Boshqarma boshlig’i v.b Sh.Mahmudov
Ijroch:i E.Sobirov
90.186.49.49
Madaniy meros agentligi direktorining birinchi o’rinbosari F.Ro’ziqulovga
Sizning 2021 yil 14 noyabrdagi 02-01/59-sonli xatingizga:
Amerika Qo’shma Shtatlarining O’zbekistondagi elchixonasi Davlat departamenti qo’shidagi Madaniy meros markazi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyiha doirasida e’lon qilingan “2022 yil uchun Elchining madaniy Merosni asrash fondi” (Ambassador’s Fund for Cultural Preservation-AFCP) tanlovida ishtirok etish maqsadida grand ariza shakli va byudjeti to’ldirilib, ilovaga muvofiq yuborilmoqda.
Ilova____ varaqda.
Boshqarma boshlig’i v.b Sh.Mahmudov
Ijroch:i E.Sobirov
90.186.49.49
Buxoro viloyati hokimligiga
Sizning 27.10.2021 yildagi 11433/1sonli xatingizga:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2021 yil
21 oktyabrdagi SQ-411-IV-sonli qarorining 7-bandida Buxoroda “Islom dini allomalari” muzeyi faoliyatini tashkil etish choralarini 2022-2023 yillarga muljallangan hududiy investisiya dasturlariga kiritish choralarini ko‘rish hamda natijasi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritsin deb belgilangan.
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 09.02.2021 yildagi “O‘zbekiston respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6165-sonli Farmoni qabul qilingan.
Farmonning 19-bandida: Buxoro viloyati hokimligi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Madaniyat vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Buxoro shahrida islom dini tarixi va musulmon olamida mashhur bo‘lgan shaxslar to‘g‘risida ma’lumot beruvchi innovasion muzeyni qurish va uni rivojlantirish konsepsiyasi bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish belgilangan.
Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida Buxoro viloyati hokimligi va tegishli soha mutaxassislari bilan birgalikda Buxoro shahrida islom dini tarixi va musulmon olamida mashhur bo‘lgan shaxslar to‘g‘risida ma’lumot beruvchi innovasion muzeyni qurish va uni rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqilib, viloyat hokimligining 2021 yil 9 apreldagi
5/1762-sonli xati bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Madaniyat va Moliya vazirliga yuborilgan.
Hozirda yuborilgan xatlar ijrosini tashkil etish bo‘yicha Buxoro davlat muzey-qo‘riqxonasi belgilanganligini bildiramiz.
Yuqoridagilarni inobatga olib, Sizdan mazkur muzeyi faoliyatini tashkil etish maqsadida viloyatning 2022-2023 yillarga mo‘ljallangan investisiya dasturiga kiritilishida amaliy yordam berishingizni so‘raymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |