Kurs ishining vazifalari:
-
O‘zbekistonda mulkchilik tizimining rivojlanishini fundamental asoslarini
o‘rganish;
-
O‘zbekistonda mulkchilik tizimining faoliyat mexanizmini belgilovchi
meyoriy-huquqiy bazasini yoritib berish;
-
O‘zbekistonda mulkchilik tizimining shakllanishining bosqichlari va
xususiyatlarini tahlil qilish.
Kurs ishi kirish, uchta qismdan, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar
ro‘yxatidan tashkil topgan.
6
1. O’zbekistonda mulkchilik tizimini rivojlanishining fundamental
asoslari
Har qanday jamiyatning iqtisodiy tizimi mulkchilikdan boshlanadi. Hamisha
avlodlar mehnati yaratgan va tabiat in‘om etgan boyliklar mulk bo‘lib kelgan.
Mulk egasi bo‘lish yoki bo‘lmaslikka qarab, kishilarning jamiyatdagi mavqei,
anikrog‘i ularning sotsial maqomi yuzaga keladi. Mulkiy munosabatlarga
asoslanmagan iqtisodiyot bo‘lishi mumkin emas. Ishlab chiqarish resurslari bironta
mulk bo‘lib harakatga keladi.
Mulk egasi, ya‘ni mulkdor mulkiy munosabatlarning faol tomoni bo‘lib,
mulkni egallash uchun xuquq va imkoniyatlarga ega bo‘ladi. Mulk ob‘ekti
tabiatdagi narsalar, energiya, aqliy qobiliyat, buyumlar sub‘ektiga to‘la yoki
qisman tegishli bo‘lib, mulkiy munosabatlarning passiv tomoni xisoblanadi.
Mulkiy munosabat, mulkning o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabatini qamrab oladi, ya‘ni
mulkiy ob‘ektning sub‘ektiv munosabatlarini ifodalaydi. Bu munosabatlar
iqtisodiy mazmunga ega bo‘lib, mulkdorlar o‘rtasida mahsulotlar, daromadlar,
boyliklar taqsimlanishini belgilab turadi.
Jamiyat rivojining hozirgi bosqichida mulkchilikning xar xil turlari mavjud.
Shuning uchun xam hozirda bozor iqtisodiyotini ko‘p ukladli iqtisodiyot deb
atashadi. Bugungi kunda mulkchilik davlat mulkidan tashqari, ishlab chiqarish,
xizmat ko‘rsatish va matbuot sohalaridagi jamoa mulkining xilma-xil turlarini,
ijtimoiy tashkilotlar mulkini, mehnatkashlarning uy xo‘jaligi hamda shaxslarning
yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan shaxsiy mulkni, tashqi
iqtisodiy munosabatlar sohasidagi aralash mulk, xususiy mulk va boshqa shakllarni
o‘z ichiga oladi.
O‘zbekiston Fuqarolik Kodeksiga muvofiq, davlat mulki Respublika
mulkidan va ma‘muriy xududiy tuzilmalar mulkidan (munitsipal mulkidan)
iboratdir. Yer-suv, yer osti boyliklari, havo bo‘shligi, o‘simlik va hayvonot
dunyosi, hamda boshqa tabiiy resurslar, respublika hokimiyati va boshqaruv
7
tuzilmalari, oltin zaxirasi, valyuta fondiva boshqa davlat fondlari respublika mulki
hisoblanadi.
Mulchilik o‘zlashtirish borasidagi munosabat bo‘lar ekan, u egalik qilish,
foydalanish va tasarruf etishning yaxlitligini taqozo etadi. Mana shu uch jihat
mulchilikning ajralmas unsurlaridir.
Egalik qilish — mulkdorlik huduqini mulk egasi qo‘lida saqlanib turishidir.
Egalik sharoitida mulk bo‘lgan boylik qisman o‘zlashtirilada. Mulkka egalik
saqlangan holda, uni amalda ishlatish o‘zga qo‘lida bo‘ladi. Buning oqibatida
mulkdan kelgan naf ikki qismga ajraladi: bir qismini mulkdor, ikkinchisini mulkni
amalda ishlatuvchi o‘zlashtiradi. Masalan, bino ijaraga berilganda egalik qilish
mulkdor qo‘lida qoladi va u mulkdan kelgan nafning faqat bir qismini ijara haki
shaklida o‘zlashtiradi, Boshqa qismni esa ijarachi o‘zlashtiradi. Xullas, egalik
qilish qisman, cheklangan o‘zlashtirishni bildiradi.
Foydalanish, ishlatish — mulk bo‘lgan boylikni iqtisodiy faoliyatda qo‘llab,
xo‘jalik jarayoniga kiritib, undan natija olishdir. Foydalanish yuz berganda boylik
daromad topish yoki shaxsiy ehtiyojni so‘ndirish uchun ishlatiladi. Mulkdor o‘z
mulkini o‘zi ishlatganda egalik qilish va foydalanish bir qo‘lda bo‘ladi, olingan
natijani mulkdor tanho o‘zi, boshqa bilan baham ko‘rmagan holda o‘zlashtiradi.
Eglalik qilish va fovdalanish ajralganda mulk keltirgan naf ham taqsimlangan
holda o‘zlashtiriladi.
Tasarruf etish - mulk bo‘lgan boylik taqdirini mustaqil hal etish, ya‘ni mulkni
sotib yuborish, ijaraga berish, merosga qoldirish, asrab-avaylab ko‘paytirish yoki
uni yo‘qotib yuborishdan iborat xatti-harakatlarni amalga oshira bilishdir.
Mulkchilik munosabatga ega albatta, uning ob‘ekti va sub‘ekti bo‘lishi shart.
Mulkchilik xo‘jalik va tadbirkorlik faoliyatining turli shakllari orqali iqtisodiy
jihatdan ro‘yobga chiqariladi.
Fuqarolik huquqlari obyektlari (FHO) o‘zlarining xossalari bilan bog‘liq
funksiyalarini mulkiy munosabatlarda to‘liq bajarishida va uni bir mulkiy huquq
subyektidan boshqasiga qonuniy ravishda shaffof o‘tishida optimal proporsiyali
tuzilmaga ega mulkchilik shakllariga asoslangan samarali mulkchilik tizimining
8
modeli muhim ahamiyatga ega. Bunda mulkchilik tizimning tarkibiy qismlari bo‘lgan
mulkdorlik institutlari, ularning mulkiy munosabatlari uchun mulk turlari bilan
bog‘liq professional xizmatlar bozori va mulk narxi shakllanuvchi mulk bozori
faoliyatlari samaradorligiga hamda davlatning samarali regulyativ siyosatiga erishish
dunyoning barcha mamlakatlari ijtimoiy-iqisodiy rivojlanishida muhim aha- miyat
kasb etadi. Demak, mulkiy munosabatlar samarali bo‘lishi uchun davlat mulkiy
huquq subyektlari (MHS) uchun samarali bo‘lgan mulkchilik tizimini, ayniqsa,
hususiy mulkchilik tizimini, shakllantirishi zarur. Zero, davlatning ijtimoiy-iqtisodiy
siyosati- ning samaradorUgi mulkchilik tizimining samaradorligiga to‘g‘ridan to‘g‘ri
bog‘liq, bunda hususiy mulkchilik tizimi esa xalq farovonligini va biznes samarasini
belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |