«Tarixıy geografiya» fani buyicha oquv - uslubiy majmuasidagi
materiallar ruyhati
1. Oquv materiyallari:
- ma‟ruzalar
-seminar,
2. Mustaqil ishlar
3.Glossariy
4. Qoshimchalar :
- fanning namunaviy dasturi
-fanning ishchi dasturi
-tarqatma materiyallar
- testlar
-baholash mezoni
-qoshimcha
materiyallar
4
KIRISH
Bugungi kuni O‟zbekiston mustaqilligining tarixiy davri ichida jamiyatimizning
barcha sohalarida iqtisod, siyosat,ta‟lim,fan va ma‟naviy madaniyat sohasida yangi
O‟zgarishlarni amalga oshirish borasida erkin demokratik fikrlashga ega bo‟lgan va
ishonchli milliy g‟oya kuchi bilan birlashgan jamiyat a‟zolarini tarbiyalash azifalarini
amalga oshirishda ”Tarixiy geografiya” fanining o‟rni katta ahamiyatga ega. 1998-
yilning iyulida O‟zbekiston Respublikasi vazirlar Kengashining ”O‟zbekiston
Respublikasi Fanlar Akademiyasi Tarix instituti xizmatini yetishtirish to‟g‟risida» gi
qarori e‟lon qilinib, unda Respublikamiz tarixchi olimlari oldida turgan aktual
Vazifalarning biri sifatida mamlakatimiz va chet el olimlarining eng qadimgi davrdan
bugo‟ngi ko‟nga qadar O‟zbekiston va Qoraqalpog‟iston xalqi tarixi bo‟yicha amalga
oshirilgan tadqiqotlarni analizlash va xulosa chiqarish zarurligi aytiladi.
Hududimizning sharq va g‟arb o‟rtasidagi ahamiyatli savdo yo‟llari tutashgan yerda
joylashganligi bu hududiy tomondan ko‟plab sayohatchilar,savdogar va lashkarboshilar
o‟tganligidan darak beradi. Tarixiy ko‟z qarash bilan qaraganda hozirgi O‟zbekiston
hududi qadimgi savdo markazi ”Buyuk ipak yo‟li” bilan tutashgan,bunday tashqi aloqalar
va turli etnik jarayonlarning bir-birini O‟zaro boyitishi bilan ko‟zga tushadi. Bu fanga
tegishli tarixiy manbalarni o‟rganish va student yoshlarga yetkazish maqsadida “Tarixiy
geografiya” fani bo‟yicha o‟quv-metodik kompleks tayyorlandi.
Bugingi kuni bizlar tayyorlagan ish reja va leksiya tekstlari O‟zbekiston
Respublikasi oliy o‟quv o‟rinlarida qo‟llanilgan dastlabki tajribalar asosida yangi tarixiy
manbalardan foydalanildi, ya‟ni bu o‟quv metodik kompleks tarixiy geografiya fani va
uning maqsadi va vazifalarini tushintirish, O‟rta Osiyo tarixiy geografiyasi haqida asosiy
bilimlarni berishdan iborat. Bu fanni o‟rganishda asosiy diqqat tarixiy geografiyaga va
tarixiy kartografiyaning shakllanishi va rivojlanishi masalalari, shuningdek O‟rta Osiyo
olimlarining tarixiy geografiya fanining rivojlanishidagi ilmiy meroslarini o‟rganish
nazarda tutiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: