2 Sezgi — olamdagi narsa va hodisalar ayrim xossalarining miyadagi taxlili. Materiyaning sezgi aʼzolariga taʼsir koʻrsatib, bosh miya poʻstlogʻi nerv markazini qoʻzgʻatishi asosida paydo boʻladi. Sezgi dunyoni bilishning birinchi bosqichi va tarkibiy qismidir. Sezgilar asosida hissiy bilishning idrok, tasavvur kabi shakllari yuzaga keladi. Tashqi qoʻzgʻovchilarning oʻziga xos xususiyatlariga qarab, barcha Sezgilar tana Sezgisi (tuyish), koʻrish Sezgisi, eshitish Sezgisi, hid bilish Sezgisi, taʼm bilish Sezgisi va boshqa turlarga boʻlinadi. Sezgi fizik, fiziologik, psixologik jarayonlarda paydo boʻladi. Fizik jarayonda har qanday narsa va hodisalar Sezgi aʼzolariga taʼsir etib, tegishli sezuvchi nervning chekka uchlarini qoʻzgʻaydi. Fiziologik jarayonda qoʻzgʻalish nervning oʻtkazuvchi yoʻli orqali bosh miya poʻstining tegishli markaziy hujayralar tizimiga oʻtadi. Psixologik jarayonda nerv qoʻzgʻalishida bizga taʼsir etgan qoʻzgʻovchining analizi paydo boʻladi va u sintezga aylanadi — Sezgi paydo boʻladi. Sezgi aʼzolari miya katta yarim sharlari faoliyati bilan bogʻliq. Insonda voqelikni bilishda koʻrish Sezgisi yetakchi oʻrinni egallaydi. Sezgilarni qayerda joylashganligiga qarab 3 ga ajratish mumkin:
1) ekstroretseptorlar — bular organizm sirtida boʻladi, ularga koʻrish, eshitish, hid bilish, taʼm bilish, tuyish Sezgilari kiradi;
2) interoretseptorlar — tanamiz ichidagi Sezgilar, bularga ichak, jigar, oʻpkadagi Sezgilar kiradi;
3) propriretseptorlar — muskul, pay, boylamlarda boʻladi. Sezgilarning hammasi oʻziga xos xususiyat va qonuniyatlarga ega.
Sezgilarning umumiy qonuniyatlari Sezgilarning yuzaga kelishi ma‘lum qonuniyatlarning asosida yuz beradi
3 ijtimoiy normalar- odamlarning uzoq muddatli amaliy faoliyati natijasida jamiyatda shakllangan umumiy qoidalar va xulq-atvor namunalari, ular davomida to'g'ri xatti-harakatlarning optimal standartlari va modellari ishlab chiqilgan. Har bir jamiyat o'ziga xos me'yorlar, qadriyatlar, standartlar va boshqalar tizimiga ega. Bundan tashqari, normalar nafaqat ushbu jamiyat a'zolarining xatti-harakatlari va burchlarini tartibga soladi, balki mavjudlik maqsadlarini ham belgilaydi va belgilaydi - ham alohida shaxslar uchun, ham butun jamiyat uchun. Me'yorlar tizimi ma'lum jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, ma'naviy rivojlanish darajasiga, shuningdek, ishlab chiqarish va ijtimoiy munosabatlarga bog'liq Ijtimoiy sanksiya
Ijtimoiy sanksiya tushunchasi ostida jamiyat uchun ahamiyatga ega vaziyatda shaxsning xatti-harakatlariga nisbatan ijtimoiy guruh yoki jamoatchilikning munosabati tushuniladi. Yana ham aniqroq qilib aytganda, ijtimoiy sanksiya — bu jamiyatdagi me’yorlarni jamiyat a’zolari tomonidan bajarilishi yoki bajarilmasligiga nisbatan boshqa bir kishilar tomonidan bildiri- ladigan jazolash yoki rag'batlantirish yo‘llaridir. Sanksiyalarni bu ma’noda ijobiy yoki salbiy sanksivalarga ajratish mumkin.
Ijtimoiy rol - bu me'yoriy majburiyatlar va ushbu majburiyatlarga mos keladigan huquqlar bilan belgilanadigan kutilgan xatti-harakatlar tizimidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |