Bet-50 guruh talabasi Ahmadxo'jayev Jalolxonning
Kasbiy psixologiya fanidan yakuniy nazorat ishi
7-VARIANT
1.Tafakkur tushunchasi va tarkibiy qisimlari.
2.Muloqot tushunchasi vaunting turlari qonuniyatlari.
3.Ijtimoiy adaptasiyaning psihologik mohiyati.
4.SHaxsning rollari va utanovkalari motivlari va ularning psixologik mohiyati.
Psixolog V.M.Karimovaning fikricha, iqtisodiy ong mahsuli bo’lgan iqtisodiy
tafakkur - xo’jalik munosabatlariga kirishgan subyektlarning iqtisodiy
munosabatlarga oid tasavvurlari, bilimlari, g’oyalari hamda qarashlarini ongdagi
aksi bo’lib, u amalga oshirilayotgan faoliyatning mohiyatini tahlil qilish,
umumlashtirish, taqqoslash va xulosalar chiqarish imkonini beradi
Iqtisodiy tafakkur mamlakatdagi ishlab chiqarish jarayoni, ijtimoiy
o‘zgarishlar va iqtisodiy munosabatlar, ularning xususiyatlari asosida kategoriya,
qonunlar va tushunchalarda o‘z ifodasini topadi.
Har bir jamiyat o‘zining iqtisodiy tafakkurni ushbu mamlakat iqtisodiy
ahvolidan kelib chiqqan holda rivojlantiradi va takomillashtiradi.
Kichik jamiyat boshqa yirik jamiyatlar ichida yashar ekan, u o‘z
iqtisodiyotini ham ichki, ham tashqi tarafdan mustahkamlashga harakat qiladi.
Jamiyat bu yo‘lda o‘z iqtisodiyotini qonunchilik bilan himoyalashga, qishloq
xo‘jaligi, ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish sohalarini raqobatbardosh sohalarga
aylantirishga, xalq farovonligini ta’minlashda ijtimoiy himoya siyosatini olib
borishga, siyosiy, madaniy, ma’naviy, iqtisodiy sohalardagi islohotlarni
o‘tkazishga hamda xususiy mulk shaklini rivojlantirishga tomon siljib boradi.
Mazkur iqtisodiy tafakkurning tarkibiy qismlari:
ilmiylik tamoyiliga;
izchillik va uzluksizlik tamoyiliga;
kreativlik va konstruktivlik tamoyiliga tayanadi.
Muloqot - faqat insonlarga xos bo`lgan jarayondir. Kishilarda faoliyat
jarayonida bir-birlariga nimanidir aytish istagi tug`iladi. Muloqot - odamlar
o`rtasida birgalikdagi faoliyat ehtiyojlaridan kelib chiqadigan bog`lanishlar
rivojlanishining ko`p qirrali jarayonidir. Muloqot birgalikda faoliyat ko`rsatuvchilar
o`rtasida axborot ayirboshlashni o`z ichiga oladi.
Muloqotning turi va shakllari turlichadir. Masalan, bu faoliyat bevosita
«yuzma-yuz» bo‘lishi yoki u yoki bu texnik vositalar (telefon, telegraf va shunga
o‘xshash) orqali amalga oshiriladigan; biror professional faoliyat jarayonidagi
amaliy yoki do‘stona bo‘lishi; sub’ekt-sub’ekt tipli (dialogik, sheriklik) yoki
sub’ekt-ob’ektli (monologik) bo‘lishi mumkin.
Muloqot mazmuniga ko`ra quyidagi turlarga ajraladi:
moddiy muloqot deganda subyektni dolzarb ehtiyojlarni qondirish
vositasi sifatida, ayni paytda shug`ullanayotgan faoliyatining mahsulotlari va
predmetlarini ayirboshlash tushuniladi;
kognitiv muloqot deb shaxslarning hamkorlikdagi faoliyatida narsa va
hodisalarni o`rganish, ma’lumotlarni bilib olish jarayonida o`zaro bilim
almashinuviga aytiladi;
konditsion muloqotda psixologik va fiziologik holatlar
ayirboshlanadi. Masalan, shifokor bemorning tushkun kayfiyatini ko`tarishi yoki
aksincha, ona qizining o`ksinib yig`layotgan holatiga yig`i bilan munosabat
bildirishi;
motivatsion muloqot muayyan yo`nalishda hamkorlikda harakat
qilish uchun o`zaro maqsadlar, qiziqishlar, motivlar va ehtiyojlar almashinuvi
jarayoni bilan izohlanadi;
faoliyat muloqoti kognitiv muloqot bilan uzviy bog`liq bo`lib, bunda
harakatlar, operatsiyalar, ko`nikma va malakalar ayirboshlanadi. Bu muloqot
jarayonida ma’lumotlar uzatiladi, bilim doirasi kengayadi, qobiliyatlar
rivojlanadi va takomillashadi.
adaptatsiya - (lot. «adapto» - moslanmok) analizator
sezgirligining unga uzoq ta’sir etuvchi qo’zg’atuvchi ta’sirida yoki ular ta’sirining
yo’qligida o’zgarishi muhim ahamiyatga egadir. Adaptatsiya (moslashish) tufayli
analizatorlar tashqi muhitning o’ta o’zgaruvchi sharoitlariga moslashishi mumkin.
Ko’rish yoki eshitish sezgisining yo’qotilganligi ma’lum darajada sezuvchanlikning
boshqa turlarini rivojlantirish hisobiga to’ldiriladi. Sezgi a’zolari sezuvchanligining
kuchayish hodisasi ba’zi maxsus kasblar bilan uzoq vaqtdan bilan shug’ullanadigan
shaxslarda kuzatiladi. Bularning xammasi sezgilarimiz hayot sharoitlari va amaliy
mehnat faoliyati talablari ta’siri ostida rivojlanishining dalilidir.
Umuman, motivatsiya tushunchasiga barcha adabiyotlarda, jumladan,
lo‘g‘atlarda ta’riflar ko‘p, ularni umumlashtirib, quyidagicha ta’riflash mumkin:
motivatsiya – bu individni faollikka undovchi hamda uning yo‘nalishini
belgilovchi motivlar majmuasidir. Boshqacha qilib aytganda, motivatsiya – inson
xulq-atvori, uning bog‘lanishi, yo‘nalishi va faolligini tushuntirib beruvchi
psixologik sabablar majmuini bildiradi. “Motivatsiya” tushunchasi “motiv”
tuushnchasidan kengroq ma’no va mazmunga ega.
Motiv – lotincha “movere” – harakatga keltirmoq, turtki bermoq ma’nosini
anglatib, u asosan uch xil mazmunni anglatadi:
sub’ektning muayyan ehtiyojlarini qondirish bilan bog‘liq faoliyatga undash;
faoliyatning predmetiga aloqador faollikning yo‘nalishini belgilovchi kuch;
shaxs tomonidan biror xatti-harakat yoki xulq-atvorning tanlanishiga
aloqador anglangan sabab.
Demak, motiv – bu undov, yo‘naltiruvchi kuch va sabab tariqasida shaxsning
ongli hamda ongsiz faolligi, faoliyatini belgilovchi psixologik tushuncha. Har
qanday harakat, xulq, fikrlash muayyan mezonlarga, motivlarga ega bo‘ladi.Hatti-harakat yoki faoliyat motivlari hamisha ham anglanvermaydi, ular
anglangan va anglanmagan bo‘ladi. Maqsadlarimiz, qiziqishlarimiz, maslak yoki
e’tiqodimiz tufayli bir ishni amalga oshirayotgan bo‘lsak, ularni anglangan
motivlar deb ataymiz. Lekin ba’zan nima sababdan u yoki bu ishni qilib
qo‘yganimiz, aytgan gapimiz yoki munosabatimizni, ayna shu kasbni
tanlaganimizning tom ma’nosi, tub sababi bizga ayon bo‘lmaydi. Anglanmagan
xulq motivlari psixologiyada ijtimoiy ustanovka (inglizcha “attitud”) deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |