Berdaq nomidagi qmu


Buddizm dini va ta’limoti



Download 398,92 Kb.
bet3/7
Sana24.04.2022
Hajmi398,92 Kb.
#579025
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
O\'ZBEKISTON TARIXI MUSTAQIL ISHdocx

Buddizm dini va ta’limoti
Buddizm (Budda nomidan olingan), Buddaviylik — jahonda keng tarqalgan dinlardan biri (xristianlik va islom dini bilan birga). Unga eʼtiqod qiluvchilar taxminan 500 mln.dan ortiq. Miloddan avvalgi 6—5-asrlarda(bundan salkam2500- 2600 yil avval shimoli-sharqiy ) Hindistonda paydo boʻlgan. Markaziy Osiyo, Janubiy Sharqiy Osiyo mamlakatlarida va Uzoq. Sharqda tarqalgan. Hozirgi kunda Shri Lanka, Myanma (Birma), Tailand, Laos, Kamboja, Vyetnam, Tibet, Butan va Yapo kabi davlatlarning asosiy dinidir. Buddizm muayyan tarixiy davrlarda Xitoy, Hindiston, Koreya va Indoneziyada, deyarli butun Osiyo xalqlari, yaʼni jahonning salkam 2/3 qismi aholisi maʼnaviy qadriyatlariga juda katta taʼsir koʻrsatgan. Rivoyatlarga koʻra, Buddizmga Siddhartha Gautama (Budda) asos solgan. Buddizimda 2 asosiy yoʻnalish mavjud: xinayana va maxayana. Keyingisi juda koʻp sekta va mazhablarga boʻlinadi.

Boshqa dinlardan farqli ravishda Buddizmda hech bir oʻzgarmas narsa yoʻq, hatto xudo ham oʻzgaruvchan, deb uqtiriladi. Faqat on yoki lahzalar silsilasi mavjud boʻlib, ularning har biri yoʻqolib, keyingisiga oʻrin beradi. Buddizim taʼlimotiga koʻra, inson doimo azob uqubatga mahkum va bunga uning oʻzi sabab boʻladi. Zero u, garchand befoyda boʻlsada, oʻz hayoti va farovon turmushini saqlab qolishga harakat qiladi. Azob uqubatdan qutulish uchun koʻngil xush koʻrgan barcha narsalardan oʻzini tiyish darkor. Muntazam ravishda yolgʻondan, oʻgʻrilikdan, boshqaga zarar yetkazishdan, zinodan oʻzini tiyish hamda meditatsiya (ongni oliy haqiqatga yetishishga qaratish), "bodxi", yaʼni "xotirjamlik"ka va oxiroqibatda nirvanaga (azobuqubatning tugashiga) olib keladi. Nirvanaga yetishish uchun talab qilinadigan axloqiy barkamollik bir emas, bir necha hayotni taqozo etishi mumkin. Buddizm zaminida 3 narsa — Budda, Dharma va Sangxaga eʼtiqod yotadi. Budda (Siddhartha Gautama) oliy haqiqatga yetishishning yorqin timsoli. Dharma — Gautama qoldirgan taʼlimot. Bu taʼlimotning eng qisqa bayoni "toʻrt oliy haqiqat"dan iborat:


1) azob uqubat mavjud;
2) azob uqubatning sababi (istak) mavjud;
3) azob uqubatning tugashi (nirvana) mavjud;
4) azobuqubatning tugashiga olib keluvchi sakkiz bosqichli yoʻl mavjud.
Sangxa — Budda asos solgan va hozirgacha faoliyat koʻrsatib kelayotgan rohiblar jamoasi. Tor maʼnoda bu — oʻtgan ayerlarda "oliy haqiqat"ga yetishgan koʻplab avliyolardir. Sangxa jamoasiga qabul etilgan shaxs quyidagi 10 farzni ado etishga qasamyod qiladi:
1) hech kim yoki hech narsani hayotdan judo qilmaslik;
2) yolgʻon soʻzlamaslik;
3) oʻgʻrilik qilmaslik;
4) jinsiy aloqaga kirmaslik;
5) mast qiluvchi ichimlik ichmaslik;
6) kunning ikkinchi yarmidan to ertangi sahargacha ovqat tanovul qilmaslik;
7) uch kiyimdan ortiq hech narsa bilan tanani bezamaslik;
8) ommaviy koʻngilxushliklarda ishtirok etmaslik va tomoshabin sifatida qatnashmaslik;
9) baland va yumshoq oʻrinda yotmaslik;
10) pul ishlatmaslik.
Rohiblar jamoasi asosan Buddizm txeravadasi (aynan — oqsoqollar taʼlimoti)ga xosdir. Maxayanada "haqiqat yoʻli" har kim uchun ochiq:
rohiblarga ham;
dunyoviy kishilar (yaʼni oddiy qavm)ga ham;
Buddaga eʼtiqod qilinsa, bas. Kengroq qaralganda, Sangxa — muqaddaslik va qudrat xazinasi. Qisqasi, Buddizm — Buddaga ergashib, Dharma talablarini bajarish va Sangxa jamoasining aʼzosi boʻlib qolishdir.
Buddizm tarixi 2500 yildan ortiqdavrni oʻz ichiga oladi. Unga dastlab braxmanizm va jaynizmni taʼsiri kuchli boʻlgan. Imperator Ashoka (miloddan avvalgi 3-asr) davrida Buddizm kuchli mustaqil din sifatida shakllandi. Buddizm Hindistonda inqirozga yuz tuta boshladi va pirovardida bu yerda uning oʻrnini xinduizm toʻliq egalladi. Ammo Buddizm Shri Lanka, Janubiy Sharqiy Osiyo va Markaziy Osiyo orqali Xitoy, Koreya, Yaponiya va Tibetga yoyilib ulgurgan edi. Shri Lanka va Janubiy Sharqiy Osiyoning materik qismida Buddizm txeravadasi (qadimiy anʼanalarga sodiqlik), Xitoy, Koreya, Yaponiya va Tibetda esa maxayana (yangicha yondashuvlar) tarqaldi. XV asrda Osiyo qitʼasida paydo boʻlgan yevropaliklar Buddizm bilan tanishdilar. Ularning baʼzilari Buddizmga kirgach, Angliya, Germaniya, AQShda oʻz jamoalarini tashkil etdilar. Xitoylik va yaponiyalik muhojirlar bu eʼtiqodni Gavay orollari va AQShning gʻarbiy sohillariga olib keldilar. Hozirgi paytda AQShga koʻplab yapon va tibet rohiblari hamda olimlarining kirib kelishi natijasida mamlakat boʻylab yirik Buddizm jamoalari tashkil topdi. Buddizmning bir necha xalqaro tashkilotlari ham mavjud.
Buddizmda kundalik, davriy, maxsus va bayram marosimlari ado etiladi. Monastir, butxona va xonadonlarda ertalabki va kechki ibodatlar uyushtiriladi. Odatda, 12—13 yoshli oʻspirin 20 yoshgacha, yaʼni balogʻatga yetgunga qadar monastirda rohiblikni oʻtaydi, lekin , taxminan ularning uchdan bir qismi umrbod shu maqomda qoladi. Oddiy qevm yoki dunyoviy kishilarning eng asosiy kundalik vazifasi — rohiblarni ovqat bilan taʼminlashdir. Bu bilan ular xayrli xizmat qilgan boʻladilar.
XX asrda jahon boʻylab dunyoviy kishilarni ushbu dinga jalb etish odat tusiga kirdi. Hatto Hindistonning oʻzida ham Buddizm dunyoviy shaklda qayta tiklanmoqda. Yaponiyada dunyoviy kishilar "sinsyuko" ("yangi dinlar") deb atalgan oqimlarni (Rossiyada katta shovshuvga sabab boʻlgan "Aum sinrikyo" shulardan) tashkil etmoqdalar. Amerikadagi "yangi buddizm" jamoalari asosan dunyoviy kishilardan tarkib topgan.
Oʻzbekistonda bitta Buddizm jamoasi rasmiy ravishda faoliyat koʻrsatadi. Budda haykali, Tayland.

Buddizm yoki Buddaviylik dharmik din  hamda falsafiy oqimdir. U shuningdek Budda Dharma (sanskrit tilida "Uyg‘onganning ta’limoti") deb ham ataladi. Buddizmga mil. avv. V asrda Siddharta Gautama tomonidan asos solingan; keyinchalik Gautamani "Budda" ismi bilan atay boshlashgan.


Buddizm taʼlimoti, asosan, uch qismdan iborat:
1) axloq;
2) meditatsiya;
3) donolik.
1. Axloq normalari — "Pancha shila" (Buddaning besh nasihati):
qotillikdan saqlanish;
oʻgʻrilikdan saqlanish;
gumrohlikdan saqlanish;
yolgʻon, qalbaki narsalardan saqlanish;
mast qiluvchi narsalardan saqlanish.
2. Meditatsiya.
toʻgʻri tushunish (toʻgʻri eʼtiqod qilish) — Buddaning birinchi daʼvatida soʻz yuritilgan toʻrt haqiqatni bilish va unga ishonish;
toʻgʻri niyat qilish — dunyoviy lazzat-halovatlardan xalos boʻlishga, keraksiz fikrlar va boshqalarga zarar yetkazib qoʻyishdan saqlanishga intilish;
oʻzini toʻgʻri tutish — oʻziniki boʻlmagan narsaga koʻz olaytirmaslik, ortiqcha hissiyotga berilmaslik;
toʻgʻri anglash — oʻz tanasi va ruhiga oʻzini yoʻqotib qoʻymaydigan darajada nazoratda boʻlish hamda bunda ehtiroslar va iztiroblarga chek qoʻyish;
toʻgʻri harakat qilish — oʻzidagi yomon tuygʻularni jilovlash hamda ezgu tuygʻular va harakatlarni rivojlantirish;
toʻgʻri hayot kechirish — noʼmaqul hayot tarzidan saqlanish;
toʻgʻri fikr yuritish — kamolotning toʻrt bosqichini ketma-ket bosib oʻtish;
toʻgʻri gapirish — yolgʻondan, tuhmatdan, haqoratdan va befoyda gaplardan saqlanish.
3. Donishmandlik — bu Buddizm ning asosiy maqsadi boʻlib, narsalar tabiatini toʻgʻri tushunishdan iborat.
Yuqorida koʻrsatilgan uch amaliyot bosqichini oʻtagan inson oxir-oqibat oliy saodatga, yaʼni nirvana holatiga erishadi. Nirvana soʻzining lugʻaviy maʼnosi — "oʻchish, soʻnish". Unda hayotning har qanday koʻrinishiga intilish yoʻqoladi.
Buddizm - bu boshqalardan farq qiluvchi din. Buddistlar xudolarga ishonishmaydi. Ular yaxshilikka va o'limdan so'ng hayot borligiga ishonadilar. Keyingi hayotda yaxshiroq yashash uchun, to'g'ri yashash kerak. Bu karma tuzilishiga ta'sir qiladi. Yomon hayot keyingi hayotda yomon karmani hosil qiladi.
"Buddizm" so’zi hind tilidagi "budhi" so'zidan kelib chiqqan. Bu donolikni anglatadi. O'z navbatida, Budda - "Shaxzoda". Bu shaxs inson qalbining istaklarini bilishga muvaffaq bo'lgan eng dono odam sifatida tasvirlangan.
Buddist rohiblar hech qanday sharoitda o’zlari ovqat tayyorlashmaydi. Ular ovqatni sadaqa sifatida so'rashlari kerak. Bu mashhur diniy ta'limotlari haqida imkon qadar ko'proq ma'lumot tarqatish uchun qilinishi kerak.
Buddizm, har bir insonning hayoti turli hodisalarga to'la, deb ta’kidlaydi. Barchamiz ertamikechmi turli sinovlarni yengib chiqamiz. Bu azoblarda odamning o’zi aybdor. Qalbimiz badanimizdan yuqoriga ko'tariladimi yoki yo'qmi – bu faqatgina o'zimizga bog'liq. Shuning uchun hamjihatlikni ta'minlash muhimdir. Zero, faqat ruh abadiydir va qilingan barcha gunohlar kechirilishi mumkin.
Diniy ta'lim jang san'atlarini rivojlantirishga yordam beradi. Butun dunyodagi din izdoshlari qo'l bilan kurashish sharafini yoymoqda. Bu tanani nazorat qilish texnikasi butun dunyoga mashhur.
Buddistlarda ibodatxonaga borishning muayyan vaqti yo’q. Ular imkonlari bor vaqtda ibodatxonaga tashrif buyurishadi.
Ayol-rohiblarga ushbu lavozimni egallashga ruxsat berilgan, ammo ular huquqlari biroz cheklangan.
Ayol-rohiblarga erkak-monaxlarning gaplarini ikki qilish taqiqlangan, ammo monaxlarga bunday qilish mumkin. Mahatma Budh, hind tilidagi "Buyuk Qalb" degan ma'noni anglatadi, - buddizm diniy ta'limotining asoschisi hisoblanadi. Bu xudo emas, bu keksa, bemor va jasad bilan to'qnashganda juda qo'rqib ketgan haqiqiy odam. Va shundan keyin u uyidan qochib, inson hayoti haqida fikr yuritishni boshlagan.


Download 398,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish