Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universeteti "jismoniy madaniyat" fakulteti "jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi" kafedrasi



Download 54,26 Kb.
bet1/10
Sana18.07.2022
Hajmi54,26 Kb.
#820604
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
REJEPDURDIYEV KEMAL


O'ZBEKISTON RESBUBLIKASI OLIY VA O'RTA MAXSUS TALIM VAZIRLIGI


BERDAQ NOMIDAGI QORAQALPOQ DAVLAT UNIVERSETETI
"JISMONIY MADANIYAT" FAKULTETI
"JISMONIY MADANIYAT NAZARIYASI VA METODIKASI" KAFEDRASI


SPORT VA HARAKATLI O'YINLARNI O'RGATISH METODIKASI FANIDAN
KURS ISHI
MAVZU FUTBOL O’YINIDA HIMOYA VA HUJIMNING TEXNIK-TAKTIK USULLARINI O'RGANISH


Topshirgan: REJEPDURDIYEV.K
Qabul qilgan: BEKMURATOV.R
Nukus-2022
Mavzu Futbol o’yinida himoya va hujimning texnik-taktik usullarini o'rganish
Reja
I.Kirish
II.Asosiy qism
1) Hujim va himoyaning texnikasi
2) Hujim va himoyaning taktikasi
3) Zarba berishga qarshi harakat.
III.Xulosa
IV.Foydalangan adabiyotlar

KIRISH


Futbol - haqiqiy atletik o’yindir. U tezlik, chaqqonlik, chidamlilik, kuch va sakrovchanlik kabi xususiyatlarning rivojlanishiga yordam beradi. O’yin davomida futbolchi o’ta yuqori yuklamadagi ishni bajaradi va bu narsa, o’z navbatida, insonning ftmksional imkoniyatlari darajasini oshiradi, aqliy-irodaviy sifatlarni tarbiyalaydi. O’zbekistonda fiitbol jismoniy tarbiya vositasi sifatida tarqalgan. Futbol bilan maktab, kollej, institut, ishlab chiqarish tashkilotlari va armiyada shug’ullanishadi. O’yin jamoaviy kurashning murakkab vaziyatida o’tadi. Bunda har bir jamoa eng yaxshi natijaga erishish uchun barcha bilim va imkoniyatlarini ishga soladi. O’yin negizida o'yinchilari yagona g’alaba maqsadida birlashgan ikki jamoaning kurashi yotadi. Futbol o’yini davomida har bir o’yinchi o’zining shaxsiy fazilat (sifat)larini ko’rsatish imkoniyatiga ega, lekin shu bilan bir qatorda o’yin har bir futbolchining shaxsiy intilishlarining umumiy maqsadga bo’ysunishini talab etadi. Futbolchi texnik usullami mukammal darajada bilishi, murakkab o’yin vaziyatlari texnik usullami qo’llay olishi va jamoaning barcha a’zolari bilan kelishgan holda harakat qilishi lozim.
Ko’p yillik mashg’ulotning barcha bosqichlarida texnik usullar va taktik harakatlarga o’rgatish jarayoni uzluksiz davom etadi. Maqsadga muvofiq texnikaning barcha tomonlarini biomexanika qonunlaridan foydalanish asosida va shug’ullanuvchilaming individual xususiyatlarini hisobga olgan holda puxta o’zlashtirish o’yin faoliyatining murakkab sharoitlarida texnikaning muvaffa-qiyatli qoMlanishini oldindan belgilab beradi. Mukammal o’yin ko’nikmalarining shakllanishi yosh futbolchilaming yuqori darajadagi jismoniy tayyorgarligiga asoslanadi. Yosh fiitbolchilami o’qitish va ulaming malakalarini takomillashtirish bosqichlarida jismoniy tarbiyaning odatdagi uslublari: mashqlar, o’yin, musobaqa uslublari, ko’rsatmalilikni ta’minlash, og’zaki nutqdan foydalanish, xatolami tuzatish uslublaridan foydalaniladi. Barcha uslublar bir-biri bilan yaqindan bog’liq holda qo’llaniladi. Biroq ulardan foydalanishning foizli nisbati ko’pgina omillarga: o’qitish bosqichi hamda vazifalariga, shug’ullanuvchilaming yosh va individual xususiyatlariga, ulaming tayyorgarlik darajasiga bog’liq bo’ladi.
Taktika deganda o’yinchilarning raqib ustidan g’alaba qozonishga qaratilgan individual va jamoaviy harakatlarini tashkil qilishi, ya’ni jamoa futbolchilarining muayyan rejaga binoan aynan shu muayyan raqib bilan muvaffaqiyatli kurash olib borishiga imkon beradigan birgalikdagi harakatlarini tushunish kerak.
Taktikadagi asosiy vazifa hujum va himoya harakatlarining maqsadga erishtira oladigan eng qulay vosita, usul va shakllarini belgilashdan iboratdir. Qanday taktikani tanlash har bir alohida holda jamoa oldida turgan vazifalarga, kuchlar nisbati va o’yinchilarning o’zaro kurashuvchi guruhlariga, maydonning ahvoliga, iqlim sharoiti va hokazolarga bog’liq. Futbol taktikasining tasnifi 64-rasmda berilgan.Futbol matchi ko’p martalab hujumdan himoyaga va himoyadan hujumga o’tishdan iborat bo’lgani uchun ham, tabiiyki, har qaysi jamoaning hujum va himoya harakatlari uyushgan bo’lishi kerak.
Taktika uchrashuv vaqtida butun o’yin faoliyatining asosiy mazmuni hisoblanadi. Konkret raqibga qarshi to’g’ri tanlangan kurash taktikasi muvaffaqiyat qozonishga yordam beradi, noto’g’ri tanlangan yoki uchrashuv mobaynida asqotmagan taktika esa odatda mag’lubiyatga olib keladi.
Raqiblarni neytrallash vazifalarini to’g’ri hal qila bilish va hujumdagi o’z imkoniyatlaridan muvaffaqiyatli foydalana olish umuman jamoaning ham, uning alohida o’yinchilarining ham taktik yetukligini ko’rsatadi. Hujum va himoyada hamma futbolchilarning harakatlari yaxshi uyushtirilgan hamda, albatta, faol bo’lgandagina jamoa muvaffaqiyatga erisha oladi.
Hozirgi futbolda qanot himoyachilarining vazifalari kengayib ketdi. Ularning vazifasi endilikda raqib hujumini "buzish" dangina iborat bo’lmay, balki himoyada ishonchli va mohirona o’ynash bilan o’z jamoasining hujum harakatlariga faol qo’shilishni uyg’unlashtirib olib borishdan iborat bo’lib qoldi. Ish hajmining juda ortib, harakat turlarining ko’payib ketishi himoyachilarning jismoniy tayyorgarlik darajasi ortishini - kuchi, tezkorligi, tezlik chidamliligi, epchilligi, sakrovchanligi, start tezligining yuksakligi rivoj topishini talab qilib qoldi. Bu o’yinchilarning harakat muvofiqligi yaxshi bo’lishi, yerda va havoda mohirona yakkama-yakka tortisha olishlari kerak. Ular jamiki texnik usullarni yaxshi bilishlari, raqiblarga mohirona bas kelib, himoya va hujumni uyushtirishda kerak vaqtida, bilib birgalashib harakat qilishlari kerak. 

Download 54,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish