Firmaning xo‘jalik faoliyati tahlilini o‘tkazish
Har qanday tashkilot jamiyatda qanday o'rinni egallashidan va qanday maqsadni qoilayotganidan qat’iy nazar mavjud bo‘lishi va rivojlanishi uchun tashqi muhitdan nimanidir olishi va tashqi muhitga nimadir berishi kerak. Umuman,bozorli iqtisodiyotda faoliyat ko‘rsatayotgan har qanday firmaning xo‘jalik faoliyati tahlilini ikki guruhga bo‘lib o‘rganamiz:
1. Ichki muhit tahlili.
2. Tashqi muhit tahlili (makroqamrov va bevosita qamrov).
Umuman, bozor subyekti hisoblanadigan har qanday firmaga uning rivojlanishi uchun ta’sir etuvchi kuchlami quyidagicha tasvirlashimiz mumkin.
Birinchi aylana makroqamrov bo‘lib, uning tahlili yo‘nalishlari
quyidagilardir:
- ijtimoiy demografik ta’sirlar;
- siyosiy ta'sirlar;
- texnologik ta’sirlar;
- iqtisodiy ta’sirlar.
Ikkinchi aylana bevosita qantrov (mikromuhit) tahlili bo‘lib, uning yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
- raqobatchilar ta’siri;
- yetkazib beruvchilar ta’siri;
- xaridorlar ta’siri;
- ishchi kuchi bozori ta’siri.
Uchinchi aylana ichki muhit tahlili bo‘lib, uning yo‘nalishlari quyidagilardir:
- resurslar;
- kompetensiya (qobiliyat);
- ishlab chiqarish jarayoni (tashkilotning qadr-qimmat
zanjiri);
- inson resurslari va madaniyat;
- moliyaviy ko‘rsatkichlar tahlili (zayom va aksiyoner
kapital);
- mahsulot va uning bozordagi o‘rni.
3. Firmaning tashqi muhit tahlilini o‘tkazish Har bir tashkilot mahsulot ishlab chiqarishda, mahsulot sotish va buyurtmachilar to‘g‘risida kerakli axborot olishga
harakat qiladi. Bu esa o'z navbatida tashqi muhit bilan bog‘liqdir.
Umuman, firmaning tashqi muhitini tahlil qilganimizda u asosan, imkoniyatlar va xavf-xatarlardan iboratdir:
a) imkoniyatlari: fabrika 32 ming.kv.ga ega boMgan ishlab chiqarish korpusiga ega. Hozirda ushbu korpus-ning 30 %idan foydalanilmoqda;
b) xavf-xatar: fabrikada Rossiyadan 1980-yilda keltirilgan stanoklar bilan mebellar ishlab chiqarilmoqda va bu firmani raqobatbardoshligini kamaytiradi. Agar 3 yil ichida ishlab chiqarish stanoklari yaxshilanmasa korxona raqobatga chidolmay
sinishi mumkin.
• mebel ishlab chiqaruvchi gigant firmalaming hududga nisbatan yaqin joylashganligi (masalan. Toshkentdagi Fayz xolding kompaniyasi);
• mahalliy mebel ishlab chiqamvchilar sonining o‘sishi;
• tashqaridan olil kelib sotuvga qo'viladigan mebellar(masalan. xususiy tadbirkorlar);
• reklamalaming yetishmasligi;
• qo'shimcha xizmat ko'rsatish darajasining pastligi;
• ta'minotdagi uzilishlar.
6. Firmaning dastur*bayonotiga o‘zgartirishlar kiritish
Firmaning dastur-bayonotini bo/or iqtisodiyoti sharoitida xaridorlaming didi va dunvoqarashidan kelib chiqqan holda, biz firmaning dastur-arizasini quvidagicha qilib o'zgartirishni tavsiya qilamiz: «Biz har bir uyda va ishxonalarda qulaylik yaratish bilan birga, shinam va ko*rk ham bag*ishlasltga
yordam beramiz».
STRATEGIYANI TANLASH
Do'stlaringiz bilan baham: |