Ta’tilni uzaytirish yoki uni boshqa muddatga ko‘chirish
Xodimlar quyidagi hollarda ta’tilni uzaytirish yoki boshqa muddatga ko‘chirish
huquqiga egadirlar:
vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davrida;
homiladorlik va tug‘ish ta’tili muddati boshlanganda;
yillik ta’til o‘quv ta’tiliga to‘g‘ri kelib qolganda;
davlat yoki jamoat vazifalarini bajarayotganda, basharti qonunlar va boshqa normativ
hujjatlarda bunday vazifalarni bajarish uchun xodimni ishdan
ozod etish nazarda tutilgan
bo‘lsa
.
Agar ta’tildan foydalanishga to‘sqinlik qiluvchi sabablar ta’til
boshlangunga qadar
kelib chiqqan bo‘lsa, xodim bilan ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga binoan ta’tildan
foydalanishning yangi muddati belgilanadi. Bunday sabablar ta’til
davrida kelib chiqqan
hollarda ta’til tegishli kunlar soniga uzaytiriladi yoki xodim bilan ish beruvchining kelishuviga
binoan ta’tilning foydalanilmay qolgan qismi boshqa muddatga ko‘chiriladi.
Xodim ta’tildan foydalanishga to‘sqinlik qiluvchi sabablar to‘g‘risida ish beruvchini
xabardor qilishi shart.
Agar xodim belgilangan muddatda ta’tilning boshlanish vaqti to‘g‘risida o‘z vaqtida
xabardor qilinmagan yoki unga ta’til boshlangunga qadar ta’til vaqti uchun haq to‘lanmagan
bo‘lsa, ta’til xodimning arizasiga muvofiq boshqa vaqtga ko‘chiriladi.
Xulosa
Mehnat kodeksining 144-moddasiga ko'ra Yillik ta’tillarni berish navbati kalendar yil
boshlangunga qadar ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning
boshqa vakillik organi bilan kelishib tasdiqlanadigan jadvalga muvofiq belgilanadi.Mehnat
ta'tili olish uchun ishchi kamida 6 oy ishlashi kerak.
Yillik mehnat ta’tili vaqtida saqlanib qolinadigan o‘rtacha ish haqi miqdorini aniqlash
tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida qarorning 4-bandida
O‘rtacha ish haqi hisob-kitob kunida belgilangan tarif stavkasidan (lavozim
maoshidan) kelib chiqib:
tashkilotda tegishli ravishda 6 oydan 11 oygacha ishlagan xodimlar uchun — mehnat
ta’tili haqi hisob-kitob qilinayotgan oydan oldingi 6 va undan ortiq oylar uchun olingan tarif
stavkasidan (lavozim maoshidan) ortiq bo‘lgan barcha to‘lovlarning
oltidan bir qismiga
(tegishli ravishda yettidan bir qismiga, sakkizdan bir qismiga, to‘qqizdan bir qismiga, o‘ndan
bir qismiga, o‘n birdan bir qismiga) oshirilgan holda hisoblab chiqiladi.
Mehnat kodeksining 134-moddasiga
muvofiq
Xodimlarga o‘n besh ish kunidan kam bo‘lmagan muddat bilan yillik asosiy ta’til
beriladi.
Xulosa qiladigan bo'lsak siz yillik mehnat ta'tili olish uchun kamida 6 oy davomida
o'sha ish joyingizda ishlagan bo'lishingiz kerak va bu mehnat ta'tili 15
ish kunidan kam
bo'lmasligi kerak
Maosh masalasida esa siz aytaylik 7 oy davomida ishladingiz va dastlabki 4 oy 1 mln
qolgan 3 oyda 1.5 mln so'm
maosh oldingiz, shuningdek bu muddatda 1.4
mln ustama va
mukofat pulini olgansiz.Bu vaziyatda siz barcha summani hisoblab 7 bo'lasiz va siz mehnat
ta'tili davrida oladigan maosh miqdori chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: