Benedikt Spinoza


Hikmatlar TULKI VA ECHKI



Download 354 Kb.
bet6/7
Sana28.07.2021
Hajmi354 Kb.
#131440
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
HAR SOHADN BIR SHINGIL

Hikmatlar

TULKI VA ECHKI
Baxtsiz tasodif tufayli bir Tulki o‘raga tushib ketibdi. U hech o‘radan chiqishning ilojini qilolmabdi. Bir payt tepadan Echki o‘tib qolibdi. U Tulkidan pastda nima qilayotganini so‘rabdi.

Ey, hali eshitmadingmi? — debdi Tulki. — Yaqinda qurg‘oqchilik bo‘larmish, shuning uchun men bu yerga suv borligiga ishonch hosil qilish uchun tushdim. Balki sen ham tusharsan?




Esperanto – butunjahon sun’iy tili

Ajoyibotlar - Qiziqarli ma'lumotlar

Kishilik jamiyati tarixida o‘zaro ijtimoiy aloqalar rivojlangan sari olimlar, yozuvchilar, ishqibozlar, ixtirochilar orasida yer yuzidagi barcha kishilar uchun tushunarli yagona tilni o‘ylab topishga intilish kuchaygan. Kashfiyotlar zamoni — XIX asr tilshunoslik sohasida ham o‘ziga xos o‘rin tutadi. Chunki ayni shu davrda ko‘plab butunjahon sun’iy til loyihalari dunyo yuzini ko‘rdi. Bu boradagi shov-shuvli loyihalardan biri frantsuz tadqiqotchisi Syudr taklif qilgan solresol tilidir. Ushbu tilda barcha so‘zlar musiqa notalari nomi (do, re, mi, fa, sol)dan yasaladi. Shuning uchun bu loyihani musiqiy til deb ham yuritishadi. Quyidagi so‘z yasash usullariga e’tibor bering: men — «dore», mening (meniki) — «redo», kim — «doremi»; “Men yaxshi ko‘raman” — «dore milyasi» va hokazo.
Solresolning o‘ziga xosligi shundaki, undagi so‘zlarni 7 gacha bo‘lgan arab raqamlari hamda musiqa notasi bilan ifodalash, kuylash, cholg‘u asbobida ijro qilish, bayroqchalar bilan ko‘rsatish, kamalakning yetti xil rangi yordamida tasvirlash mumkin.
O‘tgan davr mobaynida, shuningdek, «universal glot», «oktsidental», «oduvanto», «noval», «interligva» deb nomlangan loyihalar ham paydo bo‘ldi. Ushbu tillar juda ko‘p ijobiy jihatlarga ega bo‘lish barobarida jiddiy kamchiliklardan ham xoli emas. Avvalo, til loyihalarining barchasi bir yoki bir necha G‘arb tillariga asoslangan va faqat g‘arbliklar uchun qulay hisoblanadi. Shu bois ham bu tillarni butun insoniyatga singdirish g‘oyasi xomxayolligicha qolib ketdi.
Bir-biridan g‘alati, ba’zan kulgili loyihalarni sharhlar ekan, tilshunoslardan biri: «Eng sodda millatlararo til bu — sukutdir», degan ekan. Albatta, uch mingdan ortiq tilda so‘zlashuvchi dunyo ahli uchun hech bo‘lmasa yagona yordamchi til bo‘lishi kerak, deyish aytishgagina oson.
Turli zamonlarda tarixiy sharoit taqozosi bilan taraqqiyotda ustun kelib turgan davlat o‘zining tilini butun dunyoga tarqatmoqchi bo‘lgan. Biroq insonga ato etilgan til barcha zamonlarda ham tabiiyligini saqlagan. Shunday bo‘lsa ham, dunyo tillari tarafdorlari o‘zaro axborot almashuvini qulaylashtirish, xalqaro rasmiy hujjatlar tuzishni osonlashtirish maqsadida sun’iy til orzusidan kechmayaptilar.
Ma’lumotlarga qaraganda, hozirda bu kabi sun’iy til loyihalari miqdori uch yuzdan oshgan. Rus tilshunosi, esperanto targ‘ibotchisi Ye.Bokarev bunday loyihalardan ikki yuzga yaqinini to‘p-

lagan.
Yevropa mutaxassislarining butunjahon sun’iy tilini yaratish borasidagi tadqiqotlarini alohida qayd etib o‘tish joiz. Masalan, 1880 yilda olmon tilshunosi Yoxann Shleyer tomonidan asos solingan volyapyuk tili ana shu yo‘ldagi ijodiy izlanishlardan biri edi. Mazkur tilning grammatikasi mantiqiy asosga qurilgan bo‘lsa-da, leksikasi (so‘z qurilishi) o‘ta sun’iylashtirib yuborilgan. Xristian cherkovi yordami, bir qator taniqli olimlar qo‘llab-quvvatlashi bilan bu til o‘ttiz yilcha «yashadi». Biroq tilni o‘rganuvchilar ko‘paygani sari uning kamchiliklari ham ko‘proq namoyon bo‘la boshladi. Shu tariqa volyapyuk tili tarafdorlari ittifoqi darz ketdi. 1912 yili Shleyer vafot etgach, ushbu til ham muomaladan chiqib ketdi.


Volyapyuk tilining juda tez unutilib ketishi sabablaridan biri esperantoning paydo bo‘lishi edi.
Esperanto tili loyihasi 1887 yili varshavalik ko‘z doktori Lyudvig Zamengof tomonidan taklif etilgan. Zamengof «Baynalmilal til» deb nomlangan risolasini «Doktor Esperanto» taxallusi bilan e’lon qilgan edi. «Umidvor» degan lug‘aviy ma’noga ega bo‘lgan ushbu taxallus tez orada tilning umumiy nomiga aylandi.
Esperanto alifbosida 28 harf bor. Bu 28 harf qanday yozilsa, shunday talaffuz qilinadi.
Quyida nutqda faol ishlatiladigan ba’zi yuklama, olmosh, bog‘lovchi va old ko‘rsatkich (predlog)lar izohlanadi.
- Tasdiq va inkorni bildiruvchi «ha», «yo‘q» so‘zlari: jes, ne;

- Jo‘nalish, o‘rin-payt ma’nolarini ifodalashda rus tilidagi (v, na, dlya, ot, do) kabi old ko‘rsatkichlardan foydalaniladi. Masalan: shahar (-ga, -da )- en urbo.


Esperanto tilida 8 ta shakl va 33 ta so‘z yasovchi qo‘shimcha mavjud.
Masalan: so‘z oldidan keladigan -mal qo‘shimchasi antonim hosil qiladi: Bona — yaxshi, malbona – yomon; forta — kuchli, malforta — kuchsiz.
Esperantoda jins tushunchasi -in qo‘shimchasi orqali farqlanadi: rarto — ota, rartino — ona; koko — xo‘roz, kokino — tovuq.
-ist qo‘shimchasi shaxs oti hosil qiladi. Kanto (o - qo‘shiq (kuylash), kantisto qo‘shiqchi.

-et kichraytirish qo‘shimchasi: domo — uy, dometo — uycha; elefanto — fil, elefanito — filcha.


Esperantoda urg‘u doimo oxiridan avvalgi unli tovushga tushadi. Masalan: timsoh — krokodilo, septembro — sentyabr.
Esperantoda qo‘sh undoshlar ishlatilmaydi: kollektiv — kolektivo, komissiya — komisiono.
Har qanday ot turkumidagi so‘z o: (o‘) bilan tugaydi: qoshiq — kulero, shanba — sabato, dengiz — maro.
Sifat turkumidagi so‘zlar a bilan tugaydi: oq — blanka, qora — nidra, havo rang — lazura, yangi — nova.
Ravish turkumidagi so‘zlar har doim “e” bilan tugaydi: baland — alta (sifat), alte (ravish); kuchli — forta (sifat), forte(ravish).
Esperantoda 2 xil kelishik mavjud: umumiy va qaratqich. Umumiy kelishikning ko‘rsatkichi yo‘q.
Qaratqich kelishigi umumiy kelishikdagi so‘zga –p qo‘shish bilan hosil qilinadi.
Kishilik olmoshlari:

Men — mi biz — ni

Sen — vi siz — vi

U — le ular — ili

U (j. rod) — si
Fe’l zamonlari:

O‘tgan zamon — is

Hozirgi zamon — as

Kelasi zamon — os

Men ishladim — mi labjris

Men ishlayapman — mi laboras

Men ishlamoqchiman — mi laboras

Buyruq mayli — u laboru


Fe’lning noaniq shakli ko‘rsatkichi:

Yashamoq — vivi, o‘ylamoq — pensi, ishlamoq — labori.


Biror shart bilan bajariladigan harakatni bildiruvchi fe’l mayli - us bilan tugaydi: Men ishlardim — ya rabotal bы — mi laborus.
Dastlabki mashg‘ulot uchun qisqacha «O‘zbekcha-esperantocha-ruscha lug‘at»
Otlar

O‘zbekcha Esperantocha Ruscha

Ingliz anglo anglichanin

Arman armeno armyanin

Bulg‘or bulgaro bolgarin

Dushanba lundo ponedelnik

Seshanba mardo vtornik

Chorshanba merkredo sreda

Payshanba jaudo chetverg

Juma vendredo pyatnitsa

Shanba sabato subbota

Yakshanba dimanco voskresene


Sifatlar

O‘zbekcha Esperantocha Ruscha

Jo‘shqin sforta burniy

Baland alta visokiy


Fe’llar

Noaniq shakl ko‘rsatkichii

O‘zbekcha Esperantocha Ruscha

Bo‘lmoq esti bit

Gapirmoq paroli govorit

O‘ylamoq pensi dumat

Yashamoq vivi jit
Tilshunos mutaxassislar esperanto tili ko‘p jihatdan o‘zidan oldingi loyihalarda uchragan kamchiliklardan xoli ekanini ta’kidlashadi. Shu bois ham, ushbu butunjahon sun’iy tili yuz yildan ortiq davr mobaynida rivojlanib kelayapti va butun sayyoramizda keng tarqalmoqda.

Har bir o‘lchov birligi o‘zining uzoq tarixiga ega.



O‘lchov birliklari mavjud bo‘lmagan davrlarda odamlar o‘z ehtiyojlaridan kelib chiqib, biror narsaning miqdorini o‘lchashda ulardan foydalanganlar. Ilgari inson tana a’zolari ham o‘lchov vositasi sifatida qo‘llanilgan. Bizga yetib kelgan yozma yodgorliklarda ular o‘z ifodasini topib, turli davrlarda har xil yuritilgan. Asosiysi, bu o‘lchovlarni hamma ham ishlata olishini hisobga olgan holda joriy etishgan. Masalan, ularni ishlatish uchun barmoq, qo‘l, qadam, ko‘z, quloq, bo‘g‘in, chaqirim, qo‘sh, tegirmon, mo‘ndi, tirsak, tosh va boshqa narsalar asos qilib olingan.
1918 yil — dunyoda metrik tizim joriy qilingunga qadar O‘rta Osiyo mamlakatlarida quyidagi o‘lchov birliklari bo‘lgan. Chunonchi, marhala, farsax, (farsang), tosh yig‘och tanob, botmon, pud, isbat (barmoq), qadoq, chorak, quloch, tutam, enli, qarich, qadam, manzil, gaz, cho‘zim, mina, misqol, nima, nimata, paysa, payt, pina, posira quruh, shar’i ashrafiy, shohruxiy, man, shibir (qarich), po‘ta, sotih, chilla, talant, tassuj, turmusa, uqiya, unsiya, ziro, suyam, aqirim, paqir, miri, dahsar, nimcha, shair, yetmay, yesirak, dona va boshqalar. Har xil qiymatlarni ifodalovchi bu o‘lchov birliklari qadimdan xalqlarimiz o‘rtasida turli qiymatga ega bo‘lgan o‘lchov vositasi sifatida xizmat qilib kelgan. Jumladan, badiiy yoki tarixiy kitoblarni o‘qiganimizda ba’zi buyuk shoir va allomalarimizning o‘sha davrda qo‘llanilgan o‘lchov birliklariga oid notanish so‘zlariga duch kelamiz. Masalan, Abu Rayhon Beruniy «Qonuni ma’sudiy» kitobida o‘zining yasagan katta globusi haqida yozib, «diametri 10 cho‘zim bo‘lgan Yer kurrasining yarmini ishladim, uning sirtida kenglik va uzunliklarni chizib qo‘ydim» deb aytgan edi. Unda 1 «cho‘zim» qancha uzunlikka teng degan savol tug‘ilishi tabiiy, 1 cho‘zim-0,5; 0,6, metr. Demak, u holda 10 cho‘zim — 5-6 metr bo‘ladi. Shunday qilib bobomiz Beruniy diametri 5-6 metrlik yarimta globus yasagan. Abu Ali ibn Sinoning «Tib qonunlari» asarida dirham, davraq, misqol, ritl (yoki ratl) kabi o‘nlab o‘lchov birliklari ishlatilgan. Yoki so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiyning 4 tomli izohli lug‘atida «qari» so‘zi ko‘p ishlatilgan, ya’ni bir qari barmoq uchidan tirsakkacha bo‘lgan uzunlik o‘lchovi deb berilgan.
1 qari qo‘l uchidan tirsakkacha masofa bo‘lib, 6 tutamga tengdir, 1 tutam esa 4 enlikka, 1 enlik 6 arpa donasining bo‘ylanmasiga tengdir. Bobur davrida ishlatilgan ziro atama o‘lchov birligi 75 santimetrga teng bo‘lib, Sharq mamlakatlarida keng qo‘llanilgan. Ba’zan ziro o‘lchov birligi ishlatilishiga qarab har xil qiymatga ham ega bo‘lgan. Forsiylarning gaziga, turkiylarning esa qarichiga to‘g‘ri kelgan. O‘rtacha qiymati 54,04 santimetr deb qabul qilingan. Hozirgi vaqtda Eronda bir ziro bir gaz bo‘lsa, turkiyda shu kecha kunduzda 65 santimetrga teng. Ta’kidlamoqchi bo‘lganimiz shundaki, o‘quvchilarga ana shu o‘lchov birliklari haqida tushuncha berish kerak. Bu, ayniqsa, adabiyot darslarida muhim o‘ringa ega. Chunki, maktab darsliklaridagi mumtoz adabiyotlardan keltirilgan parchalarda, yuqoridagi misollarni o‘quvchilar tushunmasligi mumkin. Masalan, Navoiy lirikasini o‘qiyotgan o‘quvchi qadam so‘ziga duch keladi. Agar u qadam so‘zi qadimdan ma’lum bir o‘lchov birligi sifatida qo‘llanilganligini bilsa, bayt qiymatini qiynalmasdan tushunadi.
Hamul yerdan o‘n ikki ming qadamdir,

Vale har bir qadamda yuz nadamdir.


Muqimiy asarlarini o‘rganishda ham o‘quvchi chorak guruchni bilmasa quyidagi bayt ma’nosini tushuna olmaydi.
Qirq chorak gurunch olay deyman,

Yana to‘yimga yetmagay deyman.


Bu kabi misollarni Sakkokiy, Maxmur, Lutfiy, Furqat asarlaridan, hatto Abdulla Qodiriy, Abdulla Qahhor, G‘afur G‘ulom, Sharof Rashidov, Nazir Safarov, Odil Yoqubov, Pirimqul Qodirov, Mirmuhsin kabi zamondosh adiblar asarlarida ham uchratish mumkin. Shu ma’noda ba’zi bir Sharq mamlakatlarida ishlatilgan o‘lchov birliklarini keltirib o‘tmoqchimiz:
1 Marhala 25-30 kilometrga teng.

1 Sotix — maydon o‘lchovi bo‘lib, 10 x 10=100 metr kvadratga teng.

1 Botmon — 78 pudga yoki 128 kg.ga teng.

1 Qarich — bosh barmoq bilan jimjiloqning barmoq yoyilmasiga teng, ya’ni 19-20 santimetrga teng.

1 Enlik — bir barmoq eniga teng (18-20 mm) yoki 1 enlik-6 ta arpa donasining bo‘ylanmasiga teng.

1 Farsax (farsang) — masofa o‘lchov birligi — 6 km.ga teng,

1 yig‘och — masofa o‘lchov birligi — 5985 metr, ba’zi joylarda 8-9 km.ga teng

1 tanob — maydon o‘lchovi, turli joylarda turlicha: bir gektarning oltidan biridan to yarim gektarigacha bo‘lgan.

1 Put — 16 kg.

1 Isbat (barmoq) — 2-2,5 santimetr.

1 Qadoq — 409,5 gramm.

1 Chorak — 250 gramm.

1 Tutam — (Markaziy Osiyoda)=9 sm: arqon yoki tayoqni siqib ushlagan qo‘l to‘rtta barmog‘ining kengligiga mos tarzda tanlangan uzunlik birligi.

1 Qadam — 63-71 sm.ga teng uzunlik o‘lchovi.

1 Shair — 1 misqolga teng. 1 misqol-asosan 4,25 gramm, ba’zan 4,50 gramm, 4,64 gramm deb olingan.

1 Quloch — ikki qo‘lning o‘rta barmoq uchlari orasidagi masofaga teng.

Monat tarzda tanlangan uzunlik o‘lchovi, 8 qarichga teng.

1 Quloch Buxoroda=142 sm., Farg‘onada 167 sm.

1 Arshin — bir qadamga teng.

1 Qadam (Markaziy Osiyoda) — 63-71 sm. deb olingan.

1 Tosh (farsax) — Sharq mamlakatlarida keng qo‘llanilgan. 9-12 ming qadamga yoki 6-8 chaqirimga to‘g‘ri kelgan masofa.

1 Chaqirim — 1006 metrga teng.

1 Gaz — 0,71 metrga teng uzunlik o‘lchov birligi. Hozirgi vaqtda bir gaz (Eronda) 104 sm.ga teng. Ilgari Markaziy Osiyoda 24 barmoq eni (1 barmoq eni 6 dona arpa doni eniga teng) yoki 7 musht eni (tayoqni ushlagandagi eni) 1 gaz bo‘lgan. Xorazmda 1 gaz 12 dyuym (30,48 sm.)ni tashkil qilgan. Buxoroda 1 gaz XVI-XVII asrlarda 78,74 sm., XIX asrda 106,68 sm., Toshkent, Samarqand va Turkistonda (XIX asrda) 88,9 sm. Andijon va Marg‘ilonda (XIX asrda) 83-84 sm. bo‘lgan.

1 Paxsa — 60 santimetrga teng.

1 Qo‘sh (suv) — ho‘kiz bilan bir kunda haydalgan yerni sug‘orish uchun ketgan suvga teng deb olingan.

1 Tegirmon — tegirmon toshini aylantiradigan miqdordagi ariq suviga teng.

1 Paysa — 50 grammga teng og‘irlik o‘lchovi.

1 Paqir — 2 tiyinlik chaqa pul.

1 Miri — 5 tiyinlik chaqa pul.

1 Tanga — Buxoro amirligida 15 tiyinga, Qo‘qon xonligida 20 tiyinga teng bo‘lgan kumush pul.

1 So‘lkavoy — 1 so‘mlik tanga.

1 Aruzza (guruch doni)-0,017 gramm.

1 Sha’ira (arpa doni)-0,059 gramm.

1 Habba — 0,059-0,071 gramm.


Demak, Sharq mamlakatlarida turli davrlarda ishlatilgan o‘lchov birliklarini o‘quvchilarga o‘rgatish orqali ularga xalqimiz qadriyatlari haqida atroflicha tushuncha berishimiz mumkin.

Paparatssilar haqida nima bilamiz?

Ajoyibotlar - Qiziqarli ma'lumotlar

Paparatssilar kimlar? Bu haqda rus tili izohli lug‘atida quyidagicha yozilgan: «Haddan tashqari me’daga tegadigan jurnalist-suratkash, mashhur kishilarning shaxsiy hayotini o‘rganish va turmush tarzini tasvirga olishga urinuvchi shaxs».



G‘arbda paparatstsilar — faqat yuqori tabaqadagi suratkashlar hisoblanadi. Bir paytning o‘zida ularni yaxshi ko‘radilar va ularga nafrat bilan qaraydilar, ammo paparatstsilar bilan hisoblashadilar, ularning rasmlarini kutishadi va bu ijod namunalari juda qimmat baholanadi. Bu kasb egalari hech qachon charchamaydilar (bo‘sh kelmaydilar). Ular doim kerakli joyda va kerakli paytda tayyor turadilar. Axir — bu oddiy ish bo‘lmasdan, balki ularning turmush tarzidir.
Paparatstsilar — haqiqiy va sabr-qanoatli, ishqivoz «ovchi»lardir. Ular o‘zlarining qimmatbaho narsalarini asrab-avaylab, ardoqlaydi. Agar zarur bo‘lsa, mashhur kishilarning sirli hayotiga ko‘z olaytirgan insonlar bilan, o‘zlarining hayotini xavf ostiga qo‘yib bo‘lsa ham, kurashadilar.
Paparatstsilar — havaskor suratkashlar emas, balki biror-bir voqea tarixini yoritib beruvchi muxbirlardir. Ularning ishlari asosida biror-bir yulduzni kashf etish emas, avvalambor, insonning xarakterini, serg‘ayratligi yoki ochiq surbetlik darajasiga yetganligini ochib berish yotadi. Ayniqsa, paparatstsilarga nashriyot talabi uchun suratga olish jarayonining sifati ahamiyatga ega.
Paparatstsining tarixiga nazar soladigan bo‘lsak, 1950 yilning boshlarida Rim shahrida ilk paparatstsilar paydo bo‘ldi. Ushbu atamaning kirib kelishiga Federiko Fellini sababchi bo‘lgan. U «Shirin hayot» kinofilmida asosiy qahramon sifatida Paparatstso ismli fotomuxbirni suratga olgan.
Ba’zi taxminlarga ko‘ra, paparatstsi — bu taniqli rejissyorning familiyasi deyilsa, boshqa tomondan u italyan so‘zining bir shevasidan olingan bo‘lib, «uy zararkunandasi» degan ma’noni anglatadi. Misol tariqasida, paparatstsi timsolida suratkash Tatsio Sekkyarolini ko‘rishimiz mumkin. Haqiqiy paparatstsining o‘ziga xos ajralib turuvchi xususiyatlari mavjud. Birinchidan, u mashhur kishilarning shaxsiy hayotini to‘la ochib berishi lozim. Ikkinchidan, u bir martalik surat uchun katta miqdorda gonorar oladi.
Ilk rimlik paparatstsilar kam miqdorda ish haqi olgan. Ammo 70-yillarning boshida G‘arbda urushdan charchagan ommaning mashhurlar shaxsiy hayotiga bo‘lgan qiziqishi ortib bora boshladi va paparatstsilarning olgan suratlari uchun katta miqdorda pul to‘lay boshlandi.
Paparatstsilarning uchinchi xususiyatiga keladigan bo‘lsak, bu — katta tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo‘lishdir. Tajribali suratkashlar paparatstsilarni nafratlanib, oddiy paparatstsilar deb atashadi. Ularning fikricha, paparatstsilar uchun qobiliyat talab qilinmaydi. Aslida esa, bunday emas. Bu suratkashlarga ba’zi ayg‘oqchilarning ma’lumotlari kerak, chunki ular yulduzlarning har bir harakatini kuzatib boradi. Paparatstsilar qimmatli ma’lumot uchun yonlaridan pul sarflashga ham tayyor turadi.
To‘rtinchi xususiyati, bu ularning aksariyati uchun «shaxsiy hayot» tushunchasi mavjud emasligidadir.
«Ov» xarajati o‘zini oqlaydimi? G‘arb paparatstsilari hayotining asosi — bu ko‘p miqdorda gonorar olishdir. Uning o‘rtacha bir martalik gonorari 10 ming dollar atrofida bo‘ladi. Alohida olingan surat uchun esa, 100 ming dollargacha haq oladi. Ana shunday suratkashlardan biri Alan Zagner bir necha soatni kasalxonaning tomida o‘tkazdi. Chunki u yerda pnevmaniya kasalligi bilan og‘rigan bemor—Elizabet Teylor davolanayotgan edi. Nihoyat, Alan Zagner bemorning kasalxonadan mashinaga zambilda olib chiqilayotgan holatini suratga oldi. Ushbu olingan surat uchun Zagner 100 ming dollar ishladi. G‘arbda Elizabet Teylor va Malika Diana hayotiga bo‘lgan ommaviy qiziqish katta. Hatto, Teylorning e’tiborni tortuvchi qobiliyati nimada ekanligini tushunishmaydi. U ko‘p yillar davomida filmlarda suratga tushmadi, hatto birorta teleko‘rsatuvda ham chiqish qilmadi. Ammo suratkashlar dunyo bo‘yicha Teylorning suratlari sotilishini tan olishdi.
Yana bir suratkash Diana bilan Dodi al-Fayedning kadr ortida quchoqlashib turgan, jahon nashrlarida chop etilgan surati uchun 3,2 mln. funt-sterling pul ishlagan. G‘arbdagi paparatstsilar — yaxtalarni, vertolyotlarni, eng kuchli teleob’ektivlarni ijaraga olish imkoniyatiga ega. Ular 10 ming dollar atrofida baholanadi. Paparatstsilar ketgan xarajatlar o‘zini oqlashini ko‘zda tutib, kerakligicha mablag‘ sarflashadi.
1994 yilda G‘arbdagi yirik agentlik Aleksandr Soljenitsinning uyini suratga olishga buyurtma berdi. O‘shanda Rossiya nashrlarida ishlaydigan hech bir suratkash va ishchilar katta miqdordagi pul taklif qilinishiga qaramasdan ushbu hududga kira olishmagan. Ammo shunday bo‘lishiga qaramasdan G‘arb agentligida ishlagan marhum rus suratkashi Roman Paderni vertolyot uchuvchisiga pul to‘lab, uyni yuqoridan suratga olishga muvaffaq bo‘lgan.
G‘arb olimlarining ilmiy tadqiqotiga ko‘ra, doimiy nazorat qilish, kuzatishga bo‘lgan qiziqish shaxsiy hayot haqidagi to‘la tasavvurni keltirib chiqaradi.
Frantsiya yoki AQShda qaerda suratga olish mumkin yoki mumkin emasligi qonunlashtirilib qo‘yilgan. Masalan, frantsuz suratkashi yo‘lovchilarni suratga olish huquqiga ega emas. AQShda esa, mashhur paparatstsi Ronom Galleloy bilan esda qolarli voqea yuz bergan. U 1970 yillarning boshida Nyu-Yorkning markaziy parkida Jaklin Kennedi Onassisning bolalari bilan sayrini kuzatgan va suratga olgan. Jaklin suratkashni sudga bergan. Ammo sud suratkashning foydasiga hal bo‘lgan. Chunki u 15 qadam uzoqlikdan turib suratga olgan edi.

Jetonlar tarixidan

Ajoyibotlar - Qiziqarli ma'lumotlar

Jetonlar tarixini bilasizmi? Ular qachon paydo bo‘lgan, turniketlar-chi?

Dastlabki jetonlar qachon paydo bo‘lganligi haqidagi aniq ma’lumotlar hozircha mavjud emas. Lekin 1934 yilda chiqqan «Pervыy sovetskiy metropoliten» kitobida (ya’ni metro ochilgandan so‘ng bir yil o‘tgach) kirish va chiqish joylarida o‘rnatilgan turniketlar tasvirlangan edi. Kirish joylarida o‘rnatilgan turniketlar haqida shunday deyiladi: «Yoningizda turgan avtomatning kichik tirqishiga jeton tashlabgina siz kirish uchun ruxsat olishingiz mumkin». «Pravda» gazetasining 1935 yil 1 fevral sonida «o‘rtasida metall jetonlarni qabul qilib oladigan yulduzsimon teshigi bo‘lgan» qurilma haqida yoziladi.
O‘sha paytdagi turniketlarning bir nechta suratlari mavjud, biroq ularning barchasi turli shaklda. Ularga solinadigan jetonlarning shakli va ko‘rinishi haqida esa, hech qanday hujjatli ma’lumot yo‘q. Faqat shu narsa ma’lumki, metro paydo bo‘lganidan to 1959 yilga qadar kirish va chiqish tirik nazoratchilar tomonidan boshqarilgan.
Ular har bir kirib-chiquvchining chiptalarini tekshirib o‘tkazgan. Turli manbalardagi ma’lumotlarga qaraganda, tajriba namunasi sifatidagi ilk turniket va jetonlar 1935 yilda paydo bo‘lgan (lekin ular juda kam muddat amal qilgan). Ikkinchi tajriba 1952 yilda o‘tkazilgan. 1958 yilda esa, avtomat turniketlar ishga tushirilgan va bir yildan so‘ng bu uskunalar ko‘p miqdorda ishlab chiqarila boshlagan.
1961 yilda turniketlar besh tiyinlik tangalarni qabul qilishga o‘tgan. 1992 yilning 1 martidan boshlab yana jetonlar amal qila boshlagan. Shunday qilib jetonlar tarixidagi o‘zgarishlar o‘z nihoyasiga yetadi. Biroq bu jetonlarning umumiy tarixiga oid xulosa. Negaki, jeton va turniketlar turli davlatlarda turlicha va hozirgacha shakliy hamda tasviriy o‘zgarishlarga uchrab kelmoqda.

Rekordlar kitobini kim yaratgan?

Ajoyibotlar - Qiziqarli ma'lumotlar

Hammasi juda oddiy boshlangan. 1759 yil Artur Ginnes Dublin shahrida pivo tayyorlash korxonasini ochadi. Mazkur zavod XX asrning o‘rtalarigacha ham xotirjam faoliyat ko‘rsatadi. 1833 yilda oddiy korxona Irlandiyaning eng yirik pivo zavodi darajasigacha ko‘tarildi. Xullas, «Ginnes» savdo belgisi 1930 yilga kelib, Buyuk Britaniyani to‘laligicha zabt etdi.


1951 yilda «Voksford» kompaniyasi mahalliy ovchilar uchun tashkil etgan kechki ovqatga «Ginnes»ning boshqaruvchi-direktori Xyu Biver ham tashrif buyuradi. Qiziqqon janob Xyu mehmonlardan biri bilan tilla rang rjanka dunyodagi eng tez uchadigan qush deb tortishib qoladi. Bahs qanday yakunlanganligi noma’lum, lekin bu masala oradan bir qancha vaqt o‘tib, yana ko‘tariladi. Bu safar tilla rang rjanka tezroq uchadimi yoki Shotlandiya kakligimi, degan masala muhokama mavzusiga aylanadi.
Ana o‘shanda janob Biver bunday jumboqlarni hal etish uchun maxsus ma’lumotnoma bo‘lishi kerak, deb o‘yladi. Negaki, odamlar rasmiy biror manbaga ega bo‘lmay turib soatlab va besamar bahslashaverishlari mumkin. Oxir-oqibat tomonlar ko‘pincha o‘z fikrini ma’qullagancha qolaveradi. Kompaniya rahbari o‘ziga xos bunday ma’lumotnomalar Ginnes kompaniyasi tomonidan tarqatilsa, yomon bo‘lmasdi, degan xayolga boradi.
Pivo entsiklopediyasi ustida ishlash Norris va Rossi Makuirterlarga topshirildi. Ko‘p sonli faktlar to‘plandi, saralandi va har biri mutaxassis tasdig‘idan o‘tkazildi. Bularning hammasi uchun bir yil vaqt kerak bo‘ldi. 1955 yil 27 avgustda birinchi marta 198 sahifali nashr dunyo yuzini ko‘rdi. Keyinroq u «Ginnes rekordlari kitobi» nomini oldi. Birinchi bor kitob bosish sohasida olamshumul roman yoki detektiv asar emas, balki oddiy entsiklopedik ma’lumotnoma dovrug‘ qozondi.
Bugungi kunda «Ginnes rekordlari kitobi» dunyoning 40 ta mamlakatida ingliz tilida nashr etilib, 37 tilga tarjima qilinadi. 1984 yilda kitobning million nusxasi sotilgan. 1994 yilda esa, bu ko‘rsatkich 75 millionga ko‘tarilgan. «Ginnes rekordlari kitobi» o‘ziga xos tizimga aylangan. Negaki, undagi ma’lumotlar qisqa vaqtda eskiradi. Ularni yangilab turish uchun esa, turli mamlakatlarda yangi rekordlarni ro‘yxatga oluvchi va maxsus diplom bilan taqdirlovchi hay’at guruhlari tuzilgan.
Mersedes nima degani?

Ajoyibotlar - Qiziqarli ma'lumotlar

Yer yuzida chinakam o‘ziyurar mashinalar yaratila boshlaganiga hali 150 yil bo‘lgani yo‘q. XIX asrning ikkinchi yarmida o‘ziyurar mashinalar yaratish harakati Yevropa qit’asida shunchalik qizg‘in tus oladiki, ular haqida batafsilroq so‘z yuritish kattagina tadqiqotga aylanib ketadi. 1884 yilda farangistonlik Delyamar-Debutvil va Malanden o‘zlarining harakatlanadigan konstruktsiyali mashinalarini yaratib, patent oldilar. Ammo uni ko‘proq ishlab chiqarishning uddasidan chiqish kashfiyotchilar uchun qiyin bo‘ldi. Avstriyalik Markus yog‘och va metaldan avtomobil yaratish g‘oyasini oldinga surdi. Ammo mualliflik huquqini o‘z vaqtida rasmiylashtirish oson kechmasligi bois birmuncha fursat o‘tgach, bu ishlarga uning qiziqishi so‘nib qoladi. Hozirgi «Mersedes» turidagi avtomobillarga ham xuddi o‘sha paytlarda asos solingan edi.
1885 yil olmoniyalik sarmoyador Gotrib Daymler otsiz o‘ziyurar arava — benzinli motor bilan yuradigan mashina ishlab chiqarish uchun patent olishga erishadi. Xuddi o‘sha paytlarda Daymlerning vatandoshi Karl Bents ham boshqa byuroga patent olish uchun ariza beradi. Har ikkala texnika ishqibozining arizalari ijobiy kutib olinadi va talablari qondiriladi.
Ayrim aqidaparast kishilarning gap-so‘zlaridan cho‘chigan Daymler o‘ziyurar konstruktsiyaning dastlabki sinovlarini kechalari ko‘chada odamlar yurishi kamaygan paytlarda amalga oshiradi. U dastlabki mahsulotlarini o‘z yurti Olmoniyada emas, qo‘shni Farangistonga sota boshlaydi. Chunki o‘sha paytlarda Kayzer Olmoniyasidagi siyosiy holat va aholining iqtisodiy ahvoli yaxshi emas edi.
«Mersedes» so‘zi qaerdan va qanday paydo bo‘lgan? Kunlardan bir kuni «Daymler» firmasining Farangistondagi vakili Yelinik boshliqning yoniga kiradi-da:

— Chiqarayotgan mashinalaringiz nomini mening qizimning ismi bilan atasalaringiz yaxshi bo‘lardi, — degan gapni aytadi.

— Qizingizning ismi nima? — deb so‘raydi muhandis Daymler.

— Mersedes, — deya javob beradi u.

— Shu nom bilan atashimizni nima bilan asoslaysiz? — deb so‘raydi Daymler.

Savdogar gumashta o‘z fikrini dalillab beradi. Uning fikriga ko‘ra, yangi mashinalar «Mersedes» nomi bilan atalsa, bozori chaqqon bo‘larmish, raqobatbardoshlikka erisharmish va Daymlerning firmasi butun dunyoda shuhrat qozonarmish... Chunki «Mersedes» so‘zi samoda ham, yerda ham, suvda ham tengsiz go‘zallik degan ma’noni bildirarmish. Xullas, farangistonlik savdogar Daymlerni o‘z fikriga ishontiradi. 1901 yildan e’tiboran mashinalar savdogarning qizi Mersedes nomi bilan chiqarila boshlanadi.


Oradan yigirma yildan ko‘proq vaqt o‘tib, «Daymler» va «Bents» firmalarining egalari har ikkala firmani birlashtirishga qaror qiladilar. Shunda «Daymler» firmasiga yaxshigina shuhrat keltirgan «Mersedes» so‘zini ham esdan chiqarmaydilar. 1926 yildan boshlab birlashgan firmaning mashinalari «Mersedes-Bents» degan yorliq bilan chiqarila boshlanadi. Shu bilan barobar mashinalarning emblemasi — tug‘rosi ham paydo bo‘ladi: undagi uch tarafni ko‘rsatgan bo‘laklar — samo, yer va suvda tengsiz go‘zal ma’nolaridan tarkib topgan ekan.
Bugungi kunda shu turdagi mashinalarning butun jahonga mashhur bo‘lib ketganligi hech kimga sir emas.
Mashhur uyqusizlar

Ajoyibotlar - Qiziqarli ma'lumotlar



Qirq besh yoshli Konard Fondershtrass Germaniyaning Frayberg shahri klinikasiga bir necha oylardan beri uxlamayotganligidan nolib kelganida, shifokorlar uning chindan ham uyqusizlik kasaliga duchor bo‘lganligiga ishonishmadi.
Olimlar xulosasiga ko‘ra, har qanday inson bunday uzoq muddatda baribir bir-ikki soat mizg‘ib olishi kerak. Bemorning kasalligini aniqlash uchun unga 8 soatlik maxsus moslama ulab, uyqusizligini tekshirib ko‘rmoqchi bo‘lishdi. Belgilangan muddat ichida Konard atigi bir necha minutgina pinakka ketdi, qolgan vaqtlarda esa tamoman o‘zini hushyor tutdi.
Fondershtrassning qisqa muddatli uyqusida hech qanday o‘zgarish sezilmadi, ya'ni hushyorlikda kechdi. Shifokorlar to‘plagan ma'lumotlar ularning mijozi to‘rt-besh oydan beri uxlamagan degan xulosani keltirib chiqardi.
Bemorni tekshirib ko‘rgan shifokorlar «Lantset» jurnalida maqolalar e'lon qilishdi. Olimlar bir necha yillardan beri xuddi ana shu kasallik ustida ish olib borayotganliklarini ma'lum qildilar. Ular inson o‘z asablarini ishdan chiqazmay, qancha vaqt uyqusiz yura olishi mumkin va bu uning organlari faoliyatiga - immun va garmon tizimiga, qon bosimiga qanchalik ta'sir qilishi mumkin, kabi bir qator savollarga o‘z munosabatlarini bildirdilar.
Avvallari bir qator mutaxassislar va harbiy shifokorlar uyqusizlik ustida eksperimentlar o‘tkazib, inson uch kundan ortiq uyqusizlikka chiday olmaydi degan xulosaga kelishgandi.
Amerikada 17 yoshli o‘quvchi Rendi Gardner 1965 yilda 11 sutka uxlamay Ginnesning rekordlar kitobiga kirgandi. O‘sha paytdagi bu antiqa eksperiment yigitchaning aqliy faoliyatida zarracha ham nuqson bo‘lmaganligini isbotlagandi. Tajribadan so‘ng, u 15 soat uxlab olib, ertasiga hech narsa ko‘rmaganday, maktabga ketgandi.
Fondershtrassning uyqusizligi Gardner o‘rnatgan rekorddan ham ustun keldi. Uning bu ko‘rsatkichi ham Ginness kitobiga kiritildi. Qizig‘i shundaki, Konard bu rekordni o‘zi istamagan holda amalga oshirdi. Shuncha kun uyqusiz yurganiga qaramay, uning sog‘ligida hech qanday kuchsizlik sezilmadi. U yana bir necha oy uxlamaganida ham sog‘ligiga xavf tahdid qilmaydi.
Rossiya olimlil A.M.Veyn: «Inson mutlaqo uxlamasa ham bo‘ladi, «»uyqusizlik» atamasi bo‘lmagan gap», - degan fikrni olg‘a surdi.
«Shpigel» jurnalining yozishiga ko‘ra uyqusizlik haqida yuzlab hodisalar qayd qilingan. Ular «fatal o‘zgarish»lar tufayli azob chekib, nihoyat vafot etishgan, ammo ularning o‘limiga sabab uyqu bo‘lmay, genetik yetishmovchilik ko‘rsatilgan. Bularning barchasi ma­salaning yechimini topish yo‘lidagi bir urinishlar natijasidir.
Olimlarni asosan bemorning ruhi qiziqtiradi, qarangki, Fondershtrass ko‘p oylik uyqusizlikda ham ruhiyatini yaxshi saqlab qolgan. Uyqusizlik turli-tuman baxtsizlikdan, alkogolni haddan tashqari ko‘p iste'mol qilishdan, ruhiy kechinmalar, ko‘ngilsizlikdan kelib chiqadi. Shunday ekan, bu kasallikdan himoyalanishning eng kuchli usuli ruhan tetik va albatta, hayotdan mamnunlik hissini shakllantirishdir.
Albatta, yuqoridagi "qahramon"larimizga ergashib, uyqusizlikni sinab ko‘rish yaramaydi. Zero, uyqu insonni jismonan va aqlan baquvvat saqlab turuvchi muhim hodisadir.

Dunyoning zamonaviy yetti mo’jizasi

Ajoyibotlar - Qiziqarli ma'lumotlar

Mo’jizalarning aksariyat qismi yo‘q bo‘lib ketgan bo‘lsada, bugungi kunga kelib inson qo‘li bilan yangidan-yangi mo’jizalar yaratilmoqda. Ushbu mo’jizalar qadimgi mo’jizalar kabi sirli jihatlarga ega bo‘lmasada, biroq ular inson aqli va tafakkuri mahsulidir. XX asrda ilm-fan va texnologiyalar rivojlanishi natijasida yangi va zamonaviy yetti mo’jiza barpo etildi.

SIRS-TAUER
Chikagodagi ushbu 110 qavatli osmono‘par bino dunyodagi eng baland binodir. Uning balandligi 443 metr. U Nyu-Yorkdagi Empayr-Streyt-Bildingdan 60 metr baland. Bino dastlab «Rebaka Sirs» kompaniyasi uchun qurilgan edi. Ko‘pchilik odamlar osmono‘par binolar Chikagoda o‘ylab topilgan deyishadi. Bu bejiz emas. Chunki eng baland binolar aynan shu yerda joylashgan.

1871 yilda katta yong‘in shaharning uchdan bir qismini yo‘q qildi. Shundan so‘ng arxitektorlar uni tiklashga kirishdilar. Bu davrga kelib po‘latni katta hajmda ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan, Elisha Otis esa 1852 yilda liftni kashf etgan edi. Bu kashfiyotlar baland binolar qurilishiga yo‘l ochayotgan edi. Shuningdek, oldingi binolarga qaraganda yuqoriroq binolarni qurish xavfsiz va foydali bo‘lib qoldi. 1882 yilda shaharda birinchi osmono‘par bino paydo bo‘ldi. Bu bino «Xoum Inshurans Kompani»ga tegishli bo‘lib, temir va po‘latdan qurilgan karkas konstruktsiyali birinchi inshoot edi. U 100 qavatli bo‘lib, 90 yil keyin qurilgan Sirs-Tauerdan 10 qavat kam edi. Sirs-Tauerni qurish uchun 2400 ishchiga uch yil kerak bo‘ldi. Uning qurilishi 1973 yilda tugallandi. Bu bino asosi katta kvadrat shaklini eslatuvchi 9 ulkan to‘rtburchak trubadan iborat. Bino beton va tosh aralash fundamentda turadi. 9 po‘lat quvur 50 qavatni tashkil etadi. So‘ng bino toraya boshlaydi. Yana 7 ta quvur 66-qavatgacha ko‘tarilgan. 90-qavatgacha yana 5 ta quvur ko‘tariladi va nihoyat ikkita quvur qolgan 20 etajni hosil qiladi. Ikkita televizion antenna bino balandligini 250 metrgacha oshiradi. Binoning karkasi uchun ishlatilgan po‘latdan 52000 avtomobil yaratish mumkin edi.

Bu binoning maydoni 418000 m.kv. dan ortiq. Bu 57 ta futbol maydoniday gap. Osmono‘par binoda 104 tezkor lift bo‘lib, ular binoni 3 hududga bo‘ladi va odamlarga ancha qulayliklar yaratib beradi. Binoda 16000 qora oynali derazalar bo‘lib, ularni yuvish uchun mo‘ljallangan 6 avtomatik moslamalar butun binoni yiliga sakkiz marta tozalab chiqadi.
KENNEDI KOSMIK MARKAZI
Kennedi kosmik markazi birinchi navbatda 1960-70 yillarda oyga odamlarni yuboradigan «Apollon» kosmik dasturini uchirish maydonchasi ekanligi bilan mashhur. Markaz hozirgi kunda ham faoliyat yuritish bilan bir qatorda sayohatchilar maskaniga ham aylangan. Bu yerga keluvchilar kosmik raketalar ko‘rgazmasini, xaltachalarni (chelnok) uchirish va yig‘ish komplekslarini ko‘rishlari mumkin. Bu joyda ilgari AQSh Harbiy Havo kuchlari bazasi va raketani sinovdan o‘tkazish polegoni joylashgan bo‘lib, u 1958 yilda birinchi Amerika sun’iy yo‘ldoshini uchirishda ishlatilgan edi. 1961 yil 5 mayda esa Alan Shepard «Merkuriy» fazo kemasida uchib, fazodagi birinchi amerikalik bo‘ldi. Keyinchalik prezident Kennedi 1970 yilda oyga odamni eltish uchun fazo kemasini yaratish — «Apollon» dasturini e’lon qildi. 1963 yilda Prezident o‘limidan so‘ng bu joy J. Kennedi nomli fazoviy tadqiqotchilar markaziga aylandi.

Oygacha borib yetgan «Apollon» kosmik kemasi «Saturn» nomli kuchli raketa yordamida uchirilgan edi. «Saturn» kabi raketalarni 160 metrli binoda qurishardi. Bu bino o‘z ichiga «Saturn» hajmidagi raketalardan 4 tasini sig‘dira olishi mumkin edi. Raketalarni uchirish uchun 5 km. uzoqlikdagi uchish maydonchasiga olib o‘tishardi. Butun kompleks 5000 tonna og‘irlikka ega bo‘lib, u ulkan mashina yordamida tashilar edi.

«Apollon»ni 1-uchirish 1967 yilga belgilangan edi, lekin kosmik markazda falokat sodir bo‘ldi. Uchish oldidan rejadagi tekshiruv vaqtida bortda yong‘in chiqdi va uch astronavt halok bo‘ldi. Shundan so‘ng «Apollon» dasturiga o‘zgartirish kiritildi va 1969 yil 16 iyulda Saturn raketasi «Apollon-11» kosmonavtlarini fazoga olib uchdi. To‘rt kun o‘tgach, Nil Armstrong oyga qadam qo‘ygan birinchi inson bo‘ldi.

70 yilarda «Apollon» dasturiga ajratiladigan ulkan xarajatlar yangi fazo kemasini yaratishga turtki bo‘ldi. Ushbu yangi fazo kemasi raketadan ko‘ra ko‘proq samolyotga o‘xshab ketardi va yana bir farqi uni ko‘p marta ishlatish mumkin edi. 1981 yilda yangi fazo kemasini uchirishga tayyorlash maqsadida 39-uchirish maydonchasida 4572 metrli uchish va qo‘nish yo‘lagi qurildi. 1986 yilga kelib yangi kema 24 marta fazoga muvaffaqiyatli parvoz qildi. Hali hanuz Kennedi kosmik markazi juda ko‘plab tijorat va ilmiy fazolarni amalga oshirib kelmoqda.


KANSAI AEROPORTI
Yaponiyaning Osaka ko‘rfazidagi xalqaro Kansai aeroporti — dunyodagi quruqlikda emas suvda qurilgan yagona aeroport. U 1994 yilda qurib bitkazilgan edi. Futuristik dizaynli, oynavand binoli bu aeroport sun’iy orolda qurilgan. Aeroport binosining uzunligi 1,7 km. Orolni va aeroportni qurishda yangi texnologiyalardan foydalanilgan. Bu aeroportni dengizga qurilishining sababi nimada? Birinchidan, shahar atrofidan joy topish qiyin. Ikkinchidan shovqin darajasini pasaytirishga harakat qilingan. Kansai aeroporti Xonsyu orolidan 5 km. uzoqlikda joylashgan. Shu sabab aeroport 24 soat odamlarni bezovta qilmasdan faoliyat yuritishi mumkin. Samolyotlar dengiz sathi uzra ko‘tarilib qo‘nishadi.

Sun’iy orol g‘oyasini ko‘rib chiqqan muhandislar uzunligi 4 km. kengligi 1,25 km.lik orol loyihasi ustida ishlay boshladilar. Dastlab suzib yuruvchi orol g‘oyasi ko‘rib chiqilgan, lekin bu loyiha ko‘p mablag‘ talab qilardi va unchalik mustahkam emas edi. Ko‘p izlanishlar va harakatlar natijasida zamonaviy va mustahkam orol loyihasi ishlab chiqilib, 5 yil muddatda qurib bitkazildi. Avval Osaka ko‘rfazini 20 metrlik tubini qum va tuproq bilan to‘ldirishdi, ustini esa shag‘al bilan qoplashdi. Orol ustidagi shag‘al vaqt o‘tishi bilan o‘z og‘irligi bilan dengiz tubidan suvni siqib chiqardi va orol mustahkam bo‘ldi. Barjani aniq kerakli joyga keltirish uchun komyuter va sun’iy yo‘ldoshlardan foydalanildi. Nihoyat ulkan po‘lat rom orol parametri bo‘yicha cho‘ktirilib joylashtirildi. Endi orolni qurish uchun mohir muhandis kerak edi. Shundan so‘ng ular muhandislar uchun tanlov e’lon qilishdi. Tanlov g‘olibi deb Parijdagi mashhur Pompidu markazi yaratuvchilaridan biri Rentso Pyano topildi.

Aeroport qurilishi orol yaratilishi tugallanmasdanoq boshlangan edi. Pyano kompaniyasi passajirlar uchun uzunligi 1700 metrli qulay va keng bino qurishga kirishdi. Binoning markaziy qismini samolyot qanoti shaklida ishlangan ulkan tomli to‘rt qavatli bino tashkil etadi. Kompyuterlar uzluksiz ravishda 900 ta ustunning har birini balandligini nazorat qilib borardi. Chunki orol yana bir necha yil davomida cho‘kishi mumkin edi. Kansai aeroportida bor yo‘g‘i bir qo‘nish va uchish yo‘lagi mavjud. Shunday bo‘lishiga qaramasdan, undan bir yilda 160000 samolyot va 25 mln. yo‘lovchi qo‘nadi va uchadi.
SIDNEYDAGI OPERA TEATRI
Ushbu g‘ayri tabiiy zamonaviy bino Avstraliyaning eng mashhur binolaridan biridir. Shuningdek, opera teatri Avstraliyaning eng qadimgi va katta shahri Sidneyda barpo etilgan. U uch tarafdan suv bilan o‘ralgan va ulkan yelkanlar shaklida loyixalashtirilgan. 1950 yillar boshida Sidneyda yangi san’at markazi binosi loyihalarining xalqaro tanlovi bo‘lib o‘tdi. Qurilish joyi etib Bennelong burnini tanlashgan edi. Tanlovda daniyalik muhandis Yorn Uttson g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Hakamlar uning loyihasini eng zo‘r loyixa deb topishdi. Muhandisni buxtadagi yelkanlar manzarasi va atstek, maye qabilalarining ibodatxonalari ilhomlantirgan edi. Biroq bu murakkab loyihani amalga oshirish oson emas edi. 1959 yilda poydevor qurish ishlari boshlandi. Bunga to‘rt yil vaqt sarflandi. So‘ngra binoning eng murakkab qismi ko‘lanka tomlarni qurish navbati keldi. Ilgari bunga o‘xshash binolar umuman qurilmagan. Opera teatri tomining yelkanlarga o‘xshash shakli uni dunyodagi hech bir binoga o‘xshatmaydi. Ular umumiy uzunligi 350 km. bo‘lgan po‘lat troslar yordamida tortib turiladigan 2000 dan ortiq yig‘ma beton sektsiyalardan yig‘ilgan. Tomdagi qobiqlar milliondan ortiq keramik plitkachalar bilan qoplangan.

1966 yilda Yorn Uotson loyixani oxirigacha yetkazishdan bosh tortdi. Shundan so‘ng ushbu loyihani to‘rt avstraliyalik muhandis davom ettirishdi. Bir yil o‘tgach, binoning tomi qurib bitkazildi. Bino ichining qurilishiga esa yana 6 yil vaqt kerak bo‘ldi. Nihoyat bino qurib bitkazildi. 1973 yilda Qirolicha Yelizaveta II tomonidan Sidneydagi opera teatri rasman ochildi. Binoda 4 ta asosiy sahna bor. Kontsert zali 2600 kishini o‘ziga sig‘dira oladi. Tomning yuqori cho‘qqisi ko‘rfaz satxidan 67 metr balandda. Opera zali kichikroq. Unda 1500 o‘rindiq mavjud. Qolgan ikki sahna esa drama aktyorlariga taqdim qilingan. Opera teatriga birinchi 20 yilda 36 mln. kishi tashrif buyurdi. Bu ko‘rsatkich Avstraliya aholisidan ikki baravar ko‘pdir.


LA-MANSH OSTIDAGI TUNNEL
Dunyodagi eng uzun suv osti tunneli La-Mansh bo‘g‘ozi ostidan o‘tadi. Shuningdek, bu tunnel Angliyani Frantsiya bilan bog‘lab turadi. Bu misli ko‘rilmagan muhandislik namunasidir. Tunnelning uzunligi salkam 50 kilometr va shuning 38 kilometri suv ostidan o‘tkazilgan. Bo‘g‘oz ostidagi tunnel Britaniyani qit’a bilan bog‘lovchi zamonaviy transport tizimi sifatida 1994 ochilgan edi. Oxirgi 200 yil ichida La-Manshni kesib o‘tishni ko‘p yo‘llari ishlab chiqildi. Tunnel loyihasi dastlab 1802 yilda taklif etilgan. Uni yaratish bo‘yicha qo‘mita esa 1892 yilda tashkil etilgan. O‘shanda ba’zi muhandislar bo‘g‘oz ostidan ko‘prik qurishni taklif etishgan edi. 1985 yilda Britaniya va Frantsiya hukumatlari mamlakatdagi qurilish kompaniyalariga bu loyixa ustida jiddiy izlanishlar olib borishni taklif etishdi. Oradan bir yil o‘tgach, taklif etilgan 9 ta loyixadan bittasini tanlab olishdi.

Aslida uchta tunnel mavjud bo‘lib, ulardan ikkitasi temir yo‘l, uchinchisi esa xizmat ko‘rsatish yo‘li. 1987 yil dekabrida Britaniya qirg‘oqlarida qurilish ishlari boshlab yuborildi. Frantsiyadagi qurilishlar uch oy o‘tgach boshlandi. Ulkan qazuvchi va aylanuvchi uskunalar bilan jixozlangan mashinalarda 1 km. masofani qazish uchun bir oygacha vaqt sarflanar edi. Xullas tunnel qazish ishlari uch yil davom etdi.

Tunnel o‘rtacha hisobda dengiz tubidan yana 45 metr pastlikda qazib chiqilgan. Qurilish tugallanishiga har ikkala tomon orasida 100 metr qolganda ishchilar tomonidan qazildi. Nihoyat 1990 yilda ikki tomon uchrashdi. Qolgan ikki temir yo‘l tunnelini 1991 yil 22 may va 28 iyunda tugatishdi. Oradan 7 oy o‘tgach relslarni o‘rnata boshlashdi. Bu orada angliyalik va frantsiyalik muhandislar temir yo‘l terminallari ustida ish olib borishardi.

1994 yilning 6 mayida Qirolicha Yelizaveta II va prezident Mitteranlar tunnelni tantanali ravishda ochishdi.

Mashinalar tunneldagi poezdlardan harakatlanuvchi shosse sifatida foydalanadilar. Ular vagonlarga bir tomondan kirib, 35 daqiqalik masofa bosib o‘tilgach, ikkinchi tomondan chiqib ketishadi.
KONKORD
Konkord dunyodagi yagona tezligi tovush tezligidan yuqori bo‘lgan samolyot. Bu samolyot paydo bo‘lishi bilan xavo transportida haqiqiy inqilob yuz berdi. Hozirga qadar u tezlik va qulaylik timsoli bo‘lib kelmoqda. Yer yuzasida tovush soatiga 1225 km. tezlik bilan harakatlanadi. Tovushning havodagi tezligi bir oz sekinroq. Uchuvchilar uni «Max-1» deb ataydilar. Tabiiyki, tovush tezligining ikki karra oshirilgani «Max-2» deb ataladi. 1940 yillarga kelib, tezuchar samolyotlar «Max-1» darajasidagi tezlikka yetgan edilar. Keyinchalik 1947 yilda AQSh harbiy havo kuchlari samolyoti tovush tezligidan ham yuqori natijani zabt etdi. Uchuvchilar samolyot tovushdan tezroq uchayotganda tovush to‘lqinlariga yetib olishini va bu vaziyatda qandaydir to‘siqdan o‘tganday tuyulishini kuzatishdi. Bu to‘siqni yorib o‘tish jarayonida momoqaldiroqqa o‘xshash baland tovush chiqar ekan. Undan tashqari samolyotlar haddan tashqari qizib ketadi. Yuqoridagilarning barchasiga qaramasdan muhandislar ana shu jarayonlarga bardosh bera oladigan tovushdan tez samolyotni yaratishga kirishdilar.

1950 yil boshlarida britiniyalik va frantsiyalik muhandislar parallel ravishda tovush tezligidan tez ucha oladigan layner ustida ish olib bordilar. So‘ngra 1962 yilda Britaniyaning «British-Eyrkraft» va Frantsiyaning «Aerospasyal» korporatsiyalari hamjihatlikda ishlay boshladilar. Ular yana Rolls-Roys va reaktiv dvigatel ishlab chiqaradigan «SNEKMA» kompaniyalari bilan birga ish olib bordilar. Hamkorlar bo‘lajak samolyotni «Konkord» deb atashni ma’qul topishdi. Yetti yillik ish natijasida 100 o‘rinli ixcham samolyot paydo bo‘ldi. Uning orqaroqqa tortilgan qanotlari va ko‘tarilish, qo‘nish jarayonida tushiriladigan old qismi katta ahamiyatga ega. Har ikkala davlatda ikkitadan «Konkord» ishlab chiqarildi. Birinchisi 1969 yilning 2 martida Frantsiyada, Tuluzada havoga ko‘tarildi. Uchuvchi va muhandislar uni sinab ko‘rish maqsadida jami 5000 soat unda parvoz qilishdi. Bu sinov uni dunyoga «eng sinalgan samolyot» nomi bilan tanitdi. Nihoyat 1976 yilda Konkord «British Eyrveys» va «Er Frans» tomonidan sotib olindi. Hozirgi kunda ikkala aviakompaniyada yettitadan «Konkord» mavjud. Hammasi bo‘lib 16ta seriyali model yaratilgan bo‘lib, ularning ikkitasi sinov uchun ishlatiladi. Konkordning uzunligi — 62,1 metr, qanotlari — 25,5 metr. U 18300 metr balandlikda «Max-2» tezligida, ba’zi o‘qlardan ham tez ucha oladi. Asosan u London va Parijdan Nyu-Yorkka uchadi. 1990 yilda Konkordning Nyu-Yorkdan Londonga uchish jarayonida ko‘rsatgan vaqti rekord natijani ya’ni 2 soat 45 daqiqani ko‘rsatdi. Bu natija Konkordni Atlantika okeanini 3 soat ichida kesib o‘tishini bildiradi.

Garchi Konkord texnologiya nuqtai nazaridan mo’jiza xisoblansada, uning tijorat borasida omadi chopmadi. Konkordni ishlab chiqarish va undan foydalanish to‘xtatildi. Hozirgi samolyotlar Konkordga nisbatan kattaroq. Shuningdek, qo‘shimcha yoqilg‘isiz uzoq masofalarni ham bosib o‘tadi, yo‘lovchi va yuklarni ham ko‘proq oladi.
ASVON TO‘G‘ONI
Ulkan to‘g‘on dunyodagi eng uzun daryo Nilning suvlarini ushlab turish uchun qurilgan. To‘g‘on yil davomida suv oqishini muttasil saqlab turishga yordam beradi. Shu bilan bir qatorda mamlakatning shahar va zavodlarini elektr bilan ta’minlab turadi. Tarixdan ma’lumki, qadim zamonlardan beri Nilning suvlari har yili toshadi. Bu toshqin yerda hosildor balchiqni qoldiradi va dehqonlarning mo‘l xosil olishiga katta yordam beradi. Ammo yirik toshqinlarning o‘ziga yarasha muammolari ham bor. Buning natijasida ko‘plab uylarni va hosildor dalalarni yuvib ketadi. Yilning qolgan qismida esa qirg‘oqchilik bo‘ladi. 1902 yilda toshqinlarni oldini olish uchun muhandislar Asvondan janubroqda to‘g‘on qurishdi. Keyinchalik bu to‘g‘on 1912 va 1933 yillarda yanayam balandroq qilib ko‘tarildi. Biroq, birinchi qurilgan Asvon to‘g‘oni Nil suvlarining toshqiniga bardosh bera olmayotgan edi. Shu sabab 1960 yilda yangi va baland Asvon to‘g‘oni ustida ishlar olib borildi. Bu to‘g‘onning uzunligi 3,6 km.dan ortiq, balandligi esa 111 metr, yuqori qismining kengligi 40 metrni tashkil etadi. To‘g‘onning daryo tubidagi pastki qismining kengligi 925 metrdir. To‘g‘on 10 yil mobaynida qurib bitkazilgan.

Yomg‘ir mavsumida to‘g‘onning foydasi juda katta. To‘g‘ondan yuqoriroqda uzunligi 500 km.lik suv havzasi qurildi. Uni Misr prezidenti sharafiga Naser ko‘li deb atashdi. Bu ko‘lning barpo etilishi uchun 50000 ga yaqin odam o‘z uylarini bo‘shatib berishiga to‘g‘ri keldi. Ularni Asvondan 50 km. shimolroqqa ko‘chirishdi. Ko‘l qurilishi natijasida bir necha ibodatxonalar va orollar qolib ketdi. U yerdagi ibodatxonadan Ramzes-II va Nefertari ibodatxonalari 30 tonnalik bo‘laklarga bo‘linib, daryo uzra ko‘tarilib turgan tepaliklarga qayta yig‘ilib, qurildi. Yana bulardan tashqari, suv ostida qolib ketishi mumkin bo‘lgan bir nechta ibodatxonalar ham boshqa joyga ko‘chirildi.

Naser ko‘lida yig‘iladigan suv qishloq xo‘jaligi uchun sarflanadi. Bundan buyon mo‘l hosilni har yili olish mumkin. Shuningdek, to‘g‘ondan o‘tayotgan suv turbinalarni aylantirib o‘tadi va Misrning yarmini elektroenergiya bilan ta’minlab turadi. Lekin to‘g‘on xosildor balchiqni daryoning quyi qismiga o‘tishiga yo‘l bermaydi. Natijada dehqonlar yer uchun turli kimyoviy o‘g‘itlarni ko‘proq ishlatishga majbur bo‘lib qoldilar. Yana bir salbiy tomoni yer osti suvlarining yuqoriga ko‘tarilishi hosildorlikni kamaytiruvchi tuzlarni olib chiqa boshladi.

Mashina — savlat uchun emas. benzin-chi?..

Ajoyibotlar - Qiziqarli ma'lumotlar

Avtomobil hayotimizga shu qadar chuqur kirib keldiki, u endilikda hashamat emas, haqiqiy zaruratga aylanib bo‘ldi. Biroq bu zarurat uchun ham o‘ta kerakli bo‘lgan bir narsa borki, usiz avtomobilimiz bor-yo‘g‘i to‘rt g‘ildirakli temir qutidan farq qilmay qoladi. Bu qutimizni haqiqiy mo’jizaga aylantiradigan omil esa, aniqki, uning yonilg‘isidir. Biroq taassufki, benzinning narxi shu qadar tezlikda o‘sishda davom etadigan bo‘lsa, avtomobil emas, yonilg‘ining o‘zi «mo‘’jiza»ga aylanishi turgan gap.

Qiziq, benzin narxining oshishidan qaysidir mamlakatlar manfaatdor emasmikin?..
Bor-yo‘g‘i 24 sent
Masalan, Birlashgan Arab amirliklarida benzin arzonroq bo‘lsa, Bruney sultonligida bu bebaho yonilg‘ini shu yerning fuqarolari tekin olishadi.

Mazkur mamlakatda benzinning bahosi federal vazirlar mahkamasining qaroriga muvofiq belgilanadi. Hukumat narx-navoni belgilab beradi va barcha yonilg‘i quyish shaxobchalarda benzinning xuddi shu narxda sotilishini nazorat qiladi.

Darvoqe, Ai-95 benzinning bir litri bu yerlarda bor-yo‘g‘i 24 AQSh tsenti bahosida sotiladi. Bunga qadar esa, ya’ni o‘tgan yilning aprel oyigacha, benzinning bahosi 10 yil davomida qat’iy 20 tsentga sotib kelingan. Shu bois ham neftni qayta ishlash kompaniyalarining egalari yoqilg‘i narxining bu qadar arzonligidan norozi bo‘lib, hukumatdan narx-navoni oshirishni talab qilmoqdalar. Shu boisdan ular o‘zlariga tegishli benzakalonkalarni ham yopib tashlashlari to‘g‘risida ogohlantirib ham turadilar. Biroq amalda esa buni bajarisholmaydi. Chunki, birinchidan, hukumat ularning istagini inobatga olmasligini bilishadi, ikkinchidan esa xususiy benzakalonkalar yopilgan taqdirda ularning o‘rni mamlakatdagi yirik neft va benzin ishlab chiqaruvchi Abu-Dabi kompaniyasi tomonidan egallab olinishi mumkin. Benzinning arzon narxini saqlab turish uchun bu kompaniya davlat byudjetidan dotatsiya olish huquqiga ham egadir.
«Yongandan» «yonar»
Buni qarangki, AQShda benzinning narxi keskin oshib ketgan. Benzinning eng arzoni 2 dollar 45 tsent (bir galloni) yoki bir litri 65 tsentga sotila boshlangan. Vaholanki, bunga qadar bir gallon benzin (3,78 litr atrofida) 1,90-2,00 dollar atrofida bo‘lgan.
Savol tug‘iladi: nahotki hukumatning bunday boshboqdoqlik bilan ishi yo‘q? Hamma gap shundaki, Ronald Reygan prezidentligi davrida neft kompaniyalarini nazorat qilish to‘xtatilib, narxlar «talab-taklif» bozor iqtisodiyoti qonunlariga asosan belgilab boriladigan bo‘lgan. Endilikda benzinfurushlar mahsulotning narxini oshirish uchun istagan bahonayu, sabablarni o‘ylab topishmoqda.
«Xanjar urilgan» transport
Benzin narxi butun mamlakat bo‘ylab naq 6 foizga oshib ketgan kunni xitoylik haydovchilar «Qora shanba» deb atashdi. Axir AI-92 va AI-97 markali benzinning 1 litr narxi 4,26 yuan (53 tsent) va 4,54 yuan (56 tsent)ga chiqib ketgandi.

Narxning bunday oshib ketishi esa Xitoy hukumatining dunyo bozoridagi neftning oshishiga nisbatan ko‘rgan chorasi edi. Chunki Xitoyning neft zahirasi juda kam. Bu mamlakatning neft importi oxirgi 10 yil daomida 11 mln.dan 122 mln. tonnaga yetgan. Xitoy iqtisodchilarining hisob-kitobiga qaraganda, mamlakat iqtisodiyoti neft narxi oshishi natijasida bu yil trillion dollardan ko‘proq zarar ko‘rishi mumkin.

Yonilg‘i narxining keskin oshishi qator noroziliklarga sabab bo‘ldi. Bu hol ayniqsa taksichilarning fig‘onini falakka chiqarib yubordi. Ahvol shu darajaga yetdiki, hattoki hukumat kirakashlarga neft narxi oshganini hisobga olgan holda kompensatsiya to‘lash rejasini ham ishlab chiqdi. Shuningdek, Shanxaydagi kuniga 3 mln. yo‘lovchi foydalanadigan 100000 ta taksomotorlarga shu maqsadda 30 mln. yuan (3,7 mln. dollar) mablag‘ ham ajratilgan. Biroq baribir hali hamon ko‘pchilik haydovchilarning kayfiyati tushkun holda.
Olmoniya yoqilg‘isini «simirayotgan» kim?
Yevropaning eng avtomobili ko‘p mamlakati bo‘lmish Olmoniyada 82 mln aholining 41 milliondan ortig‘i to‘rt g‘ildirakli «do‘stiga» ega. Benzinning narxi esa bu yerda bir sutkada bir necha martalab o‘zgarib turadi. Bu yerdagi 15400 ta benzakalonkalarning barchasi narx-navolarni kompyuter tarmog‘i tomonidan ko‘rsatib turadigan kontsernlarga bo‘ysunadi. So‘nggi paytda esa eng sifatli benzin litrining bahosi 1,23 yevroga chiqdi.

Vaqti-vaqti bilan Olmoniyada ham kontsernlarni yashirincha narx-navoni oshirib borishda qo‘li borlikda ayblab turishadi. Biroq har safar kartellar bo‘yicha mahkama buni sovuqqonlik bilan qat’iy rad etib kelmoqda.

Garchi so‘rov va tadqiqotlar benzinning har litridan firmalar 15-21 tsentdan foyda ko‘rishini ta’kidlashsada, aslida vaziyat butunlay boshqacha. Davlat byudjeti uchun har litr benzindan o‘rtacha 82 tsent siqib olinar ekan. Bu esa yonilg‘i sotish kontsernlari bir litr benzindan bir tsent foyda ololadi xolos, demakdir. Shu boisdan ham bu kontsernlar foydani ko‘proq neft qazib olish va uni qayta ishlashdan topadilar.
Garri Potter afsuni yoki muvaffaqiyat siri nimada?

Ajoyibotlar - Qiziqarli ma'lumotlar



Deyarli olti yildan buyon Garri Poter va uning do‘stlari haqidagi serjilo sarguzashtlar butun dunyoni zabt etmoqda. U haqdagi kitoblarning oltitasi («Garri Poter va Feniks ordeni», «Garri Poter va olov Kubogi», “Garri Poter va falsafiy tosh”, “Garri Poter va sirli xona”, “Garri Poter va Azkaban asiri”, «Garri Poter va Asl Shahzoda») muallif Roling Joan Ketlin tomonidan o‘z o‘quvchilariga taqdim etildi. Davomli sarguzashtlarning yettinchi — so‘nggi kitobi tayyor bo‘lganligi haqidagi xabarlar esa allaqachon jahon ommaviy axborot vositalari tomonidan tarqatib bo‘lingan.
Jozibador gollivudcha ko‘rinishga yoki opera ovoziga ega bo‘lmasa-da, yosh afsungar (Garri Poter rolida Deniel Redkliff) kutilmaganda o‘tgan asrning 60-90-yillari idealiga aylangan Bryus Li, Jan Klod van Damm, Silvester Stallone, Arnold Shvartsnegger kabi aktyorlarning o‘rnini egalladi. Bolakayning samimiyati, hayratli nigohlari, jasur va vijdonliligi barchani o‘ziga mahliyo qildi. Sarguzasht asar tarkibidagi oltita kitobning sotilish hajmi dunyoda 300 million nusxani tashkil etdi. Birgina «Garri Poter va Asl Shahzoda» kitobining dastlabki 24 soat ichida 6,9 mln. nusxasi (faqatgina AQShning o‘zida) sotildi, deb xabar beradi «Assoshieyted Press» («Associated Press”).
Yana bir qiziq ma’lumot, kitobning hatto sotilish tezligi ham aniqlangan: bir daqiqada 80 ta. Asar eng xaridorgir kitoblarning ro‘yxatidan tushmay kelmoqda.
Xo‘sh, nega endi allaqanday sehr-jodular haqidagi kitob bu darajada mashhur bo‘lib ketdi? Axir bu kabi asarlar dunyo bo‘ylab oz-muncha yaratilayotgani yo‘q. Qolaversa, uchar supurgilar haqidagi filmlar ham kam emas. Gap shundaki, jamoatchilikning aksariyat qismi asar haqida ijobiy fikr bildirgan. O‘quvchilarning ko‘pchiligi bugungi dunyoning juda yalang‘och va primitiv bo‘lib qolganligini aytib, ko‘ngil allaqanday sirlilikni, biroz sehrgarlikni istashini ta’kidlashdi. Garri Poter haqidagi kitoblar jahon bolalar adabiyotining eng yaxshi asari sifatida baholandi. Mutaxassislarning aytishicha, murakkab texnika, fazo janglari, kimyoviy laboratoriyalarda yaratilgan allaqanday maxluqchalar haqidagi kitoblar, film va multfilmlar, g‘arbda an’anaga aylangan komikslar so‘nggi yillarda juda ko‘payib ketgan. Joan Ketlin asarlari esa bolalarga biroz yengillik beradi. Ularning xotirjam fikrlashiga ko‘maklashadi.
Fikrimizcha, asarning yana bir yutug‘i shundaki, ular jajjilarga orzu qilish imkonini beradi. Axir hammamiz ham yoshligimizda sehrli qalpoqchamiz yoki tayoqchamiz bo‘lishini istaganmiz-ku. Qachondir uni topib olishga ishonganmiz. Uchar supurgida osmonga parvoz etishni xohlamaganlar dunyo bolalari orasida juda kam topilsa kerak. Lekin Garri Poter faqat bolalar kitobi bo‘lib qolmadi. Uning yana bir muvaffaqiyati shunda bo‘ldiki, kattalar ham bu asar bilan jiddiy qiziqib qoldi. Aslida har bir insonda bolalik orzulari yashirin. Shu sababli, ba’zan eng jiddiy odamning ham multfilm ko‘rib o‘tirganiga guvoh bo‘lib qolamiz. Axir u ham chindan biror sehrgarlikni ko‘rishni juda istaydi. Biroq bolalardan farqi shundaki, u bunday bo‘lmasligiga o‘zini allaqachon ishontirib qo‘ygan.
Kattalar bu kitob bilan chindan-da qiziqib qolganligi aniq. “Garri Poter va falsafa”, “Garri Poter va fan” kabi asarlarning yaratilishi — buning yaqqol dalili. Kattalar o‘z qiziqishlarini asardan falsafa izlash yo‘li bilan «oqlashadi». Tadqiqotchilar asarni durdona, deb baholash fikridan yiroq. Ular har holda Joan Ketlinni Shekspirga qiyoslashmayapti. Bilasizmi, Mark Tven o‘z asarlariga baho berar ekan, “mening asarlarim vinodan ko‘ra ko‘proq suvga o‘xshaydi, lekin suvni har doim ichsa bo‘ladi”, degan edi. Mutaxassislarning asarga bergan turlicha baho va talqinlarini ham ana shu qarashlar manzarasida tasavvur qilish, balki to‘g‘ridir. Ular Garri Poter sarguzashtlarini haqiqiy falsafa, deb izohlayotgan o‘rinlar ham yo‘q emas. Bir jihatdan bu to‘g‘ri. Chunki bolalarni nega, nimaga, degan savollar qurshovida qoldirayotgan asar ularni borliq haqiqatlarini bilishga undaydi. “Falsafa esa hayratdan boshlanadi”, - degan edi Platon.
Mutaxassislar Garri Poter haqidagi kitoblar fan qonuniyatlarini inkor etayapti, degan xulosani ham berishgan. Yerning tortishish kuchini yenggan bolakaylar obrazida shu maqsad bormi-yo‘qmi, buni aytish mushkul. Bu o‘rinda Artur Klarkning “Yetarli darajada rivojlangan har qanday texnologiya magiyadan farq qilmaydi”, degan fikrini keltirish o‘rinli bo‘ladi. Negaki, qadimda yaratilgan oynai jahonnamo, uchar gilam kabi obrazlar oradan bir qancha vaqt o‘tib, televizor, samolyot shaklida haqiqatga aylangan. Shu sababli, fan qonuniyatlari bilan inkor etish va orzu qilish imkoniyatini aralashtirib yubormaslik lozim. Chunki bugungi orzular ertaga ana shu fan uchun kutilmaganda ulkan xizmat qilishi mumkin.
Garchi Garri Poter bugungi kunda butun dunyoni zabt etayotgan bo‘lsa-da, biz u haqda hali to‘liq fikr ayta olmaymiz. Bu asarning o‘zbek tiliga tarjima qilinmaganligi, bozorlarimizda kamyob va yana biroz qimmatligi sababli bizda ko‘p tarqalmagan. Shunday ekan, o‘quvchilarimiz orasida bu asar qanday qabul qilinganligini aytish mushkul. Biroq makon va vaqt tushunchalari yo‘qolib borayotgan bir vaqtda Garri Poter haqidagi xulosalar nafaqat uning filmi ko‘rilgach, balki kitobi o‘qilgach ham aytilishiga ishonamiz. Ehtimol, ana shundagina asarning bu qadar maftunkorligiga yetarli asos topilar.
Sog’lom turmush tarzi: Kimda qanaqa?

Ajoyibotlar - Qiziqarli ma'lumotlar

Hozirgi kunda sog‘lom va uzoq yashashni kafolatlovchi har qanday omilga bo‘lgan e’tibor kuchaymoqda. Bu «omil» esa turli mamlakatlarda turlicha bo‘ladi: har bir millat o‘z fe’l-atvoridan kelib chiqib, uzoq va sog‘lom turmush tarzini «tuzib chiqadi». Ko‘raylik-chi, u nimalarda o‘z ifodasini topar ekan?

FINLANDIYADA: TOZA HAVODA SAYR QILING!


Finlandiyada sport bilan shug‘ullanib, o‘zini sport formasida ushlab turish — milliy «xobbi»ga aylangan. Taxminan, 70 foiz finlar qishki sport turlari bilan doimiy tarzda shug‘ullanadilar, har ikki ayoldan biri o‘z ishxonasiga piyoda yoki velosipedda boradi. «Minusli ob-havo»ga qaramasdan, bu millat toqqa sayrga yoki baliq oviga borishdan erinmaydi.

1970 yillarda Finlyandiya yurak kasalliklari bilan og‘rib, vafot etgan fuqarolari ko‘pligi bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda turgan bo‘lsa, so‘nggi 20 yil ichida bu ko‘rsatkich butkul o‘zgardi: muammo finlarning «yoppasiga» ochiq havoda jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanganliklari bois, bartaraf etildi. Olimlarning fikricha, sport bilan tabiat qo‘ynida muntazam shug‘ullanish nafaqat jismoniy, balki ma’naviy salomatlikka xizmat qilar ekan. Bu ajoyib odat kishida maqsadga intilishni kuchaytirib, kayfiyatni ko‘tarishi, stressni yo‘qotishi isbotlangan.

Darhaqiqat, tabiat qo‘ynidagi sayr, muz ustida konki uchish va hattoki, bog‘ bo‘ylab yugurishning foydasi ko‘p narsadan, aytaylik, diqqinafas trenajyor zallaridagi mashqlardan ancha katta.
HINDISTONDA: ZIRAVORLARNING FOYDASI
Hindistonda keksalar orasida Altsgeymer kasalligi (xotiraning keskin susayib ketishi) bilan og‘riganlar boshqa mamlakatlarga nisbatan kam uchrar ekan. Chunki hindlar ziravorlardan juda ko‘p miqdorda foydalanishadi. Izlanishlar natijasida ma’lum bo‘ldiki, hind tabobatida qadimdan dori sifatida qo‘llanilib kelinayotgan kurkum ziravori Altsgeymer kasalligiga ham davo bo‘la olar ekan. Yana shunisi aniqlandiki, hind oshxonasida ko‘p ishlatiladigan imbir ziravori ovqat hazm qilishni yaxshilar, koritsa esa qandli diabet kasalligini davolay olar ekan.
XITOYDA: KUYLANG, KO‘P YASHAYSIZ!
Xitoydagi sholizorlarda 90 yoshlilar ham bemalol mehnat qila olishadi. Olimlarning fikricha, buning uchun ularga kuch-quvvat qo‘shiq aytishni o‘zlariga yaxshi odat qilib olganliklaridan «topilar ekan». Ma’lum bo‘lishicha, baland ovozda kuylashni xush ko‘ruvchilar boshqalarga nisbatan shifokorlar, dorilarga kamroq ehtiyoj sezishar, tushkunlik — depressiyadan kamroq aziyat chekarkanlar.
YANGI ZELANDIYADA: ASAL – STAFILOKOKNING DAVOSI
Ma’lumki, asalning barcha turlari antibakterial xususiyatga ega. Lekin yangi tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, aynan Yangi Zelandiya manuka (choy daraxti) asali shunchalik ko‘p foydali moddalarga boy ekanki, Buyuk Britaniya olimlari bu ne’matga MRSA (barcha antibiotiklarga chidamli stafilokok)ning davosi deb qarashmoqda. Britaniya davlat sog‘liqni saqlash xizmati bemorlarni ushbu asal turi bilan davolayapti. Yana shunisi ham ma’lum bo‘ldiki, manuka asali turli xil yaralarning tez bitishida spirt va dezinfektsiyalovchi vosita sifatida dorilarga nisbatan ko‘proq foyda berar ekan. Shu bilan birga, oshqozon va milk kasalliklarini davolashda ham bu asal turining ahamiyati kattaligi isbotlandi.

Yangi zelandiyaliklar manuka asalini juda xush ko‘rishlarini hisobga olsak, bu ne’mat ularni ko‘p kasalliklardan asrab qolishini anglashimiz qiyin bo‘lmaydi.


ISLANDIYADA: BALIQ MOYINING FOYDASI HAQIDA
Salqin ob-havo, shimoliy landshaft, qisqa yoz – bu salbiy omillar uzoq umrni kafolatlaydi, deyish mushkul bo‘lsa-da, islandlar – dunyoning eng sog‘lom xalqlaridan biri va Yevropada ham uzoq umr ko‘ruvchi millatlardan hisoblanadi. Buning siri nimada? Birinchi sabab – ularning kundalik taomnomasida «hozirgina tutilgan» dengiz baliqlarining ko‘pligida. Ayniqsa, yog‘li, semiz baliqlarning. Semiz baliqlardagi moddalarning foydasi beqiyos: uning moyi miya faoliyatini yengillashtiradi, bo‘g‘in kasalliklari va qarishning oldini oladi, shuningdek, Altsgeymer kasalligi rivojlanishini «orqaga suradi».

Hozirgi kunda yog‘li baliq islandlarning bir haftalik ratsionining uchdan bir qismini tashkil etadi. Olimlar baliqli taomni haftasiga kamida ikki marta yeyish kerakligini, shulardan biri yog‘li baliq bo‘lishi lozimligini ta’kidlaydilar. Ular semga, makrel, forel yoki seledka bo‘lishi mumkin.


ITALIYADA: YAQINLARINGIZNI YOLG‘IZLATIB QO‘YMANG!
Italiyada joylashgan Kampodimele qishlog‘idagi shifoxona bemorlar yo‘qligi sabab, anchadan beri ishlamay qo‘ygan. Qishloq ahli tanalaridagi xolesterin miqdori xuddi go‘daklardagidek. Xolesterin tufayli vafot etayotganlarning aksariyati ham 82 yoshdan kichik bo‘lmagan qariyalardir. «O‘rtaer dengizicha» oshxona, toza havoda – dalada mehnat qilish va yengil iqlimning, albatta, bunda alohida o‘rni bor. Biroq eng asosiy sabab – Kampodimeleda keksalarga juda yaxshi munosabatda bo‘lishadi, ularni hech qachon yolg‘izlatib qo‘yishmaydi. Umuman, yaqinlarga g‘amxo‘rlik qilish, oilani qadrlash – italyanlarning an’anaga aylanib ulgurgan ajoyib fazilatidir. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, insonlar o‘rtasidagi iliq muomala va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning uzoq va sog‘lom umr ko‘rishdagi o‘rni xuddi jismoniy mashqlar va parhezga amal qilish foydasi bilan teng ekan. Yana shunisi aniqlanganki, insonlar bilan ko‘p muloqot qilgan odamlar boshqalarga nisbatan kamroq kasallikka uchrar ekanlar. Ular odamovilardan ko‘proq umr ko‘rishlari ham isbotlangan.
YAPONIYADA: KO‘K CHOY VA SOYA TA’MI
Baliq, soya va sabzavotlardan tashkil topgan an’anaviy yapon oshxonasi yurak xastaliklari hamda Yaponiya va boshqa Osiyo mamlakatlarida tarqalgan saraton kasalliklari turlari ta’sirini susaytiruvchi ahamiyatga ega. Yaponlar brokkoli (o‘simlik), gulkaram va bu millat turmush tarzi timsoli hisoblangan ko‘k choyni sevib iste’mol qiladilar. Brokkoli va gulkaram saratonga qarshi ajoyib dori, ko‘k choy esa, insult hamda qandli diabetni davolashda qo‘l keladi. Ko‘k choy shu bilan birga, yo‘g‘on ichak, oshqozon, oshqozonosti bezi saraton kasalliklarini susaytiruvchi malham ham bo‘la oladi, yuqori qon bosimini tushiradi va tanadagi xolesterin miqdorini kamaytiradi.
FRANSIYADA: TAOMDAN LAZZATLANA BILING!
Dietologlar ko‘p yillar davomida bir masalaning yechimini topolmay ovora bo‘lishgan edi: nega yog‘, pishloq, go‘sht kabi juda boy ratsionga ega taomlarni iste’mol qilishiga qaramay, frantsuzlar yurak xastaliklari, ortiqcha

vazndan kam shikoyat qiladigan va Yevropadagi eng uzoq umr ko‘radigan xalqlardan biri hisoblanadi? Taomlarga sarimsoqning qo‘shilishi va vinoning iste’mol qilinib turilishi, albatta, qisman zararlardan himoyalovchi vosita hisoblanadi. Biroq sog‘likning eng katta himoyachisi — frantsuzlarning taomga bo‘lgan munosabatidir. «Frantsuzlar ovqatning ta’mini birinchi o‘ringa qo‘yadilar, boshqa xalqlarga o‘xshab uning foyda-zararini emas. Shuning uchun ham ular uzoq yashaydilar» deyishmoqda olimlar. Frantsuzlar past kaloriyali, tarkibida shakar miqdori kam bo‘lgan va notabiiy taomlarni tanovul qilmaydilar.


Tush ko’rasizmi?

Ajoyibotlar - Qiziqarli ma'lumotlar

Shunday holat borki, unda inson harakatlansa-da, o‘ylash va his qilishdan mahrumdir. Bu paytda u o‘zini anglay olmaydi. Shunga qaramay uning qon tomirlari urishda davom etadi, yuragi bir torayib, bir kengayadi. O‘pkasi esa hayotbaxsh havo olib ishlayveradi.


Bu ta’riflangan holat uyqu ekanligini ziyraklik bilan topgan bo‘lsangiz, ajab emas. Ha, barchamiz uyquni yaxshi ko‘ramiz. Hatto umrimizning uchdan bir qismi uyqu bilan o‘tib ketishini ba’zida payqamay ham qolamiz. Chunki uyqu asnosida tabiat bizning hayot tashvishlaridan charchagan asablarimizni allalaydi, miyamizga dam beradi va ruhimiz orom topadi. Asablarimizning bo‘shashi va miyamizning dam olishi natijasida ruhimiz ozodlikka chiqqandek bo‘ladi. Bu holat biz deyarli har kuni ko‘rayotgan tushlarimizdir.

«999 tush ta’biri» kitobida aytilishicha, tushlar uch xil bo‘ladi: ilohiy, shaytoniy va insoniy tushlar. Ilohiy tushda yaxshi xabarlar yetkaziladi va bo‘lajak bir voqea xususida ogohlantiriladi. Shaytoniy tushlar qo‘rqinchli bo‘lib, kishi vahimaga tushadi. Insoniy tushlarni kundalik tushlar deb sharhlash mumkin. Bu tush kishining o‘ngidagi kechinmalari, o‘ylari, ruhiy va jismoniy holati ta’sirida sodir bo‘ladi. Shuningdek, kitobda shaytoniy va insoniy tushlar ta’bir qilinmaydi, chunki ular xabar bildirmaydi, deyilgan.


Galen, Gippokrat, ar-Roziy va Ibn Sino fikrlari bo‘yicha, inson mijozi qanday bo‘lsa, tushi ham shunga yarasha bo‘lar ekan.
Masalan, o‘ta issiq mijozli odam juda qotib uxlab, og‘ir tushlar ko‘radi. O‘rta darajada issiq va o‘rtacha quruq mijozli odamlar esa yengil uxlab, yoqimli tushlar ko‘rar ekan.
Uyqu masalasida buyuk tabibimiz Ibn Sino «Inson ovqatga to‘yib uxlaganda aloq-chaloq tushlar ko‘rishi bilan birga pishib terlaydi, bu tarzda uxlagan odamning ruhi dam olmaydi, agar kam ovqatlanib uxlasa, yaxshi tushlar ko‘rishi mumkin. Bu holatda uyqu o‘z joyini topadi, qon aylanishi mo‘tadillashib, kishiga yangitdan kuch bag‘ishlaydi» deydi. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, kunduzgi uyqu ham turli xil kasalliklarni yuzaga keltirar ekan. Kunduzgi uyqu teri rangini o‘zgartiradi, asablarni bo‘shashtirib, odamni dangasa qiladi, ishtahani bo‘g‘adi, hatto bezgak kasalligi ham shu tufayli qo‘zg‘alishi mumkin. Chunki kunduzgi uyqu oz bo‘lib, inson organizmiga yetarli darajada dam berolmaydi.
Tush ko‘rishni masofadan turib fikr uzatish desa ham bo‘ladi. Chunki tush ko‘rib kashfiyot qilgan yoki buyuk asarlar yozgan adiblar, olimlar haqida ko‘p eshitganmiz. Masalan, Abdulla Qodiriy «Mehrobdan chayon» romanini yozishdan oldin Solih Mahdumni tushida ko‘rganligini o‘zi e’tirof etadi. Yoki D.I. Mendeleyev barcha kimyoviy elementlarni tushida ko‘rgach, o‘z jadvalini yaratadi. Shuningdek, mashhur skripkachi Tartani ko‘rgan tushi ta’sirida «Shaytoniy shodiyonalar» sonatasini yaratgan.
Tush ko‘rgan odam o‘sha voqealarni tushunmasa va ularni yo‘ya bilmasa, har kimga ham murojaat qilmasligi lozim. Tushni bilimdon va xushmuomala ta’birchiga aytish kerak, deyilgan hadislarda.
Xalqimizda «Tushingni suvga ayt» degan naql bor. Bu maqol hozirda kinoyaga aylangan. Yaxshi-yomon tushni ham oqar suvga aytish kerak, binobarin, suv tushlarning yomonini oqizib ketadi, barcha g‘uborlarni tozalaydi.
Tibbiyot xodimlarining kuzatishicha, inson tungi 1 dan to 4 gacha miriqib uxlar ekan. Bu paytda inson tana harorati 36,2dan 35 darajaga tushib ketar ekan. Demak, uyqu bizning tana haroratimizga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatib, keyingi kunga yangidan kuch bag‘ishlar ekan.

Egizaklar mo’jizasi

Ajoyibotlar - Qiziqarli ma'lumotlar

Menimcha har qanday kishi egizliklar tug‘ilishini tabiiy holat sifatida quvonch bilan kutib oladi. Ularga yaxshi niyat bilan mashhur shaxslarning nomlarini qo‘yadilar. Egizak so‘zi «ikki» degan ma’noni anglatishiga qaramay, ikkidan ortiq tug‘ilgan zurriyodlarni ham egizak deb ataydilar. Odatda ular 2, 3, 4, 5 va undan ham ortiq bo‘lishi mumkin.


1971-yil may oyida Polshaning Gdanek shahrida Rixert oilasida besh egizak tug‘ildi. Adam, Yeva, Pyotr, Ancheshka va Roman deb nom qo‘yilgan bu egizaklar tibbiyot xodimlari nazoratida sog‘lom voyaga yetgan bo‘lsa, Litvaning Shelute shahridagi qishloq xo‘jaligi texnikumi xodimasi Albina Cheponasning to‘rt egizak — bir qiz va uch o‘g‘lining kichikligi va yengil vazni, hatto tajribali mikropediatorlarni ham tashvishga solgan bo‘lishiga qaramay, ular ham sog‘lom o‘sdilar.
Egizaklar tug‘ilishining jo‘g‘rofiy jihatlarini olib qarasak, Vladimir Mezentsev o‘zining «Mo‘jizalar qomusi» nomli ilmiy asarida quyidagi ma’lumotlarni qayd etadi: «Sobiq SSSRda har yuz tug‘ruqdan birida egizak, Afrikada ikki barobar ortiq egizak tug‘iladi. Yaponiyada esa bu hodisa kamdan-kam uchraydi. Qizig‘i shundaki, — deydi muallif, — baland bo‘yli ayollarda egizak tug‘ish tez takrorlanib turadi».
Ommaviy axborot vositalarida egizaklar haqida ko‘pgina qiziqarli ma’lumotlarga duch kelasiz. 1970-yil gazetalarda quyidagi xabar tarqatildi: «35 yoshli italiyalik (Rim shahri) ayol Loredana Petrani olti egizak (uch o‘g‘il, uch qiz) bilan ko‘zi yoridi. Bolalar kichik, ammo sog‘lom. Bu ayolning o‘n bir yillik farzandsizlikdan so‘ng ilk bor farzand ko‘rishi ekan».
1964-yilda Rossiyaning Kremotirek shahridagi Andrisovlar oilasida to‘rt egizak (bir qiz, uch o‘g‘il) dunyoga keldi. Ota-onalari yaxshi niyat bilan Valentina, Andriyan, Yuriy va Pavel deb mashhur kosmonavtlarning nomlarini qo‘ydilar. Odatda ikki-uchtadan tug‘ilgan egizaklar deyarli yaxshi va sog‘lom o‘sib yashaydi. Masalan, mashhur xokkeychilar aka-uka egizaklar Boris va Yevgeniy Materovlarni, yoxud Aleksandr, Anatoliy va Mixail Ragulimlarni kim bilmaydi, deysiz? Odessalik aka-uka egizaklar Viktor va Valeriy Razumovlarni-chi? Ular 1974-yilda klassik kurash bo‘yicha o‘tkazilgan jahon musobaqalarida oltin medalga sazovor bo‘ldilar. Yaqinda Bleking shahri (Shvetsiya)da yashovchi aka-uka egizak Martin va Rudilf o‘zlarining 100 yillik yubileylarini nishonladilar.
Endi quyidagi ajoyib-g‘aroyib ma’lumotlarga qarang. 1945-yili bir ayol 38 yoshga qadar 44 nafar farzand ko‘rgan va 13 marta ikkitadan, 6 marta uchtadan egizaklar tuqqan. A.Bashutskiyning o‘tgan XIX asrda nashr etilgan asarida bundan-da qiziqarli ma’lumot bor:

1782-yil 27-fevralda Shuysk uezdining Nikolsk Monastridan Moskvaga yuborilgan axborotnomada mahalliy dehqon Fyodor Vasilev ikki marta uylanib, ikki nikohdan 87 nafar farzand ko‘rganligi haqida yozilgan. Birinchi xotini 27 marta ko‘zi yorib, 4 marta to‘rttadan, 7 marta uchtadan va 16 marta ikkitadan ezigaklar tuqqan. Ikkinchi xotini esa, 2 marta uchtadan 6 marta ikkitadan egizak farzand ko‘rgan. O‘shanda F.Vasilevning o‘zi 75 yoshda bo‘lib, 82 nafar farzandi hayot ekanligi qayd etilgan.


1966-yilda matbuotda favqulodda ajoyib voqea e’lon qilindi. Bu Panjara qishlog‘ida (Sharqiy Pokiston)gi yoshgina ayolning yashashga qobiliyatli 9 nafar egizak farzand tuqqanligi to‘g‘risidagi xabar edi.

Xotin-qizlar bayrami nega va qanday nishonlanadi?

Ajoyibotlar - Qiziqarli ma'lumotlar

Bahor — bayramlar bilan boshlanadi. Ko‘klamning ikkinchi haftasida — 8 martni nishonlaymiz. Xo‘sh, munis onalarimiz, xotin-qizlar bayramini nishonlashimizning sababi nimada? Nega ayollar bunchalik ulug‘lanadi? Xuddi shu kuni butun dunyo ayollari bayram qiladilarmi yoki... Bu savollarga javob topish uchun tarixga nazar tashlaymiz.


Ma’lumotlarga ko‘ra, “ayol” arabcha so‘z bo‘lib, “oila” kalimasi bilan o‘zakdoshdir. Biroq 8 martga nisbatan “ayol” so‘zi emas, balki xotin-qizlar degan so‘z keng qo‘llaniladi.
Bu kun o‘tmishiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, xotin-qizlar bayrami ularning o‘z huquqlari uchun kurashish kunidan kelib chiqqaniga guvoh bo‘lishimiz mumkin. Ya’ni, 1857 yil 8 mart kunida Nyu-Yorkning poyafzal hamda tikuv fabrikasi ishchi xotin-qizlari manifestga yig‘iladilar. Ular 10 soatlik ish kuni, yorug‘ va quruq ish xonalari hamda erkaklar bilan bir xil maosh olishlarini talab qilib chiqadilar. Xuddi shu kunda Nyu-Yorkdagi yuzlab ayollar namoyishlarga chiqib, saylash huquqini ham talab qiladilar. Chunki o‘sha paytlarda juda kam maosh oluvchi ayollar kuniga 16 soat ishlaganlar. Erkaklar esa turli chiqishlari orqali 10 soatlik ish kunini qo‘lga kiritganlar. 8 martdagi xuddi shu voqeadan so‘ng ayollar tashkiloti tuziladi va birinchi marta xotin-qizlar unga a’zo bo‘ladilar. Biroq bu kun birinchi marta 1891 yil 19 martda Avstriya, Daniya, Germaniya va Shveytsariyada xotin-qizlar bayrami sifatida nishonlandi. O‘shanda milliondan ortiq erkak va ayollar manifestlarda ishtirok etadilar. Saylash va joylarni boshqarish huquqidan tashqari, ayollar erkaklar bilan bir qatorda teng huquqli bo‘lishga harakat qiladilar.
1910 yil Kopengagenda o‘tgan xalqaro konferentsiyada 8 mart sanasini xalqaro xotin-qizlar kuni sifatida nishonlash taklifi ko‘tarildi. Shundan so‘ng ko‘pgina mamlakat ayollarining jamiyatda faollashuvi boshlanadi. Ular kambag‘allikka qarshi, mehnat huquqiga, hurmatiga ega bo‘lish, tinchlik uchun kurash olib boradilar.
Rossiyada esa xalqaro xotin-qizlar kuni birinchi marta 1913 yil Peterburgda bayram qilindi. Rossiya Dumasiga ayollar muammosi bo‘yicha ariza berildi va hukumat a’zolari 1913 yil 2 martda bir yarim ming aholini yig‘ib, bu masalani hal etishga ruxsat berdi. Unda ayollarning saylash huquqi, onalikni davlat tomonidan ta’minlash va muhofaza qilish masalalari ko‘rib chiqildi. Keyingi yilda esa Yevropaning ko‘pgina mamlakatlarida ayollar urushga qarshi namoyishlar uyushtiradilar.
1917 yil fevral oyining oxirgi yakshanbasida Rossiya ayollari “Non va tinchlik” shiori ostida ko‘chaga chiqdilar. To‘rt kundan keyin esa Nikolay II ayollarga saylash huquqini berishni va’da qildi. Bu kun Yulian yilnomasida 23 fevral hamda Grigorian yilnomasi bo‘yicha 8 martda nishonlana boshlandi.
8 mart xalqaro xotin-qizlar kuni 1965 yildan boshlab dam olish kuni deb belgilandi. Shu kunda hukumat tantanali tadbirlarda ayollarga nisbatan davlat siyosatining amalga oshirayotgan ishlari to‘g‘risida hisobot berardi. Asta-sekin xalqaro xotin-qizlar kuni ayollarning o‘z huquqlarini talab qilganliklari uchun emas, balki ularni qadrlash, hurmat qilish va e’zozlash kuni sifatida nishonlana boshlandi.
Sobiq sho‘ro ittifoqi barham topgandan so‘ng 8 mart — xalqaro xotin-qizlar bayrami MDH

davlatlari: Ozarboyjon, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldaviya, Tojikiston, Turkmaniston, Ukraina, Belorussiya, O‘zbekistonda bayram qilinadi.


Agar e’tibor bergan bo‘lsangiz, MDHdan tash-qari ushbu bayram asosan G‘arb davlatlarida nishonlanadi. Xo‘sh, Sharqda-chi?
Sharqda ham bu bayram o‘zgacha tarzda nishonlanadi. Masalan, Yaponiyada xuddi shunga o‘xshash bayram mavjud. Lekin u xotin-qizlar emas, balki faqatgina qizlar (Xina Matsuri) bayramidir. Bu ayyomni qo‘g‘irchoqlar bayrami deb ham atashadi. Bayram 3 martda o‘tkazilib, barcha yapon qizlariga baxt va sog‘lik tilaydi. Yaponlar qizi bor uy ostonasidagi qizil javonga chiroyli kiyintirib qo‘yilgan qo‘g‘irchoqni qo‘yishadi. Mamlakatning ba’zi joylarida esa qog‘ozdan yasalgan qo‘g‘irchoqlarni suvga tashlaydilar. Bu bilan suvga tashlangan qog‘oz-qo‘g‘irchoq o‘zi bilan baxtsizlik va kasallikni ham olib ketsin, deyiladi.
Qizlarga atalgan qo‘g‘irchoqlar odatda vasiyat qilib qoldirilgan bo‘ladi. Chunki bu qo‘g‘irchoqlar juda qimmat bo‘lib, narxlari 1000 AQSh dollaridan kam bo‘lmaydi. Ular bir oy davomida ostonada turib, keyingi yil uchun yana yig‘ishtirib qo‘yiladi.

«Bir» nega «1»?

Ajoyibotlar - Qiziqarli ma'lumotlar

Bir, ikki, uch, to‘rt, besh, olti, yetti, sakkiz, to‘qqiz... Shu so‘zlarni eshitganda nima esingizga keladi? Men bu so‘zlarni eshitsam, ularning yozuvdagi ifodasi — raqamlarni bir-bir ko‘z oldimga keltira boshlayman: 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9... «Bir» deganda ilk belgi — raqam xayolimda charxday aylanaveradi.


«Ikki» deganda esa qaddi-qomati kobra ilonga o‘xshab, boshini egib, oldidan duch kelganni chaqishga shay turgan olifta raqamni o‘ylayman. Nega «uch» deganda 7 raqamini ko‘z oldimizga keltirmaymiz? Buning sababi nimadaligini bilasizmi?
Aslida tarix silsilasidan hozirgacha hech narsa o‘z-o‘zidan bus-butun yetib kelavermas ekan: u kuchli bir asosga ega bo‘lmog‘i, nimagadir asoslanishi kerak ekan, chog‘i. Biz har kuni, kerak bo‘lsa, har daqiqa ishlatadigan raqamlar ham yuz yillar davomida yetib keldi. E’tibor bersak, qadimdan qolgan osori atiqalar qatori mana shu raqamlar tarixi, yozilishi ham ko‘pchilikni qiziqtirib kelgan. Hatto o‘tgan asrning tinib-tinchimas, shovvoz olimu fuzalolari raqamlar ustida tadqiqotlar ham olib borgandi. Natijada raqamlar «taqdiri», tuzilishi haqida har kim turli xil talqinni ilgari surdi — kimdir «xosiyatli va xosiyatsiz» raqamlarni birma-bir sanab, qayd etdi. Kimdir bu raqamlarning o‘ziga xos boshqa xususiyatlari borasida yangilikni ko‘tarib chiqdi.
Buni qarangki, bir guruh olimlar raqamlar ustida yana bir qiziq taxminni ilgari surishgan. Manbalarda aytilishicha, bizga «rim raqami» deya uqtirilgan bu sonlar aslida ilk bor qadim Hindiston aholisi tomonidan keng iste’molga kiritilgan ekan. Hind xalqi anoyi emas-da, bu raqamlarni ishlata boshlar ekan, ularni bir-biridan adashtirib yubormaslikning turli yo‘llarini qidirishgan ko‘rinadi.
Dastlab raqamlar ustiga maxsus belgilar ham qo‘yishgani, bu unchalik qulay bo‘lmagach, qandaydir chiziqlar qo‘yib farqlagani to‘g‘risida ma’lumotlar ham yo‘q emas. Lekin baribir chalkashish holatlari kuzatilgan ekan. Nihoyat bir necha aqlliroqlari boshdan do‘ppini olib, kengashgan shekilli, kutilmaganda jo‘yali bir chorasini topishadi: ular raqamlarni burchagiga qarab farqlashni o‘ylab topadi! O‘sha raqamlar esa dastavval suratdagiday ko‘rinishga ega bo‘lgan.
Endi olimlarning fikriga qaytsak, buning qanchalik haqiqatga to‘g‘ri kelish-kelmasligini raqamlarning burchagini sanab chiqsak, ularning soni ayni o‘sha raqam qiymatini berishi va olimlarning bu taxmini haqiqatdan uzoq emasligiga amin bo‘lamiz. To‘g‘ri, hozirgi paytga kelib ayrim raqamlar, xususan, yetti bilan to‘qqiz raqamining shakl-shamoyili birozgina bo‘lsa-da, o‘zgargan. Ammo bu degani ushbu taxminlar noto‘g‘ri degan xulosani bermaydi.
Nima bo‘lganda ham biz shuni e’tirof etishimiz va tan olishimiz kerakki, haqiqatan ham tarix silsilasidan uncha-muncha narsa o‘z ko‘rinishini o‘zgartirmasdan kelmaydi. Kim biladi, balki bunday narsalarning faqat biror narsaga asoslanganlarigina bizgacha yetib kelgandir, xolos? Raqamlardan tashqari yana qanchadan-qancha narsalarda ham bunday asoslar mavjuddir, ular raqamlar singari o‘z kashfiyotchilarini kutib yotgandir?!
Suddagi hazillar

Ajoyibotlar - Qiziqarli ma'lumotlar

Massachusets shtati (AQSh) da olib borilgan sud jarayonlarida berilgan savollarni eshitsangiz, ular rostdan ham aytilganiga shubha bilan qaray boshlaysiz. Advokatlar tomonidan guvohlar, jabrlanuvchi va ayblanuvchilarga berilgan bu savollar shtat advokatlarining Massachusetts Bar Association Lawyers Journalidan olindi: 1. Doktor, agar inson tushida vafot etsa, bu haqda u ertalabgacha bilmaydi, to‘g‘rimi?
2. Sizning yigirma yoshli o‘g‘lingiz necha yoshda?
3. Siz o‘zingizmidingiz yoki yolg‘izmidingiz?
4. Urushda kim o‘lgan edi, sizmi yoki akangiz?
5. U sizni o‘ldirdimi?
6. Mashinalar to‘qnashgan paytda bir-biridan qanchalik uzoqda edi?
7. Siz ketguningizga qadar o‘sha yerda bo‘lganingiz rostmi?
8. Ayting-chi, guvoh, siz necha marta o‘zingizni o‘ldirgansiz?
9. SAVOL: U uchta bolam bor, deb aytdimi?

JAVOB: Ha.

SAVOL: Ulardan nechtasi o‘g‘il?

JAVOB: Birontasi ham o‘g‘il emas.

SAVOL: Qizlar nechta?

JAVOB: ...


10. SAVOL: Siz zinapoya yerto‘laga tushib ketgan edi demoqdasiz-a?

JAVOB: Ha.

SAVOL: Undan yuqoriga ko‘tarilish mumkinmidi?

JAVOB: ...


11. SAVOL: Janob, siz aytyapsizki, o‘sha paytda asal oyiga ketgandingiz, to‘g‘rimi?

JAVOB: Ha, aynan shunday.

SAVOL: Sizning yangi yosh xotiningiz ham birga ketdimi?

JAVOB: ...


12. SAVOL: Nikohingiz nega to‘xtatildi?

JAVOB: Xotinim vafot etganidan so‘ng.

SAVOL: Qaysi xotiningiz?

JAVOB: ...


13. Sizni binoning ichida suratga tushirishgan paytda siz o‘sha yerda edingizmi?
14. SAVOL: Siz o‘sha odamni tasvirlab bera olasizmi?

JAVOB: Ha. U kishi o‘rta bo‘yli, soqolli edi.

SAVOL: Ayolmidi yoki erkak?

JAVOB: ...


15. SAVOL: Sizdan nima so‘ralsa ham, og‘zaki javob bering, yaxshimi? Xo‘sh, qaysi maktabda o‘qigansiz?

JAVOB: Og‘zaki.


16. SAVOL: Doktor, siz jasadni yorgan paytingizda uning yurak urishini tekshirdingizmi?

JAVOB: Yo‘q.

SAVOL: Qon bosimini o‘lchadingizmi?

JAVOB: Yo‘q.

SAVOL: Nafas olishini tekshirdingizmi?

JAVOB: Yo‘q.

SAVOL: Demak, bemor jasad yorilgan paytda tirik bo‘lishi mumkin ekanda?

JAVOB: Yo‘q.

SAVOL: Nega bu qadar ishonch bilan aytayapsiz?

JAVOB: Chunki uning miyasi stol yonidagi bankaning ichida edi.

SAVOL: Shunga qaramay, bemor tirik bo‘lishi mumkinmidi?

JAVOB: Agar u advokat bo‘lsa!

Mashhurlar hayotidan 12 ta eng qiziqarli ma'lumotlar

Ajoyibotlar - Qiziqarli ma'lumotlar


Napoleon aylurofobiya — mushuklardan qo‘rqish dardiga duchor bo‘lgan.
Eynshteyn jon berayotganida uning so‘nggi so‘zlari ham o‘zi bilan birga ketgan — yonida o‘tirgan ayol nemischaga tushunmagan.
Mashhur qo‘shiqchi Nik Keyv dumcha (?!.) bilan tug‘ilgan.
Shekspir va Servantes bir kunda vafot etishgan — 1616 yilning 23 aprelida.
Ingliz yozuvchisi Virjiniya Vulf aksar kitoblarini tikka turgan holda yozgan.
Sara Bernar 13 yoshli Juletta rolini 70 yoshida o‘ynagan.
Uolt Disney bolaligida bir boyqushni qiynab o‘ldirgan. Shundan so‘ng u jonvorlarni multfilmlarda «tiriltirish»ga kirishgan.
Bir kuni Betxoven «sayoqligi uchun» qamoqqa olingan.
Oyga qadam qo‘ygan astronavtlardan biri Bazz Oldrinning onasining qizlik familiyasi Mun — inglizcha Oy ma’nosini beradi.
Yuliy Sezar sochlari to‘kila boshlaganini yashirish uchun dafna gulchambari taqib yurgan.
Jorj Vashington tomorqasida marixuana yetishtirgan.
Telefon kashfiyotchisi Aleksandr Bell onasi va xotiniga biron marta ham qo‘ng‘iroq qilmagan — ular gung bo‘lishgan.

Hayratomuz dalillar

Ajoyibotlar - Qiziqarli ma'lumotlar

- Dengiz yulduzi oshqozonini tashqariga chiqarishi mumkin.

- Eng uzoq vaqt suvsiz yura oladigan jonzot — kalamush.

- Begemotlar suv ostida dunyoga keladi.

- Orangutanglar yuzaga kelayotgan xavf haqida oldindan xabar beradi. - Yumronqoziq bir kechada 76 metr tunnel qazishi mumkin.

- Chuvalchangning tishlari 25 mingga yaqin xolos.

- Nil daryosidagi timsohlar tufayli har yili 1000 dan ortiq inson halok bo‘ladi.

- Tuyaqushning tuxumini qaynatish uchun 4 soat vaqt kerak bo‘ladi.

- Sherlar galasida o‘ljaning 90%ini urg‘ochi sherlar topib keladi.

- Yalqov (hayvon) umrining 75%ini uyquda o‘tkazadi.

- Kolibri (qush) yura olmaydi

- Avstraliyaga kelgan yevropaliklar mahalliy qabilalardan “Mana bu sakrab-sakrab yuruvchi g‘alati hayvon nima?” deb so‘rashgan, ular esa “Kenguru” deya javob berishgan. Bu so‘z “Tushunmaymiz”, degan ma’noni anglatadi.

- O‘txo‘r hayvondan yirtqich hayvonni farqlashning eng oson yo‘li: yirtqichlarda ko‘zlar o‘z qurbonini ko‘rish uchun yuzning old tomonida joylashgan bo‘ladi, o‘txo‘rlarda esa yuzining ikki chetida — o‘z dushmanlarini ko‘rish uchun.

- Ko‘rshapalak — ucha oladigan yagona sut emizuvchi jonzot

- Yerda yashagan barcha xayvonlarning 99%i qirilib ketgan.
- Asalari 1 kilogramm asal yig‘ish uchun 2 milliondan ortiq gulga qo‘nishi kerak

- Seks bilan lazzatlanish maqsadida shug‘ullanadigan ikkita jonzot bor — odam va delfin. Qolgan jonzotlar bu ishni faqat nasl qoldirish uchun qiladi.

- So‘nggi 4000 yil ichida birorta ham hayvon xonakilashtirilmadi.

- Pingvinlar 1,5 metrga sakray oladi.

- Shimpanzelar o‘zini ko‘zguda taniy oladigan yagona hayvon hisoblanadi.

- Afrikadagi ba’zi qabilalarning tilida “orangutang” so‘zi “junglidan kelgan odam” ma’nosini beradi.

- Odam va fillar — boshi bilan tura oladigan yagona sut emizuvchilardir.

- Timsohlar suv ostiga chuqurroq sho‘ng‘ish uchun og‘ir toshlarni yutib yuboradi.

- Qutb ayiqlari 40 km/soat tezlikda yugura oladi

- Dastlab Avtstraliyaning 50 tsentlik tangasi 2 dollarlik kumushdan quyilgan

- Angliya kutubxonalarida eng ko‘p o‘g‘irlanadigan kitob — “Ginnesning rekordlari kitobi”. Bu dalil rekordlar kitobiga kirgan.

- Monako milliy orkestri bu davlatning armiyasidan kattaroq.

- Saxroi Kabirda bir martagina — 1978 yilning 18 fevralida qor yoqqan

- 1983 yil davomida birorta ham odam tug‘ilmagan davlat — Vatikan

- Nil daryosi ikki marta — IX va XI asrlarda muzlagan.

- Sharqning qadimiy davlatlarida qitiqlash qonun bilan taqiqlab qo‘yilgan

- Las-Vegasning kazinolarida hech qaerga soat qo‘yilmaydi

- Eskimoslar tilida “qor” so‘zini ifodalash uchun 20 dan ortiq so‘z bor

- Italiyada “Barbi” qo‘g‘irchoqlari Kanadadagi tub kanadaliklar sonidan ko‘proq

- Fransiya qonunlariga ko‘ra, insoniy yuzga ega bo‘lmagan (masalan, o‘zga sayyoralik ko‘rinishida) qo‘g‘irchoqlarni sotish taqiqlanadi

- Kanada so‘nggi 5 yil ichida 4 marta BMT tomonidan yashash uchun eng zo‘r mamlakat deb e’lon qilindi

- Rossiyada aroq XIV asrda paydo bo‘lgan. Dastlab u dori sifatida tomchilab sotilgan.

- Mushukning bosh suyagi faqat tepa va pastga harakatlanadi. Itlarning bosh suyagi esa to‘rt tarafga harakatlana oladi.

- Statistikaga ko‘ra, uylangan erkaklar 8 yil ko‘proq umr ko‘radi, turmushga chiqqan ayollar esa 8 yil kamroq.

- Erkaklarning miyasi 30 yoshdan so‘ng quriy boshlaydi va 60 yoshlarga borganda uning 30%i qurib qoladi. Ayollar organizmida bu jarayon kuzatilmaydi.

- Urg‘ochi gepardlar kiyikning bolasini tutib kelib, bolalariga ov qilishni o‘rgatishda ko‘rgazmali qurol sifatida foydalanadi.

- Urg‘ochi fillar yangi tug‘ilgan “chaqaloq”ni 2 yil ko‘tarib yuradi, keyin esa yana 2 yil o‘z suti bilan boqadi.

- Jirafa tug‘ilgan zahoti hayotdan oladigan ilk taassuroti — 2 metr balandlikdan boshi bilan qulash.

- Afrika tuyaqushining 15 santimetrlik tuxumi 1,8 kilogramm keladi.

- Tinch okeanidagi Mariana botig‘iga Everest cho‘qqisi bemalol “sig‘adi”.

- Aleksandr Bell tomonidan 1876 yilda ixtiro qilingan birinchi telefonning qo‘ng‘irog‘i bo‘lmagan. Chaqiruv trubka orqali hushtak chalish orqali amalga oshirilgan.

- Bridj — karta bilan o‘ynaladigan yagona olimpiya sport turidir.

- Mashhur amerikalik fizioximik Lyuis Gilbert Nyuton 30 martadan ziyod Nobel mukofoti sovrindorligiga nomzod bo‘lgan, ammo biror marta ham bu mukofotni ololmagan.

- Gruziya Respublikasi tarkibidagi Abxaziya Respublikasining nomi abxazcha «apsni» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, o‘zbek tilida bu so‘z «qalb o‘lkasi» degan ma’noni bildiradi.

- Avstraliya mamlakatini hech ikkilanmasdan akatsiyalar o‘lkasi deb atash ham mumkin. Chunki bu daraxtning 500 dan ortiq turi ushbu mamlakatda o‘sadi. 20 mingdan ziyod o‘simlik turiga ega bo‘lgan Avstraliyaning «yashil qit’a» deb nomlanishini esa ko‘pchilik bilsa kerak.

- Ukraina hudud jihatidan Yevropada eng yirik davlatdir. Uning maydoni —603700 km2.

- Mongoliya davlatining hududi — 1566000km2. Qizig‘i shundaki, bu hududning 80% ini o‘tloq va yaylovlar egallagan.

- Bugungi kunda jahonda eng ko‘p ishlatiladigan so‘zlardan biri bo‘lgan avia so‘ziga «qush» degan ma’noni anglatadigan lotincha «avis» so‘zi asos bo‘lgan.

- Qadimgi Makedoniya davlatida ellinizm bo‘lganmi-yo‘qmi, degan masala dunyo tarixchilari orasida hamon davom etmoqda.

- Yerning ilk sun’iy yo‘ldoshini koinotga olib chiqqan “Sputnik” tashuvchisi aslida ballistik raketa olib yuruvchi 8K71(R-7) quroli sifatida yaratilgan edi.

- Vena qon tomirlarini emlash XVII asr o‘rtalaridan boshlangan bo‘lishiga qaramasdan, shprits Charlz Gabriel Pravaz va Aleksandr Vud tomonidan 1853 yilda, ya’ni ikki asr keyin ixtiro qilingan.

- Tender — ichida suv va yonilg‘i saqlanadigan va paravozga ulanadigan vagonning nomi. Agar suv bilan yonilg‘i parovozning o‘zida saqlansa, u “tank-parovoz” deb ataladi.

- SSSR va Finlyandiya o‘rtasida 1941-1944 yillarda bo‘lib o‘tgan urushni fin tarixchilari “Davomli urush” deb atashgan.

- Amerikalik buyuk fizik-kimyogar Lyuis Gilbert Nyuton o‘ttiz martadan ko‘proq Nobel mukofotiga tavsiya etilgan, ammo biror marta ham sovrindor bo‘lmagan.

- Dunyodagi eng uzun osma ko‘prik bo‘lmish Akasi-Kaykyo (Yaponiya) troslari bir-biriga ulansa, Yer sharini yetti marta aylantirib chiqish mumkin.

- Yaqinda arxeologlar qadimgi Troya hududidan har biri turlicha davrga xos yettita qishloqni topishdi.

- “Quvnatuvchi gaz” nomini olgan diazot oksidi (N2O) tibbiyotda anasteziyani bosishda tinchlantiruvchi vosita sifatida qo‘llaniladi. Avtomobilsozlikda esa bu modda ichki yonuv dvigatelining texnik quvvatini oshirish uchun ishlatiladi.

- Folksvagen-qo‘ng‘iz avtomodeli Ikkinchi jahon urushi tugaganidan 27 yil keyingina Ford Model T markasining rekordini sindirishga muvaffaq bo‘ldi va dunyoda eng ko‘p miqdorda sotilgan avtomobilga aylandi.

- Butun dunyo banklaridagi oltin zahiralarini (32 ming tonna) bir joyga to‘plsak, bor-yo‘g‘i 12 metrlik kub hosil bo‘ladi, xolos.

- Kamalak yerdan turib qaraganda yoy shaklida ko‘rinadi. Samolyotdan esa butun doira bo‘lib ham ko‘rinishi mumkin.

- Ginnesning rekordlar kitobi ilk bor 1955 yil sotuvga chiqarilgan.

- Pomirning eng yuqori nuqtasi bo‘lgan Kommunizm cho‘qqisi (7495 metr) 1932 yilga qadar Ismoil Somoniy deb atalgan, 1932 yildan 1962 yilgacha esa uning nomi “Stalin cho‘qqisi” bo‘lgan.

- “Oltin darvoza” ko‘prigi qurilganidan buyon o‘tgan oltmish yildan ortiqroq vaqt ichida undan o‘zini suvga tashlab mingdan ortiq inson halok bo‘ldi. Bu yiliga 17 ta, ya’ni har uch haftada bittadan suiqasd, deganidir.
‘Ginnes kitobidan: Mahbuslar va qamoqxonalar

Ajoyibotlar - Qiziqarli ma'lumotlar

ENG QATTIQ QO‘RIQLANADIGAN QAMOQXONA

Bu — AQShdagi «Supermaks» qamoqxonasidir. U Kolorado shtatining Pueblo shahri yaqinidagi o‘rmonda joylashgan. Eng zamonaviy kuzatuv moslamalari bilan to‘liq jihozlangan ushbu qamoqxonaning po‘latdan yasalgan 1400 ta eshigi bo‘lib, ularning har biri masofadan turib boshqariladi. U yerda mahbuslar sutkasiga 23 soat o‘z kameralarida yotadilar. Faqatgina 1 soat vaqt ularga tikanli sim va qo‘riqlash minoralari bilan o‘ralgan qamoqxona ichida «sayr» qilish uchun beriladi. Shunda ham ular qo‘llari kishanlangan holda, qattiq kuzatuv ostida bo‘ladilar.


QAMOQXONA — TO‘YXONA?!

2000 yil 14 iyunda Braziliyaning San-Paulu shahrida joylashgan «Karandiru» qamoqxonasida 120 nafar mahbusning nikoh to‘yi bo‘lib o‘tdi. Ular uchun turmaning 6-bloki o‘ziga xos bezatilib, cherkov vazifasini o‘tab berdi.

O‘sha kuni kuyovto‘ralar pidjak kiygan va galstuk taqqan, qamoqxonada kiyiladigan maxsus och sariq shimlarda g‘oyatda «ochilib» ketgan edilar. Lekin baribir ular ozodlikda yurib uylanganlar his qiladigan go‘zal tuyg‘uni lazzatlanib tuymagan bo‘lsalar kerak... Ozodlikka ne yetsin!
43 YILU 10 OY

Bu — Janubiy Koreyalik Kim Sun Munning Seul qamoqxonasida o‘tirib chiqqan vaqti.

1951 yilning oxirlarida qamalgan Kim Sun Mun uchun qamoqxonada juda ko‘p narsa, jumladan, gazeta o‘qish va televizor ko‘rish taqiqlangan edi. Shimoliy Koreya kommunistlari bilan aloqadorlikda ayblanib jazoga mahkum etilgan bechora Kim, nihoyat, 1995 yilning avgustida 70 yoshida ozodlikka chiqarildi.
100 MINGDAN 25 TASI JINOYATCHI!

Sloveniya — aholisiga nisbatan mahbuslari eng kam bo‘lgan mamlakatdir. Uning aholisi 2 mln. bo‘lgan holda, mahbuslari soni bor yo‘g‘i 500 ta. Bu — har 100 ming sloveniyalikdan 25 nafari qamoqda degani.

Kechirasiz, soatingiz nechchi bo‘ldi?

Ajoyibotlar - Qiziqarli ma'lumotlar

Soat insoniyat yaratgan eng noyob mo‘’jiza hisoblanadi. Bu fikrimga qo‘shilasizmi? Hayotimizni, turmush tarzimizni soatsiz bir tasavvur qilib ko‘ring-a! Deyarli barchamiz usiz yomon ahvolga tushib qolishimiz aniq. Ayniqsa, ko‘pchiligimizga qo‘l soatlari har tomonlama yordam beradi. Har bir harakatimizda, ishlarimizni rejalashda, asosiysi, o‘z vaqtimizdan to‘g‘ri foydalanishda qo‘l soatimizning xizmati muhim va ahamiyatli. Har kuni, har dam ehtiyoj sezadigan qo‘l soatlarining yaratilish tarixi bilan bir qiziqib ko‘rganmisiz?
Agar bu haqda yetarli ma’lumotga ega bo‘lmasangiz, marhamat tanishing! Qo‘l soatlari garchi cho‘ntak va osma soatlar kabi uzoq o‘tmishga ega bo‘lmasa-da, o‘ziga xos tarixga ega. Ilk qo‘l soati bilakuzuk tarzida ishlangan. Uni parijlik Niton ismli zargar Napoleon 1 ning ayoli Jozefina buyurtmasi bilan 1809 yili ishlagan. Jozefinaning keliniga nikoh sovg‘asi bo‘lgan bu bilakuzuklarning birida soat, ikkinchisida kalendar ishlangan edi. Bu ixtiroga o‘sha davrda uncha e’tibor qaratilmagan. Negaki, bilakuzukka o‘rnatilgan soat katta va taqib yurishga noqulay edi.
1850 yilda bilakuzukli soatlar Frantsiyada ommalasha boshladi. Shved soatsozlari 1880 yili ilk buyurtmani olishdi va dengiz harbiylari uchun qo‘l soatlari yasay boshladilar. 1907 yildan boshlab Yevropada dumaloq shakldagi qo‘l soatlari ishlab chiqarildi. Biroq ular muvaffaqiyat qozonmaydi, negaki, chet elliklarni soatlarning mexanizmi uncha lol qoldirolmaydi. 1910 yilda Angliyada ishlab chiqarilgan qo‘l soatlari ozgina muvaffaqiyatga erishdi. Qo‘l soatlarining turli xil shakllari 1913 yilga kelib ishlangan.
1-jahon urushi qo‘l soatlari ommalashuviga katta turtki berdi. Urush davomida barcha harbiylar unga ehtiyoj sezib, buyurtma beradilar. Soatsozlar qo‘l soatlarini yanada rivojlantirish, qulaylashtirish va ixchamlashtirish yo‘llarini o‘ylab topishmagan. Sababi, ular qo‘l soatlarining kelajagi yo‘q, odamlar baribir cho‘ntak soatlariga ehtiyoj sezadilar, degan xulosaga kelishgan. Lekin bu fikr o‘z tasdig‘ini topmagan. Odamlar orasida sekin-asta qo‘l soatlari taqish urfga aylangan. Bugunga kelib ularning ko‘plab turlari mavjud bo‘lib, insonlar o‘z kiyinish uslubi, bajaradigan ishiga qarab, o‘ziga mos qo‘l soatlaridan foydalanadilar.

7 mo'jiza: Artemida ibodatxonasi

Ajoyibotlar - Qiziqarli ma'lumotlar

Muhabbatga qo‘yilgan yodgorliklar barcha davrlarda sadoqat, sevgi va ulug‘vorlik ramzi bo‘lganligi bilan insoniyatni hayratga solib keladi. Odamzod paydo bo‘libdiki sevishga, sevilishga ishtiyoqi baland. Bundan ikki yarim ming yil ilgari yashagan Kariy satrapligi hokimi Mavsol ham shundaylardan edi.


U singil-xotini (ba’zan, tug‘ishganlar o‘rtasidagi nikoh qadimgi Misr va Yunonistonda ham kuzatilgan) Artemissiyaga bo‘lgan ishqini ming yillar davomida go‘zalligi bilan avlodlarni lol qoldiruvchi maqbara timsolida abadiylashtirmoqchi bo‘ladi. Tarix otasi Gerodot yozadi: ”Kariy poytaxti Galikarnasda shunday maqbara borki, uning go‘zalligi va haybati qarshisida Ellada me’morlari tang qoladilar”.
Kariy mamlakati ma’lum vaqt Fors imperiyasi tarkibidagi satrapliklardan biri bo‘lgan. Hozirgi Turkiyaning sayyohlarni o‘ziga jalb qiladigan so‘lim Bodrum shahri bu podsholikning Galikarnas nomli poytaxti edi. Miloddan avvalgi 377-yili shohlik tizgini Mavsolga otasidan meros qoldi. Ko‘pgina tarixchilarning guvohlik berishlaricha, shoh Mavsol o‘ta qattiqqo‘l va berahm hokim bo‘lgan. Uning davrida oddiy fuqaroga nisbatan shafqatsizlik avj olgan. Davlatni ko‘chmanchi bosqinchilardan mudofaa qilish maqsadida Mavsol Kariy tarixidagi eng kuchli armiyani tuzishga erishgan. Bu mamlakatning Fors imperiyasidan amalda mustaqil bo‘lishiga imkon berdi. Armiyani ta’minlash uchun albatta davlat xazinasi doim to‘la bo‘lishi lozim. Shuni nazarda tutib, hokim turli o‘lponlar joriy qilib, Kariy xalqini ularni oyma-oy to‘lab turishga majbur qilgan. Gerodotning yozishicha, Mavsol davrida xalq soch solig‘igacha to‘lagan ekan. Poytaxt Osiyo va Yevropani bog‘lab turuvchi savdo yo‘lida joylashgan edi. Bu esa galikarnasliklarni shohning turli soliqlari tufayli vujudga kelishi muqarrar bo‘lgan qashshoqlikdan saqlab qolgan. Qisqa vaqt ichida shahanshoh g‘aznasi misli ko‘rilmagan darajadagi boylikka to‘ldi. Shunda shoh o‘zi va xotini Artemissiyaning muhabbatlarini ifoda etuvchi maqbara qurdirishga ahd qiladi.
Agar davr nuqtai nazaridan e’tibor beradigan bo‘lsak, Mavsol qurdirgan maqbaraning Gerodotning “Tarix” kitobidagi yetti mo‘’jizalar orasidan joy olgan Artemida ibodatxonasidan keyin qurilganini ko‘rish mumkin. Ahamiyatlisi shundaki, har ikkala bino ham Kichik Osiyoda va ikkalovi ham sevgini ulug‘lab bunyod etilgan.

Go‘zallik va muhabbat ma’budasi Artemidaga atab qurilgan ibodatxona me’morlari shoh Mavsol tomonidan yollanib, Galikarnas maqbarasi qurilishi va bezagida ham ishtirok etishadi. Elladalik tarixchi Gerodot o‘z mamlakatining go‘zal binolarini boshqa xalqlarnikidan ustun qo‘yishi tabiiy. Biroq o‘zida to‘la sharqona me’morchilik uslublarini jamlagan Galikarnas maqbarasi go‘zalligi oldida u ham tan beradi. Maqbara o‘sha davrda urf bo‘lgan forsiy qurilish uslubidagi poydevor ustida qad ko‘targan. Ma’lumotlarga qaraganda, maqbara qurilishi Mavsol tug‘ilmasidan ancha oldin boshlangan. Biroq rimlik va yunon tarixchilari Galikarnas maqbarasini qurishda shaxsan shohning o‘zi bosh-qosh bo‘lganligini ta’kidlashadi. Qariyb oltmish metr balandlikdagi maqbara uch qavatdan iborat edi. Kvadrat shaklidagi binoning birinchi qavatida shaxsan Mavsol va Artemida uchun atalgan sag‘ana joylashgan. Sag‘ana joylashgan maqbara qavatining umumiy maydoni esa 5000 kvadrat metrni balandligi esa 20 metrni tashkil qilgan. Maqbaraning bu qismi to‘laligicha oq marmardan qadimgi forsiy uslubda bezaklangan bo‘lib, faqat shiftdagina yunonistonlik mashhur me’mor Skopasning ijod mahsuli aks etgan. Hozirgacha turli rivoyatlarga sabab bo‘lib kelayotgan qavat shiftidagi tasvirlarda ellinlarning jangchi ayol — amazonkalar bilan jangi haqidagi afsona “Amazonamaxiya” o‘yib tushirilgan. Rimlik tarixchi Pliniy bergan ma’lumotlarga ko‘ra, maqbara qurilishida Skopasdan tashqari Leoxar, Briaksid va Timofey kabi Peloponnesning mashhur me’morlari ham ishtirok etishadi. Xuddi shu tarixiy shaxslar Aleksandr Makedonskiy davrida ham saltanatning bunyodkorlik ishlarida faol qatnashganlar.


Bahaybat ustunlar bilan o‘ralgan ikkinchi qavatda esa, qurbonlik maydoni bo‘lgan. Bu yerda mahalliy aholi va aslzodalar ma’bud va ma’budalariga atab qurbonliklar qilishgan. Maqbaraning uchinchi qavatida marmar ehrom joylashgan bo‘lib, uning oftob nurida jilolanishi bir necha chaqirim naridan ham ko‘ringan. Aslida bu ehrom shoh Mavsol va xotini Artemissiyaning to‘rt otli aravadagi haykallarini ko‘tarib turishga xizmat qilgan. Haykallarda g‘alaba tantanasi aks ettirilgan bo‘lsa kerak, chunki ko‘pchilik tarixchilar arava suvoriylarining (shoh va xotini) jangdan qaytayotgandagi mag‘rur turganini tasvirlaganlar.
Maqbara haybatli sher haykallari bilan o‘ralgan. Bino Galikarnasning eng so‘lim joyida bog‘-rog‘lar orasida joylashgan. Hayratlanarlisi, Mavsol sag‘anasi yoki Galikarnas maqbarasi o‘n sakkiz asr mobaynida qad ko‘tarib turgan. O‘n oltinchi asr boshlaridagi zilzila tufayli Bodrumdagi bu g‘aroyib me’moriy obida ulkan talofat ko‘radi. Aslida oddiy zilzilalar shunday qudratli binoni avlodlar yodidan ko‘tarilish darajasida kunpayakun qilmaydi. Ma’lumotlarga qaraganda, 1522 yilda usmonli sulton Sulaymon Rodosga yurish qilishga hozirlik ko‘radi. Xavfni sezgan orol magistri(hokimi) o‘z ritsarlarini to Yevropadan yordam kelguncha, qit’aga — Mezina(Galikarnasning XVI asrdagi nomi)ga sulton qo‘shinlarini o‘tkazmay turish uchun yuboradi. Bu yerda jangchilar mudofaa istehkomi qurish uchun xarsang toshlar yig‘adilar. O‘sha paytdagi jangchilar qo‘mondonining qaydlaridan harbiy istehkom uchun aynan Galikarnas maqbarasining zilziladan qolgan toshlaridan foydalanganliklarini ko‘rish mumkin. Qo‘mondon bu qoldiqlarning qanday binoga tegishli bo‘lganini tasavvur ham qila olmagan. Biroq u bu sirli joydagi go‘zallikni bir olam zavq bilan hikoya qiladi.
Muhabbatga atab qurilgan maqbara qoldiqlari hozir mahalliy dehqonlarning uy devorlari bo‘lib xizmat qilmoqda. O‘n sakkizinchi asrda ba’zi ingliz tarixchi olimlari Mavsol sag‘anasidan topilgan ayrim haykal bo‘laklarini Londonga Britaniya muzeyiga olib ketganlar. Topish imkoni bo‘lgan qolgan qoldiqlar esa Istambuldagi tarix muzeyida saqlanayotir...
Shoh Mavsol nega bu maqbarani aynan xotini uchun qurdirdi? Vaholanki, o‘sha paytda sag‘ana atalishi mumkin bo‘lgan xilqatlar ko‘p edi-ku (ma’bud va ma’budalar, xudolar, harbiy salohiyatini ko‘z-ko‘z qilish yoki o‘zi uchun)?! Rimlik tarixchi Avl Gelliyning yozishicha, turli soliqlari va shafqatsizligi tufayli xalqining nafratiga duchor bo‘lgan shohni faqat xotini Artemissiyagina sadoqat bilan sevgan. Uning qayd qilishicha, 24 yillik hokimlikdan so‘ng Mavsol boqiy dunyoga rixlat qilgach, Artemissiya Kariyni yana ikki yil muvaffaqiyat bilan boshqarib turgan. Zamondoshlari uni mohir sarkarda va siyosatchi sifatida eslashadi. Maqbaraning bitmay qolgan tepa qismi ham shoh Mavsol o‘limidan so‘ng xotini tomonidan bitkaziladi.
Xuddi shu sag‘ana tufayli rimliklar va ulardan so‘ng butun nasoro olami maqbarani “mavzoley” deya atay boshlashdi.

Dunyo bo‘ylab sayohatga otlangan kitoblar

Ajoyibotlar - Qiziqarli ma'lumotlar

...Men o‘z kitobimni savdo markazida qoldirdim. O‘n daqiqa o‘tar-o‘tmay men qo‘ygan kitobga o‘z ota-onasi bilan peshtaxta yoniga yaqinlashgan bolakayning ko‘zi tushdi. Bola qiziqish bilan kitobning ichki muqovasidagi e’lonni o‘qidi va uni ota-onasiga ko‘rsatdi. Daqiqalik muhokamadan so‘ng ular yelka qisgancha kitobni olib ketishdi...


Shunday qilib Abdulla Qodiriyning “O‘tgan kunlar” asari yana bir o‘zi, yolg‘izgina o‘rindiqda turibdi...

Xo‘sh, bu gaplar nimani anglatadi, bu bilan nima demoqchisiz, deb o‘ylanayotgan bo‘lishingiz tabiiy. Bugun sizga dunyo bo‘ylab sayohat qiluvchi kitoblar haqida hikoya qilmoqchimiz. Bukkrossing (inglizcha «book crossing» — «kitob sayohati») deb ataluvchi bu g‘oyaga 2001 yili internet-texnologiyalar mutaxassisi Ron Xornbeker asos soldi. Bir kuni u o‘z xonasini tartibga keltirayotib, kitoblari juda ham ko‘payib ketganini sezadi va birtalay kitoblarning ichki muqovasiga har xil tilaklar yozib ularni uyi yaqinidagi qahvaxonalarga olib borib tashlaydi. Eng qizig‘i, Ron kitobni topgan odamdan o‘z saytiga uni olganligi haqida ma’lumot yuborishini so‘raydi. Roppa-rosa yarim yil o‘tgach, Ronning saytiga uch yuzdan ziyod odam uning g‘oyasini qo‘llab-quvvatlashi haqida ma’lumot yo‘lladi. Shu tariqa ikki yil o‘tib, bukkrossing butunboshli Amerika va Yevropaga tarqaldi (Loyihaning ommaviylashuvi sayt reklamasidan yaxshigina daromad ko‘rayotgan bukkrossing asoschisiga ish joyidan bo‘shab, uyda farzandlari tarbiyasi bilan shug‘ullanish imkonini berdi. O‘z omadidan quvongan Ron unda kitobga nisbatan muhabbat uyg‘otgan ota-onasi va o‘qituvchilaridan minnatdor).


Ayni damda uning sayti “Dunyo kutubxonasi” degan nom bilan mashhur bo‘ldi. Bu g‘oya o‘quvchi ruxsatnomasi, a’zolik badali va jarima kabi mashmashalar yo‘qligi bilan ham ko‘pchilikka ma’qul bo‘ldi. Bugun dunyo bo‘yicha 400 ming atrofida bukkrosserlar mavjud bo‘lib (130 mamlakatdan), ular tomonidan sayohatga chiqarilgan kitoblar soni bir millionga yaqinlashib qoldi.
Shunday qilib, bukkrossingchilik qoidalari juda oddiy, uni siz ham amalda sinab ko‘rishingiz mumkin. Siz o‘zingiz va kitobingiz haqidagi ma’lumotlarni www.bookrossing.ru sayti ro‘yxatiga kiritasiz. So‘ng kitob muqovasiga o‘z ko‘rsatmalaringizni yozib, uni biror yerda qoldirasiz. Topgan odam siz ko‘rsatgan yo‘l-yo‘riqqa asoslanib, saytga kiradi va kitobni olgani haqida ma’lumot beradi. Agar hammasi yaxshi bo‘lsa, demoqchimizki, kitobingiz axlat qutisiga itqitilmasa, u butun dunyoni kezib chiqishi tayin. Bukkrossingning boshqa tomonlari ham bor, ya’ni kitobni “ov” qilish mumkin. Buning uchun saytda payt poylashingiz, kitob qo‘yib yuborilgan zahoti aytilgan joyga borib, uni qo‘lga kiritishingiz mumkin. Asosiysi, birinchi bo‘lib ko‘rsatilgan joyda hozir bo‘lsangiz bas. Shunisi borki, kitob qorovul yoki farroshlarning axlat qutisiga tushib qolmasidan uni qo‘lga kiritishingiz kerak. Masalan, o‘tgan yili dunyo bo‘yicha sayohatga chiqarilgan 1000 ta kitobdan atigi 123 tasi qo‘lma-qo‘l bo‘lgan. Bu yil may oyida esa 111 ta kitobdan 9 tasigina axlat qutisidan omon qolgan. Shu bois ham bir qancha shaharlarda maxsus krosserlik joylari tayin etilgan bo‘lib, kitob do‘konlari, qahvaxona, klublarda atayin kitob qoldirish uchun javonlar yasab qo‘yildi.
Krosserlikning endilikda yangicha ko‘rinishlari ham «amaliyotga joriy» etilish arafasida. Tinib-tinchimagan odamlar endi kitoblardan tashqari surat, kartinalar to‘plami, filmlar va hatto pardoz buyumlarini ham “dunyo ko‘rishi”ni istashyapti.
Dunyo — bu kutubxona
*Italiyada bukkrossingchilik hatto davlat rahbariyati nazariga tushgan. Frantsiya mahalliy hokimiyat organlari esa shahar bozorlari va tumanlarda sayohat qilayotgan 4000 ta kitobning egalaridir.
*Frantsiyada bu harakatni nashriyotlar ham qo‘llab-quvvatlamoqda. Ularning yordami bilan 2003 yil martida Parij bo‘ylab 2000 ta kitob sayohat qildi. 2005 yilda esa “11 sentyabr. O‘zingizning shoirona, yaxshi ma’nodagi teraktingizni amalga oshiring” shiori ostidagi tadbir uyushtirildi.

Unga ko‘ra uydan kitob bilan chiqib (o‘z dastxatingizni qo‘ygan holda, albatta) kitobni biror joyda (xuddi terroristlar bomba qo‘yib ketganidek) qoldirib ketish kerak edi.


*AQShda bukkrosserlar soni 100 mingdan ortib ketdi. Amerikaliklar hatto krossingning mashhur namoyondalari ramzi tushirilgan suvenirlarni sotuvga chiqarib, mo‘may daromad ham qilishmoqda.
*Buyuk Britaniyada “kitob ovi” davlat himoyasida bo‘lib, “bukkrossing” atamasi 2004 yilda Oksford lug‘atiga ham kiritildi.
*Yevropalik krosserlarga yordam tariqasida Bi-bi-sida radiodastur yaratildi. Bir qancha supermarket va do‘konlarda esa sayohatchi-kitoblar uchun maxsus javonlar yasaldi.
*Moskva, Rostov, Ufa va SanktPeterburgda kitoblar uchun xavfsiz joylar do‘kon va qahvaxonalarda tashkillashtirildi.
Bukkrossingchilik paydo bo‘lgach, o‘tgan besh yil vaqt mobaynida uning yangicha ko‘rinishlari ham yuzaga keldi:

*Bukrey (bookrey) pochta orqali sayohat. Kitob aniq manzil va muayyan bir shaxsga pochta orqali yuboriladi. Shu tariqa u qo‘lma-qo‘l bo‘ladi.


*Bukring (bookring) kitob pochta orqali aniq shaxsga yuboriladi, o‘qib bo‘lingach esa u yana egasiga qaytariladi.
*Kitoblar hech kim bilmaydigan joyga xuddi xazina ko‘mgandek berkitib qo‘yiladi.
Bukkrossing: qo‘llash tartibi

Kitoblaringiz uyingizga sig‘may ketganida ularni shunchaki tashlab yuborishdan ko‘ra, dunyo bo‘ylab sayohatga chiqarganingiz, albatta, yaxshi, shundaymi? Axir sizga kerak bo‘lmagan kitob ayni damda kimgadir juda asqotishi mumkin-ku! Bunday savobli ishni amalga oshirish uchun quyidagi bosqichlar muhim hisoblanadi:


Tanlash bosqichi

Hech qachon o‘zingiz uchun zerikarli bo‘lgan ertak yoki romanni sayohatga chiqarmang. Savob qilsang oxirigacha qilgin, deganlaridek, eng sevimli kitoblaringizdan birini odamlarga hadya qiling, shundagina dunyo bo‘ylab safarga otlangan kitobingizning odamlarga nafi tegishi mumkin.


Tayyorgarlik jarayoni

Kitobni saytda ro‘yxatdan o‘tkazish, uni qaerga qo‘yganingizni yozish va kitobning bo‘lajak o‘quvchisiga tilak bitish uchun jami 10 daqiqa vaqtingiz sarf bo‘ladi. Qarabsizki, siz savobtalab krossersiz!


Qaerda qoldirish mumkin?

Bizning sharoitda kitobni xiyobondagi o‘rindiq yoki umuman ko‘chada qoldirish noto‘g‘ri. Qor, yomg‘ir va yana boshqa sabablar degandaridek... Albatta bukkrossing uchun maxsus joy bizda hali yo‘q — bu ham muammo. Lekin qahvaxona, savdo markazlari, odamlar bir-birini soatlab kutib o‘tiradigan qabulxona va vokzal atalmish joylar borki, bu yerlarda qoldirilgan kitobning insonlarga yetib borish ehtimoli ko‘proq.


Qanday qilib?

Chuchvarani xom sanabmiz, axir xavfsizlik nuqtai nazaridan vokzalda buyum qoldirish mumkin emas-ku! Yana bukkrosser bo‘laman deb, boshingiz baloga qolib o‘tirmasin!


Eng oddiy yo‘li dugonangiz bilan qahvaxonadagi tushlik bahona u yerda kitobni qoldiring. yo bo‘lmasa savdo markazidagilar ham “O‘tgan kunlar”ni tashlab ketsangiz, sizni qamoqqa tiqib qo‘yishmas...
Umuman olganda, bukkrossingchilik o‘zining oddiy va kamtaronaligi, yosh va daraja tanlamasligi bilan ham qulay degan to‘xtamga keldik. Bu soha (agar uni soha deb atash mumkin bo‘lsa)ning taraqqiy etishi odamlarda kitobga nisbatan mehr uyg‘otishning yaxshigina usuli, desak, adashmagan bo‘lamiz. Faqat “kitob o‘g‘irlash savob” degan naqlga amal qilib, uni “sayohat”dan to‘xtatib qolmasak bo‘lgani. Axir kitob o‘g‘irlashdan ko‘ra uni vijdonan odamlarning bilim olishi uchun biror yerda qoldirgan ma’qul-ku, shunday emasmi?


Download 354 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish