Bungacha ham Xiva xonligi Orolbo’yi o’zbeklari bilan qo’shni yashayotgan qoraqalpoqlarni bo’ysundirishga bir necha bor uringan edi. Chunonchi, 1715-yilda Sherg’ozixon shunday harakat qilgan edi. Biroq u o’z maqsadiga erisha olmagan. Faqatgina 1735-yilda Elbarsxon davrida Orolbo’yi o’zbeklari va qoraqalpoqlar Xiva xonligi hokimiyatini tan olganlar. Muhammad Amin inoq davrida ayrim qoraqalpoq qabilalari ixtiyoriy ravishda Xiva xonligi fuqaroligiga o’ta boshlaganlar. Bunga-qabila biylarining o’z shaxsiy hokimiyatlarini shu yo’l bilan saqlab qolishga intilishlari sabab bo’lgan edi. 1809-yilda Amudaryo, Quvondaryo va Orol dengizi atrofida yashovchi qoraqalpoqlar xonlikka bo’ysundirildi. 1810-1811-yillarda esa Yangidaryo atrofida yashovchi qoraqalpoqlar ham tobe etildi. Shu tariqa qoraqalpoqlarni Xiva xonligiga bo’ysundirish nihoyasiga yetkazildi.
QORAQALPOQLARNING IJTIMOIY-IQTISODIY HAYOTI
Qoraqalpoqlar ijtimoiy hayotida urug’chilik, qabilachilik munosabatlari, aholining tabaqalarga bo’linishi ancha kuchli edi. Har bir urug’ yoki qabilaga biylar boshchilik qilardi. Harbiy qismlarni botirlar boshqarardi. Aholi orasida ruhoniylar, shayxlar, xo’jalarning o’rni ham katta edi. Ovul boshlang’ich ma’muriy bo’g’in bo’lib, ularning butun hayotiga Oqsoqollar kengashi rahbarlik qilardi. Shuningdek, qoraqalpoqlarda yuzboshi, mirobboshi, qozi, rais kabi ma’muriy mansablar ham bor edi. Mirob suv taqsimlovchi hisoblangan. Biylik lavozimiga ilgarilari urug’ yig’inlarida saylangan bo’lsa, qoraqalpoqlar Xiva xonligiga bo’ysundirilgach, xon tomonidan tayinlanadigan bo’ldi. Xon tomonidan tayinlangan biyga boshqa biylar bo’ysungan. Amudaryoning so’l tomonidagi Qo’ng’irot, o’ng sohilidagi Chimboy qoraqalpoqlarning bosh ma’muriy markaziga aylanadi.
Aholi orasida mulkiy tabaqalanish ham kuchayib bordi. Yerga jamoa bo’lib egalik qilish asta-sekin barham topib, katta yer egalari tabaqasi vujudga keldi. Chorvachilikda minglab qoramol, qo’y-echki, yilqi, tuyalarga ega tabaqalar shakllanadi. Juda ko’p baliq ovlanadigan suv havzalari ham alohida kishilar tomonidan egallanib bordi. Natijada yersiz, chorva mollarisiz kambag’allar soni ko’payib bordi. Ular boylardan yerni ijaraga olib ishlashga, chorva mollarini boqib kun kechirishga majbur bo’ldilar. Qoraqalpoqlar qadimdan dehqonchilik va chorvachilik bilan shug’ullanib kelganlar. "Qirq qiz" dostonida qoraqalpoqlarning yerlar o’zlashtirib, suv inshootlari qurib, yer haydab g’alla yetishtirganligi, bog’lar yaratganligi haqida ma’lumotlar berilgan. Qoraqalpoqlar Orol bo’ylarida, Sirdaryo va Amudaryo oralig’idagi yerlarda dehqonchilik bilan shug’ullanganlar. Bug’doy, arpa, tariq va boshqa ekinlar ekib, mo’l hosil olganlar. Yangi (Jana) daryo va Quvondaryo havzalarida qoraqalpoqlar tomonidan barpo etilgan kanal va sug’orish inshootlari xo’jalikda dehqonchilik tarmog’ining yetakchi o’rinda turganligidan guvohlik beradi.

Do'stlaringiz bilan baham: |