Hisobiy yuklama qiymatining kichraytirib aniqlanishi tanlangan transformatorlarning o‘ta yuklanish rejimida ishlashiga va kabel liniyalarining qizishiga, ishlash muddatining qisqarishiga, natijada ish samaradorligining tushib ketishiga, texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarning yomonlashishiga olib keladi. Sanoat korxonalari ishlab chiqarish hajmining o‘sishi, ularda elektr energiya iste’molini o‘sishiga olib keladi. Shu maqsadda hisobiy yuklama qiymati aniqlanganda, keyingi davr (oldindagi 10 yil) uchun quvvat miqdori yuqoriroq qilib aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |