Maktabgacha ta’lim muassasasi xonalarining funksional bog‘liqligi Maxsus va sanitar-sog‘lomlashtirish BMlar, asosan, shahar chetidagi ko‘kalamzor mikroiqlimli joylarga quriladi. Amal qilinib kelinayotgan normalarga asosan bolalar yasli- bog‘chalari shaxar demografik tuzilishga qarab birinchi navbatda kurish uchun 75% xisobida BM o‘rinlari mo‘ljalla- niladi.
BM ning ommaviy tiplari mikrorayonlarda, aloxida ajratilgan ko‘kalamzor erlarda va umumiy ta’lim maktablari qurilgan xududlarida joylashishi kerak.
BM shaxar chegarasiga va tuman magistral ko‘chalariga yaqin joylashtirish tavsiya etilmaydi. Uchastkada BM lari qizil chizikdan 15 metr tashlagan xolda joylashtirilishi kerak va asosiy bolalar xonalari (o‘yinxona, oshxona va gurux xonalari) janubga yoki janubiy-sharqga va sharqqa karab joylashishi kerak. Bolalar xonalarini shimolga, shimoliy-g‘arbga, shimoliy-sharkka karatib kurish tavsiya etilmaydi. Bizning sharoitda 50 o‘rinli bolalar xonasini g‘arbga va janubiy-g‘arbga qaratish mumkin emas.
Maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim muassasalarining xonalari tarkibi. Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun ta’lim muassasalarining tibbiyot xonalari quyidagilardan iborat bo‘lishi zarur:
- tibbiyot xonasi;
- muolajalar xonasi;
- izolyator (qabuxona, palata va hojatxona).
Tibbiyot xonasi yo‘lakdan alohida kirish eshigiga ega bo‘lib, izolyator palatalarining biri bilan yondosh bo‘lishi kerak. Izolyator palatalari 1-2 kishilik, maydoni 4-6 m2 qilib, alohida, bosib o‘tilmaydigan tarzda loyihalashtiriladi.
Xizmat - maishiy xonalar tarkibiga quyidagilar kiradi:
- mudir xonasi;
- xo‘jalik mudirining xonasi;
- xodimlar uchun dushxonalari va sanitariya bo‘lmalari bo‘lgan garderob xonasi;
- metodik xona;
- xo‘jalik omborlari;
Xodimlar uchun alohida kirish eshigi ko‘zda tutilishi lozim.
Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun ta’lim muassasalarining binolarida xomashyo yoki yarim fabrikatlarda ishlovchi ovqat tayyorlanadigan blok loyihashtiriladi. Uning tarkibiga quyidagilar kiradi:
- oshxona, tarqatish bo‘lmasi bilan;
- oshxona idish-tovoqlarini yuvish xonasi;
- quruq oziq-ovqat mahsulotlari saqlanadigan omborxona;
- yuklash xonasi;
- xodimlar xonasi;
- xodimlar uchun dushxona va sanitariya bo‘lmasi.
Qabulxona yoki yechinish xonasidan bola o‘yin xonasiga yoki guruh xonasiga o‘tib ketadi. O‘yin va guruh xonalar bolalar muassasalari eng asosiy xona hisoblanadi, bu erda bolalar asosiy vaqtini o‘tkazadilar, o‘ynaydilar va ovqatlanadilar. O‘ynash xonasiga bevosita bufet hamda xojatxonalar odatda biriktirilgan bo‘ladi.
O'zbekistonda maktabgacha yoshdagi bolalar muassasalari (BM) 6-7 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun davlat tarbiya va sog'lomlashtirish muassasalari xisoblanadi.
Respublikamiz amaliyotida bolalar yoshidagi guruxlarga quyidagilar qabul qilingan:
A) 3 yoshgacha bo'lgan yasli bolalari (yoshiga karab 1 guruxda 15 ta- dan 20 tagacha bola boladi);
B) 7 yoshgacha kichik maktabgacha yoshdagi bolalar (1 guruxda 25 ta- dan bola bo'ladi).,
Sog'lom va aqli raso maktabgacha yoshdagi bolalar uchun umumiy turdagi muassasalar asosiy xisoblanadi.