Boshqarma boshlig‘i v.v.b. Sh.Sharofiddinov
Madaniy meros agentligiga
Sizning 2022-yil 14-sentabrdagi
01-05/2850-sonli xatingizga:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi faoliyatini tashkil etish hamda sohani innovatsion rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
PQ-5150-son qarorining 5-ilovasiga 2021-2022-yillarda moddiy madaniy meros ko‘chmas mulk obyektlarini qayta tarixiy-madaniy ekspertizadan o‘tkazish, ularning raqamlashtirilgan pasporti va katalogini ishlab chiqishning maqsadli ko‘rsatkichlari belgilangan.
Shunga ko‘ra, Buxoro viloyatida reja grafikga asosan 2022-yil, III chorakda
200 ta moddiy madaniy meros ko‘chmas mulk obyektlarini qayta tarixiy-madaniy ekspertizadan o‘tkazillib, PDF shakli ilovaga muvofiq yuborilmoqda.
Ilova____ varaqda.
Boshqarma boshlig‘i v.v.b Sh.Sharofiddinov
Madaniy meros agentligiga
Buxoro viloyati madaniy meros boshqarmasiga Sizga shuni yozib ma’lum qiladiki “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil
27 avgustdagi er uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanishga ajratishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 543-sonli Qaroriga asosan «YERELEKTRON» avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun YuNESKOning Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan “Buxoro tarixiy markazi”ning Bufer zonasi, Ark majmuasining ro‘parasi, M.Karimov va Afrosiyob ko‘chasi kesishmasidan
Y-1706401/B-16776- sonli er uchastkasi kelib tushgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 30 martdagi “Moddiy madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishga oid ayrim normativ huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 265-son qaroriga muvofiq alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlar hamda tarixiy-madaniy qimmatiga ko‘ra, YuNESKOning Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan hududlarda (ob’ektlarda) qurilish montaj, obodonlashtirish va tarixiy-madaniy qimmatga ega bo‘lmagan bino va inshootlarni buzish ishlari hamda erdan foydalanish loyihalarini Madaniy meros agentligi bilan kelishish belgilangan
Yuqoridigilarni inobatga olib, Sizdan YERELEKTRON» avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun YuNESKOning Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan “Buxoro tarixiy markazi”ning Bufer zonasi, Ark majmuasining ro‘parasidan tanlangan
Y-1706401/B-16776-sonli er uchastkasi bo‘yicha xulosa berishingizni so‘raymiz.
Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyat boshqarmasi Buxoro shahar filialining Davlat va jamot ehtiyoji uchun er ajaritsh xujjati ilova qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |