38
esse va referatlarni
himoya qildirish;
-stadi), o`quv loyihalari yoxud amaliy topshiriq
(masalalar)larning echimi va taqdimotini amalga oshirish.
2) Oraliq nazorat – universitet o`quv jarayoni jadvaliga binoan o`tkaziladigan, fanning
bir necha mavzularini o`z ichiga olgan, yani fan o`quv dasturining tegishli bo`limi
tugallangandan so`ng talabaning bilim va amaliy ko`nikma darajasini aniqlash va baholash usuli.
“Tarixiy geografiya” fani bo`yicha oraliq nazorat 2016/2016 o`quv yili semestrining 10 -
haftacida o`tkaziladi. Ushbu fan bo`yicha oraliq nazorat yozma shaklda bo`lib, talabalar bilimini
baholash uchun tarqatiladigan variantda uchta nazariy savol va bitta amaliy masala
(topshiriq)dan iborat bo`ladi. (Savollar fanning xususiyatidan kelib chiqib qo`yiladi. Zaruriy
hollarda test usulidan ham foydalanish mumkin).
Oraliq nazorat savollari yangi o`quv yili boshida kafedra professor-o`qituvchilari
tomonidan tuzilib, kafedra majlisida muhokama qilinadi va tasdiqlanadi. Tasdiqlangan oraliq
nazorat savollari oldindan talabalarga tarqatiladi. Xususan, “Tarixiy geografiya” fanidan oraliq
nazorat savollari “Tariyx va arxeologiya” kafedrasining 2016 yil 28 avgustdagi 1- son majlisida
muhokama qilingan va tasdiqlangan.
Oraliq nazoratni o`tkazish jarayoni kafedra mudiri tomonidan tuzilgan komissiya
ishtirokida davriy ravishda o`rganib boriladi va uni o`tkazish tartibi buzilgan hollarda, oraliq
nazorat natijalari bekor qilinadi hamda oraliq nazorat qayta o`tkaziladi.
3) Yakuniy nazorat – semestr yakunida muayyan fan bo`yicha nazariy va amaliy
ko`nikmalarni talabalar tomonidan o`zlashtirganlik darajasini baholash usuli. Mazkur fan
bo`yicha yakuniy nazorat semestrning oxirgi ikki haftasi mobaynida O`quv-uslubiy boshqarma
tomonidan tuzilgan qatiy jadval asosida belgilangan auditoriyada “Ёzma ish” shaklida
o`tkaziladi.
P. Baholash
tartibi va mezonlari
“Tarixiy geografiya” fani bo`yicha talabalarning bilim saviyasi, ko`nikma va malakalari
nazorat qilishning reyting tizimi asosida ballarda ifodalanadi.
Talaba mazkur fan bo`yicha yig‟ishi mumkin bo`lgan maksimal ball – 100 ball bo`lib, u
quyidagicha taqsimot qilinadi:
– joriy nazorat – 40 ball;
– oraliq nazorat – 30 ball;
– yakuniy nazorat – 30 ball.
Fan bo`yicha joriy va oraliq nazoratlarga ajratilgan umumiy ballning 55 foizi saralash
ball hisoblanadi. Ushbu foizdan (55 foiz) kam ball to`plagan talabalar yakuniy nazoratga
qo`yilmaydi.
Joriy va oraliq nazorat turlari bo`yicha 55 va undan yuqori balni to`plagan talaba fanni
o`zlashtirgan deb hisoblanadi va ushbu fan bo`yicha yakuniy nazoratga kirmasligiga ham yo`l
qo`yiladi.
Talabaning semestr davomida fan bo`yicha to`plagan umumiy bali har bir nazorat turidan
belgilangan qoidalarga muvofiq to`plagan ballari yig‟indisiga teng.
Joriy nazoratdagi ballar taqsimoti (o`zlashtirish ko`rsatkichlari bo`yicha baholash
mezonlari):
39
№
Topshiriqlarning nomlanishi
Maksimal yig‟ish
mumkin bo`lgan ball
Do'stlaringiz bilan baham: