Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Tarix fakulteti 4B-kurs talabasi Artikboyev Asadbekning Tarix falsafasi va metodologiyasi fanidan “ Ilk xristianlik tarixi falsafasi “ mavzusidagi taqdimot ishi



Download 1,7 Mb.
Sana17.04.2023
Hajmi1,7 Mb.
#929265
Bog'liq
Ilk xristianlik tarixi falsafasi

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Tarix fakulteti 4G-guruhining talabasi Xaytboev Shohruhning Tarix falsafasi va metodologiyasi fanidan “ Ilk xristianlik tarixi falsafasi “ mavzusidagi taqdimot ishi

Mavzu : Ilk xristianlik tarixi falsafasi

  • REJA :
  • 1. Avgustin va uning ta’limotida xristian dining tasiri
  • 2. Avgustin asarlarida ikki - ilohiy va dunyoviy shaharlar
  • mohiyatining tahlili
  • 3. Tarixiy manbalarning o‘ziga xos xususiyatlari
  • Rim imperiyasi parchalanib, uning o‘rnida o‘rta asr G‘arbiy Yevropa sivilizatsiyasi yuzaga kelgunga qadar o‘ziga xos o‘tish davri sodir bo‘ldi. O‘tish davrida yangi sivilizatsiya manaviyati va mafkurasi asoslari shakllandi. Eski dunyoning majusiy manaviyati uning dunyoqarashi va tafakkur tarzi Rim imperiyasi tanazzulga uchragan vaqtda mavjud bo‘lgan ijtimoiy mafkuraviy va axloqiy muhitga zid kelganligi uchun turli elatlar va etnik guruhlardan tashkil topgan fuqarolar va qullarning manaviy madaniyatining yani sivilizatsiya kurtaklari bo‘lgan xristian manaviyati, dunyoqarashi va falsafasiga o‘z o‘rnini bo‘shatib berishi davr taqozosi bo‘lishi bilan birgalikda uning shakllanishiga majusiy madaniyat va manaviyat ananalari qattiq qarshilik ko‘rsatadi. Rim imperatorlari bu kurashda ijtimoiy siyosiy va manaviy – tashkiliy taqib qilish usullarini qo‘lladilar. Sharqdan kelgan dinlarning tarqalishi imperiyaning o‘zida turli bidatchi diniy yo‘nalishlarning faoliyat ko‘rsatishi manaviy va mafkuraviy vaziyatni yanada murakkablashtirdi. Mana shunday sharoitda xristianlik inson va jamiyatni manaviy poklikka, ruhiy kamolotga olib boradigan ta’limot ekanligini asoslash shu ta’limotni himoya qilish, yani apologik (yun. Oro logia – biron narsani yoki kimsani himoya qilish) tadbir ko‘rish ehtiyoji tug‘ildi.
  • II va III asrda xristianlik tarixida apologetika yoki apologetlar davri vujudga keldi. Apologetika so‘zining lug‘aviy manosi himoya qiluvchi demakdir. Yani xristian diniy aqidalarini turli hujumlardan himoya qilishdir. Apologetlar davlatining xristianlikka nisbatan dushmanligini bartaraf qilishga intilishi bilan birgalikda o‘zlarining asarida xristianlik ta’limotini asrashga qolaversa, Rim saltanatini oqlab bo‘lmasligini ko‘rsatishga harakat qildilar. Afinada Misrlik oilada tug‘ilgan Kliment xristian falsafasini ishlab chiqishga harakat qilgan apologetlardan biridir. U platonizm va stoitsizmni chuqur o‘rgangan, xristianlikni qabul qilganidan keyin ham falsafaga nisbatan hurmatini saqlagan. Uning fikricha yunon falsafasini xristianlik bilan shunday sog‘lomlashtirish kerakki, undagi har bir odam xristian falsafasini qimmatini ko‘ra olsin va yana shuni takidlaydiki, falsafa xristianlikka, xususan ilohiyot ilmiga muqaddima bo‘lishi mumkin, xolos.
  • Falsafani xristian etiqodiga nisbatan muqaddima ekanligi, deydi. Kliment, Iso Masihning o‘zi tomonidan belgilangan insonlarni qutqarish uchun tanada mujassamlanib kelguniga qodir Iso Masih yahudiylarga qonun va ellinlarga falsafa berdi. Shu bilan xristian olamini qutqaruv ishiga tayyorladi. Xristian diniy-falsafiy taraqqiyotining yanada rivojlanishi bosqichi III-V asrlarga to‘g‘ri keldi. Bu davrda rivojlangan patristikada (patristikaning lug‘aviy manosi “ota”ni anglatib, bu nom ko‘pincha hurmat manosida harbiy episkoplarga berilgan) o‘zgacha g‘oyaviy va mafkuraviy vazifalar turgan edi. Patristika davrida xristian ilohiyotini tartiblashga harakat qilgan cherkov otalari tomonidan ikki sobor Ilkiy (325 – yil) va xalqidan (451- yil) oralig‘ida birinchi muhim asarlar yozildi. Sharqda ulardan biri Ioan Zlotust (347-407) dir. G‘arbda esa cherkovning eng yirik otasi Avreliy Avgustin bo‘lib, muqaddas (Blajenniy) deb nom olgan edi (354 – 430).
  • Avgustin va uning ta’limotida xristian dining tasiri.
  • Avgustin shimoliy Afrikada joylashgan Numidiya viloyatining Tagosta shahrida rimlik amaldor oilasida tug‘ilgan. Otasi majusiy bo‘lib, onasi xristianlikni qabul qilgan. U lotin tilini puxta egallaydi. Avgustin adabiy merosini 100 ga yaqin kitob, 500 vaznasi – xat 200 noma tashkil qiladi. Uning tarkibidan “Akademiklarga qarshi” (386), “Baxtli hayot haqida” (386), “tartib haqida” (386) “Monologlar” “Jon manguligi haqida” (387-389) “O‘qituvchi haqida” (388-389), “to‘g‘ri din haqida” (390), “Erkin iroda haqida”(388-395), “Tavba” (401), “Tazarru” “ilohiy shahar haqida” (413-426) kabi asarlar joy olgan. Avgustin xristian ilohiyotchilaridan biri sifatida G‘arbiy Yevropa o‘rta asr manaviy – diniy hayotiga katta tasir ko‘rsatdi. U antik falsafaga yangicha talqin berdi.
  • XIII asrga qadar ijtimoiy tafakkurning asosi hisoblangan diniy- falsafiy ta’limotni ishlab chiqdi. Shuningdek xristian tarix falsafasiga asos soldi. Avgustin falsafasi xristian diniy ta’limoti va qadimgi ta’limotlarni taqqoslash mahsulidir. Avgustin uchun aniq davr falsafiy doktarinalaridan Platon ta’limotini asosan neoplatonchilar talqini orqali o‘rgangan. Avgustin ta’limoti o‘rta asr tafakkurini belgilochi manaviy omilga aylanib, butun G‘arbiy Yevropa xristianlik ta’limotiga katta tasir ko‘rsatadi. O‘rta asr patristika vakillaridan birortasi Avgustin darajasiga ko‘tarila olmagan.
  • Avgustin ta’limotiga, xudoning erkin faoliyatining mahsuli bo‘lgan olam aqli yaratilgan xudo uni o‘z shaxsiy g‘oyasi bilan yaratgan. Xristian platonizmi – Platonning g‘oyalar haqidagi ta’limotning Avgustinga talqini (varianti)dir. Avgustin ta’limotiga, xudoga real dunyoning ideal timsoli yashiringan. Avgustin falsafasida yaxshilik va yomonlik ular o‘rtasida farq masalasi muhim masalalaridan biri edi. Uningcha bir tomondan yani xudo tomonidan yaratilgan dunyo yaxshilik bo‘lmasligi mumkin emas. Ikkinchi tomondan yomonlikning mavjudligi shubhasizdir. Shuning uchun Avgustin takidlaydiki yomonlik tabiatiga xos emas, u erkin ijodning mahsulidir. Xudo dunyoni yaxshilik manbai qilib yaratgan lekin yovuz iroda zaharlangan. Bundan o‘z navbatida boshqa bir xulosa chiqariladi. Yomonlik yaxshilikka mutlaq ravishda qarama – qarshi emas, u faqat yaxshilikning noqis tomoni, Mutlaq yomonlik yo‘q, mutlaq yaxshilik bor. Avgustin dunyoda yomonlik mavjudligini inkor qilmaydi, lekin uni faqat yaxshiligi yo‘qligidan deb hisoblaydi. Yaxshilik va yomonlik masalasi Avgustin axloqiy ta’limotida ham muhim o‘rinni egallaydi. Uningcha yomonlik odamlardan kelib chiqadi, xudo mehribonligining mahsulidir. Inson yomonlik uchun javob beradi, yaxshilik uchun emas.
  • Avgustin asarlarida ikki – ilohiy va dunyoviy shaharlar mohiyatining tahlili.
  • Avgustinning yirik apologetik asarlaridan biri “Ilohiy saltanat haqida” risolasidir. 410 – yilda Alarix tomonidan Rimning xonavayron qilinishidan vahimaga tushgan odamlar, bu falokat rimliklarning eski dinlaridan voz kechib, xristianlikni qabul qilganliklari uchun yuz berdi, deb hisobladilar. Avgustin o‘z do‘sti Markellinning iltimosi bilan bunday qarashlarga zarba bermoqchi bo‘ldi. U takidlaydiki, davlatning ravnaqi eski ko‘pxudolik dini tufayli bo‘lmagan, chunki rimliklar xristianlikni qabul qilganlarida ham mag‘lubiyatlar uchun abadiy farovonlikka erishish uchun Rim xudolariga sig‘inishi zarur bo‘lmagan. Avgustin fikricha mushriklar xudolari hayotda ham manaviyatda ham hech qanday yordam berolmaydi. Xristianlik esa rimliklar foydalangan hamma moddiy boyliklarni berishi mumkin.
  • Avgustining bu asarida tarix falsafasi o‘ziga xos ishlab chiqilgan. Unda Avgustin ikki ilohiy va dunyoviy shahar mohiyatini tashkil qiladi. “xudo shahri” xudoga muhabbat bilan o‘zaro birlashgan odamlardan iborat. Dunyovi shaharda o‘z–o‘ziga muhabbat qo‘ygan o‘z sharafi va forovonligiga intiluvchi jonzotlar yashaydi. Shunday qilib bu shaharlar muhabbatning turlari bilan bir – biridan farqlanuvchilariga bo‘lingan. Shaharlar haqida gapirganda, Avgustin Rim imperiyasini nazarda tutmaydi. Uning qarashlari universal xarakterda bo‘lib, o‘sha paytda keng tarqalgan. Tarix qaytarilishlar (tsikl) bilan rivojlanadi degan qarashlarga qarshi qaratilgan edi.
  • Bundan tashqari uning fikricha taraqqiyot faqat axloqiy va manaviy jabhada bo‘ladi. Bu kurashning eng cho‘qqisi gunoh natijasida vujudga kelgan. Ikki shahar o‘rtasidagi kurashni ilohiy shahar g‘alabasi foydasiga tugatish bo‘ladi. Shunday qilib, Avgustin fikricha tarixning so‘nggi maqsadi undan tashqarida, abadiy xudo hokimligidadir umuman olganda Avgustin o‘rta asrlar manaviy hayotiga juda katta tasir ko‘rsatgan mutafakkirlardan biri edi. U “cherkov otasi” nomiga nisbatan ko‘proq faylasuf sifatida mashhur bo‘lgan.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

  • 1. Karimov I.A. “ O`zbekiston : milliy istiqlol, iqtisodiyot, siyossat, mafkura “ 1-jild. – T.1996
  • 2. Karimov I.A. “ Vatan sajdagoh kabi muqaddasdur “ 3-jild. T. 1996
  • 3. S.Xantington “ Stopknoveniye sivilizatsiy “ M. 1994
  • 4. Semenov Y.N “ Sotsialnaya filosofiya “ M. 1980
  • 5. T.S. Pelye “ Falsafa tarixi “ T., “ Sharq “ 2002
  • 6. Hojiboev A. Jo’rayev Sh. Mamatov N. “Falsafa tarixi (Sharq va g’arb falsafasi) “ T. 2006
  • https://elib.buxdu.uz

Download 1,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish