O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TURIZM VA MADANIY MEROS VAZIRLIGI MADANIY MEROS AGENTLIGI
BUXORO VILOYATI MADANIY MEROS BOSHQARMASI
|
|
|
200121, O`zbekiston, Buxoro viloyati, Buxoro shahar, H.Ibodov ko’chasi 7-uy,
Tel: (0365) 224-24-60, Tel/fax. (0365) 224-14-62, e-mail: buxoro_inspeksiya@umail.uz
2022-yil ____ - ________________ _________- sonli
Buxoro davlat muzey- qo‘riqxonasi direktori B.Nasimovga
Madaniy meros agentligiga
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 19 iyundagi O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi faoliyatini tashkil эtish hamda sohani innovaцion rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5150-son Qarorining 6-ilovasiga muvofiq
2021-2023 yillarda Moddiy madaniy meros ko‘chmas mulk ob’ektlarining qo‘riqlanadigan tegralarini belgilash va raqamlashtirishning Maqsadli ko‘rsatkichlari tasdiqlangan.
Unga muvofiq, 2022 yil I choragiga qadar Buxoro viloyatida 150 ta moddiy madaniy meros ko‘chmas mulk ob’ektlarining qo‘riqlanadigan tegralarini belgilash va raqamlashtirish vazifazi belgilangan.
Bugungi kunga qadar, Buxoro shahrining tarixiy qismi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 3 martdagi 119-son qaroriga
8-ilovasi bilan Buxoro davlat muzey-qo‘riqxonalari qo‘riqlanadigan tegralarining chegarasi belgilangan. Mazkur hududda davlat muhofazasiga olingan 280 ta moddiy madaniy meros ko‘chmas mulk ob’ektlari joylashgan (Ro‘yxat ilova qilinadi).
Bundan tashqari, “Ipak yo‘li: Zarafshon-Qayroqqum karidori” nomzodnomasi ostida YuNESKOning Umumjahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritish bo‘yicha Buxoro viloyatida joylashgan “Poykent”, “Varaxsha” va “Vardonze” arxeologiya ob’ektlari hamda “Chor Bakr” va “Baxouddin Naqshband majmualari”, “Vobkent minorasi” hamda “Chashmai Ayub” arxitektura merosi ob’ektlarini mahalliy va xorijiy mutaxassislar ishtirokida, ilg‘or va yuqori texnologik uskunalardan foydalangan holda nomzodlik hujjatlari tayёrlanib, belgilangan tartibda YuNESKO Umumjaxon merosi markaziga taqdim эtilgan. mazkur nomzodlik hujjatlarini tayёrlash davomida Qorako‘l tumanidagi 2 ta “Poykent” qo‘rg‘oni va shaxristoni, Jondor tumanidagi 2 ta “Varaxsha” qo‘rg‘oni va shaxristoni, Shofirkon tumanidagi 1 ta “Vardonze” qo‘rg‘oni arxeologiya ёdgorliklari hamda Buxoro tumanidagi “Chor Bakr” majmuasi (tarkibida 32 ta ob’ekt mavjud), Kogon tumanidagi Baxouddin Naqshband majmuasi (tarkibida 29 ta ob’ekt mavjud), Vobkent tumanidai 3 ta “Vobkent” minorasi (Abdulazizxon madrasasi bilan birga), “Chashmai Ayub” xazirasi kabi madaniy meros ob’ektlarining qo‘riqlanadigan tegralari loyihalari ishlab chiqilgan.
Bugungi kun holatiga ko‘ra Buxoro viloyatida jami 349 ta moddiy madaniy meros ko‘chmas mulk ob’ektlarining qo‘riqlanadigan tegralari belgilanganligi ma’lumot uchun kiritilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |