Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti


Antropik omillarni o’z navbatida to’rt turga bo’lish mumkin



Download 1,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/70
Sana17.06.2021
Hajmi1,58 Mb.
#68512
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   70
Bog'liq
leksiy ekalogiya

Antropik omillarni o’z navbatida to’rt turga bo’lish mumkin: 

1.  Ozuqa  va  boshqa  extiyojlarini  qondirish  uchun  (ovlash,  baliqchiliq,  o’rmonlarni  kesish,  o’tlarni  o’rish  va  x.)  tirik 

organizmlardan foydalanish, 

2.  O’simliklarni ko’paytirish (madaniylashtirish) va h’ayvonlarni qo’lga o’rgatish. 

3.  Akklimatizatsiya  va  introduktsiya,  ya’ni  organizmlarning  tabiiy  arealidan  boshqa  joylarga  ko’chirib  olib  borish  va 

moslashtirish. 

4.  Yangi madaniy o’simlik navlari va h’ayvon zotlarini yaratish. 

İnsonning  tirik  organizmlarga  salbiy  ta’siri  natijasida  er  yuzida  ko’plab  o’simlik  va  h’ayvon  turlari  yo’qolib  ketdi. 

Ovchilik bilan shug’ullanish dastlab ozuqaga bo’lgan talabni qondirish maqsadida olib borilgan bo’lsa, keyinchalik kiyim-kechak 

va h’ar xil materiallar olish uchun avj olib ketdi. Bu o’z navbatida ko’pchilik h’ayvonlarni yo’q qilib yubordi. Masalan, dengiz sigiri 

26 yil davomida butunlay qirilib ketgan. 

İnson tamonidan o’simlik va h’ayvonlarning yashash sharoitlari o’zgartirildi. Natijada 

muayyan  joyda  yashayotgan  o’simlik  va  h’ayvonlar  jamoalari  yo’q  bo’lib  yoki  ularning  sharoiti  keskin  o’zgarib  ketdi,  tog’ 

o’rmonlarida  daraxtlarni  kesib  tashlash,  shubh’asiz  ularning  soyasida  yashayotgan  soyasevar  o’simliklarni  yashash  imkonidan 

mah’rum qildi. Bundan tashqari h’ayoti daraxtlar bilan bog’langan (oziqlanuvchi, uya quruvchi) qushlarning yo’qolishiga h’am 

olib  keldi.  Xuddi  shuningdek,  yashash  sharoitlarining  keskin  o’zgarishi  (erlarni  xaydash,  foydali  qazilmalarni  kovlab  olish, 

chiqindilarni  tashish,  o’tloqzorlarni  o’rib  tashlash,  u  erlarda  uy  h’ayvonlarini  surunkasiga  boqish  kabilar)  ushbu  xududlar 

organik dunyosining tarkibini o’zgartirib, ba’zi turlar uchun yashash imkoniyatlaridan mah’rum bo’lishiga olib keldi. Biz h’ozirgi 

vaqtda  inson  tamonidan  keskin  o’zgartirib  yuborilgan  sayyorada  yashamoqdamiz.  Yildan  yilga  tabiiy  h’oldagi  landshaftlar  va 

jamoalar egallagan maydonlar qiskarib ketmoqda va ularning o’rnini inson ta’siridagi landshaftlar va jamoalar egallamoqda. 

Antropogen ta’sirni sanoat, qishloq xo’jaligi, transport kabi toifalarga bo’lish mumkin. Biz buni O’zbekiston Respublikasi 

va O’rta Osiyo mintaqasi asosida ulardan ba’zilarini ko’rib chiqamiz. 

Sanoatning  ta’siri.  Keyingi  15  yil  mobaynida  O’zbekiston  Respublikasida  sanoat  rivojlanishi  7  marta  oshdi. 

İshlab 


chiqarish  o’sgan  sari  atmosferaga  zararli  chiqindilar  tashlash  xajmi  ancha  oshdi.  Oqova  suvlar  xajmi  h’am  o’sib  bormoqda. 

Chirchiq  -  Olmaliq,  Oxangaron,  Farg’ona,  Marg’ilon,  Navoiy  va  O’zbekistonning  boshqa  qator  mintaqalarida  kimyoviy,  neft-

kimyoviy va mikrobiologik tarmoqlar korxonalari, boshqa ko’p quvvat va suv talab qiladigan ishlab chiqarish vositalarining 

ko’pligi  tufayli  ekologik  sharoit  keskinlashdi.  Tojikistonning Tursunzoda shah’rida joylashgan alyuminiy zavodining salbiy 

ta’siri yildan-yilga ortib bormoqda. Hozirgacha zarar ko’rgan umumiy maydon 25 - 30 ming ga ni tashkil etadi. Qishloq xo’jalik 

tarmoqlariga  etkazilgan  zarar  1,5  -  2,0  mln.  so’mdan  iborat.  Sariosiyo,  Denov,  Sho’rchi,  Oltinsoy  tumanlarining  ba’zi 

xo’jaliklarida  pomidor,  karam,  bodring  va  uzum  h’osildorligining  kamayishi,  ipak  qurti  ishlab  chiqarishning  pasayishi 

kuzatilmoqda. Anor, h’urmoning h’osildorligi va sifati pasayib ketgan, ah’oli salomatligi yomonlashmoqda. 

1982 yilda ftorli vodorod chiqindilari 24,5 ming t. bo’lsa, 1991 yilga kelib 56,7 ming t. ga ko’paygan. 

Transportning  ta’siri.  Eng  yirik  ifloslantiruvchi  manba  –  bu  avtomobil  transportidir.  Bilamizki,  O’rta  Osiyo  mintaqasi 

avtomobil yo’llariga boy. 1990 yili respublika bo’yicha jami gaz chiqindilarining 60 % ni transport h’issasi tashkil etadi.  

Avtomobillar  sonining  ortishi  atmosferaning  erga  yaqin  qatlamlarida  azot  gazlari,  qo’rg’oshin  birikmalari,  oltingugurt 

gazlari, uglerod gazlari va boshqa moddalar miqdorining oshishiga olib keladi.  

Avtomobil  chiqindilari  birinchidan,  shunisi  bilan  xavfliki,  ular  biosferaning  faol  zonasiga  tushadi. 

İkkinchidan,  ular 

tarkibida  barcha  tirik  jonzot  uchun  juda  zah’arli  bo’lgan  ko’rg’oshin  birikmalari  bor.  Uchinchidan,  avtomobil  gaz 

chiqindilari atmosferaning erga yaqin qatlami, inson nafas oladigan satxga tushadi. 

Toshkent  shaxrining  o’zidagina  shah’ar  atmosferasiga  tushadigan  jami  iflos  moddalarning  80 %  ni  avtomobil  gaz 

chiqindilari tashkil etadi. Gaz chiqindilari bilan h’ar yili 300 ming t. dan ko’proq h’ar xil ifloslantiruvchi moddalar tushadi. Ular 

ichida uglevodorodlar, qurum, qo’rg’oshin birikmalari asosiylaridir. 

O’rta  Osiyoning  issiq  iqlimli  sharoitida  yo’llarning  ko’pligi,  shah’arlardagi  ko’chalarning  yo’l   belgilari,  svetoforlar 

serobligi  vaziyatni  yanada  murakkablashtiradi.  Yo’llar  qoniqarsiz  bo’lgan  sharoitda  h’avoning  avtomobil  gaz  chiqindilari  bilan 

bulg’anishi me’yoridagidan 5-10 marta oshadi. 

Tabiatga,  inson  ekologiyasiga  transport  ta’sirini  yanada  kamaytirishda  transport  vositalarini  elektr  quvvati  bilan 

ishlashga o’tkazish, avtobuslarni trolleybuslar bilan atmashtirish, avtomobillardan elektromobilga o’tish zarurdir. 

Quyosh   energiyasidan   transportda   foydalanish   imkoniyatlarini   puxta   o’rganish   kerak.  Avtotransport   

vositalarini   suyultirilgan   gaz,   gaz   kondensati   bilan   ishlashga   o’tkazish  avtomobil gaz chiqindilarini  ancha kamaytirgan 

bo’lardi.  Mamlakatimizda  avtomobil  parkining  texnik  h’olatini  baxolash  shuni  kursatadiki,  zah’arli  gaz  chiqindilari 

ko’rsatkichi bo’yicha avtomobillarning faqat 20 % gina soz h’olatdadir.  

Qishloq  xo’jaligining  ta’siri.  Bu  biogeotsenoz,  ekotizimlarga  salbiy  ta’sir  ko’rsatuvchi  ekologik  omillar  majmuidir. 

Nnson  tabiatni  jadal  o’zlashtirmoqda,  ular  xo’jalikda  foydalanayotgan  kimyoviy  vositalar  tirik  mzvjudotlarga  salbiy  ta’sir 

qilmoqda. 

Noorganik  o’g’itlar,  zah’arli  ximiqatlarning  keng  qo’llanilishi  keyinchalik  o’simliklar  va  h’ayvonlardan  olinadigan 

mah’sulotlarda qo’rg’oshin, simob, ftor, kadmilar miqdorining tuproqda oshishiga olib kelmoqda. 

Sug’oriladigan  er  maydonlarini  cheksiz  ko’paytirish,  miqdor  ketidan  quvish,  paxtachilik  borasida  yangidan-yangi 

rekordlarga intilish O’rta Osiyo respublikalarida ekologik sharoitning juda h’am murakkablashuviga olib keldi. 

Millionlab  gektar  erlar  sho’rlandi  va  suv  tagida  qoldi,  oqava  suvlarning  ko’payishi  sho’r  ko’llarni  yuzaga  keltirdi. 

Amudaryo va Sirdaryodan ko’plab suvni olish ekologik h’olatga - Orol dengizining qurishiga olib keldi. Bundan tashqari almashlab 

ekishga  rioya  qilmaslik,  muntazam  ravishda  zah’arli  ximikatlar  solish  tibbiy  -  sanitariya  h’olatini  murakkablashtirdi,  ichimlik 

suvining tarkibi buzildi. Orol bo’yida birinchi navbatda Qorakalpog’iston Respublikasida, Toshxovuz va Xorazm viloyatlarida suv 

ta’minotida og’ir vaziyat yuzaga keldi. 

Uzoq  muddat  mobaynida  asosiy  e’tibor  sug’oriladigan  yangi  erlar  maydonlarini  ishga  solishga  qaratildi,  buning 

ekologik  va  ijtimoiy  oqibatlari  h’isobga  olinmadi.  Faqat  O’zbekistan  Respublikasi  xududida  keyingi  10  yil  mobaynida  h’ar 

yili chet elda foydalanishi ma’n qilingan, tarkibida xlor mavjud pestitsidlar 6000 tonnadan  ishlatildi. 




 

28 


 

3  -asosiy  savol  bo’yicha  o’qituvchining  maqsadi:  Biologik  marom  nima  ekanligini,  uning  xillari  h’aqida  ma’lum  bir 

tushunchalarni yoritib berish.  

Tirik  tabiatning  muh’im  xususiyatlaridan  biri  unda  sodir  bo’lib  turuvchi  jarayonlarning  uzluksizligi  yoki  izchilligidir. 

Barcha tirik organizmlar h’ayoti (h’ujayradan tortib biosferagacha) ma’lum bir tartibda sodir bo’lib turadi. Barcha o’simlik 

va h’ayvonlarda uzoq tabiiy tanlanish natijasida anatomo - morfologik, fiziologik, biokimyoviy xususiyatlar va belgilar vujudga 

keladi h’amda shular orqali ular muayyan sharoitga moslashadi. 

Har bir tur yil va yil fasllari davomida o’z h’ayotini boshqaradi. Demak, biologik marom deb, organizmlar h’ayotining yil 

davomida  qat’iy  ravishda  boshqarib  turilishiga  aytiladi.  Shuningdek,  ma’lum  vaqt  oraligida  qandaydir  bir  jarayon  yoki 

xodisaning takrorlanishi, bir h’olatdan ikkinchi bir h’olatga o’tishi h’amda qayta tiklanishi tushuniladi. 

Marom  materiya  h’arakatining  umumiy  xususiyatlaridan  biri  bo’lib,  dunyo  uning  qonunlari  asosida  mavjud.  Biologik 

marom  esa  bir-birini  inkor  qiluvchi  ikki  o’zaro  dialektik  bog’lanishdagi  h’ayot  jarayonining,  ya’ni  tiklanish  va 

emirilishlardan  iborat  h’ayotiy  jarayonlarning  bir  maromda  borishi  va  o’z-o’zidan  qayta  tiklanishini  ta’minlashni  ifodalaydi. 

Maromlar odatda ikki xil, ya’ni ichki va tashqi maromlardan iborat. 

Tashqi  maromlar  geofizik  xarakterga  ega  va  ular  organizmdagi  endogen  fiziologik  jarayonlarda  kuzatiladigan 

maromlardir. Nafas olish, yurakning urishi, tana h’arakati kabilar asosida  bir  necha  maromiy  jarayonlar  yotadi.  Organizmdagi 

h’ar  qanday  funktsiya  maromiy  xarakterga  ega  bo’ladi.  DNK  va  RNK  ning  sintezi,  oqsil  sintezi,  h’ujayra  organoidlarining  ish 

faoliyati, h’ujayraning bo’linishi kabilar va h’akazo. 

Tashqi maromlar Erning Quyosh atrofida aylanishi va Er bilan Oy o’rtasidagi bog’lanishlar natijasida sayyoradagi ko’pchilik 

ekologik omillar qonuniy ravishda o’zgaradi. Organizmlarning h’ayot faoliyatidagi qator o’zgarishlar ana shu tashqi geofizik davriy 

o’zgarishlar bilan bog’langan bo’lib, moslanish xarakteridagi biologik maromlar deyiladi. Ular dengiz va okeanlarda bir kecha - 

kunduz davomida sutkalik suvning ko’tarilishi va pasayishi, shuningdek, bir oylik va bir yillik maromlardir. 

Odamlar va yuksak tuzilishdagi h’ayvonlarda faollik va tinim, tetiklik va uyqu h’olatlari asosiy sutkali marom h’isoblanadi. 

Odamda 100 dan ortiq sutkali o’zgarishlar bilan bog’langan fiziologik jarayonlar aniqlangan. Hayvonlarda kuzatiladigan tetiklik va 

uyqu  davrining  almashinishi  kunduzgi  faol  va  tungi  faol  turlarning  ajralishiga  sabab  bo’ladi.  Kunduzi  faol  h’ayot  kechiradigan 

h’ayvonlar  bo’lib  uy  tovuqlari,  chumchuqsimonlarning  ko’pchilik  vakillari,  yumronqoziqlar,  chumolilar,  ninachilar  va  boshqalar 

h’isoblansa,  tunda  esa  ko’rshapalaklar,  tipratikanlar,  boyo’g’li,  yovvoyi  cho’chqalar,  mushuksimonlarning  vakillari,  baqalar, 

suvaraklar va boshqalar faol bo’ladi. 

Sutkali  maromlar  h’ar  xil  omillarga  sezilarli  o’zgarishi  mumkin.  Kunning  birinchi  yarmida  odam  organizmining  sovuq 

h’aroratga  sezgirligining  ortishi,  kunning  ikkinchi  yarmida  esa  yuqori  h’aroratga  ortishi  aniqlangan.  Cho’lda  yashovchi 

eshakqurtlar  yoki  qora  dog’li  qo’ng’izlarning  faolligi  tuproq  yuzasida  h’arorat  va  namlikning  o’zgarishiga  qarab  surilishi 

mumkin. 


Sutkali biomaromlar yirik va ochiq rangli gullarda yaxshi ifodalangan. Ularning gullari bir kecha-kunduz davomida davriy 

ravishda  ochilib  yopiladi.  Bunday  o’simliklarga  qarab  vaqtni  aniqlash  mumkin.  Shuning  uchun  h’am  ular  «biologik  soatlar» 

deyiladi. Ertalab qoqio’t, bo’ztikan kabilar ochilsa, ulardan keyin sachratqi, na’matakning gullari ochiladi. Kechga tomon xushbo’y 

tamaki,  nomozshomgullar  ochilib,  changlatuvchi  xasharotlarni  o’ziga  jalb  etadi.  K.  Linney  turli  o’simliklarning  gullashiga 

asoslanib flora soatini yaratdi. 

Dengiz  va  okeanlarda  suvning  ko’tarilishi  va  pasayishi  sutka  davomida  ikki  marta  h’amda  oyning  boshi  va  oxirida 

kuzatiladi.  Ushbu  maromlarga  qirg’oqlarda  yashovchi  organizmlar  moslashgan.  Molyuskalar  suvning  pasayishi  vaqtida 

pallalarini  yopib  oladi.  Aterina  deb  atalgan  baliq  rivojlanishi  davrida  oy  davomidagi  suvning  eng  yuqori  ko’tarilib 

tushishidan  foydalanadi.  Suvning  ko’tarilishi  kuzatilishi  vaqtida  urg’ochisi  qum  ostiga  uvildirig’ini  qo’yib,  oradan  15  kun 

o’tgandan so’ng ulardan yosh baliqlar chiqadi va suvning ikkinchi marta eng yuqori ko’tarilib tushishida ular suvga tushib ketadi. 

Bir oyga teng bo’lgan davriylik quruqlikda va dengizda yashovchi bir necha organizmlarda kuzatiladi. Yorug’likga javob 

reaktsiyasi,  kuchsiz  magnit  maydoni  ta’sirida  yoki  mo’ljal  olish  tezligi  kabilarning  h’ayvonlarda  oylik  marom  bilan  bog’liqligi 

aniqlangan.  

Yillik maromlar. 

Ular  organizmlarning  umumiy  xususiyatlaridan  biri  h’isoblanadi.  Ma’lumki,  respublikamiz  viloyatlarida  yillik 

h’arorat  maromiga  ko’ra  organizmlarning  rivojlanishi  uchun  qulay  davrlar  6 oy  davom  etadi. Shu  davr  ichida  tirik  organizmlarda 

asosiy fenologik xodisalar ruy beradi, Er yuzasidan qorlar erib, baxor nafasi sezila boshlaydi. Bodom, shaftoli, o’rik va tollar barg 

yozmasdanoq gullay boshlaydi. Tuproq yuzasi yashil o’tlar, o’simliklar bilan qoplanadi, uchib ketgan qushlar qaytib keladi, 

qishlab  chiqqan  h’asharotlar  h’ayoti  faollashadi.  Yoz  o’rtalarida  h’arorat  noqulay  bo’ladi,  daraxtlar  va  boshqa  ko’pchilik 

o’simliklarning o’sishi sekinlashadi yoki butunlay to’xtaydi, qushlarning ko’payish davri tugaydi. 

Yozning ikkinchi yarmidan boshlab erta kuzda ko’pchilik o’simliklarning meva va urug’lari pishadi, to’qimalarida 

ozuqa moddalar to’planadi. Shunday qilib, qishga tayyorgarlik boshlanadi. Daraxtlarning qishlaydigan kurtaklari shakllanadi va 

novdalari  qotib  yog’ochga  aylanadi.  Qushlar  glalashib uzoq tropik mamlakatlarga uchishga xozirlana boshlaydi. O’simliklarda 

xazonrezgilik kuzatilib, qushlar uchib ketadi. Hasharotlar va umurtqasiz h’ayvonlar uchramay qoladi. 

Sovuq  boshlanishidan  avval  tana  h’aroratini  boshqara  olmaydigan  organizmlar  tinim  h’olatiga  o’tadi.  Umurtqali 

h’ayvonlar,  qushlar  va  sut  emizuvchilarning  qish  mavsumiga  moslashishi  kuzatiladi.  Ular  kuzda  tullaydi,  qalin  va  uzun, 

h’atto  oq  rangdagi  yunglar  va  tivit  h’osil  qiladi.  Qushlar  pat  chiqaradi.  Qishda  etarli  ozuqa  topa  olmaydigan  h’ayvonlar, 

ko’rshapalaklar, kemiruvchilarning ko’pchilik vakillari, bo’rsiqlar, ayiqlar uyquga ketadi. 

Suvda  suzadigan  xasharotxo’r  parrandalar  qishda  ozuqa  topib  eya  olmaydilar,  shuning  uchun  ular  mavsumiy 

migratsiya  qilishga  majbur,  bularning  h’ammasi  muh’itning  kunlik,  oylik  va  yillik  maromlariga  organizmlarning  bergan 

javobi h’isoblanadi. 



 

29 


Har  bir  turning  yillik  maromi  tabiiy  tanlanish  natijasida  kelib  chiqadi.  Jadal  o’sish  va  rivojlanish  davri  ko’payib,  qishgi 

tayyorgarlik  va  qishlash  davrining  muayyan  tartib  va  muddati  yillik  maromni  tashkil  etadi.  Yillik  maromlar  ko’pchilik  turlarda 

endogen xarakterga ega va tsiklik maromlar deyiladi. 


Download 1,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish