Kerakli jixozlar: Sochiq, dezinfeksiyalovchi eritma, (spirt, kamfora spirti), stakan, qaychi, tog’ora, iliq suv solingan idish, rezina chambar fantom ko’g’irchoq.
Ishni bajarish tartibi.
1. Dezinfeksiyalovchi eritmalardan biri yoki iliq suv olinadi. Eritma solingan shishachani iliq dezinfeksiyalovchi eritma yoki suvga xo’llanadi, oz-moz siqiladi va bemor bo’ynini, qo’loq orasini, ko’krak qafasini oldingi yuzasini, qo’ltiq ostlari artib chiqiladi. Ayollarda sut bezlarining tagidagi burmalarni artishga aloxida e’tibor beriladi. So’ngra teri sochiq bilan quriguncha artiladi. Bemorni oyoqlarini to’shagi ustida tog’orachani qo’yib, yuvib olinadi, tirnoqlari kalta qilib qirqiladi.
2. Yotoq yaralarning oldini olish profilaktikasi uchun quyidagi tadbirlar o’tkaziladi: a) bemorlarning o’rindagi xolati o’zgartiriladi (yonbosh qilib yotqizish); b) choyshablarda ushoqlar bo’lmasligi uchun qoqib tashlanadi; v) choyshablar va ich kiyimlarda burmalar bo’lsa va yamoqlar bor bo’lsa ular almashtiriladi; g) bemorning dumg’azasi tagiga ichiga havo puflangan, jild kiydirilgan rezina chambar quyib quyiladi; d) terini kamfora spirti bilan xo’llangan sochiq bilan ishqalab quruq qilib artiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |