Berdoq nomidagi QDU Fizika fakulteti 3V Fizika guruhi talabasi Abdullayev Jahongirning Hayot Xavfsizligi fanidan slayd ishi Mavzu: Xavf-xatar tushunchasi va ularning turlari. REJA: - 1. Xavf
- 2. Xavflarning turlari
- 3. Xavflarning taksonomiyasi
- 4. Xavflarning nomenklaturasi
- 5. Xavflar kvantifikatsiyasi
- 6. Xavflar identifikatsiyasi
- 7. Xavflarni o‘rganish tartibi
- 8. Xulosa
- 9. Foydalanilgan adabiyotlar
Xavf - Odamlar hayoti va sog‘lig‘iga, hayot faoliyatiga taxdid, moddiy va atrof-muxitga etkazilishi mumkin bo‘lgan zarar. Xavf-xatar favqulodda vaziyat manbai hisoblanib, muayyan sharoitda favqulodda vaziyatni keltirib chiqaradi
Xavflarning turlari Xavflarning turlari quyidagicha tasnif qilinadi 1. Kelib chiqish tabiatiga ko‘ra: tabiiy, texnogen, antropogen (inson bilan bog‘liq) va ekologik.
2.Ta’sir xususiyatiga ko‘ra: fizikaviy, kimyoviy, biologik, termik va psixofiziologik.
3. Olib keluvchi oqibatiga ko‘ra: toliqish, kasallanish, jarohatlanish, halokat, yong‘in, nurlanish, kuyish va boshqalar. 3. Olib keluvchi oqibatiga ko‘ra: toliqish, kasallanish, jarohatlanish, halokat, yong‘in, nurlanish, kuyish va boshqalar.
4. Keltiruvchi zarariga ko‘ra: ijtimoiy, iqtisodiy, texnik, siyosiy.
5. Kelib chiqish sohasiga ko‘ra: turmushda, sportda, yo‘l transportida, ishlab chiqarishda, urush yoki tabiiy ofat natijasida yuzaga keladigan xavflar 5. Kelib chiqish sohasiga ko‘ra: turmushda, sportda, yo‘l transportida, ishlab chiqarishda, urush yoki tabiiy ofat natijasida yuzaga keladigan xavflar
6. Insonga ta’sir qilish darajasiga qarab: faol (aktiv) va sust (passiv)
7. Ta’sir doirasiga ko‘ra: lokal, mahalliy, milliy, global. 7. Ta’sir doirasiga ko‘ra: lokal, mahalliy, milliy, global.
8. Ta’sir etish tezligiga ko‘ra: tasodifiy, shiddatli, mo‘tadil va ravon
Xavflarning taksonomiyasi - Taksonomiya - murakkab hodisalarni, jarayonlarni, tushunchalarni yoki obektlarni bir sistemaga solish haqidagi fandir. Xavflar taksonomiyasi - xavflarni tartib bo‘yicha Xavflar taksonomiyasini tuzish aynan inson faoliyati xavfsizligini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Xavflarning taksomaniyasini tuzishni, xavflarning tabiatini chuqur o‘rganish orqaligina amalga oshirish mumkinjoylashtish degan ma’noni anglatadi.
Xavflarning nomenklaturasi - Nomenklatura - muayyan belgi, xususiyatiga ko‘ra sistemaga solingan nom va so‘zlar ro‘yxatidir. Masalan, tibbiyotda qo‘llaniladigan dori-darmonlar nomenklaturasi birmuncha aniq tuzilgan. Jumladan, antibiotiklarga: tetratsiklin, ampitsilin, oksotsilin, biotsilin, sefozolin va boshqalar kiradi.
Xavflar kvantifikatsiyasi - Kvantifikatsiya - murakkab tushuncha, (ofat, talafot, yong‘in, nurlanish, shamol va hokazo)larning sifatini, oqibatini aniqlashda sonli tavsiflarning joriy qilinishidir. Amalda kvantifikatsiyaning sonli, balli, darajali, tezlanishli (m/s, m/soat) va boshqa usullari qo‘llaniladi. Jumladan, er silkinishining kvantifikatsiyasi - ballda yoki magnitudada, shamollar - m/s, er ko‘chkilari - m/soat yoki km/soatda, kuyish, nurlanish, buzilishlar - darajali usullari qo‘llaniladi. Xavflarni baholashda esa «tavakkal» qo‘llaniladi.
Xavflar identifikatsiyasi. - Identifikatsiya - o‘rganish, isbotlash, tasdiqlash ma’nolarini anglatadi. Masalan. dorishunoslikda birorta dori-darmonni to‘liq identifikatsiya qilmasdan turib, uni kasalga tavsiya etib bo‘lmaydi. Jumladan, ampitsilin dorisi - uning tarkibi, kimyoviy tuzilishi va xususiyatlari isbotlanishi kerak.
Xavflarni o‘rganish tartibi Xavflarni o‘rganish tartibi uch xil bo‘ladi: - I bosqich - xavflarni oldindan tahlil etish.
- II bosqich - xavfli holatlarning ketma-ketligini aniqlash, hodisa va xavflar "daraxtini"(shajarasini) tuzish.
- III bosqich - oqibatlarni tahlil qilish.
- Bu usulda "Xavflar daraxti" yuqoridan pastga qarab quriladi hamda sabablarni hisobga olgan taqdirda tamom bo‘ladi.
Xulosa - Bu xavflarning malum xususiyatlari bo‘yicha tartibga solingan sistemalashtirilgan ro‘yxatidir. Masalan, spirtli ichimlik, havoning nomaqbul namligi, harakat tezligi, bosimi, harorati, ion tarkibi, nomaqbul yoritilganlik, shovqin, titrash, vakuum, portlash, mashinalarning aylanuvchi qismlari, yuqorida ishlash, gazlar, gerbitsidlar, chuqurlik, yaxmalak, qizigan gazlar, o‘yuvchi moddalar, kasalliklar, zo‘riqishlar, idishlardagi ortiqcha bosim va boshqalar
Foydalanilgan adabiyotlar - 1. O`zbekiston Respublikasining Konstituciyasi. T.: “O`zbekiston”, 2003.
- 2. Karimov I.A. Vatan ravnaqi uchun har birimiz mas`ulmiz. 9-jild. T.: “O`zbekiston”, 2001.
- 3.Karimov I.A. Tinchlik va xavfsizlik o`z kuch-qudratiz, hamjihatligimiz va qat`iy irodamizga bog’liq. 12-jild. T.: “O`zbekiston”, 2004.
- 4. Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. T.: “Yangi asr avlodi”, 2001.
Do'stlaringiz bilan baham: |