‘lgan „Bibliografik
ma’lumot nashrlar fondi“, 80 mingdan ortiq o‘zbek mumtoz va
jahon
musiqasi ovozli yozuvlari, musiqa-nota nashrlari, 150
mingdan ortiq tavsiriy va amaliy san’at asarlari to‘plangan
„Madaniyat va san’at bo‘yicha ilmiy-axborot bo‘limi“, „Ku-
tubxonachilik ilmiy-marketing tadqiqotlari markazi“, „Avto-
matlashtirish yangi axborot texnologiyalar bo‘limi“, „Ilmiy-
uslubiy bo‘lim“, „Milliy bibliografiya bo‘limi“, „Axborot-
ma’lumot xizmati bo‘limi“ kabilar mavjud.
Kutubxona Respublikamiz kutubxonalari uchun ancha yil-
lardan beri kutubxonashunoslik, o‘lkashunoslik ishi va bibliografiya
ishi bo‘yicha asosiy uslubiy markaz va rahbar vazifasini bajarib
kelgan. Kutubxonaning birinchi direktori N. V. Dmitrovskiy rus
kitoblari fondining katalogini, keyingi direktori S. A.
Lidskiy esa
alifbo katalogini tuzganlar. Shuningdek, boshqa mamlakatlar
kutubxonalarining bibliografik nashrlari, respublikada tuzilayotgan
barcha turdagi bibliografik nashrlar, ma’lumotnoma-nashrlar ham
to‘plab borilgan. 1980- yildan Milliy bibliografiya bo‘limi,
ma’lumot-bibliografiya bo‘limi, axborot-bibliografiya bo‘limlari
alohida tashkil etildi. Bo‘limlar tashkil etilganidan beri nashr
qilingan barcha bibliografik mahsulotlar,
har yili nashr etiladigan
kutubxonachilik va bibliografiya ishi, kitob ishiga oid barcha rasmiy
hujjatlar, davlat hujjatlari, vaqtli matbuot nashrlari, shuningdek,
157
Dmitrovskiy, Dorn, Maslova, Avsharova, Semyonovlar tomoni-
dan tuzilgan va bizga meros bo‘lib qolgan barcha ko‘rinishdagi
ko‘rsatkichlar nodir manba sifatida saqlanadi.
Hozirgi paytda
quyidagi kataloglar yuritiladi: alifbo, sistemali, guruhli ishlash
materiallarining sistemali katalogi, avtoreferatlar sistemali katalogi,
notalarning alifbo katalogi, geografik kartalar katalogi, chet el
adabiyotlarining
alifbo va sistemali katalogi, jurnal va gazetalarning
alifbo katalogi, noyob nashrlarning alifbo, predmet, mavzuli
katalogi, elektron katalog, mamlakatning yig‘ma elektron katalogi.
Kutubxona turli yo‘nalishlarda bibliografik mahsulotlar tay-
yorlaydi va nashr etadi:
Do'stlaringiz bilan baham: