Boshqarma boshlig‘i v.b Sh.Mahmudov
Ijrochi: E.Sobirov
Tel: (65) 220-02-13
Madaniy meros agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari v.v.b F.Ro‘ziqulovga
Sizning 2021 yil 26 oktyabrdagi 08-05/27-sonli xatingizga asosan Buxoro tumani, Qavola Mahmud MFY, Qavola qishlog‘ida yashovchi E.Qilichov va boshqalarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga Xalq qabulxonasi orqali Sulton Maxmud masjidi (ro‘yxatda Qavola masjid) ta’mirlash va atrofini o‘rab olish maqsadida mablag‘ ajratishda yordam berishni so‘rab yozgan murojaati Buxoro viloyati madaniy meros boshqarmasi mutaxassislari tomonidan bevosita fuqarolar ishtirokida joyida o‘rganib chiqildi va madaniy meros ob’ekti holati bo‘yicha dalolatnoma tuzildi.
Mazkur Sulton Maxmud masjidi (milliy ro‘yxatda Qavola masjidi) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 4 oktyabrdagi “Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk ob’ektlari Milliy ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 846-sonli qaroriga davlat muhofazasiga olingan.
Masjid o‘tgan asrning boshlarida cho‘pkori usulda “P” shaklda qurilgan bo‘lib, mahalliy aholi tomonidan bir necha marotaba xashar yo‘li bilan ta’mirlangan bo‘lishiga qaramasdan bugungi kunda masjidning ayvon va ichki qismi bolorlarida hamda devorlarida yoriqlar paydo bo‘lgan.
Yuqoridagilarni inobatga olib, Sizdan “Qavola” masjidini
2022-2023 yillarda respublika byudjetidan ta’mirlash-tiklash, restavrasiya va konservasiya qilishga doir ishlarni amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan madaniy merosning ko‘chmas mulk ob’ektlari ro‘yxatiga kiritishda amaliy yordam berishingizni so‘raymiz.
Fotosuratlar ilova qilinadi.
Boshqarma boshlig‘i v.b Sh.Mahmudov
Ijrochi: E.Sobirov
Tel: (65) 220-02-13
Buxoro tumani, Qavola Mahmud MFY, Qavola qishlog‘ida yashovchi fuqaro E.Qilichovga
Sizning, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga Xalq qabulxonasi orqali Buxoro tumani Qavola Mahmud MFYda joylashgan Sulton Maxmud masjidi (ro‘yxatda Qavola masjid) ta’mirlash va atrofini o‘rab olish maqsadida mablag‘ ajratishda yordam berishni so‘rab yozgan murojaatingiz Buxoro viloyati madaniy meros boshqarmasi mutaxassislari tomonidan bevosita o‘zingiz ishtirokingizda joyida o‘rganib chiqildi va madaniy meros ob’ekti holati bo‘yicha dalolatnoma tuzildi.
O‘rganishda:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 4 oktyabrdagi “Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk ob’ektlari Milliy ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 846-sonli qaroriga asosan Buxoro tumanida 101 ta ob’ekt davlat muhofazasiga olingan;
Mazkur ro‘yxatda Qavola Mahmud MFY, Qavola qishlog‘i Sulton Mahmud qabristoni ichida joylashgan “Qavola” masjidi o‘rin olgan. Masjid o‘tgan asrning boshlarida cho‘pkori usulda “P” shaklda qurilgan bo‘lib, mahalliy aholi tomonidan bir necha marotaba xashar yo‘li bilan ta’mirlanganligi;
Bugungi kunga masjidning ayvon va ichki qismi bolorlarida hamda devorlarida yoriqlar paydo bo‘lgani aniqlandi.
Yuqoridagilarni inobatga olib, Sizga “Qavola” masjidini
2022-2023 yillarda respublika byudjetidan ta’mirlash-tiklash, restavrasiya va konservasiya qilishga doir ishlarni amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan madaniy merosning ko‘chmas mulk ob’ektlari ro‘yxatiga kiritish bo‘yicha Madaniy meros agentligiga taklif yuborilganligini ma’lum qilamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |