Khan Academy masofaviy platformasi
Khan Academy
2006-yilda Salman Khan tomonidan tashkil etilgan “bepul onlayn taʼlim barcha uchun va hamisha” shiori ostida faoliyat olib boruvchi nodavlat-notijorat tashkilot
Boshqa tilda oʻqish
Yuklash
kuzat
Tahrirlash
Khan Academy — Amerikaning notijorat[2] taʼlim tashkiloti boʻlib, u 2008-yilda Salman Khan tomonidan talabalarni oʻqishga yordam beradigan onlayn vositalar toʻplamini yaratish maqsadida tashkil etilgan.[3] Tashkilot video shaklida qisqa darslarni tayyorlaydi.[4] Uning veb-saytida qoʻshimcha mashqlar va oʻqituvchilar uchun materiallar mavjud. Barcha manbalar veb-sayt va ilova foydalanuvchilari uchun bepul taqdim etilgan.
Tarixi
Tashkilot 2008-yilda Salman Khan oʻz qarindoshlaridan birini matematikadan oʻqitish maqsadida Yahoo! Doodle Images dasturi orqali darslarni joʻnatgan paytida boshlangan.[5] Biroz vaqtdan soʻng, Khanning boshqa amakivachchalari uning repetitorlik xizmatidan foydalanishni boshlashdi. Talab tufayli, Khan oʻz videolarini Internetda ham koʻrish imkoniyatini yaratishga qaror qildi, shuning uchun u oʻz videodarslarini YouTube-ga joyladi.[6] Keyinchalik u SmoothDraw deb nomlangan rasm dasturidan foydalangan (hozirda ArtRageʼdan foydalanib rasm chizish uchun Wacom planshetidan foydalanadi). Video darslar uning kompyuterida yozib olingan edi.[7]
Ijobiy javoblar Khanni 2009-yilda ishdan ketishga va darslarga (keyinchalik Khan Academy nomi bilan tanilgan)[8] toʻlaqonli eʼtibor berishga undadi. Salman Khan tomonidan 2014-yil 15-sentabrda Kaliforniyada Khan Lab maktabi ochildi.[9] 2017-yil iyun oyida Khan Academy kollej bitiruvchilari, ish qidiruvchilar va yosh mutaxassislar uchun moliyaviy savodxonlik boyicha videodarslarni namoyish etdi.
Individual taʼlim
Taʼlim oluvchilar birinchi navbatda bilimlaridagi boʻshliqlarni bartaraf etib, soʻng oʻquv faoliyatini tezlashtiradilar.
Ishonchli konte nt
Khan Academy mutaxassislar tomonidan yaratilgan ishonchli oʻquv materiallar majmuasi sifatida matematika, fizika, kimyo, biologiya va boshqa fanlardan chuqur va aniq maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan. Barcha uchun har doim bepul.
Oʻqituvchilarni yuksaltirish vositalari
Oʻqituvchilar Khan Academy yordamida oʻquvchilarining bilimlaridagi boʻshliqlarni aniqlashi, bartaraf etishi va har birining taʼlimga boʻlgan ehtiyojini qondirishi mumkin.
Har bir oʻquvchini jalb qilish uchun topshiriqlarni taqsimlang.
Oʻqituvchilarga barcha sinflarni qoʻllab-quvvatlashga yordam beramiz. Khan Academyʼdan foydalangan AQSH oʻqituvchilarining 90 foizi bizning metodikamizni samarali deb topdi.
Til mavjudligi
Khan Academyning videolari bir necha tillarga tarjima qilindi, 20 mingga yaqin subtitrli tarjimalar ham mavjud. Ushbu tarjimalar asosan xalqaro hamkorlik yordamida koʻngillilar tomonidan yaratilgan.[28][29] Khan Academy platformasi Ingliz (en), Bangla (bn), Bolgar (bg), Xitoy (zh), Fransuz (fr), Nemis (de), Gruzin (ka), Norveg (nb), Polyak pl) Portugal (pt), Ispan (es), Serb (sr), Turk (tr) va Oʻzbek (uz) tillarida toʻliq va [30] 28ta boshqa tillarda qisman mavjud.[31]
Do'stlaringiz bilan baham: |