O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
BERDAQ NOMIDAGI
QORAQALPOQ DAVLAT UNIVERSITETI
«ELEKTR TA’MINOTI ASOSLARI»
fanidan
AMALIY MASHGʻULOTLAR
1 - AMALIY MASHG‘ULOT. SANOAT KORXONASINING HISOBIY YUKLAMALARINI ANIQLASH.
Har qanday sanoat korxonalarining elektr ta’minotini loyihalashtirishning dastlabki bosqichi – shu korxonaning hisobiy yuklamasini aniqlashdan boshlanadi. Hisobiy yuklama – bu korxona, sex iste’molchilari hosil qilgan yuklama bo‘lib, bu yuklama qiymati asosida ta’minlovchi liniyalarning ko‘ndalang kesim yuzalari aniqlanib, transformatorlar, kommutatsiya va himoya apparatlari tanlanadi. Hisobiy yuklama qiymatini to‘g‘ri aniqlash loyihalashtirish jarayonining muhim bosqichi hisoblanadi. Hisobiy yuklama qiymati iste’moldan ortiq yoki ko‘paytirib hisoblansa, qurilmalar ish rejimida isroflarning ortib ketishiga, transformator quvvati va kabel liniyalari ko‘ndalang kesim yuzasi bilan bog‘liq kapital mablag‘larning ko‘p sarflanishiga hamda qurilmalari salt ishlash parametrlarining ortishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |