Qusayotgan bemorga yordam ko`rsatish - Shifokor kelgunga qadar epigastral sohaga muz qo`yish mumkin,
- Pulsni sanash va Arterial bosimni o`lchash kerak.
- Qusish massalarini yig`ish uning miqdori va tarkibini laboratorik tekshiruvda aniqlash uchun amalga oshiriladi.
- Yig`ish uchun og`zi keng 2 l hajmdagi va qopqog`i bo`lgan shisha idish qulay hisoblanadi. Agar qusish qaytalanadigan bo`lsa, qusish massalarini alohida idishlarga yig`ish kerak.
- Qusish massalarini shifokor kelgunga qadar saqlash kerak. Qusish massalarini zararlantirish uchun qopqoq bilan yopilgan idishga quruq oxakli xlor sepiladi va aralashtiriadi. 1 soatdan so`ng u kanalizatsiyaga oqiziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |