O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligi
“BERDAQ” nomidagi
QORAQALPOQ DAVLAT UNVERSITETI
ARXITEKTURA FAKULTETI 2-V GURUH TALABASI
Temirov Ibrohimning
“Bino va inshoatlar tipalogiyasi” fanidan
MUSTAQIL ISHI
MTM O‘zbekistonning IV – iqlim tumani sharoiti uchun seysmikani hisobga olib loyihalanadi va barcha iqlim xususiyatlariga, turmush an’analariga va boshqalarga maksimal javob berishi lozim. MTM ning arxitekturaviy – rejaviy echimlari iqlimning tabiiy omillaridan maksimal darajada foydalanishga asoslanishi kerak, ya’ni samarali shamollatish, qurilish tizimida maqbul mo‘ljal olishga erishish imkonini yaratish, tabiiy yoritilishi kabilar. Ta’lim – tarbiya muassasalarining arxitekturaviy sifatlari ifodali kompozitsion usullar, funksional va konstruktiv echimlarning shakllarida o‘zaro bog‘liqlikni keltirib chiqarish, quyoshdan himoyalanishni qo‘llanishi, to‘suvchi konstruksiyalarning va detallarning plastikasi, rangni kiritish va boshqalar hisobiga erishilishi kerak.
Bolalar muassasalarini shaharda eng kami 140 o‘rinli, shahar tipidagi poselkalarda 90 o‘rinli, qishloq aholi punktlarida esa 50 o‘rindan kam bo‘lmagan holda qurish taklif qilinadi.
Eng ko‘p ommaviy bo‘lgan maktabgacha bolalar muassasalarining umumiy turdagi kunduzgi guruhlari odatda turar joylar kvartallarida yoki mikrorayonlarda joylashgani holda, faqat ish rayonlardagi aholiga xizmat ko‘rsatishi kerak va magistral ko‘chalar bilan chegaralangan 300 m.gacha bo‘lgan masofa oralig‘ida bo‘lishi lozim.
Binoning fasad qismi. Binoning fasad qismida hamda inter’erda turli jozibador ranglardan, rasmlardan foydalanishi esa uning yanada arxitekturasini boyitadi. Bulardan oqilona foydalanish bino arxitekturasini yanada boyitadi va bolalarni estetik tarbiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Binoning arxitekturaviy – badiiy ifodali ko‘rinishi ommaviy qurilish ob’ektlarida sodda v tejamli vositalari: binoning yaxshi proporsiyasi, derazalar guruhi, ayvonlarning sirtining yirik oynaband bo‘lishi va boshqa bo‘laklar, bolalar muassasalariga xos bo‘lgan ko‘rinishlar bilan, haqqoniy ko‘rinishga ega bo‘lgan uskuna (konstruksiya)si bilan, yirik panellar chiziqlari, bo‘rtmalari, qurilish materiallari (ashyolar) rangidan mohirona foydalanish orqali amalga oshirish.
Maktabgacha bolalar muassasalari binosining qurilish joyini tanlashda u erning tozaligiga, sog‘lomligiga, yaxshi shamollatish va quyosh tushishga, suv bosmasligiga, botqoqmasligiga iloji boricha er osti suvlari yaqin bo‘lmasligiga katta e’tibor qaratish lozim.
Maktabgacha bolalar muassasalari o‘zidan noxush xid tarqatuvchi sanitariya holati yomon bo‘lgan do‘konlarning xo‘jalik hovlilari, oshxonalar, qozonxonalar, garajlar, avtoturargoxlari va boshqa shu kabi binolar bilan qo‘shni holatda bo‘lmasligi lozim. Himoya hududiga ega bo‘lmagan qo‘lansa turib qolgan suv xavzalari, chiqindi uyumlari, qabriston, qishloq ishlab chiqarish va chorvachilik fermalari, hayvonlarni saqlash joylari va chorvachilik yaylovlariga yaqin holatlarida ham qurilmasligi kerak. MTM binolarini aholi yashash joylaridagi ko‘cha, magistral yo‘llaridan ichkaridagi qizil chiziqdan eng kamida 20 m uzoqlikda bo‘lishi shart. SHu bilan birga bolalarning asosiy xonalari (o‘ynash – ovqatlanish xonasi va guruhlar xonasi) janubga yoki janubiy sharq va sharq tomonlarga qaratilgan bo‘lmog‘i lozim. Bolalar xonalarini xech vaqt shimolga va shimoliy – g‘arbga qaratish mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |