Bekmuratova parizaning



Download 1,07 Mb.
bet2/2
Sana31.12.2021
Hajmi1,07 Mb.
#214487
1   2
Bog'liq
2 5247216521104591593

Tarbiyaviy maqsadi: O’quvchilarni ona Vatanga muhabbat sadoqat, milliy g’urur va iftixor tuyg’ularini qadrlash ruhida tarbiyalash, halollikka, rostgo’ylikka, mehnatsevalikka, o’zgalar mehnatini qadrlashga o’rgatish, Vatanga munosib farzand bo’lib kamol topishlariga hissa qo’shish;

Rivojlantiruvchi maqsadi: O’quvchilarni mustaqil fikrlay olish va ifodali o’qish qobiliyatini rivojlantirish.

Dars uslubi: kichik guruhlarda ishlash, bahs-munozara,

suhbat


Dars shakli: noan’anaviy

Dars turi: Yangi bilim beruvchi

Dars jihozi: Qish fasliga oid bukletlar, tarqatmali testlar, Darslik, mehnat haqidagi hikmatlardan namunalar va b

Fanlararo aloqa: tabiatshunoslik, ona tili, tasviriy san’at



Darsning borishi

Vaqti



Tashkiliy qism

5 daqiqa



O’tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa



O’tilgan mavzuni yakunlash

3 daqiqa



Yangi darsning bayoni

15 daqiqa



O’tilgan mavzuni mustahkamlash

3 daqiqa



Guruhlar ishini yakunlash va baholash

5 daqiqa



Uyga vazifa berish

2 daqiqa




Jami:

45 daqiqa



DARSNING BORISHI

I Tashkiliy qism: a) salomlashish;

b) davomatni aniqlash;

e) she’riy daqiqalar.

O`quvchilаr:

Gаr sinfgа kirsа ustоzlаrimiz,

Tik turib qаrshi оlish burchimiz.

O’qituvchi:

Mеning аziz o`quvchilаrim,

Gulg`unchа-yu lоlаlаrim

Аssаlоmu аlаykum.



O`quvchi:

Minnаtdоrmiz biz Sizdаn

Tа`zim hаr o`g`il-qizdаn

O’qituvchi::

Nаvbаtchimiz kim ekаn?



Nаvbаtchi:

Sinfdа mеn nаvbаtchi,

Ustоzimgа yordаmchi.

Pоk tutаmаn хоnаni,

Hаmdа yozuv tахtаni.

Ustоzimiz shоd bo`ling,

Bugun hаmmа shu yеrdа

Dаrsingizni miriqib

Eshitish umididа.

Ustоz:

Hаmmа sоg`mi, оmоnmi?

Sizlаr dаrsgа tаyyormi?

O`quvchi:

Rаhmаt, ustоz, оmоnmiz,

Bizlаr dаrsgа tаyyormiz.

Ustоz:

Dаrsimiz o’qish . Хo`sh, o’qish bizgа nimаni o`rgаtаdi?



O`quvchilаr:

  • Оdоb-ахlоqni o`rgаtаdi.

  • Hаyotni o`rgаtаdi.

  • Bоbоlаrimiz mеrоsini.

  • Kitоblаrni sеvishni.

O’qituvchi:

Judа yaхshi. Dеmаk, o’qish bizdа yaхshi хislаtlаrni tаrbiyalаr эkаn. Dаrsimizning shiоri...

O’quvchilar birgalikda: Vaqtingni bekorga o’tkazmagin hech,

Ilm olish uchun o’qi erta - kech

Sinf o’quvchilarini uch guruhga bo’laman. Guruhlar o’zlariga nom tanlab oladilar.

Dars musobaqa tarzida olib boriladi. O’quvchilar “Lola” , “Boychechak”, “Bahor” nomli guruhlarga bo’linadilar.

O’qituvchi: Aziz o’quvchilar, mana diyorimiz O’zbekistonning ajdodlarimizning asriy orzusi bo’lgan istiqlolga erishganiga ham 29 yil bo’lmoqda. Garchi bu davr tarix oldida juda qisqa bo’lsada, mana shu qisqa davr ichida olamshumul o’zgarishlar, islohotlar sodir bo’ldi.

1-o’quvchi: Boshing egib ta’zim ayla shukrona ayt

Seni guldek erkalagan chaman uchun

Osmonlarda yurgan bo’lsang tuproqqa qayt,

Aytgil, do’stim, nima qildik Vatan uchun?!

2-o’quvchi:Ko’zi qora, yuragi oq shu el uchun,

Tuproq uchun, shu yurt uchun, chaman uchun.

Ulug’ inson boshlab bergan shu yo’l uchun,

Aytgil, do’stim, nima qildik Vatan uchun?!

3-o’quvchi:Eldan ketib el bo’lganni kim biladi?

Don axtargan go’shtxo’rlarga yem bo’ladi.

Dil qonasa ona tuproq em bo’ladi,

Aytgil, do’stim, nima qildik Vatan uchun?!

4-o’quvchi:Buncha bino qo’yma zarrin choponlarga,

Saratonda yaproq bo’lgin dehqonlarga

Suyagani tayoq bo’lgin cho’ponlarga.

Aytgil, do’stim, nima qildik Vatan uchun?!

5-o’quvchi:Qachongacha qorning o’ylab o’tadirsan,

Qachongacha ko’kdan chalpak kutadirsan,

Axir Vatan bitta sen ham bittadirsan,

Aytgil, do’stim, nima qildik Vatan uchun?!

6-o’quvchi:Hech kimdan kam emassan kam bo’lmagaysan,

Yerda qolsang oftob bo’lib kulmagaysan.

Qachon belni mahkam tortib bog’lagaysan,

Aytgil, do’stim, nima qildik Vatan uchun?!

Hamma:Shu soylarda suvlar urgin yuzingga sen,

Bir bor nazar solgin bosgan izingga sen.

Shu savolni berib ko’rgin o’zingga sen,

Aytgil, do’stim, nima qildik Vatan uchun?!

O’qituvchi: Yurt chorlasa birlashing,

Aylaning bir tan-jonga.

Xudoga sig'ingandek,

Sig'ining shu Vatanga.

Ushbu hikmat damo- dam,

Jaranglasin sadodek,

Bu dunyoda Vatan ham

Bitta bo'lar xudodek.

Har bir guruhlar bilan “Yaxshi tilak” mashqini o’tkazamiz . Bunda guruh a’zolari keyingi guruhga o’z ezgu tilaklarini tilaydilar.

Masalan:

1-guruh: Biz guruhimiz a’zolari bilan keyingi guruhlarga yaxshi kayfiyat, omad va baxt tilaymiz.

2-guruh: Biz guruhimiz bilan sizlarga baxt va porloq hayot tilaymiz

1- guruh: Biz ham barchangizga chin yurakdan dars davomida xush kayfiyat hamroh bo’lsin deymiz

2- guruh: Men guruhim nomidan boshqa guruh a’zolariga, sinfdoshlarimga omad tilayman.

Eng yaxshi tilak bildirgan o’quvchilar rag’bat oladilar.

Guruhlarga sardor tanlab oladilar.

O’qituvchi: Bugungi darsimiz davomida oltin qoidalarimizga amal qilishingizni so’rayman:

Kompyuterda oltin qoidalar ko’rinadi:

__ Bilimni oshirish,

__ Yangilik o’rganish,

__ Takrorlash

__ Mustahkamlash

__O’zaro hurmat

__ Intizom

__ Faollik

__ Raqobat

__ Ahillik

__ Bir- birimizni tinglay olish

O’tilgan mavzu bo’yicha savol javob o’tkazaman



O’TILGAN MAVZUNI SO’RASH

O’tilgan mavzu uzasidan guruhlarga savollar beriladi

Savollar:

1. O’tgan darsda qanday mavzu o’tganmiz?

2.She’rning muallifi kim?

3. She’r kimning nomidan aytilgan?

4. Siz onangizga qanday yordam berasiz?

O’quvchilar javoblari tinglanadi va “rag’bat” kartochkalari beriladi. Ilm haqida klaster usulidan foydalanib, uning xislatlarini

guruh a’zolari chiqib to’ldiradilar.

YANGI DARSNING BAYONI

Navro‘z tabiat tantanasi”

21-mart bahoriy tengkunlik, tun va kun tenglashgan palla. Ajdodlarimiz bu kunni qadim-qadimdan tabiatning uyg‘onishi, ayoz

qish tugab, iliq mavsumning boshlanishi sifatida nishonlab kelishgan.Navro‘z – tabiat tantanasi, ekologik bay -ram, mehr-oqibat, mehnat va tinchlik ay-yomidir. Yurtimizda har yili Navro‘z bayra-mi ara fa sida umumxalq hashari o‘tkaziladi. Katta-yu kichik ko‘chaga chiqib, ariqlarni tozalaydi, atrofni supurib-sidiradi, daraxt-larni oqlab, xilma-xil gullar ekadi.Yurtimizda Navro‘z qadimdan bayram qilib kelingan. N avro‘z yilning boshlanish kuni hisoblangan.

Qadimgi Xitoy yilno ma larida ajdodlari-miz har bahor qir-adirlarda katta tantana bilan yangi yilni kutib olishi to‘g‘ri sida ma’lumotlar bor. Navro‘z bayrami da milliy o‘yinlar o‘y nal gan. Xalq kuy-qo‘ shiq lari ijro etilgan. Bayram shod-u xurramlik bilan o‘tkazilib, butun yil yaxshi kelishi umid qilingan.

(“Buloqcha” bolalar jurnalidan)
YANGI DARSNI MUSTAHKAMLASH

Guruh sardorlariga test savollari yozilgan

tarqatmalar beraman

Guruh a’zolariga savollar beraman.

Savollarga to’g’ri javob bergan o’quvchilar rag’batlantiriladi

GURUHLAR ISHINI YAKUNLASH

Guruhlar ishini yakunlash uchun ekspert guruhiga navbatni beramiz.

Ular ballarni jamlash, g’olib guruhni aniqlaydilar

UYGA VAZIFA

1. Matndan qanday yangiliklarni bilib ol-di ngiz?

2. Siz Navro‘z saylida qatnashganmisiz?

Navro‘z bayrami haqida og‘zaki hikoya

tu zing.

Yilning yaxshi kelishi bahordan

ma’lum.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. 2-sinf o’qish darsligi.

2. Boshlang'ich ta'lim jurnali.



3. Internet ma'lumotlari
Download 1,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish