Bibliografiya lat p65


Kundalik ilmiy-yordamchi bibliografik qo‘llanmalar



Download 371,04 Kb.
bet68/147
Sana31.12.2021
Hajmi371,04 Kb.
#242922
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   147
Bog'liq
O‘zbekis on respublikasi oliy va o‘R a maxsus (1)

Kundalik ilmiy-yordamchi bibliografik qo‘llanmalar. Bu qo‘llanmalardan yangi hujjatlar haqida tezkor va muntazam axborot berishda foydalaniladi. Ular ilmiy tashkilotlarga, ilmiytadqiqot ishi bilan shug‘ullanuvchilarga fanning, ilmning rivojlanishini muntazam kuzatib borish, o‘rganib borish imkonini beradi. Axborotning tezkorligi va to‘liqligi faqatgina u yoki bu sohada fanning rivojlanishigagina bog‘liq emas, balki yutuqlarning amaliyotga joriy etilayotganiga ham bog‘liq. Bularni to‘la yoritib borish birgina bibliografik nashrda amalga oshib qolmaydi. Buning uchun hujjatlar mazmunini turlicha yo‘nalishda, shaklda ochib berish lozim. Hozirgi paytda keng tarqalgan axborot beruvchi kundalik ilmiy-yordamchi qo‘llanmalar —bibliografik axborot, referativ axborot va sharhli axborotlardir. Ular, asosan, oylik, kvartallik yoki yarim yillik davomli nashrlar ko‘rinishida bo‘ladi.

Bibliografik axborot—hujjatlar haqidagi tezkor xabar (signal), u hujjatlarning bibliografik tavsifi yoki asosiy ma’lumotlar bilangina cheklangan bibliografik ko‘rsatkichdir. Uning vazifasi tezkorlik, katta hajmdagi adabiyotlar haqida to‘la axborot berishdan iborat. Axborot mavzusi muammolar, bilim sohalari, hujjatlarning turlari bo‘yicha ham tartibga solinadi.

Referativ axborot — referativ jurnal, ilmiy-axborot to‘plamlari, ekspress-axborotlar kabi nashr turlarini birlashtiradi. Unda axborot-hujjatlar haqidagi ma’lumotlar referatlar shaklida beriladi, hajmi va berilayotgan ma’lumotlar soni bilan boshqa turlardan farq qiladi. Referativ jurnal — bu hujjatlar haqida axborot beruvchi jurnal ko‘rinishidagi vaqtli nashr. U materiallarni to‘la beradi, birinchi galda ilmiy xodimlarga zarur nashrlarni, sohaga oid xorijiy adabiyotlarni tanlashda yordam beradi. Referativ to‘plam—aniq bir sohadagi ilmiy-texnik yutuqlarni aks ettiruvchi materiallarni yig‘uvchi vaqtli yoki davomli referativ nashr. Unda nashr etilmagan asarlar haqidagi axborot ham beriladi. Ekspressaxborot — vaqtli referativ nashr bo‘lib, u xorijda va mamlakatimizda nashr etilgan va etilmagan hujjatlarni aks ettiruvchi haftalik yoki oylik nashr. U materiallar haqida tanlangan asosda ma’lumot beradi, mazmun keng yoritiladi, maqsadi iste’molchilarga tezkorlik bilan ma’lumot berish.

Sharhli axborot —bir yoki bir necha bibliografik sharhni o‘zida jamlagan, qaysidir fan sohasi, texnika yoki madaniyat sohasidagi yutuqlar, rivojlanish va an’analarni aks ettirgan manbalarni tahlil qilish va umumlashtirishga oid bo‘ladi. Sharhli axborot referativ jurnallar, referativ to‘plamlar va boshqa axborot nashrlari asosida tayyorlanadi. Ilmiy tadqiqotlar mazmunini, metodikasini, natijalarini chuqur tahlil qilish ko‘p vaqt, malaka va kuch talab qiladi. Shuning uchun hozirgi paytda bunday sharhlar pullik xizmat ko‘rsatish turiga kiritilgan.


Download 371,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish