12. Oksidlovchi moddalar guruhiga kiruvchi antiseptik: Kaliy permanganat
Karbol kislota
Xloramin B
Sulema
Furagin
13. Bemorda piodermiya bo‘lganda operatsiyaga qarshi ko‘rsatma bo‘lmaydi Me’da teshilgan yarasini tikish
Payni plastika qilish
Lipomani kesish
Me’da stenozida rezeksiya bajarish
Asoratlanmagan chov churrasini kesish
14. Bemorning xirurgiya bo‘limiga tushganidan to operatsiya bajariladigan vaqtgacha bo‘lgan davr nima? Kasallik boshlanganidan to operatsiya bajariladigan vaqtgacha bo‘lgan davr
Bemorning xirurgiya bo‘limiga tushganidan to operatsiyaga tayyorgarlik o‘tkazishgacha bo‘lgan davr
Diagnoz qo‘yilganidan to operatsiya bajariladigan vaqtgacha bo‘lgan davr
Operatsiyadan oldingi davrning bir etapi bo‘lib hisoblanadi
Diagnoz qo‘yilganidan to operatsiyaga ko‘rsatma aniqlanib bajariladigan operatsiyagacha bo‘lgan davr