M
S
9
S - mulkiy huquq subyektlari, ulaming barchasi faoliyatini tartibga solib
turuvchi,
R - regulyator kabi ushbu tuzilma tarkibiy qismlari fuqarolik huquqlari
obyektlari
(FHO)
bilan
bog‘liq
ijtimoiy-iqtisodiy-informatsion-huquqiy
munosabatlami amalga oshiradi.
Bu modelda M, V, S, R elementlar orasidagi o‘zaro bog‘lanish chiziqlari ulami
mulkiy munosabatlarda bo‘lishini ko‘rsatadi. Bunda mulkchilik tizimi undagi barcha
M,
V, S, R elementlaming FHO bilan bog‘liq ijtimoiy-iqtisodiy-informatsion-
huquqiy munosabatlami amalga oshirish faoliyati bilan harakatga keltiriladi.
Mulkchilik tizimining samaradorligi mulkdorlaming huquq va majburiyatlari,
mas‘uliyat va manfaatlarini samarali amalga oshirilishi uchun mulkiy munosabatlar
uchun davlat tomonidan yaratilgan qulay shart-sharoitlar va mulkdorlik institutlari
faolligi bilan belgilanadi. Bunda yaratilgan shart-sharoitlar sifatini risklar hamda
siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy va boshqa omillaming kompleks ta‘siri belgilaydi.
Umuman olganda, bu shart-sharoitlar mulkdoming huquqiy havfsizligi va mulkchilik
tizimi modelining samaradorligi kabi xossalari birikmasidan iborat integral (kompleks)
tushuncha bo
‘
lib, FHOlarga va ular bilan bog‘liq xizmatlarga bo‘lgan talab va taklifni
obyektiv shakllantirilishiga xizmat qiladi.
Mulkchilik tizimiga oid yuqorida aytilgan fikr-mulohazalaming ma‘noga egaligi
Ernando De Soto
4
tomonidan ham tasdiqlangan.
Mulkdoming ijtimoiy va iqtisodiy manfaati uning mulk egasi sifatidagi hayotiy
ehtiyoji bo‘lib, uni risklar sharoitida qondirish bilan bog‘liq xatti-harakati va fe‘l-
atvorining ijtimoiy-iqtisodiy motivatsiyasini yuzaga chiqaradi. Bunda risk — mulkiy
munosabatlar jarayonida real mavjud bo‘lgan noaniq va tasodifiy hollarning vujudga
kelishi ehtimolini sifatiy-miqdoriy usullar yordamida ifodalab baholash shaklidir.
Yuqorida aytilganlar asosida quyidagi ta‘rif o‘rinli: mulkchilik tizimi — jamiyatda
o‘rnatilgan mulkchilik shakllariga mos instrumental (FHO ma‘nosida), institutsional va
funksional tuzilmalarni va ular bilan bog‘liq ijtimoiy-iqtisodiy-informatsion-huquqiy
4
Эрнандо Де Сото. Загадка капитала. Почему капитализм торжествует на Западе и терпит поражение во
всем остальном мире./Пер. с англ. М.: ЗАО Олимп-Бизнес, 2001.272 с.
10
munosabatlar mexanizmini birlashtiruvchi yaxlit tizimli majmua. Uning faoliyati
mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha davlat siyosati kontekstida
MHSlari tomonidan harakatga keltiriladi Bunda davlatning siyosati mulkchilik
tizimining samaradorligiga qulay mulkchilik munosabatlari muhitini yaratish asosida
erishilishiga qaratiladi.
Shunday qilib, mamlakatda barqaror iqtisodiy o‘sish va xalq farovonligi faqat
samarali mulkchilik tizimi shart-sharoitlarida erishiladi.
Dunyoning har bir mamlakatida, jumladan, O‘zbekistonda ham, mulkchilik
tizimining faoliyati qonunlar bilan belgilanib tartibga solinadi. Bunda ta‘kidlash
zarurki, barcha mamlakatlardagi mulkchilik tizimi va undagi mulkiy munosabatlar
modeli ulardagi jamiyat tanlagan taraqqiyot modeliga mos ravishda shakllangan.
Ko‘rilgan mavzu doirasida umumiy xulosa tariqasida aytish mumkinki,
zamonaviy mulk ko‘p atributli (ko‘p turli, ko‘p qirrali, ko‘p xossali, ko‘p bozorli, ko‘p
tabiatli) va turli omillarga ta‘sir- chan bo‘lganligi sababli, uni fuqarolik huquqkrining
obyektlari sifatida qabul qilish mumkin. Shu munosabat bilan, bunday mulkni va uning
tushunchasini tizimli tadqiqot obyekti sifatida murakkab fenomen deb qarash mumkin.
5
Mulk - bu ham manfaat, ham mas‘uliyatdir. Mulkchilik - bu mas‘uliyat bilan
manfaatning uzviy birligi hisoblanadi. Mulkchilik real bo‘lishi uchun mulkdorning
iqtisodiy manfaati amalga oshishi shart. Miqdorning iqtisodiy manfaati-uning
boylik egasi sifatidagi hayotiy ehtiyoji bo‘lib, xatti-harakat, fe‘l-atvorni, iqtisodiy
faoliyat motivatsiyasi (sababini) yuzaga chiqaradi.
Ta‘kidlash zarurki, barcha mamlakatlardagi mulkchilik tizimi va undagi
mulkiy munosabatlar modeli undagi jamiyat tanlagan taraqqiyot modeliga mos
ravishda shakllanadi.
6
Shunday ekan, FHOning ta‘minot turlari mulkiy
munosabatlar bilan uyg‘unlikda ko‘riladi.
Umuman olganda, hozirda keng ma‘nodagi mulk (ne‘mat sifatidagi)
nazariyasi jamiyat, iqtisodiyot, huquq va axborot nazariyalari birligi silatida
5
Shoha‘zamiy SH.SH. Mulk, qiymat va narxning nazariy asoslari.-T.:Iqtisod-moliya,2015. 460b, (38-40 b)
6
Эрнандо Де Сото. Загадка капитала. Почему Капитализм торжествует на Западе и терпит поражение во всем
остальном мире./Пер. с англ.- М.: ЗАО Олимп-Бизнес, 2001-.- 272 с.
11
shakllangan bo‘lib, bunda mulk bo‘yicha ijtimoiy, iqtisodiy, yuridik va
informatsion munosabatlar zamonaviy mulkning majburiy atributlari hisoblanadi.
Zamonaviy mulk (ne‘mat mazmunidagi) tushunchasini keng ma‘noda naf,
foydalilik, manfaat, samara, mulkiy huquqlar nuqtayi nazarlaridan mulkdorga,
huquqiy va iqtisodiy fantomlarga ega hamda axborotiy shaffoflik va huquqiy
himoyalanganlik xususiyatlari bilan xarakterlanuvchi ―ne‘mat-fantom-mulkdor‖
uchligi silatida ifodalab tizimli o‘rganish maqsadga muvofiq.
Mulkni bunday ma‘noda ifodalanishi, avvalambor, uni tovar, kapital, turli
munosabat vositasi sifatida jalbdor va samarali bo‘lishini, unga bo‘lgan huquq va
manfaatlrni to‘liq himoyalanishini anglatadi.
Mulkchilik tizimi muhitida bo‘luvchi ―ne‘mat-fantom-mulkdor‖ uchligini
tizimli o‘rganuvchi ne‘mat to‘g‘risidagi multifan
7
qoidalari nuqtayi nazaridan
qarash lozim. Bunda ―ne‘mat- fantom-mulkdor‖ uchligi o‘zining atributlari va
mulkdoriga, huquqiy va iqtisodiy fantom(analog, ya‘ni, ekvivalent)lariga, mulkiy
shakllari va mulkchilik tizimiga ega. Bu fantomlar faqat inson nafsiga asoslangan
nafli mulkiy munosabatlar mavjud bo‘lganidagina ma‘noga ega bo‘lib, ular o‘z
bazisidan (konkret shakl va mazmundagi ne‘matdan, boylikdan) alohida mavjud
emas.
Mulkchilik shakllari asosan quyidagi yo‘llar bilan vujudga keladi: ilohiy va omad
faktorlari, ijtimoiy, siyosiy va huquqiy jarayonlar, inson mehnati, yuridik shaxslar
(jumladan, biznes subektlari) faoliyati, davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirish
va milliylashtirish (natsionalizatsiya).
Bunda davlat, mahalliy hokimiyatlar, yuridik va jismoniy shaxslar, alohida
jamoalar mulkdor subektlar sifatida qaraladi.
Sotsium nuqtayi nazaridan mulkka ijtimoiy manfaat va iqtisodiy manfaat manbayi
sifatida qarash mumkin.
Miqdoran iqtisodiy naf, manfaat, qimmatlilik mulkning jamiyat subektlari uchun
qiymat va narx kategoriyalari asosida aniqlanadigan daromad (foyda) miqdori bilan
ifodalanadi.
7
Шохаъзамий Ш.Ш. Трактат о собственности и её справедливой стоимости. T.:Iqtisod-moliya, 2014. 304 с.
12
Ijtimoiy manfaat mulkning jamiyat subektlari uchun naflilik va qimmatlilik
kategoriyalariga asoslangan subektiv sifatiy xulosa bilan ifodalanadi.
Bunda shaxslarni mulk egasi bo‘lish yoki bo‘lmasligiga qarab, ularning
jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy-yuridik mavqeyi, maqomi (statusi) vujudga keladi.
Mulkiy munosabatlar - turli mulkchilik shakllariga asoslangan mulkchilik
tizimida mulkiy huquq subektlari tomonidan amalga oshiriluvchi ijtimoiy, iqtisodiy,
huquqiy, informatsion aloqa(munosabat)lar majmuasi.
Mulkiy tizim munosabatlar mulkdorlar va mulkdor bo‘lmagan shaxslarning
o‘zaro manfaatli aloqalari mazmun-mohiyati va shakllarini ifodalaydi, ijtimoiy ishlab
chiqarishning turini va shaklini, mulkchilik tizimidagi faoliyat xarakterini,
mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish modelini hamda bu shaxslaming ishlab
chiqarish vositalari bilan bog‘lanish, ishlab chiqarish omillari va mahsul(natija)laridan
foydalanish shart-sharoitlarini belgilaydi.
Mulkiy munosabatlarsiz ijtimoiy ishlab chiqarish jarayoni va bozor faoliyati
mazmunga ega bo‘lmaydi. Zero, yuqoridagi fikrga qo‘shimcha sifatida aytilsa, mulkiy
munosabatlar - bu jamiyatdagi boyliklarni bozor muomalasi va o‘zlashtirish bilan
bog‘liq ijtimoiy- iqtisodiy-informatsion-huquqiy munosabatlar bo‘lib, ularni amalga
oshirilishi jarayonida huquq va majburiyat, mas‘uliyat va javobgarlik, manfaat
kategoriyalarining uzviy birligi muhim ahamiyatga ega.
Ijtimoiy-iqtisodiy-huquqiy tizimni (IIHT) tizimli tadqiq etish va uning tizimli
masalalari kompleks yechimi maqsadiga yo‘naltirilgan ijtimoiy-iqtisodiy
siste‘mologiya (IIS) qoidalari mazkur IIHT tarkibiga kiruvchi, keltirilgan zamonaviy
mulkchilik tizimini (uning atributlari - zamonaviy mulk, ne‘mat, boylik va ular bilan
bog‘liq huquqlar sifatidagi fuqarolik huquqlarining obyektlari, uning qiymati, qimmati,
narxi, nafligi, foydaligi, mulkiy huquq subyektlari, mulk bozorlari, mulk qiymatini
baholash xizmatlari bozori, mulkiy munosabatlar va bularning barchasi bilan bog‘liq
boshqa unsur va jihatlar - bilan birga) tizimli o‘rganishning ilmiy-metodologik bazisi
bo‘lib xizmat qilishi mumkin degan xulosa o‘rinli. Zero, bunday xulosa tizimli
yondashuvni qo‘llovchi IlSning keng imkoniyatlari uni obyekti bo‘lmish IIHT
mulkchilik tizimini ham qamrab olishi bilan bog‘liq. Bunda IIS qoidalariga ko‘ra,
13
zamonaviy mulkchilik tizimi o‘rganilishi maqsadida ushbu tizim atributlari mazmum-
mohiyatiga mos ravishda turli fanlaming intellektual ishlanmalarini samarali
garmonizatsiya (integratsiya) qilish bilan bog‘liq IIS hosilasi sifatidagi g‘oya nazarda
tutiladi. Mazkur kontekstga mos ravishda aytish mumkinki, ushbu g‘oya IIS
mazmuniga mos ravishda zamonaviy mulk va u bilan bog‘liq mulkchilik tizimi
(qisqacha aytilsa — mulk) to‘g‘risidagi multifan nazariyasini ma‘noga ega ekanligi
fikrini keltirib chiqaradi
Shu bilan birga aytish mumkinki, bunday g‘oyaning ma‘noga egaligi fikrini mulk,
ne‘mat, boylik, uning qiymati, narxi va qimmatliligi, naf, foydalilik kategoriyalari
to‘g‘risidagi qadimgi dunyo va o‘tgan asrlar Yevropasi iqtisodiyot fani namoyondalari
qarashlarining tahlili ham ko‘rsatadi. Zero, bu namoyondalaming atomistik (o‘sha
davrlardagi sharoitlar bilan chegaralgan) qarashlari iqtosodiyot nazariyasi tarixiy
rivojlanishining
ilmiy
bazisi
va
zamonaviy mulkni tizimli o‘rganish
metodologiyasining boshlang‘ich manbayi bo‘lib xizmat qiladi. Lekin bunday
qarashlaming alohida qo‘llanilishga aoslangan yo‘l zamonaviy mulkni tizimli tadqiq
etish va tizimli masalalarini kompleks yechish uchun universal ilmiy-nazariy bazis
bo‘la olmaydi.
Shunday qilib aytish mumkinki, zamonaviy mulkchilik tizimi kompleks
o‘rganilishi maqsadida ushbu tizim atributlari mazmun mohiyatiga mos ravishda turli
fanlarning intellektual ishlanmalarini tizimli yondashuvni qo‘llovchi IIS qoidalari
doirasida samarali garmonizatsiya (integratsiya) qilishga asoslangan zamonaviy (turli
xil va shakllardagi, xilma-xil jihat, qirra, xossa, ko‘rsatkich, bozorlar va funksiyalariga
hamda qo‘sh tabiatga ega ne‘mat, boylik sifatidagi) mulk to
£
g
£
risidagi multifan g‘oyasi
ma‘noga ega.
Yuqorida aytilganlar quyidagi argumentlar bilan ham izohlanishi mumkin.
Birinchidan: tarixiy retrospektiv tahlil asosida aytish mumkinki, iqtisodiyot fani
doirasida mulk (mulkchilik tizimi va uning atributlari) to‘g‘risidagi har qanday
nazariyaning amal qilish davri iqtisodiy amaliyotning uzluksiz rivojlanishi ta‘sirida
bo‘lganligi sabab chegarlangan bo‘ladi. Masalan, mulk (mulkchilik tizimi va uning
atributlari) to‘g‘risidagi XIX asrdagi qarashlar hozirgi davrdagi mulkchilik tizimi va
14
munosabatlari mazmun mohiyatiga to‘liq mos kelavermaydi. Huddi shunday, hozirdagi
nazariy xulosalar uzoq kelajakda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan hodisa va jarayonlar
uchun o‘ta cheklangan yoki tarixiy-retrospektiv ahamiyatga ega bo‘ladi Vaholanki,
zamonaviy nazariyalar ham vaqt o‘tishi bilan turli rivojlanish omillari ta‘sirida
takomillashib boradi. Demak, ertami yoki kechmi mavjud qarash va nazariyalar o‘rnini
takomillashganroq g‘oya va nazariyalar egallashi ehtimoldan holi emas.
Ikkinchidan: XXI asr boshlarida zamonaviy mulk va uning atributlarini kompleks
ravishda tizimli tadqiq etish hamda qiymatni baholash va boshqarish bilan bog‘liq
muammolar borasida iqtisodiyot fanining navbatdagi inqirozi muqarrarligi to‘g‘risidagi
hozirgi zamon nufuzli iqtisodchi olimlarining fikri o‘z tasdig‘ini topdi. Zero, bu inqiroz
2008 yilda kuchaygan va asorati hozirgacha davom etayotgan jahon moliyaviy-
iqtisodiy inqirozi (JMII) sabab va saboqlari sharoitlarida ayniqsa, alohida namoyon
bo‘ldi. Aynan shu sharoitlarda zamonaviy iqtisodiyot nazariyasining liberalizm va
uzluksiz ravishda mulk bozor qiymati (narxi) o‘sishini nima bo‘lsa ham ta‘minlash
postulatlari zaif ekanligi yaqqol ko‘rindi. Chunki, aynan shu postulatlar asosida jahon
moliya bozorining barcha segmentlarida ―domino‖ effektiga o‘hshab vujudga kelgan
turli real mulk(aktiv)lar bo‘yicha ―puffaklar‖ fenomeni JMIIning bosh sababchilaridan
biriga aylandi. Afsuski, hozirda ham bu fenomen muammosini bartaraf etish o‘z
yechimini topmagani ertami yoki kechmi navbatdagi global inqirozning davriy sodir
bo‘lishi havfi mavjudligini bildiradi.
Uchinchidan: jamiyat, huquq, siyosat va iqtisodiyot sohalari amaliyotlarining
o‘zaro uyg
£
unlikda tez sur‘atlar bilan takomillashib borishi mulk (mulk huquqlari),
ne‘mat (boylik) nazariyasini hamda u bilan bog‘liq qiymat, narx, qimmat, naf
nazariyalarini ham mos ravishda o‘zaro bog‘liqlikda takomillashib borishini, umuman
olgan, zamonaviy mulkiy munosabatlarda bu kategoriyalar mazmun-mohiyatini bir
birga bog‘liqlikda kompleks ravishda ochib berish imkonini beruvchi yangicha
qarashni, taqozo etadi. Bunda inson sivilizatsiyasining ushbu sohalar uyg‘unlashuvi
doirasidagi mulkiy munosabatlar tajribasini yillar davomida boyishi, bunda
mulkdorlaming qiziqishlari kengayib, maqsadlari va faoliyat turlari, ehtiyojlari ortib,
manfaatlari tobora o‘sib, ularning xaq-huquqlari borgan sari mustahkamlanib va
15
ta‘minlanib borishi muhim omillar sifatida qaraladi.
To‘rtinchidan: zamonaviy mulkchilik tizimi turli xil va shakllardagi, xilma-xil
jihat, qirra, xossa, ko‘rsatkich, bozorlar va funksiyalarga hamda qo‘sh tabiatga ega
zamonaviy mulkning mazmun mohiyatiga mos ravishda shakllangan. Zamonaviy mulk
hozirda o‘z mulkdori (NM) uchun iqtisodiy ta‘minlangan, yuridik konstruksiyaga ega
nafli ne‘mat (N) sifatida namoyon bo‘lgan va o‘zida turli axborotni
mujassamlashtiruvchi murakkab substansiya mazmunida qabul qilingan. Bunda
mulkdor (NM) instinktiv nafs omili yetakchiligida sotsiumda ongli ravishda nafli (o‘zi
uchun manfaatli, foydali) faoliyat hisobiga hayot ko‘radi va mulkiy munosabatlar
subyekti hisoblanadi. Zero, falsafiy nuqtayi nazardan, yorug‘
dunyoda maqsadli orzu-
havassiz, nafli ne‘mat xohish-istagisiz mulkdor insonning o‘zi bo‘lmagan! Chunki, bu
dunyoning jonli va jonsiz materiyasi benafs yaratilmagan, ularning nafsi bir-biriga
bog‘liq yaratilgan! Inson nafsi nazariga vaqtinchalik tushmagan yoki undan yiroq
ne‘mat mulkdor nafi uchun mazmunga ega bo‘lmagan hech qanday qimmatga ega
bo‘lmagan materiyaligicha qoladi. Bunday materiya faqat inson nafsiga asoslangan
nafli (qiymat, narx, qimmat kategoriyalariga asoslangandgina) mulkiy munosabatlar
mavjud bo‘lganidagina ma‘noga ega bo‘ladi. Demak, mulkdor o‘zining nafsiga va
manfaatiga mos qiymatli va narxli ne‘matga ega (mulkdor) bo‘ladi degan prinsip
(tamoyil) o‘rinli. Bu tamoyil negizida o‘z-o‘zidan mulkdorning manfaatli nafsi va unga
mos manfaat beruvchi boylik sifatidagi ne‘mat(mulkiy huquq)ni o‘zaro ekvivalent
kategoriyalar deb qabul qilishimiz mumkin bo‘ladi. Zero, bunda boylikning qimmati,
qiymati va narxisiz manfaatni o‘lchab bo‘lmaydi. Ushbu hayotiy-falsaliy aksiomaga
ko‘ra, ne‘mat (qimmat, qiymat va narxga ega mulkiy huquqlar sifatidagi boylik),
huquqiy va iqtisodiy ta‘minoti vujudga kelishining umumiy manbayi NM bo‘lsada,
lekin bulaming barchasini umumiy sababchisi nafs va unga mos manfaatlami hajmini
ifodalovchi qiymat, narx va qimmat kategoriyalaridir. Shu munosabat bilan, zamonaviy
mulk fuqarolik huquqlar obyektlari (FHO) sifatida mulkiy munosabatlarni
ta‘minlovchi mulkchilik tizimining mulk qiymatini baholash xizmatlari bozori
(MQBXB) va mulk bozori (MB) obyektlari bo‘ladi. Boshqacha qilib aytilsa,
zamonaviy
mulk
kapital,
tovar
va
ijtimoiy-iqtisodiy-informatsion-huquqiy
16
munosabatlar vositasi sifatida namoyon bo‘luvchi turli xil va shakllardagi, xilma-xil
jihat, qirra, xossa
s
ko‘rsatkich, bozorlar va funksiyalarga hamda qo‘sh tabiatga ega
murakkab dinamik substansiya.
Beshinchidan: jahondagi zamonaviy mulkchilik tizimi modellari uning tarkibiy
qismlarining o‘zaro o‘zviy bog‘liqlikda yaxlit murakkab dinamik tizim sifatida yuqori
darajada tashkillashgan faoliyatini taqozo etmoqda. Bunda mulkchilik tizimning
tarkibiy qismlari bo‘lgan mulkdorlik institutlari, ularning mulkiy (kompleks ijtimoiy-
iqtisodiy-informatsion-huquqiy) munosabatlari uchun mulk turlari bilan bog‘liq
professional xizmatlar bozori va mulk narxi shakllanuvchi mulk bozori faoliyatlari
samaradorligiga hamda davlatning samarali regulyativ siyosatiga erishish dunyoning
barcha mamlakatlari ijtimoiy-iqisodiy rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Zero,
davlatning ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining samaradorligi mulkchilik tizimining
samaradorligiga to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liq, bunda xususiy mulkchilik tizimi esa biznes
faolligi samarasini belgilaydi. Bulaming barchasi Ernando De Soto
8
xulosalarida o‘z
aksini topgan. Shunday qilib, mamlakatda barqaror iqtisodiy o‘sish va xalq farovonligi
faqat ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, siyosiy sohalari uyg‘unligi (integratsiyasi)ni samarali
mujassamlashtiruvchi mulkchilik tizimi shart sharoitlarida erishiladi.
Zamonaviy mulkchilik tizimining kompleks o‘rganilishi maqsadida turli xil va
shakllardagi xilma-xil jihat, qirra, xossa, ko‘rsatkich, bozorlar va funksiyalaiga hamda
qo‘sh tabiatga ega zamonaviy mulkni va u bilan bog‘liq ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy,
informatsion mulkiy munosabatlarni kompleks tarzda tizimli tadqiq etish imkonini
beruvchi ko‘p o‘lchamli fanlararo fazoviy yangi shaklga o‘tishning zaruriy muhimligi
to‘liq idrok etilishi tabiiydir. Bunday shaklning hozirgi zamondagi asoslari yetarlicha
ishlab chiqilgan, kelajak uchun oqibatlari ijobiy va samarali deb baholanishi mumkin.
Zero, bunday yangi shakl, IIS qoidalariga ko‘ra, zamonaviy mulk (mulkchilik tizimi)
mazmun-mohiyatiga mos fanlaming yaxlit ijtimoiy-iqtisodiy- informatsion-huquqiy
fazosi bo‘lib, bundagi fanlar ularga mos sohalarga xos bo‘lgan omillar, munosabatlar,
hodisalar, jarayonlami va ularning o‘zaro bog‘liqliklarini tizimli o‘rganadi. Bunday
8
Эрнандо Де Сото. Загадка капитала. Почему капитализм торжествует на Западе и терпит поражение во
всем остальном мире./Пер. с англ.- М.: ЗАО Олимп-Бизнес 2001 - 272 с.
17
fazo ushbu tizim atributlari mazmun mohiyatiga mos ravishda turli fanlaming
intellektual ishlanmalarini tizimli yondashuvni qo‘llovchi IIS qoidalari doirasida
samarali garmonizatsiya (integratsiya) qilish g‘oyasiga asoslanuvchi zamonaviy mulk
to‘g‘risidagi multifan nazariyasini maqsadga muvofiqligini bildiradi. Ushbu nazariya
IIS qoidalariga asoslangan holda zamonaviy mulkning tabiatiga mos ravishda keng
ma‘noda garmonizatsiyalashtirilgan ijtimoiy yo‘nalgan jamiyat, iqtisodiyot va huquq)
fanlarga, tabiiy va texnik fanlarning tegishli bo‘limlariga ayniqsa, matematik apparatni
va statistikaga asoslanadi. Xususan olganda, zamonaviy mulk to‘g‘risidagi multifan
quyidagi ixtisoslashgan nazariyalarni matematik apparatni (jumladan, statistikani)
qo‘llash asosida kompleks garmonizatsiyalashtiradi.
-turli xil va shakllardagi, xilma-xil jihat, qirra, xossa, ko‘rsatkich, bozorlar va
funksiyalarga hamda qo‘sh tabiatga ega zamonaviy mulk (ne‘mat) bo‘yicha turli
huquqlar nazariyasi;
-qiymat va uni tahliliy baholash nazariyasi;
-narx, uni shakllanishi, tahlil qilish va baholash nazariyasi;
-qimmat va uni tahliliy baholash nazariyasi;
-boshqarish (jumladan, regulyatsiya qilish) nazariyasi.
Mazkur nazariyalaming garmonizatsiyalashtirilgan ravishda qo‘llanilishi esa
globallashuv jarayonlari va bunda global beqarorliklarni (inqirozlarni) ko‘payishi,
dunyoning ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanishiga xususiy mulk va u bilan bog‘liq omillar
ta‘sirini keskin ortishi, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, huquqiy,
informatsion va boshqa
munosabatlarni murakkablashuvi va nlarning chegaralari kengayishi bilan belgilanadi.
Zamonaviy mulk to‘g‘risidagi multifan quyidagilarni amalga oshirish imkonini
beradi:
-turli nazariyalar va ularning intellektual ishlanmalarini samarali garmonizatsiya
qilishni;
-mulkiy huquq subyektlari o‘rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy-informatsion-huquqiy
munosabatlar
uzviyligini
ta‘minlovchi
mulkchilik
tizimini
uning
agregatsiyalashtiriluvining turli (makro-, mintaqaviy yoki hududiy mezo-, mikro-,
nano-) pog‘onalarida tizimli o‘rganishni;
18
-mulkchilik tizimi va uning atributlari tabiatini, undagi mulk va mulkiy
munosabatlar turlari, ulardagi o‘zaro bog‘liqliklar mazmunini sifatiy va miqdoriy
tushuntirishni;
-mulkchilik
tizimidagi
munosabatlar
va
jarayonlaiga
xos
xossa
va
qonuniyatlarning tahlilini (bunda: xossa — obyekt va unga xos fenomen va
jarayonlaming ma‘lum bir sharoit va omillar ta‘sirida o‘zgarishga moyil bo‘lgan
ma‘lum sifatlarga ega bo‘lish xosiyati (xossasi, xususiyati); qonuniyat - ma‘lum vaqt
davrlarida qandaydir statistik muntazam qaytariladigan fenomen, jarayon va ular
xossalari rivojining shakllanishi natijasi bo‘lib, bu natijaning bunday namoyon bo‘lishi
kuzatuvchilar tomonidan, odatda ma‘lum sharoit va omillar ta‘sirida, ishonishlikka
molik odatiy holat deb qabul qilinadi);
-mulkchilik tizimi va uning atributlari uchun xos hodisa va voqeliklar rivojini
shakllantiruvchi omillaming tahlilini (bunda aytish mumkinki, ―ko‘rsatkich‖ va ―omil‖
tushunchalarining farqi shartlidir, chunki har bir ko‘rsatkich boshqa bir undan yuqori
darajadagi (unga bog‘liq bo‘lgan) ko‘rsatkichning omili sifatida ko‘rilishi mumkin yoki
aksincha. Omil va voqelik (obyekt deb olinsa) o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalash
mumkin, agarda omil ta‘siri ostidagi obyekt hossasini sintetik tarzda olingan (topilgan)
ko‘rsatkich yordamida aks etishini hisobga olsak, unda ushbu ko‘rsatkich shartli
ravishda omil kuchi va xarakterini adekvat ifodalaydi deb qabul qilish mumkin);
-mulkchilik tizimi va uning atributlarini tizimli tahlil va sintez masalalarining
kompleks yechimiga erishishni;
-mulkchilik tizimi va uning mulk turlari bo‘yicha atributlaridagi sifatiy va
miqdoriy o‘zgarishlar hamda bog‘liqliklar tizimli-metrik o‘lchanishining amalga
oshirilishini;
-mulkchilik tizimi va uning atributlarini modellashtirish va prognozlashtirishni,
umuman olganda, keng ma‘noda tizimli tadqiq qilishni va h.k.
Bunda ko‘p atributli mulkchilik tizimini murakkab tartiblashtiriluvchi dinamik
tizim sifatida tizimli tadqiq qilish bilan bog‘liq barcha masalalami keng ma‘noda ikkita
yirik masalalar sinfiga ajratish mumkin:
-
tizimli tahlil masalasi;
19
-
tizimli prognozlashtirish va sintez masalasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |