2.1. Nasos stansiyasi foydalanish parametrlarining nasos optimal ish
rejimiga mos keladigan qiymatlarni hisoblash.
2.1.1.Nasos stansiyasining о‘rta vazn geometrik naporini hisoblash.
Nasos stansiyasining о‘rta vazn geometrik napori suvni haydab berishda yil
davomida qaysi napor qiymatiga nasos stansiyasining ishlash muddati va suv
berish unumdorligi mos kelishini ifodalovchi qiymat hisoblanadi.
Qi va Gi nasos stansiyasining ti suv berish davriga mos keluvchi suv berish
unumdorligi va geometrik napori.
2.1.2. Nasos stansiyasining suv iste’moli grafigini qurish
Nasos stansiyasinig suv iste’mol grafigi ma’lumotlari asosida millimetrli
qog‘ozga chiziladi yoki maxsus dasturlar yordamida kompyuterda chiziladi .
2.1.3. Nasos stansiyasining maksimal va minimal geometrik
naporini aniqlash.
Nasos stansiyasining maksimal napori chegaraviy qiymat bо‘lib, naporni bu
qiymatdan oshirish tavsiya qilinmaydi. Minimal napor qiymati nasos о‘qining
о‘rnatilish sathini aniqlashda zarur bо‘ladi. Umuman nasosdan foydalanish mana
shu ikki napor qiymatlari oralig‘ida amalga oshiriladi.
Maksimal va minimal geometrik napor qiymatlari 1 -jadvalning tegishli
grafasi ( HG) asosida olinadi.
2.1.4. Nasosning suv be rish unumdorligini hisoblash.
Nasosning suv berish unumdorligi quyidagi formula bilan hisoblanadi.
Nasos stansiyasidagi barcha nasoslar bizning holda 2-kategoriyali nasos stansiyalar uchun soni n ning qiymatidan ikkitaga kо‘p bо‘ladi, yani n+3 qo’shimcha nasos zaxira nasosi hisoblanadi. Demak nasos umumiy о‘rnatiladigan nasoslarning soni 12 ta bо‘ladi.
Sanoatimizda ishlab chiqarilayotgan nasoslar katologidan foydalanib nasos
stansiyaning geometrik suv kо‘tarish balandligi va suv iste’moli grafigidagi suv
sarflariga asosan nasoslarni tanlaymiz.
Dastavval, nasos stansiyasiga ilgaridan о‘rnatilgan 12(9+3) ta 48-D-22
markali, n=500 ayl/min, nasosning ish rejimini asoslab kо‘ramiz.
Bitiruv malakaviy ishimni bajarishda tanlagan nasoslarni eksplautatsiya
kо‘rsatkichlarini asoslash bilan shug‘ullanaman.
Tanlangan nasosning ish xarakteristikalari grafiklarini kо‘chirib chizib olamiz
D 12500-24 (48D-22) markali, n=500 ayl/min, ish g’ildiragi diametri D=1200 mm
2.1.5. Bosim quvuriga ishlaydigan nasoslar sonini aniqlash
Bitta umumiy bosim quvuriga ishlaydigan nasoslar soni umumiy nasoslar
soniga bog‘liq bо‘lib tavsiya qilingan sxemalar asosida olinadi. Biz
foydalanayotgan nasos stansiyasida umumiy nasoslar soni 12 ta bо‘lib 12=(9+3)
hammasi D 12500-24 (48D-22) markali, n=500 ayl/min nasoslardir, ish
gildiragining diametri D=1200 mm. Nasos stansiyasidagi mavjud bosim quvurlari
sxemasiga e’tibor qiladigan bo’lsak, 12 ta nasos agregatidan chiqqan 900 mm li
quvurdan har bitta nasosdan bitta umumiy kollektor (1200 mm li quvur) orqali
jami 12 ta umumiy (1200 mm li quvur) bosim quvurlariga ulangan.
Umumiy bosim quvurlarining uzunliklar 1,400 m ni tashkil qiladi. Bunday
uzunlikda juda katta miqdorda napor yuqolishi kuzatiladi.Ko’rinib turibdiki,
birinchi umumiy bosim quvuri joylashgan joygacha bo’lgan quvur uzunligida o’n
ikkita agregatning suvini etkazib kelishi ta’minlanishi zarur. Bizga ma’lumki, 12 ta
nasosning sarfi 42,0 m3/sek ni tashkil qiladi. Loyihada ko’rsatilgan umumiy
bosimli kollektorda juda katta miqdorda napor yuqolishi gidravlik hisobsiz ham ma’lum.
Yuqoridagi fikrlarni e’tiborga olib, men o’zimning bitiruv malakaviy ishimda
nasos stansiyasi uchun mavjud naporli quvurlar kommunikatsiyasi tizimi sxemasi
quyidagi o’zgartirish bilan loyihalashni taklif qilaman.
Nasos stansiyasi mavjud naporli quvurlar kommunikatsiyasi tizimi o’rniga
bitiruv malakaviy ishda taklif qilinayotgan .
Ko’rinib turibtiki mavjud bosimli kollektor mutlaqo olib tashlandi va ilgaridan
mavjud bo’lgan umumiy bosim quvurlarining har birida ikkitadan nasos agregati
suv uzatishi ko’zda tutilib loyihalandi. Bitiruv malakaviy ishimda taklif etilgan
quvurlar kommunikatsiyasi bo’yicha barcha hisoblar bajariladi. Tanlagan
o’zgartirishlarimiz o’zini qanchalik oqlashi hisoblarda o’z aksini topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |