MCHJ “BEST AUDIT SERVICES” da 1C buxgalteriyani autsorsing tarzda tashkil etishni o`rganish
“Autsorsing” firmalarning muhim jihatlari.
Xorijiy tajriba asosida autsorsing firmalar faoliyatini ko’paytirish
Xulosa
Kirish Men Kamolov Odil G’aybilloyevich o’quv amaliyotimni kafedra yo’llanmasi asosida Toshkent shahardagi MCHJ “BEST AUDIT SEVICRS” ning buxgalteriya bo`limida 2022-yil 06-iyundan 13-avgustgacha o’tadim. O’quv amaliyotim rejasini Toshkent shahardagi MCHJ “BEST AUDIT SERVICES” da menga biriktirilgan rahbarim va universitetdan belgilangan rahbarim bilan o’zaro kelishilgan holda amaliyot dasturiga asoslanib belgiladik. Toshkent shahardagi MCHJ “BEST AUDIT SERVICES” buxgalteriya bo`limida o’quv amaliyotimni o’tash davrida bankning tashkil topish tarixi, uning tashkiliy tuzilmasi va huquqiy asoslari, maqsadi va vazifalari bilan yaqindan tanishdim. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari va Qarorlaridan ham xabardor bo’ldim. Amaliyot o’tash vaqtida outsoursing firmaning hamma bo’limlaridagi ishlar bilan tanishib ularning bajaradigan funksiyalarini ham qisqacha bo’lsa ham o’rganib oldim. Hamda outsoursing firmaning sohasida ishlatilayotga eng so’nggi zamonaviy dasturlar bilan ishlashni ham o’rgandim. Bu o’quv amaliyotimiz orqali nazariy bilimlarimizni ham amaliyotda qo’llash imkoni paydo bo’ldi. Biz nazariy bilimlarni o’rganib ularni amaliyotda to’g’ri qo’llay olishimiz kerakligini ham shu amaliyot paytida tushunib yetdim. outsoursing firmada o’z amaliyotimni o’tash jarayonida tadbirkorlikning amalga oshishida yordam beradigan qaror hamda shu kabi huquqiy normalar bilan tanishdim.
Yuqori va barqaror sur’atdagi iqtisodiy o’sish va makroiqtisodiy barqarorlik outsoursing firmaning bank timizi singari ishlashi yoinki uning bankla faoliyatining qisqartirilgan vaholanki tezlashtirilgan varianti desak ham mubolog’a bo’lmaydi va yangi yechimlar izlab topishni, kredit tashkilotlarining raqobatbardoshligi va bank nazoratini oshirishni, shuningdek bu firma uning xizmatlaridan foydalanayotgan tashkilot yoinki tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi MCHJ va yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatini yuruvchilarni bir muncha qat’iy ravishda o’z faoliyatini yuritishga chaqiradi. Sababi, firmaning xizmatlaridan foydalanishda unga o’z hisobotlarini aniqlik va shaffoflikda taqdim etishlarini talab qiladi.
Amaliyot jarayonimda diqqatni jalb qiladigan narsalar bular: 1C programmasini ishlatish bo’yicha nazariy hamda amaliy topshiriqlar olganligim desam ham bo’ladi yoinki tadbirkorlarning ishchilari uchun ijtimoiy soliq to’lagan vaqtida uni qanday hisoblash ishlarini olib boorish ham shu qatordadir.
Autsorsing buxgalteriya masofadan turib malakali soha mutaxassislari tomonidan olib boriladigan buxgalteriyadir. Autsorsing buxgalteriya yollanma buxgalteriyadan farqli ravishda, buxgalteriyani qisman yoki vaqtinchalik topshirish emas, uzoq muddatga shartnoma asosida hamkorlik qilishni ko‘zda tutadi. Autsorsing buxgalteriya xizmatini ko’rsatuvchilar Autsorserlar hisoblanadi. Hozirgi vaqtda xorijda shtatdagi xodimlarni ta'minlashdan ko‘ra Autsorsing xizmatlaridan va ayniqsa, Autsorsing buxgalteriya xizmatlaridan keng foydalanilmoqda.
Bu kabi xizmat ko’rsatuvchi firmalar yoinki shu kabilar albatta o’z faoliyatida kompyuter texnologiyalarini jalb qilganligi bilan oldinlashi aniq. Negaki hozirgi kunda zamon talabi hamda rivojlamish omili sifatida texnologiyalardan unumli foydalanish ko’rsatilmoqda. Bu xizmat ko’rsatuvchi firmada o’z ish faoliyatimni hamda o’z kareramni qurish uchun albatta foydalanishim kerak ekanini qayd etishim joiz.
O'zbekistonda xizmat ko’rsatuvchi firma va tshkilotlar faoliyatini izchil rivojlantirish respublika iqtisodiyotini erkinlashtirish jarayonidagi eng muhim masalalardan biri bo'lib, uning rivojlanishi uchun barcha shart-sharoit va imkoniyatlar yaratildi. Xususan, O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A. Karimovning islohotlar yo'lida muvaffaqiyatli odimlashi uchun bank - kredit tizimini mustahkamlash, uni isloh qilishni tarkibiy jihatdan ham, institutsional jihatdan ham davom ettirish muhim ahamiyatga ega ekanligini ta'kidlashi, respublika iqtisodiyotida bank tizimini tutgan o'rni va ahamiyati qanchalik muhim ekanligidan yana bir bor dalolat beradi. Shuning uchun ham hozirgi vaqtda respublikada Autsorsing buxgalteriyatizimi shakllanishi va rivojlanishiga doir masalalarni ham nazariy, ham amaliy jihatdan yoritib berishda, uning mazmun-mohiyatiga e'tibor qaratish va ayrim aniqliklarni kiritish lozim.
Mamlakatimiz Prezidenti SH.Mirziyoyev Oliy majlisga murojaatnomasida “Iqtisodiyotni rivojlantirishda puxta va barqaror bank-moliya tizimi ulkan ahamiyatga ega. Biz aholi va tadbirkorlik sub'ektlarining bank tizimiga ishonchini kuchaytirmasdan turib, “yashirin iqtisodiyot”dan to'liq xalos bo'la olmaymiz. 2019-yilda bank tizimi faoliyatini rivojlantirish bo'yicha belgilangan vazifalarni amalga oshirishda banklar bilan tadbirkorlik sub'ektlari o'rtasida samarali va o'zaro manfaatli hamkorlik munosabatlarini ta'minlash masalalariga asosiy e'tiborni qaratish zarur” deya ta'kidlab o'tgan edi. Bozor iqtisodiyotiga o'tish sharoitida bank faoliyatini, birinchi navbatda, moliyaviy aktivlarning sifatini oshirish, bozor institutlarining amal qilish muhitini yaxshilash, bank ishini yuqori samarali tashkil etish jarayoni va uning taraqqiyoti bilan belgilanadi. Shu sababli, bank tizimining iqtisodiy-tarixiy rivojlanish bosqichlarini ilmiy o'rganish, umumiqtisodiy vazifalarni hal etishda bank salohiyati va uning iqtisodiyotda tutgan o'rni va ahamiyatini tahlil qilish, iqtisodiyot tarmoqlari rivojlanishini erkinlashtirish sharoitida bank tizimi faoliyatini jahon andozalari talab va tamoyillariga to'liq javob bera oladigan darajada tashkil etish, iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishda uning investitsiya faolligini oshirish, bank faoliyati samaradorligini oshirish va rivojlanishining yaqin, uzoq kelajakdagi istiqbollarini o'rganish ilmiy-amaliy jihatdan muhim ahamiyatga ega.