Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti «iqtisodiyot» kafedrasi


 Fermer xo’jalik faoliyatini boshqarishning tashkiliy-tarkibiy



Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana17.02.2020
Hajmi0,82 Mb.
#39929
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida fermer xojaliklarining iqtisodiy samaradorligini oshirish yollari


1.2. Fermer xo’jalik faoliyatini boshqarishning tashkiliy-tarkibiy 

yo’nalishlari 

Xo‘jalik faoliyatining bozor sharoitiga moslashib turishida menejment katta 

ahamiyatga ega. Keng ma‘noda menejment maxsus boshqarish faoliyatini bildiradi. 

Menejment — xo‘jalikning ishlab chiqarish, tijorat va moliyaviy faoliyatini 

boshqarish bo‘lib, xo‘jalik jamoasining guruhiy mnfaatiga xizmat qiladi. 

Menejment yoki boshqarishning ob‘ekti korxona faoliyati, uning sub‘ekti esa 

boshqarish  ishini  bajaruvchi  idoralar  va  ularning  xodimlaridir.  Xo‘jalikni 

boshqarish—menejerlarning kasbiy faoliyati xisoblanadi. 

Menejerlar  maxsus  tayyorgarlik  ko‘rgan,  boshqarishning  sir  —asrorlari, 

qonun—qoidalarini 

chuqur 

biluvchi 



malakali 

mutaxassislar—yollanma 

boshqaruvchilar bo‘lib, aholining alohida ijtimoiy qatlamini tashkil etadi. 

Menejment ishi — korxona faoliyatiga tegishli qarorlar qabul qilish va uning 

ishini tashkil etishdan iborat va yuqori, o‘rta va quyi pog‘onalardan tashkil topadi. 

Yuqori  pog‘onadagi  menejment  firma  istiqbolini  belgilash,  uning  kelajagi 

uchun  ahamiyatli  chora  —  tadbirlarni  ishlab  chiqish  bilan  shug‘ullanadi.  Bir  so‘z 

bilan  aytganda,  xo‘jalik  strategiyasini  ishlab  chiqadi  va  uni  amalga  oshiradi.  Bu 

ishni oliy martabali menejerlar bajaradilar. 

O‘rta  pog‘onadagi  menejment  firma  faoliyatining  ayrim  tomonlarini 

chunonchi, ishlab chiqarish tovarlarni sotish, narx belgilash, moliya faoliyati, yangi 

tovarlarni  o‘zlashtirish,  texnologiyani  qo‘llash,  mehnatni  tashkil  etish  kabilarni 

boshqarish bilan shug‘ullanadi. Bu ishni o‘rta toifadagi menejerlar bajaradilar. 

Quyi pog‘onadagi menejment quyi bo‘g‘inda, masalan, tsex bo‘lim, brigada 

doirasida  ishni  tashkil  etish,  kunlik,  haftalik,  oylik  ish  topshiriqlarining 

bajarilishini boshqarib boradi. Bu ishni quyi toifadagi menejerlar bajaradilar. 



27 

 

Menejment  umumiy  va  funktsional  menejmentga  bo‘linadi.  Umumiy 



menejment  firma  faoliyatining  hamma  tomonlarini  o‘zaro  moslashtirib,  foydani 

maksimumlashtirishdan  iborat  maqsadga  xizmat  qiladi.  Funktsional  menejment 

firma  faoliyatining  ayrim  jihatlarini  boshqarish  bo‘lib  unga  ishlab  chiqarish, 

savdo—sotiq, moliya, ishchi — xizmatchilar mehnatini boshqarish kabilar kiradi.  

Umumiy  menejment  doirasida  firmaning  maqsadi,  unga  erishish  vositalari, 

qaysi  bozorga  kirib  borish,  bozorda  qanday  harakat  qilish,  pulni  qaysi  ishlarga 

sarflash  yoki  sarflamaslik  masalasi  hal  qilinadi.  Funktsional  menejmentda  esa 

belgilangan  maqsadga  erishish  uchun  firmaning  turli  bo‘g‘inlari  bir—biriga  mos 

ishlashi ta‘minlanadi, moddiy mehnat va moliya resurslarining samarali sarflanishi 

hal qilinadi.  Funktsional  menejment  tarkibida  moliyaviy  menejment  alohida  o‘rin 

tutadi  va  moliyaviy  resurslar  (pul)  ga  talabni  aniqlash,  kerakli  pulni  topish,  uni 

samarali ishlatish vazifalarini hal etadi. 

Firmaning  moliyaviy  holati  foyda  miqdori  va  manbai,  qancha  pul  qarzi 

borligi,  likvidliligi,  ya‘ni  o‘z  pul  majburiyatlarini  to‘lay  olish  quvvatiga  qarab 

aniqlanadi.  Menejment  yaxshi  yo‘lga  qo‘yilsa  xatar  kam  bo‘ladi,  firma  boyib 

boradi. Funktsional menejmentga marketing ishi ham kiradi.  

Marketing  firmani  bozor  bilan  bog‘lash  demakdir.  Umumiy  va  funktsional 

menejmentning yaxlitligi har bir firmaning menejment tizimini tashkil etadi. 

Menejment  ishida  boshqarishning  uch  usuli  qo‘llaniladi.  Iqtisodiy  usulda 

kutilgan  maqsadlarga  erishish  iqtisodiy  vositlar  yordamida  amalga  oshiriladi.  Bu 

usulda  kishilarning  shaxsiy  va  guruhiy  manfaatlarini  yuzaga  chiqarish  orqali 

ularning  samarali  ishlashi  ta‘minlanadi.  Shu  maqsadda  qo‘shimcha  ish  xaqi 

to‘lash,  orqali  olib  boriladi.  Ijtimoiy  —  psixologik  usul  ijtimoiy—ma‘naviy 

vaziyatga ta‘ir etish orqali, kishilarning fe‘l atvori, ruhiyatini xisobga olib, ularning 

ijtimoiy (sotsial) talabini qondirish orqali boshqarishni bildiradi. 

Menejment ishi ichki va tashqi axborotga asoslanadi. Ichki axborot korxona 

va  uning  ayrim  butinlarining  ishiga  oid  ma‘lumotlar,  tashqi  axborot  bozorning 

ahvoli,  bozordagi  o‘zgarishlar,  raqiblar,  sheriklar  va  mijozlarning  xatti  — 

harakatiga tegishli ma‘lumotlaridan iborat bo‘ladi. Axborot umumlashtiriladi, unga 


28 

 

tayangan  holda  boshqarishga  oid  qarorlar  qabul  qilinadi,  harakatlar  amalga 



oshiriladi.  Menejment  ishi  ham  sarf  —  xarajatlar  talab  etadi.  Uning  samarasini 

aniqlash  uchun  olingan  natijalar  (foyda)  menejmentga  qilingan  sarflarga 

taqqoslanadi: 

  F  

 Sm q ——— 

  Wm 

Bunda Sm — menejment samarasi 



F —qo‘shimcha olingan foyda 

Wm —qo‘shimcha menejment xarajatlari, 

Keltirilgan  formula  vositasi  qo‘shimcha  menejment  sarfi  firma  uchun  nima 

berganligi  aniqlanadi.  Menejerlarga  menejment  samarasiga  qarab  haq  to‘lanadi. 

Shu  sababli,  masalan,  AQSh  da  menejerlarning  bir  yillik  daromadi  50  ming 

dollardan  3  mln.  dollargacha  boradi.  Menejment  o‘ta  muhim  va  mas‘uliyatli  ish 

bo‘lib,  firmaning  taqdiri  menejment  xizmatiga  bog‘liq.  Shu  sababli  yaxshi 

menejerlarni  tayyorlash,  ularning  malakasini  oshirishga  pulni  ayamaslik  hozirgi 

zamon tadbirkorligining talabi hisoblanadi. 

Hozirgi  davrda  boshqaruvning  tashkiliy  tarkibini  isloh  qilishni  quyidagi 

yo‘nalishlarni alohida ajratish mumkin: 

1. Boshqaruv tamoyillarini tubdan o‘zgartirish. 

2. Boshqaruv apparatini muvofiqlashtirish. 

3. Boshqaruv vazifalarini aniq belgilash. 

4. Xo‘jalik faoliyati maqsadini dasturlash. 

Boshqaruvning  tamoyillari  strategik  ustunliklarga  erishish  uchun  har  bir 

tarkibiy  bo‘limalar  faoliyatini  erkinlashtirish  va  quyidagi  faollikni  kuchaytirish, 

ya‘ni  boshqaruvning  markazlashgan  va  markazlashmagan  darajalari  o‘rtasidagi 

nisbatni  o‘zgartirish  hamda  quyi  bo‘linmalarning  o‘zaro  aloqalarni  kuchaytirish 

kerak. Bunda boshqaruvni demoqratiyalashtirishga asosiy e‘tiborni qaratish kerak. 

Boshqaruvning  tashkiliy  tarkibi  resurslarni  eng  ilg‘or  yo‘nalishlarda  ishlatilishini 

ta‘minlashi,  doimiy  ravishda  ilmiy  —  texnikaviy  tadqikqtlarga  asoslangan  holda 


29 

 

faoliyatni  tashkil  etishiga  ko‘mak  berishi  maqsadga  muvofiqdir.  Bir  ixtisosdagi 



mutaxassislar faoliyatini bir maqsadga qaratilishi muhim xisoblanadi. 

Boshqaruv  apparatini  muvofiqlashtirishda  bo‘linmalarni  guruhlarga  ajratish 

va  ular  bajarayotgan  ishlar  ko‘lamini  aniq  belgilash  hamda  vakolati  va 

javobgarliklarini  to‘g‘ri  taqsimlash  va  shunga  o‘xshash  tadbirlarni  bajarilishiga 

e‘tibor  berilishi  kerak.  Har  bir  tarkibiy  bo‘linmalarini  tashabbusini  qo‘llab  — 

quvvatlash,  zaruriy  hollarda  ularga  alohida  moliyaviy  yordamlar  ko‘rsatishni 

tashkil  etish,  ilmiy  —  texnikaviy  ishlarni  uzluksiz  rag‘batlantirib  borish  xo‘jalik 

kelajakdagi rivojlanishi uchun o‘z samarasini beradi. Boshqaruv apparatida oraliq 

zvenolarini  tashkil  etish  va  bu  zvenolar  faoliyatini  raqobatlashuvini  ta‘minlash 

qoloq  bo‘linmalarining  ilg‘orlarga  intilishiga  ko‘maklashadi.  Chunki,  bozor 

talabiga  muvofiq  resurslar  sarfi  natijalariga  nisbatan  tabaqalashgan  tarzda 

dapomadlapga erishish mumkin. 

Boshqaruvning  vazifalari  strategik  rejalashtirish  va  istiqbolni  belgilashni 

kuchaytirish,  doimiy  ravishda  mahsulot  sifati  ustidan  nazorat  o‘rnatib  borish  va 

mahsulot  ishlab  chiqarish  harakatining  har  bir  bosqichini  kuzatib  borish  bilan 

bog‘liq  bo‘ladi.  Boshqaruvda  sotsial-ruhiy  jihatlariga  e‘tibor  berish  va  marketing 

faoliyatini  to‘g‘ri  tashkil  qilishga  alohida  yondoshishi,  boshqarish  vazifalarini 

amalga oshirilishida muhim ahamiyatga egadir. 

Xo‘jalik faoliyatini asosiy maqsadi texnologik jarayonlarini yangilab turish, 

ishlab  chiqarishni  to‘liq  avtomatlashtirish  va  mashina  mexanizmlarni  sonli 

dasturlar 

asosida 


boshqarish, 

xalkaro 


miqyosda 

iqtisodiy 

hamkorlikni 

chuqurlashtirish  va  sohaga  tegishli  xalkaro  dasturlarda  ishtirok  etishdan  iborat 

bo‘lish kerak. 

Tadqiqotlar  shundan  dalolat  beradiki,  ko‘p  xollarda  fermer  xo‘jaligining 

samarali faoliyat yuritishiga fermerlarning kasbiy tayyorgarligi va malakasi kuchli 

ta‘sir  o‘tkazadi.  Fermerlarning  ba‘zilarida  mustaqil  xo‘jalik  yuritish  uchun 

tayyorgarlik  etishmaydi.  Chunki,  uzoq  yillardan  beri,  bizda  shakllanib  kelgan 

kolxoz  va  sovxoz  tizimi  qishloq  mehnat-kashlarining  mustaqilligi  va 

tashabbuskorligini  chegaralab  tashlagan,  ular  tor  doiradagi  ishlarni  bajarishga 

moslashib qolgan. Shu bilan birga, bizdagi qishloq xo‘jaligi mutaxassislari ham tor 

doirada  ixtisoslashgan  (masalan,  agronom,  zootexnik,  injener  kabi  bir  sohaga 


30 

 

ixtisoslashgan).  Ammo,  endilikda  qishloq  xo‘jaligida  shakllanib  kelayotgan 



fermerlik  sektori  uchun  bunday  tor  ixtisosli  mutaxassislardan  ko‘ra,  qishloq 

xo‘jaligiga  oid,  turli  bilimlarni  egallagan,  professional  fermerlarga  ko‘p  ehtiyoj 

seziladi. 

Samarali  xo‘jalik  yuritish  uchun  fermer  bir  qator  iqtisodiy,  texnologik, 

texnik,  huquqiy  va  boshqa  bilimlarni  puxta  egallashi  lozim.  Fermer  bir  vaqtning 

o‘zida  ham  ishchi,  ham  boshqaruvchi  funktsiyalarini  bajarishi,  shu  bilan  birga 

tadbirkorlik xislatlariga ham ega bo‘lishi zarur. 

Boshqarish  masalalarida  tajribasi  kamroq  bo‘lgan  kishilira  ko‘pincha 

boshqarish  foydaning  ko‘payishini  ta‘minlaydigan  qarorlar  qabul  qilishdan 

iboratdir,  deb  o‘ylaydilar.  Garchi  bu  gap  haqiqatga  asosan  to‘g‘ri  kelsa  ham, 

ba‘zan kutilmagan mustasnolar ham bo‘ladi. Afsuski shunday hollar ham bo‘ladi: 

odatdagi  sharoitlarda  qoniqtiradigan  darajada  foyda  keltiradigan  xo‘jalik 

yo‘nalishiga 

amal 


qiladiki, 

bunda 


muayyan 

vaziyatlarda 

moliyaviy 

qiyinchiliklardan  sira  qutilishning  iloji  bo‘lmaydi;  hatto  yuqori  darajadagi 

texnologiya  ham  chorvachilikka  (dehqonchilikkva)  har  doim  ham  moliyaviy 

muvaffaqiyat  keltiravermaydi.  Yosh  mutaxassislar  ham  boshqaruv  printsiplari  va 

usullari  hamisha  ham  pirovard natijada  muammoni  butunlay  hal  qilib  bermasdan, 

faqat  xo‘jalik  yuritishning  to‘g‘ri  yo‘nalishini  tanlashgagina  yordam  berishini 

bilib, hayron bo‘ladilar. Ba‘zan shu narsa ham hayron qogldiradiki, muammoning 

o‘zi bitta echimdan ko‘proq bo‘ladi, lekin har bir echim tegishli vaziyatlarda o‘rinli 

hisoblanadi. 

Boshqaruv  asoslarini  o‘rganishga  kirishilar  ekan,  shuni  bilib  olish  kerakki, 

garchi  qishloq  xo‘jalik  ishlab  chiqarishi  rejali  va  tijorat  negizida  qurilishi  lozim 

bo‘lsa-da, uning biologik tabiati, uning o‘zigagina xos bo‘lgan o‘zgaruvchanligi va 

noaniqligi  bilan  birgalikda  ko‘pincha  to‘liq  bo‘lmagan  ma‘lumotlar  asosida 

qarorlar qabul qilishga majbur etadi. Shunday bo‘lsa ham, muvaffaqiyatga ko‘proq 

umid bog‘lash uchun ancha ko‘proq hammaga ma‘qul keladigan axborotlarga ega 

bo‘lish zarur. 

Har  bir  fermer  o‘z  oldiga  muayyan  maqsadlar  qo‘yadi.  Boshqarishning 

vazifasi - ana shu maqsadlarga erishishni kafolatlashdan iboratdir. Har bir qishloq 

xo‘jalik  korxonasi  asosiy  resurslarning  uchta  turiga:  kapital  ya‘ni  barcha 


31 

 

resurslarni xarid qilish uchun zarur bo‘ladigan mablag‘, erga (imoratlar bilan birga) 



va  mehnatga  ega  bo‘ladi.  Bularning  hammasi  muhim  omil  bo‘lgan 

boshqariluvchanligi bilan belgilanishi kerak. 

Fermer  dastlabki  qadamni  qo‘ydi  –  o‘zining  maqsadlarini  belgilab  oldi, 

degan  taxminga  amal  qiladigan  bo‘lsak,  u  holda  boshqaruvning  shundan  keyingi 

barcha jarayonlarini diagrammma tarzida tasavvur qilish qulaydir. Reja asosida ish 

qilinar  ekan,  barcha  natijalar  qayd  qilinishi,  tahlil  va  talqin  qilinishi  kerak,  toki 

ulardan  ishning  borishini  nazorat  qilish  chog‘ida  foydalanish  mumkin  bo‘lsin. 

Natijalarni  tahlil  qilish  rejani  amalga  oshirishning  ikki  zarur  yo‘llarini  aniqlashga 

imkon  berishi  mumkin.  Bu  esa  yutuqlardan  yaxshiroq  foydalanishga  va  zaif 

joylarni  tuzatishga  yordam  beradi.  Agar  bunday  o‘zgarishlar  maqsadga  muvofiq 

bo‘lsa, ularni amalga oshirish kerak. 

Shunday  ham  bo‘ladiki,  rejaga  tez-tez  tuzatishlar  kiritaverish  oldigan 

qo‘yilgan  maqsadlarga  mos  kelishini  ta‘minlaydi.  Bunday  holda  ferma  uchun 

rejalashtirilgan barcha ishlar majmuini qaytadan ko‘rib chiqish zarur bo‘lib qoladi. 

Amaliyotga rejani bajarish vaqtida sanab o‘tilgan jarayonlarning ko‘plari vaqt 

jihatidan  mos  keladi  va  bir-biriga  kuchli  ta‘sir  o‘tkazadi.  Ular  boshqarishning 

samaradorligiga va boshqaruv jarayonlarini tashkil etish usullarni tanlashga atrof-

muhit  omillari  -  tabiiy,  iqtisodiy,  siyosiy  va  ijtimoiy  omillar  ta‘sir  ko‘rsatadi.  Bu 

ta‘sirni  hisobga  olish  uchun  qo‘shimcha  jarayonlar,  xususan  boshqaruv 

ob‘ektlarning  ―hulqini‖ va  muhit  omillarining ta‘sirini oldindan  aytib  berish  talab 

qilinishi mumkin. Shunday qilib, beshta asosiy jarayonni belgilab chiqish mumkin.  

 

1.3. Davlatimizda dehqon va fermer xo‘jaliklari ularni 

rivojlantirish yo’nalishlari 

 

Bozor  iqtisodiyotiga  o‗tish  davlat  mulki  mohiyatini  o‗zgartirishni  taqozo 



etadi,  bu  esa  mamlakatimiz  iqtisodiyotida  davlat  mulki  mohiyatini  yangicha 

uslubiy asosda qarab chiqishni talab etadi.  

Mulk  sub‗ekti  mulk  ob‗ektiga  egalik  qilish  va  undan  foydalanish 

imkoniyatlarini ifoda etuvchi, mulk munosabatlarning faol tomonidir.  



32 

 

Qishloq  xo‗jaligida  xususiy  mulkning  mohiyati  shundan  iboratki,  moddiy 



sharoitlarda ishlab chiqarish natijalari ayrim shaxslarga qarashli bo‗ladi. Bu turdagi 

mulkda mehnat natijalari o‗zlashtirishning xususiy mulkchilik qonuniga muvofiq, 

mulkdorning o‗ziniki hisoblanadi va u mustaqil xo‗jalik yuritib unga egalik qiladi. 

Xususiy  mulk  fermer  xo‗jaligi,  dehqon  xo‗jaligi,  ijara,  jamoa,  korporativ 

korxonalari,  aktsiyadorlik  jamiyatlari,  xo‗jalik  assotsiatsiyalari  (birlashmalari) 

mulklarini o‗z ichiga oladi. Xususiy mulk davlat mulki tarkibiga kirmagan barcha 

mulklardir. 

Xususiy  mulkchilik  jamiyat  rivojiga  ijobiy  ta‘sir  ko‗rsatadi.  Xususiy 

mulkchilik  mulk  egalarida  undan  unumliroq  foydalanish  qobiliyatini  oshiradi. 

Mulkdor  mulkidan  qancha  unumliroq  foydalansa,  o‗zi  shuncha  ko‗proq 

manfaatdor bo‗ladi. U iqtisodiyotni barqarorlashtiradi, bozor iqtisodiyotida o‗zaro 

raqobatni avj oldiradi va qiymat qonunining amal qilishiga ijobiy ta‘sir ko‗rsatadi. 

Xususiy mulkchilik ishlab chiqarishning ijtimoiy jihatdan rivojlanishiga olib 

keladi,  davlatga  qaramlikni  yo‗qotadi,  mulkka  o‗z  xohishicha  munosabatda 

bo‗lishini  ta‘minlaydi.  Xususiy  mulkchilik  jamiyat  oldida  shaxsning  erkinligini 

ta‘minlaydi. 

Shunday  qilib,  qishloq  xo‗jaligida  xususiy  mulk  boshqa  mulk  shakllariga 

nisbatan quyidagi afzalliklarga ega: 

mulk  egasi  ishlab  chiqarish  vositalari  bilan  bevosita  bog‗lanish  huquqiga 



ega  bo‗lib,  ulardan  qay  shaklda  foydalanishni  o‗zi  hal  qiladi  va  amalga 

oshiradi: 

ishlab  chiqarish  faoliyatida  to‗la  mustaqilikka  ega  bo‗ladi,  xohlagan 



mahsulotini qancha yetishtirishini o‗zi hal qiladi; 

doimo iqtisodiy va qonuniy javobgarlikni his etadi. 



Respublikamiz qishloq xo‗jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish ko‗p 

ukladli agrar iqtisodiyotni barpo etish asosida bozor munosabatlarini shakllantirish, 

qishloq  xo‗jaligi  ishlab  chiqaruvchilari  o‗rtasida  raqobat  muhitini  rivojlantirish 

orqali  ishlab  chiqarish  omillaridan  samarali  foydalanish  yo‗nalishida  amalga 

oshirilmoqda.  


33 

 

Bu  jarayonda  fermer  xo‗jaliklarini  rivojlantirish  muhim  ahamiyatga  ega. 



Negaki,  fermer  xo‗jaliklari  o‗z  ijtimoiy-iqtisodiy  mohiyati  va  xo‗jalik  yuritish 

tamoyillari  jihatidan  bozor  iqtisodiyoti  talablariga  to‗liq  muvofiq  keladi.  Bular 

quyidagilarda o‗z aksini topadi: 

 

respublikamizda  fermer  xo‗jaliklarining  mustaqil  tovar  ishlab  chiqaruvchi 



bozor  sub‗ekti  sifatida  faoliyat  yuritishi  uchun  mustahkam  huquqiy-

me‘yoriy asoslar yaratilgan

  fermer  xo‗jaliklarining  xususiy  mulk  asosida  faoliyat  yuritishi  ularga 

mustaqil  ravishda  barcha  iqtisodiy  va  moliyaviy  xavf-xatarlarni  o‗z 

zimmalariga olgan holda, bozorlarni tanlash imkoniyatini beradi; 

 

fermer  xo‗jaliklarining  bozordagi  talab  va  taklifni  hisobga  olgan  holda, 



mahsulot  ishlab  chiqarishni  rejalashtirishi,  kimga  va  qancha  miqdorda 

mahsulot  sotishni  mustaqil  hal  etishi  bozorda  raqobat  muhitini 

rivojlantirishga  va  shu  orqali  butun  iqtisodiyotning  samarali  faoliyat 

ko‗rsatishiga asos yaratadi; 

 

fermer  xo‗jaliklarining  ishlab  chiqarish  natijalarini  majburiy  to‗lovlar 



to‗langandan  so‗ng,  mustaqil  o‗zlashtirish  va  tasarruf  etishi  ishlab 

chiqarishni rivojlantirishga kuchli iqtisodiy rag‗batlar paydo qiladi va bozor 

mexanizmining joriy etilishiga olib keladi. 

Yuqoridagilardan  shunday  xulosa  chiqarish  mumkinki,  fermer  xo‗jaligi 

tadbirkorlik  faoliyatining  muhim  shakli  sifatida  iqtisodiy  taraqqiyotga  turtki 

beruvchi muhim omil hisoblanadi. 

Shu  munosabat  bilan, O‗zbekiston fermer  xo‗jaliklarini  rivojlantirishga  agrar 

sohada  amalga  oshirilayotgan  iqtisodiy  islohotlarning  muhim  yo‗nalishi  sifatida 

qaralmoqda.  Buning  natijasida  xo‗jalik  yuritish  shakllari  orasida  fermer 

xo‗jaliklarining mavqei yildan-yilga oshib bormoqda. 

Ta‗kidlash  lozimki,  fermer  xo‗jaliklari  sonining  o‗sishi  ularning  faoliyati 

samaradorligi  darajasi  to‗g‗risida  to‗liq  tasavvur  bermaydi.  Fermer  xo‗jaliklari 

faoliyati  samaradorligini  oshirish,  mahsulot  sifatini  yaxshilash  va  mehnat 


34 

 

unumdorligini  oshirish  uchun  ularning  ixtisoslashuv  darajasi  muhim  ahamiyatga 



ega. (5 - jadval

5- jadval 



Fermer xo‘jaliklarining asosiy faoliyati ko‘rsatkichlari  

Ko‘rsatkichlar 

O‘lchov 

birligi 

2004 y 

2005 

y. 

2006 

y. 

2007 

y. 

2008 y 

2009 y 

2010 y 

2011 y 

2012 y 

2013y 

Yalpi qishloq 

xo‗jaligi 

mahsulotida 

fermer 

xo‗jaliklarining 



ulushi  

5,5 



7,3 

10,0 


15,1 

18,6 


24,3 

31,4 


33,4 

32,5 


34,5 

sh.j.: 


o‗simlikchilikda  

4,9 



6,6 

9,0 


14,0 

17,3 


20,6 

31,1 


60,3 

57,6 


32,9 

chorvachilikda  

0,6 


0,7 

1,0 


1,1 

1,3 


3,7 

1,2 


3,2 

3,6 


1,6 

Fermer 


xo‗jaliklari soni 

birlik. 


43759 

55445 


72406 

87552 


103921 

125668 


189235 

217095 


105033  103081 

Ekin maydoni 

ming ga 

632,2 


696,3 

991,6 


1401,9 

1762,6 


2140,7 

2710,6 


3001,6 

3045,2 


3052,9 

Jami ekin 

maydonida 

fermer 


xo‗jaliklari ulushi 

16,7 



20,2 

28,0 


37,0 

47,7 


58,7 

74,7 


84,3 

84,4 


84,6 

Ishchilar soni 

ming 

kishi 


294,9 

386,3 


488,0 

603,0 


765,3 

954,2 


1381,1 

1621,4 


1710,2 

1521,6 


Shundan: 

yollanma 

ishchilar 

ming 


kishi 

0,0 


40,0 

37,0 


52,4 

95,2 


280,8 

382,5 


456,1 

455,7 


465,8 

O‗rtacha bir 

fermer 

xo‗jaligiga to‗g‗ri 



keladigan: 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



- ishchilar soni 

kishi 






16 



15 

- ekin maydoni  

ga 

20,3 


19,0 

22,0 


24,5 

28,2 


30,0 

26,2 


26,7 

29,0 


29.6 

 

Fermer  xo‗jaliklari  ixtisoslashuv  jarayonining  tahlili  shuni  ko‗rsatmoqdaki, 



1992-1996  yillarda  respublikada  chorvachilik  mahsulotlari  ishlab  chiqarishga 

ixtisoslashgan  fermer  xo‗jaliklari  dehqonchilikka  nisbatan  ustun  ravishda 

rivojlangan bo‗lsa, 1996-1997 yillarda ularning deyarli tenglashganini, 1998-2009 

yillarda  dehqonchilikka  ixtisoslashgan  fermer  xo‗jaliklari  ko‗plab  tashkil 

etilayotganligini, chorvachilikka ixtisoslashgan fermer xo‗jaliklari salmog‗i yildan-

yilga kamayib borayotganligini kuzatish mumkin. 

Buning sabablari birinchidan, hozirgi kunda chorvachilik mahsulotlari ishlab 

chiqarishga  ixtisoslashgan  fermer  xo‗jaliklarining  ozuqa  bazasi  o‗ta  nochor 

ahvoldaligi, nasldor mollar sotib olish imkoniyatining pastligi bo‗lsa, ikkinchidan, 


35 

 

chorvachilikka  nisbatan  kam  e‘tibor  bilan  qaralayotganligi  hamda  bu  sohaga 



ixtisoslashgan  fermer  xo‗jaliklariga  belgilangan  me‗yorlar  darajasida  yer  ajratib 

berilmayotganligidir,  uchinchidan,  keyingi  yillarda  chorva  mollariga  beriladigan 

omuxta  emlar,  kunjara  va  sheluxa  kabilarning  narxlari  keskin  darajada  oshib 

ketishidir. 

Qishloq  xo‗jaligida  yer  islohotlarini  amalga  oshirish  yer  resurslarini  turli 

xo‗jalik  yurituvchi  sub‗ektlar  o‗rtasida  qayta  taqsimlash  asosida  amalga 

oshirilmoqda.  Bundan  asosiy  maqsad  yerga  bo‗lgan  munosabatni  o‗zgartirish, 

dehqonlarda yerga egalik hissini kuchaytirishdan iborat.  

1998  yilga  nisbatan  2009  yilda  fermer  xo‗jaliklariga  ajratilgan  yer 

maydonlari  hajmi  11,0  martaga  o‗sib,  har  bir  fermerga  to‗g‗ri  keladigan  o‗rtacha 

yer maydoni 1998 yil 19,4 gektardan 2009 yilda 60,7 gektarga yetdi.  

Shuni  alohida  ta‗kidlash  lozimki,  fermer  xo‗jaliklariga  ajratilgan  yer 

maydonlari  va  ularning  yalpi  qishloq  xo‗jalik  mahsulotidagi  ulushi  o‗rtasida 

muayyan  nomutanosibliklar  mavjud.  Yuqoridagi  jadvallar  ma‘lumotlaridan 

ko‗rinib  turibdiki,  2003  yilda  fermer  xo‗jaliklari  jami  ekin  maydonining  37,3 

foizini egallagan holda ularning yalpi qishloq xo‗jaligidagi ulushi atigi 14,1 foizni 

tashkil etadi, holos. 2009 yilga kelib bu nisbatda sezilarli o‗zgarish bo‗ldi va jami 

ekin  maydonida  fermer  xo‗jaliklarning  ulushi  78,0%  ni  va  yalpi  qishloq  xo‗jalik 

mahsulotidagi ulushi 38,9% ni tashkil etdi. Chorvachilik tarmog‗ida bu ko‗rsatkich 

yanada pastroq. 

Respublikada  fermer  xo‗jaliklarining  yer  bilan  ta‗minlanish  darajasi  bilan 

yalpi  mahsulot  miqdori  o‗rtasidagi  nomutanosiblikning  yuzaga  kelishiga  olib 

kelgan quyidagi sabablarni keltirish mumkin: 

Birinchidan,  hozirgi  kunda  ham  fermer  xo‗jaliklari  aksariyat  hollarda, 

o‗zlariga  ajratib  berilgan  yer  maydonlaridan  o‗z  ixtiyorlari  bilan  mustaqil  holda 

foydalana olmayotganligi. 

Ikkinchidan, fermer  xo‗jaliklari tomonidan yetishtirilayotgan mahsulotlarga 

davlat buyurtmasining yuqori darajada saqlanib qolayotganligi. 



36 

 

Uchinchidan, fermer xo‗jaliklarida agrotexnik va texnologik jarayonlarni o‗z 



vaqtida amalga oshirish uchun kerakli texnika vositalarining tanqisligi. 

To‗rtinchidan,  fermer  xo‗jaliklari  yetishtirayotgan  qishloq  xo‗jalik 

mahsulotiga  baho  disparitetining  mavjudligi.  Tahlillar  shuni  ko‗rsatadi,  fermer 

xo‗jaliklari  tomonidan  ishlab  chiqarilgan  paxta  xom-ashyosi  2003  yilda  1061,5 

ming tonnadan 2009 yilda 3400,4 ming tonnagacha yoki 320,3 foizga, g‗alla ishlab 

chiqarish  hajmi  esa  muvofiq  ravishda  2030,3  ming  tonnadan  9300,2  ming 

tonnagacha yoki 404,3 foizga o‗sdi. Buning natijasida, fermer xo‗jaliklarining jami 

paxta  xom-ashyosi  ishlab  chiqarishdagi  ulushi  2003  yilda  37,8  foizdan  99,9 

foizgacha, bug‗doy  ishlab  chiqarishdagi ulushi 36,1  foizdan 89,0  foizgacha o‗sdi. 

Fermer  xo‗jalklarining  poliz  mahsulotlari  yetishtirishdagi  ulushida  ham  sezilarli 

o‗sish  bo‗lganligini  ta‗kidlash  lozim.  Jadval  ma‘lumotlarini  tahlil  qilish  natijalari 

shuni  ko‗rsatadiki,  garchi  keyingi  yillarda  muayyan  darajada  hosildorlikning 

o‗sishi kuzatilsa-da, respublikamizda faoliyat ko‗rsatayotgan fermer xo‗jaliklarida 

2004-2009  yillarda  qishloq  xo‗jaligi  mahsulotlarining  hosildorligida  keskin 

o‗sishni  kuzatish  mumkin.  Xususan,  1995-2009  yillarda  g‗alla  hosildorligi  32,0 

tsentnerga, kartoshka - 92,8, meva - 89,7, sabzavot 272,7 tsentnerga oshgan. Faqat 

paxta  bo‗yicha  hosildorlik  pasaygan.  Bu  Respublikamiz  Prezidenti  tomonidan 

ishlab  chiqilgan  "2004-2006  yillarda  fermer  xo‗jaliklarini  rivojlantirish 

kontseptsiyasi  to‗g‗risida"  gi  qarorga  asosan  olib  borilgan  davlat  siyosati,  fermer 

xo‗jaliklarga berilayotgan erkinliklar va imtiyozlar natijasidir. 

Dehqon xo‗jaliklari to‗g‗risida ilmiy adabiyotlarning ko‗pligiga qaramasdan, 

haligacha  uning  ijtimoiy-iqtisodiy  tabiati  to‗g‗risida  umumiy  qabul  qilingan  ta‗rif 

yo‗q.  Uning  mohiyati,  agrar  munosabatlar  tizimidagi  o‗rni  va  tuzilmasi  muttasil 

tarzda  shakllanib,  aniqlashtirilib  borilmoqda.  So‗nggi  yillarda  dehqon  xo‗jaligi 

muammolariga  bag‗ishlangan  bir  qator  ilmiy  monografiyalar  va  ilmiy  risolalar 

chop  etildi  va  bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  agrar  munosabatlar  tizimida  dehqon 

xo‗jaliklarining ob‘yektiv zarurligi asoslab berildi. 

Dehqon  xo‗jaligi  milliy  iqtisodiyotning  oddiy  bo‗g‗ini  sifatida  asosan 

moddiy  va  xizmat  ko‗rsatish  sohalaridan  tashkil  topgan  bo‗lib,  bugungi  kunda 


37 

 

dehqon xo‗jaligi ishlab chiqarish faoliyati, norasmiy xo‗jalik pozitsiyasiga asosan 



uy xo‗jaligida jamlangan. Shu bilan birga, ba‗zi bir uy xo‗jaliklari boshqa turdagi, 

ya‘ni uy xo‗jaligi doirasidan tashqaridagi yo‗nalishlarda faoliyat yuritishi mumkin. 

Bular  uy  xo‗jaliklari  tomonidan  mebel,  uy  xo‗jaligi  buyumlari  ishlab  chiqarish, 

qishloq  xo‗jaligi  mahsulotlarini  qayta  ishlash,  transport  vositalarini  va  jihozlarni 

ta‗mirlash, qurilish faoliyati, tikuvchilik, savdo va hokazo faoliyat yo‗nalishlaridir. 

Shaxsiy  yordamchi  xo‗jalik  tarkibiga  xo‗jalik  binolari,  mol,  parranda, 

asalari, ko‗p yillik mevali daraxtlar, tomorqa uchastkasi va mayda qishloq xo‗jaligi 

inventarlari  kiradi.  Shaxsiy  yordamchi  xo‗jalik  xarakterini  va  uning  rivojlanish 

darajasini to‗laligicha ijtimoiy ishlab chiqarish belgilab beradi. 

Dehqon xo‗jaligi milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarishda resurslardan tejamli 

foydalanadigan  xo‗jalik  shakli  sifatida  xarakterlanadi.  Dehqon  xo‗jaligining  bu 

xarakteri  oilaning  pul  xarajatlarini  kamaytiradi  va  bu  bilan  oila  byudjetini 

mustahkamlaydi.  Dehqon  xo‗jaligida  qishloq  xo‗jalik  mahsulotlari  ishlab 

chiqarishning  tashkil  etilishi,  davlatning  ijtimoiy  ishlab  chiqarish  sektorida  ushbu 

mahsulotlarni  ishlab  chiqarish  xarajatlarini  va  shu  bilan  birga  aholiga  xizmat 

ko‗rsatish xarajatlarini kamaytiradi. 

Dehqon xo‗jaligi va uy xo‗jaligida ishlab chiqarish faoliyati organik jihatdan 

bir-  biriga  mos  keladi.  Dehqon  xo‗jaligi  tomonidan  ishlab  chiqarilgan 

mahsulotning  ma‗lum  qismi  uy  xo‗jaligi  tomonidan  qayta  iste‘mol  qilinadi.  Shu 

bilan  birga  dehqon  xo‗jaligi  mahsulotlarning  ma‗lum  qismidan  uy  xo‗jaligidagi 

qora  mol  va  parranda  uchun  ozuqa-em  sifatida  foydalaniladi.  Shuning  uchun 

dehqon  xo‗jaligi  bilan  uy  xo‗jaligi  ishlab  chiqarish  jarayoni  texnologik  jihatdan 

bir-biriga bog‗liq hisoblanadi. 

Dehqon  xo‗jaligi  sub‗ektlari  uchun  mehnat  jarayoni  ketma-ket  uy 

xo‗jaligida,  keyinchalik  dehqon  xo‗jaligi  faoliyatini  shakllantirgan  holda  davom 

etishini ifoda etadi. Shuning uchun dehqon va uy xo‗jaliklari iqtisodiy jihatdan bir-

biriga  bog‗liqdir.  Mahsulot  sotishdan  tushgan  daromadlar  nafaqat  dehqon 

xo‗jaligining ishlab chiqarishini kengaytirishga, shu bilan birga oilani uy xo‗jaligi 

jihozlari bilan ta‘minlashga sarf etiladi. 


38 

 

Amalga 



oshirilgan 

chora-tadbirlar 

natijasida, 

so‗nggi 


yillarda 

respublikamizda dehqon xo‗jaliklari soni yildan-yilga ortib bormoqda (6-jadval). 

 

Jadval 7 



Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish