Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti iqtisodiyot fakulteti


-jadval Korxonalarda asosiy vositalar chiqimiga doir operatsiyalarni schyotlarda aks ettirish



Download 261,5 Kb.
bet4/10
Sana22.04.2022
Hajmi261,5 Kb.
#572522
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti iqtisodiyot fakul

1-jadval
Korxonalarda asosiy vositalar chiqimiga doir operatsiyalarni schyotlarda aks ettirish4



Operatsiyaning mazmuni

Debet schet

Kredit schet




1.Asosiy vositalarning sotilishi




1

Asosiy vositani sotish qiymatiga (QQSsiz)

4010

9210




2

QQS summasiga (agar korxona QQS to‘lovchi va soliq solish ob’ekti mavjud bo‘lsa)

4010

6410




3

Asosiy vositaning boshlang‘ich qiymatiga

9210

0111-0190




4

Jamlangan eskirishni hisobdan chiqarish

0211-0290

9210




5

Qayta baholash bo‘yicha rezervni hisobdan chiqarilishiga

8510

9210




6

Sotishdan olingan foyda

9210

9310




7

Sotishdan ko‘rilgan zarar

9430

9210




2.Asosiy vositalarning tugatilishi




1

Asosiy vositaning boshlang‘ich qiymatiga

9210

0111-0190




2

Jamlangan eskirishni hisobdan chiqarish

0211-0290

9210




3

Qayta baholash bo‘yicha rezervni hisobdan chiqarilishiga

8510

9210




4

Tugatish harajatlari

9210

6710,6520,




5

Tugatishdan olingan materiallar

1090

9210




6

Tugatishdan olingan foyda

9210

9310




7

Tugatishdan ko‘rilgan zarar

9430

9210




3.Asosiy vositalarning bepul berilishi




1

Asosiy vositani bepul berish qiymatiga

4010

9210




2

Asosiy vositaning boshlang‘ich qiymatiga

9210

0111-0190




3

Jamlangan eskirishni hisobdan chiqarish

0211-0290

9210




4

Qayta baholash bo‘yicha rezervni hisobdan chiqarilishiga

8510

9210




5

Bepul berishdan ko‘rilgan zarar summasina

9430

4010




4.Asosiy vositalarning ta’sis badali sifatida kiritilishi




1

Asosiy vositani ta’sis badali sifatida berilgan qiymatiga

0610-0690

9210




2

Asosiy vositaning boshlang‘ich qiymatiga

9210

0111-0190




3

Jamlangan eskirishni hisobdan chiqarish

0211-0290

9210




4

Qayta baholash bo‘yicha rezervni hisobdan chiqarilishiga

8510

9210




5

Olingan foyda

9210

9310




Asosiy vositalarni kelishi, «Asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi» (№1–OS shakl) bilan rasmiylashtiriladi. Ushbu dalolatnoma har bir obyektga tuzilib, texnik hujjatlar ilova qilinadi va asosiy vositani bahosi, eskirish summasi, tayyorlangan vaqti, foydalanishga berish vaqti ko’rsatiladi. Asosiy vositalar harakati va holati «Inventar kartochka» (№6-OS shakl)da hisobga olib boriladi.


Asosiy vositalar kelishi bo’yicha quyidagicha buxgalteriya provodkalari tuziladi:

  1. Debet 0100-«Asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar»

Kredit 0810-«Tugallanmagan qurilish» schyoti - Qurilgan obyektlar asosiy vositalar tarkibiga qabul qilinganda.



  1. Debet 0820-«Asosiy vositalarni sotib olish» schyoti.

Kredit 6010-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar» schyoti.
Asosiy vositalar sotib olinganda. Bir vaqtning o’zida shu asosiy vositalar xo’jalikda asosiy vositalar tarkibiga qabul qilinganda.
Debet 0100-«Asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar» Kredit 0820-«Asosiy vositalarni sotib olish» schyoti.

  1. Debet 0100-«Asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar».

Kredit 0310-«Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo’yicha olingan asosiy vositalar» schyoti - Moliyaviy lizingga olingan asosiy vositalarning moliyaviy lizing muddati tugagandan so’ng o’z asosiy vositalar tarkibiga qabul qilinganda.

  1. Debet 0100-«Asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar»

Kredit 4610-«Ustav kapitali (fondi)ga badallar bo’yicha ta’sischilarning qarzi» schyoti - Ta’sis etuvchilardan ustav kapitaliga qo’shilgan asosiy vositalar qabul qilinganda.

  1. Debet 0100-«Asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar»

Kredit 8530-«Bepul olingan mulk» schyoti - Asosiy vositalar tekinga olinganda.

  1. Debet 0170-«Ishchi va mahsuldor hayvonlar» schyoti.

Kredit 0840-«Asosiy podani shakllantirish» schyoti - Ishchi yoki mahsuldor hayvon asosiy vosita tarkibiga qabul qilinganda.

  1. Debet 0100-«Asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar».

Kredit 0890-«Boshqa kapital qo’yilmalar» schyoti - Asosiy vositani kengaytirish va rekonstruksiya qilishda qiymati oshganda.

  1. Debet 0111-«Yerni obodonlashtirish» schyoti.

Kredit 0850-«Yerni obodonlashtirishga qilingan kapital qo’yilmalar» schyoti - Yerni holatini yaxshilash uchun qilingan sarflar asosiy vosita tarkibiga qabul qilinganda.



  1. Debet 0100-«Asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar»

Kredit 8510-«Aktivlarni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar» schyoti- Asosiy vositalar qayta baholashda oshgan summasiga.

  1. Debet 0100-«Asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar»

Kredit 9390-«Boshqa operasion daromadlar» schyoti-Asosiy vositalar inventarizasiya natijasida ortiqcha chiqsa, oshgan summasiga.
Asosiy vositalarni hisobga olib borishda ularni kartochkalarda hisobga olib borish qulay bo’lib, bunda har bir asosiy vositaga yoki guruhiga alohida kartochka ochilib, unda tegishli ma’lumotlar (nomi, inventar raqami, dastlabki qiymati, amortizasiya summasi va h.k.) aks ettirilib boriladi. Kartochkalar kartotekada saqlanadi.
Asosiy vositalarning sotilishi va boshqa hisobdan chiqishida inventar obyektlarni har bir turi bo’yicha alohida analitik schyotlar ochilib, analitik hisobi yuritiladi.
Asosiy vositalar lizing bo’yicha berilganda, lizing bo’yicha olinishi lozim bo’lgan summalar, daromad hisoblanib quyidagicha provodka beriladi:

  1. Debet 6290-«Muddati uzaytirilgan daromad» schyoti.

Kredit 9210-«Asosiy vositalarning sotilishi va turli chiqimi» schyoti-Joriy yilda (hisobot davrida) olinadigan lizing summasi.

  1. Debet 7290-«Boshqa muddati uzaytirilgan uzoq muddatli majburiyatlar» schyoti.

Kredit 9210-«Asosiy vositalarning sotilishi va turli chiqimi» schyoti- Keyingi davrlarda olinadigan lizing summasi.
Agar asosiy vostalar uzoq muddatli ijaraga berilsa:
Debet 0920-«Uzoq muddatli ijara bo’yicha olinadigan to’lovlar»
schyoti Kredit 9210-«Asosiy vositalarning sotilishi va turli chiqimi
schyoti buxgalteriya provodkasi beriladi.


Xo’jalik yurituvchi subektlarning asosiy vositalar bilan ta’minlanganligini tahlil etishning ahamiyati, tahlil vazifalari va axbarot manbalari

Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida har bir xo’jalik yurituvchi subekt birot bir mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etishi uchun asosan 4 hil resurs mujassam bo’lishi kerak. Bunday resurslar tarkibiga quyidagilar kiradi.
Moddiy resurslar;
Moliyaviyresurslar
Mehnatresurslari;
Tadbirkorlik resursi.
Mazkur resurslar tarkibida bugungi kunda eng asosiylaridan biri bu moddiy resurlar bo’lib, ularning tarkibida ham muhimlaridan biri asosiy vositalar hisoblanadi. Chunki keyingi yillarda asosiy vositalarning bahosi muntazam oshib borishi va ularga qilinadigan xarajatlar mahsulot tannarxining asosini tashkil qilayotganligi ham ushbu vositalarni tahlil qilib borishni taqoza qilmoqda.
Asosiy fondlar (vositalar) ishlab chiqarishning muhim omili sifatida qaralib, ular vositasida bevosita mehnat predmetlari va mehnat kuchlari birikuvida mahsulotlar ishlab chiqariladi, ishlar bajariladi va xizmatlar ko’rsatiladi.
Asosiy fondlar deb ishlab chiqarish siklida bir necha bor qatnashib o’zining qiymatini yaratilayotgan mahsulotlarga qisman-qisman o’tkazuvchi hamda jismoniy shaklini saqlab qoluvchi mehnat vositalariga aytiladi.
Asosiy fondlar yoki vositalarni tarkiblashda jahon va respublika hisob belgiloviga muvofiq quyidagi ikkita jihat mezon sifatida olingan. Birinchisi, ularning qiymat ifodasi, ikkinchisi – xizmat muddati.
Asosiy vositalarning qiymat ifodasi uning kam baholi va tez eskiruvchi buyumlardan farqlanish chegarasini xarakterlaydi. Bu ifoda O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining 2000 yil dagi qarori bilan ish haqi minimumining 50 barobarida qilib belgilangan. Asosiy vositalarning xizmat muddati ularning bir yildan ortiq muddat xizmat etishini xarakterlaydi.
Xizmat muddati bir yildan ortiq bo’lgan, lekin qiymat jihatdan qat’iy chegaradan oshmaydigan qiymatliklar, shuningdek, qiymatliklar, xo’jalik inventarlarining ayrim turlari asosiy vositalar qatoriga kiritilmaydi. Bu qator bevosita kam baholi va tez eskiruvchi buyumlari tarkibida hisobga olinadi.
Asosiy vositalar tahlilida korxonaning asosiy vositalar bilan qurollanish darajasiga, ularning texnik holati va harakat ko’rsatkichlariga, samaradorlik ko’rsatkichlariga, dinamikasi va holatiga baho beriladi.
Asosiy vositalar bilan ta’minlanish deyilganda korxonaning biznes rejasiga yoki o’tgan yillarga nisbatan asosiy fondlar bilan qurollanishi darajasi tushuniladi.
Asosiy vositalarning tarkibi bo’yicha, turi bo’yicha o’zgarishlariga baho beriladi. Tahlil etishda asosiy vositalarning holat va harakat ko’rsatkichlariga muhim e’tibor qaratiladi. Bu orqali bevosita asosiy vositalarning eskirish darajasi, yaroqlilik darajasi, kirimi va chiqimi ko’rsatkichlariga baho beriladi.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning asosiy vositalar bilan ta’minlanganligini o’rganishda moliyaviy tahlilning eng asosiy vazifalari bo’lib quyidagilar hisoblanadi:

xo’jalik sub’ektlarining asosiy vositalar bilan yetarli darajada ta’minlanganlik holatiga baho berish;


asosiy vositalarning tarkibi, tuzilishi va dinamik o’zgarishlariga baho berish;
korxonaning asosiy vositalar bilan ta’minlanganlik holatini yaxshilash bo’yicha mavjud imkoniyatlarni aniqlash va ularga baho berish;
asosiy vositalarning texnik holatiga baho berish;
xodimlarning asosiy vositalar bilan qurollanganlik darajalariga baho berish;
asosiy vositalar samaradorligini oshirish bo’yicha mavjud imkoniyatlarni ko’rsatib berish va hakozo.
Bugungi Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida korxonalarning asosiy vositalarini tahlil etishda asosiy axborot manbalari bo’lib quyidagilar hisoblanadi:
korxonaning biznes reja ma’lumotlari;

“Buxgalteriya balansi” (1-shakl);


“Asosiy vositalar harakati to’g’risidagi” hisobot (3-shakl);
Buxgalteriya hisobining asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi schyot ma’lumotlari.
Asosiy vositalar bir necha ishlab chiqarish jarayonida qatnashadi, o’zining qiymatini ishlab chiqarilayotgan mahsulotga bo’lib-bo’lib o’tkazadi. Bu eskirgan qiymat, amortizatsiya shaklida namoyon bo’ladi. Ishlab chiqarish jarayonlarida ishtirok etib, tamomam eskirib bo’lganda ham o’zining fizik shaklini o’zgartirmaydi.


Korxonada asosiy vositalar bilan ta’minlangaligi tahlili

Hоzirgi shаrоitdа kоrхоnаlаrdа аsоsiy vоsitаlаrning bаrchа turlаrini kеrаkli nisbаtdа vа tаrkibdа bo’lishini tа’minlаsh mаqsаdgа muvоfiqdir. Ya’ni sаnоаt ishlаb chiqаrishidаmi, yordаmchi tаrmоqlаrdаmi yoki ijtimоiy-mаishiy sоhаlаrdа bo’lmаsin, bаrchа аsоsiy vоsitаlаr kеrаkli хizmаtni bаjаrаdilаr.
Аsоsiy vоsitаlаrning tаrkibi, ulаrning tuzilishini o’rgаnish bilаn bir qаtоrdа dinаmik o’zgаrishlаrigа hаm bаhо bеrib bоrilаdi. Аsоsiy vоsitаlаrning dinаmikаsi dеgаndа ulаrning dаvrlаr (yillаr) bo’yichа o’zgаrishlаri tushunilаdi. Dinаmik o’zgаrishlаr аsоsidа kоrхоnаdа аsоsiy vоsitаlаrning yillаr bo’yichа mutlаq vа nisbiy o’zgаrishlаrigа bаhо bеrilаdi. Quyidаgi jаdvаl mа’lumоtlаri аsоsidа esа kоrхоnаning аsоsiy vоsitаlаri tаrkibigа, tuzilishigа vа dinаmikаsigа bаhо bеrish mumkin bo’lаdi.
1-jadval
«ABC» akcionerlik jamiyatining asosiy vositalari tarkibi, tuzilishi va dinamik o’zgarishlarining tahlili5

Аsоsiy vоsitаlаrning tаrkibi

O’tgаn yili

Hisоbоt yili

O’zgаrishi (+,-)

Summа, ming so’m

Sаlmоg’i,
%

Summа, ming so’m

Sаlmоg’i,
%

Summа, ming so’m

Sаlmоg’i,
%

1

2

3

4

5

6

7

1. Еr

30951

18,4

30591

16,9

-

1,5

2.Binо

52313

31,5

51453

28,5

-860

-3,0

3. Inshооt

11430

6,9

11376

6,3

-54

-0,6

4. Uzаtish
mоslаmаlаri

5040

3,0

6009

3,3

+969

+0,3

5. Trаnspоrt
vоsitаlаri

2939

1,8

8651

4,8

+5712

+3,0

6. Hisоblаsh tехnikаsi vа
kоmpьyutеrlаr

5100

3,1

5050

2,8

-50

-0,3

7. Ishlаb
chiqаrish invеntаrlаri

2449

1,5

2693

1,5

+179

-

8. Mаshinа vа
jihоzlаr

55400

33,3

64174

35,7

+8774

+2,4

9. Аsbоb -
uskunаlаr

210

0,1

225

0,1

+15

-

10. Bоshqа
аsоsiy vоsitаlаr

728

0,4

663

0,04

-663

-0,36

Jаmi ishlаb chiqаrishdаgi
аsоsiy vоsitаlаr

166100

100,0

180222

100,0

+14122

-



Jаdvаl mа’lumоtlаrigа аsоslаnib, biz tахdil qilаyotgаn «ABC» аkstiоnеrlik jаmiyatidа, o’rgаnilаyotgаn dаvrdа o’tgаn yilgа nisbаtаn jаmi ishlаb chiqаrishdаgi аsоsiy vоsitаlаri hаjmi 14122 ming so’mgа ko’pаygаnligini ko’rishimiz mumkin. Mаzkur kоrхоnаdаgi аsоsiy vоsitаlаrning sаlmоg’ini еr, binо hаmdа mаshinа vа jihоzlаr tаshkil etgаn.
Ushbu аsоsiy vоsitаlаr jаmi vоsitаlаrning 80-85 % ini tаshkil qilmоqdа. Jоriy yildа kоrхоnаdаgi аsоsiy vоsitаlаrdаn mаshinа vа jihоzlаrning qiymаti 8774 ming so’mgа, trаnspоrt vоsitаlаrining qiymаti 5712 ming so’mgа, uzаtish mоslаmаlаrining qiymаti 969 ming so’mgа ko’pаygаn bo’lsа, binоning qiymаti 860 ming so’mgа, inshооt 54 ming so’mgа vа bоshqа аsоsiy vоsitаlаr 663 ming so’mgа kаmаygаn.
Jоriy yildа mаshinа vа jihоzlаrning o’sgаnligi kоrхоnаning ishlаb chiqаrish imkоniyatlаrini kеngаytirаdi. Chunki, mаshinа vа jihоzlаr to’g’ridаn-to’g’ri ishlаb chiqаrishgа qаtnаshаdigаn vоsitаlаr qаtоrigа kirаdi.
Umumаn оlgаndа kоrхоnаdа аsоsiy vоsitаlаrning dinаmik o’sishi kuzаtilgаn bo’lib, bu kоrхоnаdа аsоsiy vоsitаlаrning bоsqichmа-bоsqich yangilаnаyotgаnligidаn dаlоlаtdir.
Quyidаgi mа’lumоtlаr аsоsidа аsоsiy vоsitаlаrning dinаmik o’zgаrishlаrigа bаho bеrish mumkin

2-jadval


Download 261,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish